Научная статья на тему 'ISLOM MOLIYA TIZIMI BOSHQARUVI'

ISLOM MOLIYA TIZIMI BOSHQARUVI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1024
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muzoraba / Murobaha / Ijara / Salam / Takoful / Muzorabah / Murobaha / Ijara / Salam / Takaful

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Oybek Akhmadjonov, Mukhammadkodir Elmurodov, Dilshodbek Koplonov, Otabek Egamov

Ushbu maqolada Islom moliyasi haqida asosiy xususiyatlarni bilib olishimiz mumkin. Bu maqolada Islom moliyasi nimaligi hamda uning asosiy tushunchalari batafsil yoritilgan. Maqolada Muzoraba, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful va bir qancha asosiy atamalar haqida bilib olamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article we can learn the main features about Islamic finance. This article explains in detail what Islamic finance is and its basic concepts. In the article, we will learn about Muzorabah, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful and some basic terms.

Текст научной работы на тему «ISLOM MOLIYA TIZIMI BOSHQARUVI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 10 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ISLOM MOLIYA TIZIMI BOSHQARUVI

Oybek Akhmadjonov

Qo 'qon universiteti Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o 'qtuvchisi

Mukhammadkodir Elmurodov

Qo 'qon universiteti

Iqtisodiyot yo 'nalishi talabasi

Dilshodbek Koplonov

Qo 'qon universiteti

Iqtisodiyot yo 'nalishi talabasi

Otabek Egamov

Qo 'qon universiteti

Iqtisodiyot yo 'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Islom moliyasi haqida asosiy xususiyatlarni bilib olishimiz mumkin. Bu maqolada Islom moliyasi nimaligi hamda uning asosiy tushunchalari batafsil yoritilgan. Maqolada Muzoraba, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful va bir qancha asosiy atamalar haqida bilib olamiz.

Kalit so'zlar: Muzoraba, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful

ABSTRACT

In this article we can learn the main features about Islamic finance. This article explains in detail what Islamic finance is and its basic concepts. In the article, we will learn about Muzorabah, Murobaha, Ijara, Salam, Takoful and some basic terms.

Key words: Muzorabah, Murobaha, Ijara, Salam, Takaful

Islom moliyasi - shariat tamoyillariga zid bo'lmagan moliyaviy biznesni aks ettiruvchi atama. An'anaviy bank ishining asosiy jihati shariat tomonidan taqiqlangan foizlardan iborat. An'anaviy moliya, xususan, odatdagi bank biznesi, mablag'larni jalb etish va aholi hamda tadbirkorlarni moliyalashtirishga tayanadi. Shuning uchun bankir bilan mijozlar o'rtasidagi munosabatlar har doim qarzdor-kreditor munosabatlaridir.

Islom banklari birinchi navbatda savdo, lizing va pullik operatsiyalar hamda investitsiya faoliyati bilan shug'ullanadi. Islom banklari va ularning mijozlari o'rtasidagi munosabatlarning mohiyati turli xil moliyaviy instrumentlar yoki shartnomalarga ko'ra farq qiladi. Islom banklari foiz olish maqsadida depozit olish va qarz berishlari mumkin emas.

An'anaviy bank ishining eng muhim jihati shundaki, pul pulni yaratadi yoki pul foiz mukofot puliga ega. Ushbu amaliyot sudxo'rlik (arabcha «ribo») Islom moliyasi tamoyillariga zid hisoblanadi. Pul hech qachon tovar sifatida qabul qilinmaydi. Buning o'rniga Islom qonunchiligi doimiy ravishda pulni almashinuv vositasi, qiymat o'lchovi

42

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

va hisob-kitob birligi sifatida ko'radi. Pul o'z-o'zidan pul yarata olmasligi sababli, foizga muqobil ravishda pul va foyda o'rtasida bog'liqlik o'rnatilishi kerak.

