Научная статья на тему 'ISHONCH HISSINI TARBIYALASH ORQALI KURSANTLARDA OFITSERLIK SHAXSINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

ISHONCH HISSINI TARBIYALASH ORQALI KURSANTLARDA OFITSERLIK SHAXSINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishonch hissi / kursant / ofitser shaxsi / mustaqil fikr / psixologik tayyorgarlik / jangovar ruh. / sense of confidence / cadet / officer's personality / independent thought / psychological preparation / morale.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muinov, Alisher Musinovich

Mazkur maqolada kursantlarda ishonch hissini tarbiyalash orqali ofitserlik shaxsini shakllantirish, bu faolityatda ularning kasbiy, aqliy jismoniy va ruhiy tayyorgarligini takomillashtirish haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF FORMING AN OFFICER'S PERSONALITY IN CADETS THROUGH EDUCATION OF CONFIDENCE

This article sets out questions about ways to form an officer’s personality through instilling a sense of confidence in cadets, as well as improving their professional, mental, physical and psychological activities.

Текст научной работы на тему «ISHONCH HISSINI TARBIYALASH ORQALI KURSANTLARDA OFITSERLIK SHAXSINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ISHONCH HISSINI TARBIYALASH ORQALI KURSANTLARDA OFITSERLIK SHAXSINI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Alisher Musinovich Muinov

Chirchiq oliy tak qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi

katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada kursantlarda ishonch hissini tarbiyalash orqali ofitserlik shaxsini shakllantirish, bu faolityatda ularning kasbiy, aqliy jismoniy va ruhiy tayyorgarligini takomillashtirish haqida so Z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ishonch hissi, kursant, ofitser shaxsi, mustaqil fikr, psixologik tayyorgarlik, jangovar ruh.

АННОТАЦИЯ

В данной сатъе излагаются вопросы о путях формирования личности офицера посредством воспитания чувство уверенности у курсантов, а также совершенствования у них профессиональной, умственной, физической и психологической деятелъности.

Ключевые слова: чувство уверенности, курсант, личность офицера, независимая мыслъ, психологическая подготовка, боевой дух.

KIRISH

Hozirgi kunlarda bizlar Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida jadal qadamlar bilan oldinga harakatlanib, jamiyatda tub islohotlarni amalga tatbiq etmoqdamiz. Ana shu islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri - jamiyatimizdagi ma'naviy-ma'rifiy islohotlar bo'lib, ularning asosiy maqsadi yoshlarning dunyoqarashini hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, milliy an'analar va qadriyatlarimiz asosida shakllantirishdir. Shundan kelib chiqib, davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha fikrlash bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirish tashkil etadi. Yangi O'zbekistonda shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an'analarni e'zozlashni va tanlagan yo'liga - kasbi, maslagi va e'tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan harbiy islohotlar tufayli Qurolli Kuchlarimiz uchun yuqori malakali mutaxassislarni, yuksak intellektual, ma'naviy-axloqiy salohiyatga ega bo'lgan ofitser kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Sh.M.Mirziyoyev o'z ma'ruzalarida "Keyingi yillarda "Xalq va armiya - bir tanu bir jondir" degan ezgu g'oya asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish, harbiy qurilish sohasini tubdan modernizatsiya qilish bo'yicha olib borayotgan islohotlarimiz

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

natijasida milliy armiyamizda chuqur sifat o'zgarishlari yuz bermoqda, uning saflarida xizmat qilish tom ma'noda shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.

Bu borada, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarimiz muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarimizning professional mahorati va obro'-e'tibori jahon miqyosida ham yuksalib bormoqda. Buni mamlakatimiz Qurolli Kuchlari vakillarining nufuzli xalqaro harbiy musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallab kelayotgani misolida yaqqol ko'rish mumkin" [1], - deb harbiy kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratdilar.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham "zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilg'or tajribasini o'rganish asosida qo'shinlar jangovar shayligi va tayyorgarligini rivojlantirish, qo'shinlar tayyorgarligi intensivligi va sifat darajasini oshirish, mashq va mashg'ulotlarni tungi sharoitlarda o'tkazishni bosqichma-bosqich ko'paytirib borish, qo'shinlarning rahbar lavozimlarida xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar uchun malaka talablarini zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqish, qo'shinlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tanlash, kadrlar zaxirasini yaratish, ularni maqsadli ravishda tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish" kabi muhim vazifalar belgilangan [2].

