Научная статья на тему 'ISM TURDAGI QATTIQ QOTISHMALI BURG`ILAR'

ISM TURDAGI QATTIQ QOTISHMALI BURG`ILAR Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
38
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
burg`i / freezer / jinslarni yemiruvchi elementlar / sharoshkali burg`ilar / kern / shlam / burg`ilash eritmasi / Kesuvchi elementlar / burg`ilash uskunasi / bit / milling cutter / rock-cutting elements / sha / core / slurry / drilling fluid / cutting elements / drilling equipment

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Nomozov B.Yu., Samadov A.X., Yuldashev J.B., Boyqobilova M.M.

Quduqlarni burg`ilash jarayonida asosiy ishni burg`ilar amalga oshiradi. Ushbu jihozlarni to`g`ri tanlanishi burg`ilash amaliyotini samarali olib boradi. Bu o`z navbatida ko`tarib-tushirish operatsiyalarini, energiya sarfini, ishchi kuchini, va vaqtni ortiqcha sarflanishini kamaytirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARD ALLOY SCREWS OF THE NAME TYPE

The main work in the process of drilling wells is carried out with bits. Direct selection of this equipment will allow you to effectively carry out drilling practice. This, in turn, will reduce hoisting operations, energy costs, labor and time savings.

Текст научной работы на тему «ISM TURDAGI QATTIQ QOTISHMALI BURG`ILAR»

Nomozov B. Yu. "Neft va gaz ishi" kafedrasi dotsenti Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Samadov A.X.

"Texnologik mashinalar va jihozlar" kafedrasi katta o'qituvchisiQarshi

muhandislik iqtisodiyot instituti Yuldashev J.B. "Neft va gaz ishi" kafedrasi assistenti Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Boyqobilova M.M. "Neft va gaz ishi" kafedrasi stajer-o^qituvchisi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Qarshi sh.

ISM TURDAGI QATTIQ QOTISHMALI BURG ILAR

Annotatsiya. Quduqlarni burg^ilash jarayonida asosiy ishni burg^ilar amalga oshiradi. Ushbu jihozlarni to^g^ri tanlanishi burg^ilash amaliyotini samarali olib boradi. Bu o^z navbatida ko^tarib-tushirish operatsiyalarini, energiya sarfini, ishchi kuchini, va vaqtni ortiqcha sarflanishini kamaytirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: burg^i, freezer, jinslarni yemiruvchi elementlar, sharoshkali burg^ilar, kern, shlam, burg^ilash eritmasi, Kesuvchi elementlar, burg^ilash uskunasi.

Nomozov B. Yu. associate professor "Oil and Gas Work" Department Institute of counter-engineering economics

Samadov A.Kh. senior teacher

"Technological machines and equipment" department Institute of Engineering Economics of Karsi

Yuldashev J.B. assistant

"Oil and Gas Work" department Institute of counter-engineering economics

Boykabilova M.M. trainee-teacher "Oil and Gas Business" department Institute of counter-engineering economics

Opposite sh.

HARD ALLOY SCREWS OF THE NAME TYPE

Abstract. The main work in the process of drilling wells is carried out with bits. Direct selection of this equipment will allow you to effectively carry out drilling practice. This, in turn, will reduce hoisting operations, energy costs, labor and time savings.

Key words: bit, milling cutter, rock-cutting elements, sha, core, slurry, drilling fluid, cutting elements, drilling equipment.

Alohida guruhda ISM burg'ilarni ajratish mumkin. ISM so'zi - o'ta qattiq materiallar instituti (institut sverxtvyordix materialov) degan ma'noni anglatadi. Burgilar turli konstruktsiyaga ega bo'lib, ularning uch turi ishlab chiqariladi: kesuvchi, qirrali va tirnovchi. Shu bilan birga, maydalab kesuvchilar kuraklarga o'xshaydi, qirrali frezerlarga o'xshaydi va tirnovchilar olmosli burg'ilarga o'xshaydi.

Ushbu burg'ilarning yuqoridagilardan farqi shundaki, jinslarni yemiruvchi elementlar o'ta qat'iy materialdan - slavutichdan ishlab chiqarilgan.

ISM burglar o'rtacha qattiqlikdan qattiqgacha bo'lgan tog' jinslarini burg'ilash uchun ishlatiladi, u mikro-kesish va tirnash orqali tog' jinsini maydalaydi.

ISM burg'ilar olmos burg'ilarga qaraganda bir necha baravar arzon, dinamik yuklanishlarga va xar xil turdagi jinslarga nisbatan kam sezgir.