Musulmon kishining moli uning extiyojlariga bog'liq bo'ladi va uning moli daxlsiz xisoblanadi. Payg'ambarimiz muhammad (s.a.v) ning "musulmon molining xurmati uning qoning xurmati kabidir" (ya'ni qoniga tajovuz qilish xarom bo'lganidek, uning moliga tajovuz qilish ham xarom) degan ma'noda xadislari bor. Foyda keltiradigan xar qanday qarz ribodir. Qarz berganda odamlarga yordam berish, ularning xayotini yengillashtirish iroda qilinadi. Shariatimiz qarzni foyda keltiruvchi manba qilib olishdan qaytargan. Shuning uchun qarz beruvchi o'zi bergan qarzning aynan mislini olishgagina xaqqi bo'ladi. Agar qarz berishdan biror foyda shart qilinsa yoki shart qilinmasa xam, biror narsa qo'shib berish urfga kirib qolgan bo'lsa, yoki kimdir qarz olib unga foyda qoshib berishni odat qilib olgan bo'lsa, olingan foyda xarom bo'ladi.

Islom moliyasida bir qancha bitimlar bor ulardan asosiylari:

Birinchi bitim - "sarf" Sarf bu tomonlar o'rtasida moddiy qiymatga ega bo'lgan mahsulotlarning, masalan dinor (oltin), dirham (kumush) yoki shularning zarb qilingan, quyma yoki boshqa ko'rinishlari, hamda hozirda muomalada bo'lgan pul birliklari (valyutalar)ning bir-biriga ayirboshlanishiga ya'ni olib-sotilishiga) aytiladi.

Ikkinchi bitim - "murobaha". Murobaha bu sotuvchi yoki moliya muassasasining biror bir mahsulot (masalan qandaydir uskuna) tannarxiga buyurtma bergan xaridor bilan kelishilgan muayyan ustamani qo'yib, ma'lum bir muddat ichida bo'lib - bo'lib to'lash sharti bilan shu xaridorga sotishidir.

Uchinchi bitim - "mudoraba" Mudoraba sherikchilik bitimining bir ko'rinishi bo'lib, bunda sarmoya egasi (rabb-ul mol), ish yurituvchi (mudorib) bilan sherikchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun sarmoya ajratadi. Bunday sherikchilikda tadbirkorlik faoliyati to'liq ravishda mudorib tomonidan boshqariladi. Faoliyat davomida ko'rilgan foyda oldindan kelishilgan nisbatda bo'linadi, zarar esa faqat sarmoya egasi zimmasiga tushadi.

To'rtinchi bitim - "salam" Salam mahsulot uchun to'lov darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga yetkazib berilishini ko'zda tutadigan bitimdir (bunda, sotilayotgan mahsulot bitim tuzilayotgan paytda mavjud bo'lishi ham, mavjud bo'lmasligi ham mumkin). Salam shartnomasi ko'proq qishloq xo'jaligida qo'llaniladi. Salam shartnomasida narx to'liq va oldindan to'lanadi. Ushbu turdagi shartnomalar xomashyo narxi o'zgarishi mumkin bo'lgan joylarda qo'llanilishi mumkin. Xaridor shartnoma imzolangan kunga sotib olish narxi bilan kafolatlanadi va shu bilan narxlarning ko'tarilishidan saqlanadi (demak, risklarni boshqarish vositasi sifatida ishlatiladi).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Beshinchi bitim - "istisna". Istisna ham salam kabi hali ishlab chiqarilmagan mahsulotni sotish shartnomasidir. Bu shartnoma, ishlab chiqaruvchi buyurtma berilgan mahsulotni o'z xom ashyosidan ishlab chiqarishini ko'zda tutadi. Ushbu bitim huquqiy kuchga ega bo'lishi uchun, ishlab chiqarilishi kerak bo'lgan mahsulotning narxi, sifati va xususiyatlari tomonlar o'rtasida aniq kelishib olinishi kerak. Istisna bu sotiladigan ob'ektni qurish, ishlab chiqarish yoki tiklash uchun belgilangan narx bo'yicha, belgilangan muddat davomida, tomonlar o'rtasida belgilangan xususiyatlarga ega ob'ektni moliyalashtirish shartnomasi. Istisnani moliyalashtirishda savdo ob'ektini quradigan, ishlab chiqaradigan yoki tiklaydigan mijozga avans to'lovlari shaklida taqdim etiladi.