Shu bilan bir qatorda oliy harbiy ta'lim tizimini samaradorligini oshirishga 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Qaror, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori qator muhim vazifalar ijrosini belgilab berdi [3].

Mazkur huquqiy hujjatlar bo'lg'usi ofitserlarning eng ilg'or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk sarkardalar va allomalarning merosini chuqur va teran o'rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, ma'naviy ma'rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi.

Jamiyatdagi shiddatli islohotlardan ruhlangan, uning moddiy va ma'naviy ne'matlaridan bahramand bo'layotgan harbiy xizmatchilar o'tgan qisqa vaqt mobaynida uning qadriyatlari, har bir shaxsga yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlari, ilm va bilim borasidagi shart-sharoitlarni anglab, o'zlari ongli ravishda ana shu tuzumga sadoqat va uni sevish, ardoqlash va himoya qilishga tayyorlik falsafasini shakllantirmoqdalar. Yangi mafkura milliy qadriyatlar g'oyasi ta'sirida

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shakllanmoqda va bu tabiiy, birinchi navbatda yoshlar dunyoqarashini o'zgartiruvchi muhim shartdir.

Shaxsga taalluqli bo'lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta'sirlarni o'z ongi va idroki bilan qabul qilib, so'ngra shu ta'sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq "mening hayotim", "bizning dunyo" degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o'sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit -kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an'analar, udumlar, turli xil tillar olami bo'lib, undagi ko'plab qoidalarga ko'pchilik mutloq qo'shiladi, ba'zilar qisman qo'shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo'ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta'qiqlanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo'lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko'rinishidir.

Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta'sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma'naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta'sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a'zolari bo'lmish shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ayrim alohida yo'nalishlarini belgilab beradi.

Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta'sirida bo'ladi va ko'plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o'quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san'at, madaniyat va boshqa) bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, shaxsdagi turli g'oyalar fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta'sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog'cha, maktab va boshqa o'quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta'sirining e'tiqodi darajasida ko'tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g'oyalarning paydo bo'lishi va o'sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o'z qobiliyatlari, malaka va ko'nikmalarini rivojlantira borib, malakali mutaxassis sifatida elu-yurtiga xizmat qiladi.

Mustaqil fikr - insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro'y berayotgan hodisalarning mohiyati xususida o'z qarashlari bo'lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi. Bo'lg'usi ofitserlarda qat'iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega.

Kursant shaxsini shakllanishida, undagi o'z-o'ziga, sharafli faoliyatiga bo'lgan ishonch hissini tarbiyalashning bir qator jismoniy, aqliy, harbiy-kasbiy va psixologik omillari mavjud bo'lib, psixologiya va pedagogika sohasidagi mavjud bilimlarni amaliy qo'llagan holda ta'limni, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkillashtirishni taqozo etadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Kursantlarda ishonch hissini tarbiyalash orqali ofitser shaxsini tarbiyalash avvalambor harbiy ta'lim mussasalarida amalga oshiriladi. Bu uchun ular bilan ta'lim jarayonida nazariy va amaliy mashg'ulotlarni zamonaviy innovatsion usullaridan foydalangan holda yuqori saviyada tashkillashtirib o'tkazish nazarda tutiladi. Kursantlar ta'lim jarayonida bosqichma-bosqich zamonaviy ofitserga xos bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab kelishadi. Mashg'ulotlarda dunyoda sodir bo'layotgan harbiy mojarolarni chuqur o'rganib ular to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishadi. Bularning hammasi birgalikda kursantlarda Vatan himoyachisiga xos bo'lgan fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, kursantlarning ofitser bo'lib shakllanishiga ularning ruhiy tayyorgarligiga alohida e'tibor berilishini ta'kidlash joizdir. Chunki, harbiy xizmatchilar o'zlarining kasbiy majburiyatlarini bajarishlariga tayyorgarligi ularning ruhiy ishonchi va qat'iyligi shakllangandagina natija beradi. Harbiy xizmatchilardagi ta'limni tashkil etish jarayonida axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan mashg'ulotlarni amaliy tarzda tashkillashtirishga e'tiborni kuchaytirish malakali mutaxassislar bo'lib yetishishlarini ta'minlaydi. Harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini yuksaltirish masalalari dolzarbligini Prezidentimiz Buyuk Amir Temur bobomizning aytgan so'zlariga murojaat qilib, "G'alaba taqdirini avvalo qo'shinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, ma'naviy qudrati va mustahkam irodasi hal qiladi", deb ta'kidladilar. Shu bois, milliy armiyamizning chinakam kuch-qudratini belgilab beradigan qo'rqmas va dovyurak harbiylarimiz qalbida jangovar ruhni oshirish, ularni har qanday qiyinchilik va sinovga chidamli va matonatli etib tarbiyalash bundan buyon ham e'tiborimiz markazida bo'ladi, dedilar