ISM burg' ilarni quduqqa tushirishdan oldin quduq tubini ishga tayyorlashni talab qilmaydi. Bu barcha afzalliklar qattiq jinslarni burg'ilash uchun boshqa burg'ilar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi.

Kolonkali burg'ilarning burg'ilash kallagi: parrakli, sharoshkali va olmosli turlarga bo'linadi. Kolonkali burg'ilar (shuningdek, burg'ilash kallagi) — kern yuzasini kesish, uzib olish va ko'tarish uchun mo'ljallangan burg'i hisoblanadi.

Kolonkali burg'i: har qanday kolonkali burg'i konstruksiyasiga bog'liq bo'lmagan holda quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:

1. namuna olinadigan j inslarning atrofini parchalovchi burg' ilash kallagi;

2. tashqi korpusi;

3. namunalarning chiqishini ta'minlovchi-ichki kolonka quvuri;

4. namunalarni ushlagich.

Ishlatish qoidasiga muvofiq burg'ilar kolonkali quvurlar va grunt tashuvchi turlarga bo'linadi. MSZ turdagi burg'ilovchi kallaklar to'rt sharoshkali, SZ-uch sharoshkali, TKZ-besh va olti sharoshkali, ST, TZ-sakkiz sharoshkali bo'ladi.

Kolonkali sharoshkali ichi bo'sh silindr ko'rinishdagi burg'i - qirralarida sharoshkalar o'rnatilgan korpus; korpusning yuqori qismida burg'ilash quvurlari bilan bog'lanish uchun rezabalar mavjud.

Kolonkali burg' ilar quduq tubini halqasimon shaklida chuqurlashtiradi va silindr ko'rinishdagi tog 'jinsi kern uzgich bilan jihozlangan burg'ining markaziy teshigi orqali kern qabul qilivchi quvuriga kiradi.

2 - rasm. TKZ turdagi burg'ilovchi kallakning tuzilishi:

1-ichki sharoshkaga nakladka; 2-ichki seksiya (sapfa bilan); 3-sharoshka; 4-tashqi seksiya; 5-mufta (bog'lovchi rezba bilan).

Quduqni oldindan belgilangan oraliqda kolonkali burg'ilar bilan burg'ilagandan so'ng, burg'i va kern qabul qiluvchi quvur bo'lgan burg'ilash tizmasi quduq ustiga ko'tariladi, burg' ini quduq tubidan olib chiqilgan paytida esa, kernuzgich prujinalaridan ajratiladi, tog' jinsi to'liq quduq tubidan uzib olinib, uni yer yuzasiga chiqarilgunga qadar kern qabul qiluvchi quvurda ushlab turadi. Agar kern olish kern qabul qiluvchi quvurning uzunligidan oshib ketadigan oraliqda amalga oshirilsa, bitta kolonkali burg' ining ishlash qobiliyati butun oraliqda kern olish uchun yetarli bo'lsa, u vaqti-vaqti bilan kern bilan to'ldirilgach, maxsus tutqich yordamida yuzaga chiqariladi.

Xuddi shu tarzda, kernni ajratib olingan grunt chiqaruvchi quduqqa tushiriladi va kolonkali burg'iga o'rnatiladi. Barcha burg'ilarning asosiy elementlari quyidagilardir: burg'ilash tizmasiga yoki quduq osti dvigateliga biriktirish uchun yuqori qismida konussimon qulf rezbaga ega bo'lgan tanasi; yuvuvchi teshiklar yuvuvchi suyuqlik oqimini quduq tubiga yo'naltirish uchun; tog' jinsini parchalash elementlari.

Kern oluvchi kurakli burg' ilar koronkalarga ega, ularning vazifasi yumshoq jinslarni burg'ilashdir (tarkibda qattiq qatlamlar bo'lishi mumkin). Koronkali burg'ilar quduq tubini aylantirib burg'ilash usulida qo'llaniladi. Korpus, matritsa va yuvish kanalidan iborat. Kolonkali burg'ilar olmosli va qattiq qotishmali bo'ladi. Uskunaning ishlashi koronkalarning sifatiga bog'liq.

Ushbu turdagi jihozlar quyidagicha joylashtirilgan: uning konus shaklidagi qirralari jinsning tiqilib qolishiga yo'l qo'ymaydi va tashqi qismida uyiq (botiq)lar mavjud. Qurilmaning alohida moslamasi ichki tomonning chetida joylashgan

toroidal teshiklardir. Ular quyi oqimdan yuqoriga o'tishni osonlashtiradi (agar kern qabul qiluvchi quvurning quvurcha (patrubka)si mavjud bo'lsa).