Oltinchi bitim - "mushoraka" ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasidagi mulkiy sherikchilik bo'lib, bunda har bir sherik ma'lum miqdordagi pul yoki mol-mulk shaklidagi sarmoyasini umumiy biznesga tikadi va ushbu biznes doirasida qurilgan foyda tomonlarning kelishuviga asosan zarar esa xar bir sherikning umumiy sarmoyadagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mushoraka bu sherikchilikning bir shakli. Buni odatdagi kapital bozoridagi aktsiyalarni sotib olishga o'xshatish mumkin, ammo qilingan investitsiyalar shariat tamoyillariga mos keladigan aktsiyalar va moliyaviy qimmatli qog'ozlar yoki boshqa aktivlar bilan cheklanishi kerak. Mushoraka - bu moliyalashtiruvchi tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq xatarlarda ishtirok etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Mushorakada barcha sheriklar korxona foydasi yoki zararini bo'lishadigan qo'shma korxona hisoblanadi. Foyda taqsimoti kelishilgan nisbati, ammo zararni taqsimlash nisbati esa har doim sheriklarning kapitalga kiritgan ulushiga mutanosib bo'lishi kerak. Shuningdek, bu investorga korxonani boshqarish, kundalik amaliyotlar va korxona faoliyatini rivojlantirish bo'yicha muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishiga imkon beradi. Foydani taqsimlashda Mushoraka tomonlarning sarmoyadagi ulushi va korxonani boshqarishdagi sa'y-harakatlariga qarab turlicha bo'lishi mumkin. Mushoraka turli iqtisodiy sohalarni moliyalashtirish uchun eng moslashuvchan va qulay vosita hisoblanadi.

Islom moliyasidagi yana bir qancha asosiy moliyaviy instrumentlarni ko'rib chiqamiz.

Muzoraba - bu investor («Robbul mol») va tadbirkor («Muzorib») o'rtasidagi foydani taqsimlash shartnomasi. Muzoraba shartnomasida investor foydani kelishilgan nisbatda yoki foizda tadbirkor bilan taqsimlashga rozilik beradi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun kapital manbai sifatida, tadbirkor Muzoraba shartnomasi bo'yicha Islom bankidan sarmoya olishi mumkin. Agar bank rozi bo'lsa,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

har ikki tomon ham korxona foydasini bo'lishishini tushungan holda tadbirkorga mablag' beradi.

Banklar omonat jalb qilish faoliyatida, Muzoraba shartnomasi bo'yicha jismoniy yoki yuridik shaxslardan jalb qilingan pullarga sarmoya sifatida qaraladi. Bank ushbu investitsiyalarni tijorat faoliyatidan, ya'ni jismoniy shaxslar va tadbirkorlarni moliyalashtirish uchun ishlatadi. Muzoraba shartnomasiga binoan, bank omonatchiga investitsiyalar evaziga o'z foydasidan ulushni oldindan kelishilgan nisbat asosida berishga rozi bo'ladi.

Muzoraba orqali investitsiyalarni moliyalashtirish - bu bankning mijozi bo'lgan tadbirkorlar tomonidan olingan foydani taqsimlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchilikda ham ishtirok etishni nazarda tutadi. Muzoraba shartnomasi ishtirokchilari faqatgina ushbu korxonalar muvaffaqiyatli bo'lgan taqdirda foyda ko'radi. Agar loyiha muvaffaqiyatsiz bo'lsa, moliyachi sarmoyasini yo'qotadi, tadbirkor esa loyihaga sarf qilingan vaqt va kuchini yo'qotadi.

Muzoraba, Mushorakadan farqli o'laroq, investor («robbul mol»)ga biznesni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.

