Научная статья на тему 'ISSIQLIK KONDENSATORLARIDA ISSIQLIK UZATILISHI'

ISSIQLIK KONDENSATORLARIDA ISSIQLIK UZATILISHI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
248
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
issiqlik o‘tkazuvchanligi / konveksiya / nurlanish / kondensator / tomchili kondensatsiya / plyonkali kondensatsiya. / heat conduction / convection / radiation / condenser / drolet condensation / film condensation.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Almamatova Nurxon Shuxrat Qizi

Ushbu tezisda tomchili kondensatsiya va plyonkali kondensatsiyalarning issiqlik berish xususiyatlari haqida so‘z boradi. Xususan, tomchili kondensatsiya avfzallik taraflari, foydali ish koffitsienti atroflicha o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSTRUCTIONS OF BOILERS USED TO OBTAIN HEAT ENERGY

This thesis talks about the heat transfer characteristics of drolet condensation and film condensation. In articular, the advantages of drolet condensation, the useful work coefficient, have been thoroughly studied.

Текст научной работы на тему «ISSIQLIK KONDENSATORLARIDA ISSIQLIK UZATILISHI»

ISSIQLIK KONDENSATORLARIDA ISSIQLIK UZATILISHI

Almamatova Nurxon Shuxrat qizi

Farg�ona politexnika instituti magistri

Farg�ona politexnika instituti professori Yo.S.Abbosov

https://doi.org/10.5281/zenodo.7901945

Qabul qilindi: 05.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-36-38

Annotatsiya: Ushbu tezisda tomchili kondensatsiya va plyonkali kondensatsiyalarning issiqlik berish xususiyatlari haqida so�z boradi. Xususan, tomchili kondensatsiya avfzallik taraflari, foydali ish koffitsienti atroflicha o�rganilgan.

Kalit so�zlar: issiqlik o�tkazuvchanligi, konveksiya, nurlanish, kondensator, tomchili kondensatsiya, plyonkali kondensatsiya.

CONSTRUCTIONS OF BOILERS USED TO OBTAIN HEAT ENERGY

Abstract: This thesis talks about the heat transfer characteristics of drolet condensation and film condensation. In articular, the advantages of drolet condensation, the useful work coefficient, have been thoroughly studied.

Key words: heat conduction, convection, radiation, condenser, drolet condensation, film condensation.

ASOSIY QISM.

Ma�lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom�ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda, issiqlikdan energiya olishda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalardan juda keng miqyosda qo�llaniladi. Jarayonlarni o�tkazish shartlari va qurilmalarni qo�llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo�ladi. Umumiy qilib aytganda issiqlik uzatish bu - tanadagi yoki tananing o�zida ishlamasdan ichki energiyani o�zgartirish jarayoni. Issiqlik uzatish har doim ma�lum bir yo�nalishda sodir bo�ladi. Issiqlik uzatilishi jismlarning harorati tenglashganda, issiqlik uzatish to�xtaydi.

Issiqlik energiyasini uzatish uch usul bilan amalga oshiriladi:

- issiqlik o�tkazuvchanligi.

- Konveksiya.

- Nurlanish. [1]

Ishlash prinsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuerativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bo�linadi. Issiqlik almashinish turiga ko�ra esa qurilmalar isitkich, bug�latgich, sovutgich va kondensatorlarga ajratiladi.

Kondensator so�zi lotin tilidan olingan bo�lib, condenso � zichlayman, quyultiraman degan ma�noni anglatadi. Kondensator asosan issiqlik texnikasida keng foydalaniladi. Issiqlik almashinish aparatining bir turi hisoblanib, gazsimon modda (bug?)ni kondensatlovchi aparat sanaladi. Kondensatorning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. Sirtqi Kondensatorda suv bug?i ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt kondensatorda suv bug?i bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday kondensatorlar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida va boshqalarda ishlatiladi [2].

Bir muhitdan (suyuqlik yoki gaz) ikkinchi muhitga issiqlikning bir qatlamli yoki ko�p qatlamli qattiq devor orqali o�tishi issiqlik uzatilishi deyiladi [3]. Bug� to�yinish haroratidan pastroq haroratga ega bo�lgan yuza bilan tutashsa, u yana qaytadan suvga aylanadi, ana shu hodisa kondensatsiya hodisasi, hosil bo�lgan massa esa kondensat deyiladi.