Kesuvchi elementlarga ega bo'lgan kichik o'lchamli burg'ilaryumshoq jinslarni yoki oraliq qatlamli jinslarni burg'ilash uchun mo'ljallangan. Burg'ilash ishlari yuvuvchi suyuqliklar yoki vintli qurilmalar bilan quduq tubini tozalash orqali amalga oshiriladi.

Ko'pincha burg'ilash uskunalari geologik qidiruv quduqlari uchun, shuningdek quduqni jihozlash maqsadida foydalaniladi. Ishning murakkablik darajasiga qarab, burg'ini to'xtamasdan 15 soatgacha burg'ilash mumkin.

Doimiy koronkali burg'ilar bilan namunalar qazilganda ularning chiqarib olish paytida butunlay kolonka chiqariladi. Bu esa ishni samaradorligini pasaytirib yuboradi.

Hamma turdagi koronkali burg'ilar yordamida namunalarni burg'ilash burg'i kallagi yordamida amalga oshiriladi, uzib olish va ushlab olish uchun namuna ushlagich xizmat qiladi.

Amaliyotda uch va to'rt parrakli burg'ilar qo'llaniladi. Burg'ilash kolonkalaridan to'rt sharoshkali burg'ilash kallagi eng ko'p qo'llaniladi, qattiq va o'rtacha qattiq jinslarga mo'ljallangan bo'ladi. To'rt sharoshkali burg'ilash kallagi yechilmaydigan qurilma, uch sharoshkali burg'iga o'xshash, to'rtta seksiyadan iborat, ular bir-biriga payvandlab biriktirilgan. Burg'ilash kallagi olti sharoshkali ham bo'ladi.

Olmosli burg'ilash kallagining butun qurilmasi olmos bilan jihozlangan, olmosli burg'i kabi quduq tubini butunlay parchalashga mo'ljallangan.

Yechib olinadigan kern qabul qiluvchisi bo'lgan kalonkali burg'ilar burg'ilash tizmasini ko'tarmasdan, quduq tubidan kern olish imkonini beradi. Olmos burg'ilarining uch turi mavjud: spiral, radial va pog'onali

Keyinchalik tosh ustida tirnash va kesish ta'siriga ega bo'lgan matkap uchi keladi. Olmosli burg'ilash boshchali kolonkalar: 96, 116,5, 140, 142,5, 185, 188 va 212 mm diametrli o'lchamlarda tayyorlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзаев Э.С., Самадoв А.Х., Шoнaзapoв Э.Б., Камoлoв Б.С., Сoлестoйкие 6ypoBbie pacTBopbi. Научный журнал-Междунapoднbш академический вестник. г.Уфа. 2020. № 12 (44). с.100-102.

2. Сaмaдoв А.Х., Шoнaзapoв Э.Б., Пардакугов И.А., Шукуpoв А.Ш., Бурение и крепление скважин в шлях // Шгала Науки/Научный журнал. MocKBa 2020. № 6 (31) 35-36 с.

3. Абдиpaхимoв И.Э, Курбашв А.Т, Буpoнoв Ф.Э, Сaмaдoв А.Х., «Технoлoгия пеpеpaбoтки тяжелых нефтей и нефтяных ocтaткoв путем применения крдолиза» //Аллея науки /науч^-практический электpoнный журнал. 3(12), 310-314 стр.

4. Samadov A.X., Boboyorova N.A, Majidov M.B., Nematova R.SH. Evaluation of the effect of the composition of drilling solution on the collective property of

the layer//International Journal for Innovative Engineering and Management Research/www.ijiemr.org/Volume 10, Issue 01, Pages: 199-202.Paper Authors.

5. Мирзаев Э.С., Самадов А.Х. "Обоснование применения облегченной буровой смеси, используемой при бурении пластов низкого давления" Электронное научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум» http: //www.iupr.ru стр 764-768.

6. Samadov A.X., Samadova M.X., Kasimova A.Q., "Justifying the Use of Lightening Drilling Mixtures Used in Drilling Low Pressure Formations" Eurasian Journal of Engineering and Technology www.geniusjournals.org Volume 10| September, 2022 ISSN: 2795-7640. page 125-127

7. Самадов.А.Х "Обоснование технологии изготовления продукции путем термической обработки диабазов". Электронное научно-практическое периодическое издание Universum: технические науки. 11-2 (92), стр 25-27

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.