Murobaha shartnomasi tomonlar o'rtasida oldi-sotdi shartnomasi ustama haq evaziga bo'lishini anglatadi. Murobaha Islom banklari tomonidan amalga oshiriladi gan aktivlarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Ushbu shartnoma mijoz, tovarlarni yetkazib beruvchi va Islom banki o'rtasida uch tomonlama imzolanadi. Bank yetkazib beruvchidan qisqa yoki uzoq muddatli aktivni sotib olib, mijozga qimmatroqqa ustama haq bilan, belgilangan muddatda to'lash sharti bilan sotadi. Bank moliyalashtirilayotgan aktivni garovga olishi yoki boshqa turdagi kafolatni talab qilishi mumkin. Murobaha shartnomasida sotuvchi o'z yetkazib beruvchisidan tovarlarni sotib olayotganda, xaridorga sotib olishning tannarxini sotishdan oldin aytadi, ya'ni bank tovarning tannarxiga qancha ustama qo'yganini oshkor qiladi.

An'anaviy banklardan farqli o'laroq, narx bo'yicha kelishilgan qo'shimcha foyda davr davomida o'zgarmaydi. Amalda Islom banklari an'anaviy banklar bilan raqobatbardoshlikni yo'qotmaslik uchun muddatidan oldin to'lovni to'liq amalga oshirsa, Murobaha shartnomasi uchun chegirma berishi mumkin, bunda chegirma Murobaha shartnomasida oldindan kelishilgan bo'lishi mumkin emas.

Muddatida yopilmagan to'lovlar uchun jarima esa, tovon puli sifatida shartnomaga kiritilishi mumkin, ammo xayriya mablag'lari sifatida tarqatilishi zarur. Chunki bu jarima faqat mijozlarni tartibga chaqirish va mijozlar Murobaha shartlarini suiiste'mol qilishlarining oldini olishga qaratilgan. Bank ushbu jarima pulining bir qismini mijoz o'z vaqtida to'lamaganligi tufayli bank tomonidan bajarilgan xarajatlarni qoplash uchun olishi mumkin (misol uchun, to'lovlarni undirish uchun ketgan sarf-

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

xarajatlar). Yo'qotilgan imkoniyat yoki mablag' sarflari uchun jarima olish mumkin emas.

Ijara - o'z nomi bilan, ijara yoki lizing shartnomasidir. Ijaraga berilgan mulk huquqi buyurtmachiga o'tkazish imkoniyati ko'zda tutilgan bo'lsa, ijara shartnomasi «Ijara muntahia bi tamlik» (mulkdorlik bilan yakunlanuvchi ijara) deb yuritiladi. Ushbu moliyalashtirish vositasining maqsadi ijara muddati tugagandan so'ng ijara oluvchiga ijara ob'ektini uning nomiga o'tkazib berishdir.

Ushbu ijara kontseptsiyasi Islom moliyasi muassasalari tomonidan qo'llaniladigan moliyaviy lizingga muqobil mahsulot hisoblanadi. Ijaraning bir nechta shakllari mavjud bo'lib, ular ijara beruvchidan ijara oluvchiga sovg'a qilish, sotish va ulushni o'tkazish kabi aktivga egalik huquqini o'tkazishning turli xil usullarini aks ettiradi.

Takoful - arabchada «kafala» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, kafolat berish ma'nosini beradi. Aniqroq aytganda, bu «takafala» fe'lidan kelib chiqib, o'zaro kafolat berish va bir-birini himoya qilish ma'nosiga ega. Shuning uchun, so'zma-so'z tarjima qilinganda, bu o'zaro yordamni anglatadi.

Ta'kidlash joizki, Takoful shartnomasi bir-birlariga yordam berish g'oyasiga asoslangan bo'lib, har bir ishtirokchi o'zaro himoya qilish kelishuviga ko'ra, har qanday yordamga muhtoj a'zoga moddiy yordam ko'rsatish uchun umumiy jamg'armaga o'z hissasini qo'shadi. Asosan Takoful o'zining falsafasi va tuzilishi jihatidan an'anaviy o'zaro sug'urtaga juda o'xshaydi. Takofulning barcha faoliyati Islom tamoyillarga asoslangan bo'lishi, unda shariat kengashi tashkil etilishi va da'volar haqiqatan ham qonuniy bo'lishi kerak.