Bundan tashqari, bu masalani naqadar muhimligini Prezidentimiz quyidagi fikrlarida keltirib o'tadilar: "men harbiy xizmatchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bilan bog'liq bir qator muammolarga e'tibor qaratmoqchiman. Nega deganda, jismoniy tayyorgarlik harbiy xizmatchilar uchun xizmat faoliyatida, harbiy karyerasida va umuman, turmush tarzida hal qiluvchi omillardan biri bo'lishi zarur. Harbiy xizmatchilarning ruhiy jihatdan chidamli bo'lishi haqida gapirganda, keyingi paytda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo'layotgan qurolli to'qnashuvlarda ko'zga tashlanayotgan bir holatga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Ya'ni, jangovar harakatlar davomida shaxsiy tarkib o'rtasidagi yo'qotishlarning asosiy qismi kuchli ruhiy ta'sir va zarbalar bilan bog'liq ekani ma'lum bo'lmoqda. Bunday ruhiy jarohatlarni hatto tinch hayot sharoitida ham davolash juda murakkab masaladir".

Shu bois harbiy ta'lim muassasalarida kursantlar shaxsidagi ishonch hissini tarbiyalashda, o'zini ongli ravishda har qanday ekstremal vaziyatlarda ham boshqara

[1].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

oladigan, har qanday qarorni mantiqiylik bilan bog'lay oladigan va o'z aqlini to'g'ri yo'naltira oladigan qat'iy irodani shakllantirishga qaratilgan amaliy psixologik maxsus treninglarni tashkil etish juda muhim ahamiyatga ega. Bunday psixologik treninglarni kichik guruhlarda va individual tarzda bajartirish orqali o'zini o'rganish va harbiy jamoani to'la his qilish, o'z o'rnini, vazifasini jamoada aniq idrok qilish imkonini shakllantiradi. Bajariladigan vazifani oldindan his qilish, o'z mas'uliyatini shakllangan tajriba va bilimlarga bog'lay olishi kursant shaxsida ishonch hissi bilan harakatlanishini ta'minlaydi. Bildirilgan sharafli mas'uliyat, burch qachonki shaxsdagi qat'iy ishonch shakllangandagina to'la ado etiladi. Buning uchun ta'lim jarayoniga malakali, amaliy psixologik bilimlarini harbiy soha faoliyati bilan integratsiya qila oladigan tajribali harbiy psixolog va o'qituvchilarni jalb qilish taqozo etiladi [4]. Zero, ertangi kun, Vatan osoyishtaligi, sarhadlarini daxlsizligi bugungi kunda harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan kursantlarga ham bog'liqdir.

XULOSA

Shunday qilib, shuni ta'kidlash kerakki, kursantlarda ishonch hissini tarbiyalash orqali ofitser shaxsini tarbiyalash bu ko'pqirrali va murakkab jarayondir. Shuning bilan birga, mazkur jarayon ularning harbiy-kasbiy faoliyatlariga yanada qiziqish uyg'otadi hamda o'qishiga, ilm-fan cho'qqilarini mukammal darajada egallashlariga harbiy va kasbiy qobiliyatlarini shakllantirishlariga va jamiyat taraqqiyotining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi muqarrar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondonining "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi". - 2024 yil 12 yanvar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // www.lex.uz.

3. "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" № PQ 3898-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. - 2018 yil 4 avgust.

4. N.N.Shomuratova, ps.f.n, dotsent, "Bo'lg'usi ofitser shaxsida ishonch hissini tarbiyalashning psixologik omillari", maqola - 2020 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.