Amalda kondensatsiya hodisasi - turbina kondensatorlarida, issiqlik almashinish aparatlarida uchraydi. Kondensatsiya jarayoni issiqlik almashuvi bilan bog�liq. Chunki bug� qaytadan suvga aylanishida ichki bug�lanish issiqligi ajraladi. Kondensatsiya bug� hajmida ham, yuzada ham sodir bo�lishi mumkin. Bug� hajmida bo�ladigan kondensatsiya berilgan bosimda bug�ning to�yinish haroratiga nisbatan sovigan holatda uchraydi. Xalq xo�jaligining ko�pgina sohalarida, xususan issiqlik energetikasida asosan bug�ning sovuq yuza bilan to�qnashishida hosil bo�ladigan kondensatsiya, ya�ni yuzadagi kondensatsiya jarayoni ishlatiladi. Bunday kondensatsiya yuzaning harorati berilgan bosimda to�yinish haroratidan kichik bo�lgandagina sodir bo�ladi. Qattiq jism yuzasida goho kondensat plyonkasi, goho alohida tomchilar hosil bo�ladi. Birinchi holatdagi kondensatsiya holati plyonkali, ikkinchi holatdagisi tomchili kondensatsiya holati deyiladi. [3]

Tomchili kondensatsiyada issiqlik berish koeffitsienti plyonkali kondensatsiyaga qaraganda har doim yuqori bo�ladi. Buning sababi kondensatorning plyonkasi termik qarshilikka ega bo�lib, bu issiqlik berilishini susaytiradi. Bunday qarshilikni kamaytirish yoki boshqacha qilib aytganda kondensatning plyonkasini ajratib yuborish kerak bo�ladi. Shunda qarshilik kamayib, issiqlik berilishi ortadi. Tomchili kondensatsiyani sun�iy ravishda yuzaga keltirish maxsus moddalar gidrofobizatorlar yordamida amalga oshiriladi. Bu moddalar yo bug�ga qo�shiladi, yo kondensator quvurlariga quyiladi.

Ma�lum bo�ldiki, tomchili kondensatsiya kondensat yuzani ho�llamasligi hisobiga vujudga kelar ekan, tajribalar shuni ko�rsatadiki, tomchi hosil bo�lish jarayoni juda tez bo�lib, keyinchalik bu tezlik keskin kamayadi. Tomchilar bir-biri bilan qo�shilib, tezda yuzadan tushib ketadi. Tomchi hosil bo�lishi uchun esa bug� sovishi kerak, ya�ni uning harorati to�yinish haroratidan kichik bo�lishi zarur. Bunday holat tomchining tekis yuzasi bosimining yuqoridagi bosimdan kichikligi hisobiga paydo bo�ladi. Bug�ning tomchiga aylanishida uning radiusi kritik radiusdan birmuncha kattaroq bo�lishi evaziga hosil bo�ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O?zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

2. R.A.Zohidov M.M.Alimova Sh.S.Mavjudova - Issiqlik Texnikasi O�zbekiston Faylasuflari Milliy Jamiyati Nashriyoti Toshkent 2010.

3. Madaliev E. U. Issiqlik texnikasi. Darslik. Farg�ona 2012 yil.

Alimboev A.U. Sanoat va isitish qozonxonalari. O�quv qo�llanma.- . "O�qituvchi", 2014 yil.

4. Kirillin V.A, Sigyov V.V., SHeyndlin A.E. Texnikaviy termodinamika. Darslik �T. �O�qituvchi� 1980.

5. Nurmatov J va boshqalar. Issiqlik texnikasi. Oliy o�quv yurtlari talabalari uchun o�quv qo�llanma - T. "O�qituvchi", 1998 y.

6. Alimboev A. U. Sanoat va isitish qozonxonalari. O�quv qo�llanma.- . "O�qituvchi", 1998.

7. Abbasov E.S. Umurzaqova M. A. Issiqlik energetik qurilmalari. O�quv qo�llanma. Farg�ona- 2002- 207 b.

8. Alimboev A. U. Issiqlik ta�minoti va issiqlik tarmoqlari. O�quv qo�llanma. T 1997.

9. Larikov N. N. Teplotexnika. Uchebnik dlya VTUZov M., Stroyizdat 1985.

10. Kirillin V. A. Sigyov V. V, Sheyndlin A. E. Texnikaviy termadinamika. Darslik - T. "O�qituvchi", 1980.

11. Nurmatov J. va boshqalar. Issiqlik texnikasi. Oliy o�quv yurtlari talabalari uchun o�quv qo�llanma - T. "O�qituvchi"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.