Sukuk - mulkchilik manfaatlarini ifodalovchi teng nominaldagi investitsiya sertifikati. Sukukni sarmoyadorlarga foyda keltiradigan va an'anaviy aktivlar bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozga o'xshash Islom moliyalashtirish instrumenti deb tasavvur qilsa bo'ladi. Sukuk ribo yoki foizni taqiqlovchi shariat tamoyillariga muvofiq tarzda tuziladi. Sukuk davlatlar yoki tashkilotlar tomonidan chiqariladi va turli xil bitimlar asosida bo'lishi mumkin, xususan, Murobaha, Ijara, Istisna, Mushoraka va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Javlon Umarov. Azon.uz

2. Ahmed, S. (1989), Islamic Banking and Finance, Journal of Monetary Economics, Vol 24, pp. 157-167.

3. Blitz, R. and Long, M. (1965), The Economics of Usury Regulation. Journal of Political Economy, Dec., pp. 608-619

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

4. Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.

5. AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI. AXEOPOT-KOMMYHHKA^X TEXHOmrnmAPH BA TEXEKOMMYHHKA^mAPHHHr 3AMOHABHÉ MYAMMOXAPH BA EHHMXAPH OHXAMH PECnYEXHKA HXMHH-TEXHHK AHMYMAHHHHHrMAEPY3AXAP TmflAMH, 2 (6), 794

6. A Abdullaev. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT - KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari, uning ...

7. Akhmadjonov, A Abdullayev, A Abdupattayev, M Sultonov. (2021). ISLAMIC BANKING MANAGEMENT, ASSETS AND LIBILITIES. Scientific progress, 2 (6), 1525-1532.

8. M Mamadjonov, A Abdullayev, I Abdurahmonov, A Mamadaliyev. (2021). CHALLENGES OF MANAGEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scientific progress, 2 (6), 1533-1537.

9. MMQ Tojiyeva, AAU Abdullayev. (2021). THE USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN STATISTICAL DATA COLLECTION. Asian Journal of Multidimensional Research 10 (12), 250-254.

10. O Akhmadjonov, A Abdullaev, B Umarjonov, M Shamsiddinov. (2021). ISLOM MOLIYASINING XUSUSIYATLARI. Scientific progress 2 (8), 634-638.

11. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Yusupuv, J Anvarov. (2021). ISLOM BANKCHILIGIDAGI XAVF. Scientific progress 2 (8), 639-642.

12. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Karimova, F Solijonova. (2022). Jahon savdo tashkiloti boshqaruv tizimi. Scientific progress 3 (2), 343-347.

13. O Akhmadjonov, A Abdullaev, J Anvarov, S Ismoilov. (2022). ISLOM MOLIYASI. Scientific progress 3 (2), 45-47.

14. O Akhmadjonov, A Abdullaev, M Shamsiddinov, B Umarjonov. (2022). ISLAMIC FINANCE. Scientific progress 3 (2), 48-50.

15. A Abdullaev. (2022). BOBUR VA BOBURIYLAR SULOLASINING JAHON SIVILIZATSIYASINING YANGILANISHIGA QO'SHGAN HISSASI. NEW

RESEARCH ON THE WORKS OF ALISHER NAVOI AND ZAHIRUDDIN MUHAMMAD BABUR 1 ...

16. A Akhrorjon. (2022). Reasons, problems and consequences for the accession of the Uzbek ecanomy to the WTO. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern .

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

17. A Akhrorjon, A Oybek. (2022). Danger in Islamic Banking. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern ...

18. A Akhrorjon, A Oybek. (2022). Characteristics of Islamic Finance. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern ...

19. A Akhrorjon. (2022). Uzbekistan and the World Trade Organization management system. International scientific conference "Topical issues of the economy in modern ...

20. A Abdullaev. (2022). O'ZBEKISTON IQTISODIYOTI UCHUN JSTGA A'ZO BO'LISH SABAB MUAMMO VA NATIJALARI. RAQAMLITEXNOLOGIYALAR VA TA 'LIMISTIQBOLLARI1 (2), 113-121

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.