Scientific journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 4 2024
QISQA XABARLAR
UO'T: 631.331
ISHLOV BERILMAGAN TUPROQQA TAKRORIY EKINLARNI EKADIGAN SEYALKA QO'SH DISKLI EKKICHI DISKNING DIAMETRNI UNING ISH
KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI
Rasuljonov Abduraxmon Ravshanbek o'g'li QXMITI, t.f.PhD, k.i.x. tel: abduraxmon [email protected]
Temirkulova Nargiza Maminjanovna AQXAI, tayanch doktorant
Annotatsiya. Ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka qo'sh diskli ekkichi diskning diametrni uning ish ko'rsatkichlariga, ya'ni diskli ekkich tomonidan ochilgan ekish egatining chuqurligi va uning o'rtacha kvadratik chetlanishi hamda ekkichning tortishga qarshiligiga ta'sirini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan tajribaviy tajqiqotlarning natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka mavjud agrotexnika talablar darajasida ishlashi uchun u qo'sh diskli ekkichi diskning diametri 30 cm bo'lishi lozimligi aniqlandi.
Аннотация. В статье приведены результаты экспериментальных исследований по определению влияния на показатели работы диаметра двухдискового сошника сеялки для посева повторных культур, т.е. на глубину посевной борозды, образованной дисковым сошником, ее среднеквадратическое отклонение, а также тяговое сопротивление сошника. По результатам исследований установлено, что для того, чтобы сеялка для посева повторных культур на необработанную почву работала на уровне существующих агротехнических требований диаметр ее двухдискового сошника должен быть 30 см.
Abstract. The article presents the results of experimental studies to determine the effect of the diameter of the double-disc coulter of a seeder for sowing repeated crops on the performance indicators, i.e. the depth of the seed furrow formed by the disc coulter, its standard deviation, and the draft resistance of the coulter. According to the results of the studies, it was found that in order for the seeder for sowing repeated crops on uncultivated soil to operate at the level of existing agrotechnical requirements, the diameter of its double-disc coulter should be 30 cm.
Kalit so'zlar. ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka, qo'sh diskli ekkich, diskning diametri, ochilgan ekish egatining chuqurligi va uning o'rtacha kvadratik chetlanishi, ekkichning tortishga qarshiligi, agregat harakat tezligi.
Ключевые слова. сеялка для посева повторных культур в необработанную почву, диаметр диска, глубина образованной посевной борозды и ее среднеквадратическое отклонение, тяговое сопротивление сошника, скорость движения агрегата.
Keywords. seeder for sowing repeated crops in uncultivated soil, disc diameter, depth of the formed seed furrow and its standard deviation, draft resistance of the coulter, speed of movement of the unit.
Kirish (Introduction). Takroriy ekinlar urug'larini ekishda yonilg'i-moylash materiallari, mehnat va boshqa xarajatlarning kamaytirish va ularni o'z muddatlari ekish hozirgi kunda juda muhim hisoblanadi [1-3]. Bunga erishilsa urug'larni qisqa muddatlarda ekib, nihollarni bir tekis undirib olish imkoni yaratiladi. Shu maqsadda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti bilan hamkorlikda ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka konsturksiyasi ishlab chiqdi (1-rasm) [4-7].
Ushbu seyalka osish qurilmasi bilan jihozlangan rama 1, zig-zagsimon diskli
Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 4 2024
QISQA XABARLAR
yumshatkich 2, qo'sh yassi diskli ekkich 3, pnevmatik ekish apparati 4, ekish chuqurligini saqlaydigan va rostlaydigan katok 5, ko'mgich 6 va ekilgan urug'lar ustidagi tuproq qatlamini shibbalaydigan zichlagich 7, eksgauster 8, shlang 9, urug' bunkeri 10 dan iborat.
10 «
7 6 4 3 2
1-rama; 2-tayanch g'ildirak; 3-zig-zagsimon diskli yumshatkich; 4-qo'sh yassi diskli ekkich;
5-pnevmatik ekish apparati; 6-ko'mgich; 7-zichlagich;
8-eksgauster; 9-shlang; 10-urug' bunkeri 1-rasm. Seyalkaning konstruktiv sxemasi
Ishlab chiqilgan seyalkaning ish jarayoni quyidagicha kechadi: agrégat dala bo'ylab harakatlanganda uning zig-zagsimon diskli yumshatkichi ertagi ekinlardan va g'alladan bo'shagan maydonlar ang'izlarini qisman yumshatadi hamda o'simlik qoldiqlari va begona o'tlarni qo'sh yassi diskli ekkichning oldidan yon taraflarga suradi. Qo'sh yassi diskli ekkich pnevmatik ekish apparati orqali kelib tushayotgan takroriy ekinlar urug'larini belgilangan chuqurlikka ekadi. So'ngra ko'mgich yordamida urug'lar ko'miladi va zichlagich bilan urug'lar ustidagi tuproq qatlami shibbanadi. Natijada tuproqqa ishlov bermasdan takroriy ekinlar urug'larini qisqa muddatlarda ekib, nihollarni bir tekis undirib olish imkoni yaratiladi.
Usullari (methods). Ushbu maqolada ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka qo'sh diskli ekkichi diskning diametrni aniqlash bo'yicha o'tkazilgan bir omilli tadqiqotlarning natijalari keltirilgan.
Ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka qo'sh diskli ekkichi diskning diametr De ni diskli ekkich tomonidan ochilgan ekish egatining chuqurligi Mor va uning o'rtacha kvadratik chetlanishi ±o hamda ekkichning tortishga qarshiligi Re ga ta'sirini o'rganish bo'yicha tajribaviy tadqiqotlar o'tkazildi.
Ekkich tomonidan ochilgan ekish egatining chuqurligi va uning o'rtacha kvadratik chetlanishi ekish ±0,1 sm bo'lgan chizg'ich yordamida o'lchandi. Ekkichning tortishga qarshiligi esa tenzometriya usuli yordamida tenzoustun qo'llanilib aniqlandi [8, 9].
Tajribalarni o'tkazishda nazariy tadqiqotlarning natijalaridan kelib chiqib, qo'sh diskli ekkich diskining diametri 5 cm interval bilan 15 cm dan 30 cm gacha o'zgartirildi. Bunda qo'sh
Scientific journal of Construction and Education ISSN 2181-3 779, volume 3, Issue 4 2024
QISQA XABARLAR
yassi diskli ekkich disklari orasidagi burchak 10° va unga beriladigan tik yuklanish 250 N, hamda agregatning harakat tezligi 6 va 8 km/h etib belgilab olindi. Shuningdek urug'larni ekilish chuqurligi 6 cm etib belgilandi.
Natijalar (results). Tajribalarda olingan natijalar 2-rasmda va jadval keltirilgan. Qo'sh diskli ekkich diskning diametrni uning ish ko'rsatkichlariga ta'siri
Diskning diametri, mm Ochilgan ekish egatining chuqurligi, cm Ochilgan ekish egatining chuqurligining o'rtacha kvadratik chetlanishi, ±cm Ekkichning tortishga qarshiligi, N
Agregat harakat tezligi 6 km/h bo'lganda
20 6,5 1,13 132
25 6,3 0,97 145
30 6,0 0,88 159
35 5,5 1,04 175
Agregat harakat tezligi 8 km/h bo'lganda
20 6,2 1,21 154
25 6,0 1,04 167
30 5,7 0,94 181
35 5,2 1,12 197
Ma
6,6
6,2
5,4
5,0
l
2
20
25
a)
30
D„, cm
35
1,25
±a, cm
1,15
1,05
0,95
0,85
2 / 4
\ V \ i ► k ^——-- / i
/ 1 < ► /
20
25
30
Da, cm
35
b)
205 Re, N 185
165
145
125
2X
' !
20
25
v)
30
D„, cm
35
1 va 2 mos ravishda agregat tezligi 6 va 8 km/h bo'lganda 2-rasm. Ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka qo'sh diskli ekkichi diskning diametr Ds ni ekkich tomonidan ochilgan ekish egatining chuqurligi Mo'r (a) va uning o'rtacha kvadratik chetlanishi ±a (b) hamda ekkichning tortishga qarshiligiga
Re (v) ga ta'siri
Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, volume 3, Issue 4 2024
QISQA XABARLAR
Ularning tahlili shuni ko'rsatadiki, qo'sh diskli ekkich diskining diametri ortishi bilan ochilgan ekish egatining chuqurligi kamaygan, agrégat harakat tezligining ortishi bilan ham ushbu ko'rsatkich kamaygan. Diskning diametri 20 cm dan 35 cm gacha ortganda ochilgan ekish egatining chuqurligi agregat harakat tezligi 6 km/h bo'lganda 6,5 cm dan 5,5 cm gacha kamaygan bo'lsa, agregat harakat tezligi 8 km/h bo'lganda esa ushbu ko'rsatkich 6,2 cm dan 5,2 cm gacha kamaygan.
Qo'sh diskli ekkich diskining diametri ortishi bilan ochilgan ekish egatining chuqurligining o'rtacha kvadraktik chetlanishi botiq parabola qonuniyati bo'yicha o'zgargan, ya'ni oldin kamaygan so'ngra ortgan. Agregat harakat tezligining ortishi bilan esa ushbu ko'rsatkich ortgan. Diskning diametri 20 cm dan 30 cm gacha ortganda ochilgan ekish egatining chuqurligining o'rtacha kvadratik chetlanishi agregat harakat tezligi 6 km/h bo'lganda ±1,13 cm dan ±0,88 cm gacha kamaygan bo'lsa, diametr 30 cm dan 35 cm ga o'zgarganda ushbu ko'rsatkich ±0,88 cm dan ±1,04 cm gacha ortgan. Agregat harakat tezligi 8 km/h bo'lganda esa ushbu ko'rsatkich mos ravishda ±1,21 cm dan ±0,94 cm gacha kamaygan hamda ±0,94 cm dan ±1,12 cm gacha ortgan.
Qo'sh diskli ekkich diskining diametri ortishi bilan uning tortishga qarshiligi ortgan, agregat harakat tezligining ortishi bilan ham ushbu ko'rsatkich ortgan. Diskning diametri 20 cm dan 35 cm gacha ortganda ekkichning tortishga qarshiligi agregat harakat tezligi 6 km/h bo'lganda 132 N dan 175 N gacha ortgan bo'lsa, agregat harakat tezligi 8 km/h bo'lganda esa ushbu ko'rsatkich 154 N dan 197 N gacha ortgan.
Ta'kidlanganlarni qo'sh diskli ekkich diskining diametri ortganda uning tuproq bilan ta'sirlashish yuzasini ortganligi bilan izohlash mumkin.
Xulosalar (conclusion). Demak, yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqadiki, mavjud agrotexnika talablari bajarilishi uchun ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekadigan seyalka qo'sh diskli ekkichi diskning diametri 30 cm bo'lishi lozim.
ADABIYOTLAR
1. Qoraxonov A., To'xtaqo'ziev A. Kuzgi boshoqli ekinlardan bo'shagan dalalarni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash // 1996 yil 22-26 avgust kunlari o'tkazilgan xalqaro anjuman materiallari. - Toshkent, 1996. - B. 272-274.
2. Mamatov F.M. Qishloq xo'jalik mashinalari. - Toshkent: Fan, 2007. - 338 b.
3. Shoumarova M., Abdullaev T. Qishloq xo'jaligi mashinalari. - Toshkent: O'qituvchi, 2009. - 504 b.
4. Azizov Sh.Sh., Rasuljonov A.R., Temirkulova N.M. Tuproqqa ishlov bermasdan takroriy ekinlarni ekadigan seyalka // Yuqori samarali qishloq xo'jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari: Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi ilmiy maqolalar to'plami. - Gulbahor, 2023. - B. 130-132.
5. Tukhtakuziev, A., Rasuljonov, A., Azizov, S., & Temirkulova, N. (2024). Substantiation of the parameters of the double flat disc seeder for directly sowing repeated crops in the soil after wheat crop harvesting in Uzbekistan. In BIO Web of Conferences (Vol. 105, p. 01015). EDP Sciences.
6. Tukhtakuziev, A., & Rasuljonov, A. (2020). Results of laboratory and field experiments on an experimental mounted chisel cultivator. In Эффективность применения инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве (pp. 112-115).
7. Bokijonovich, I. K., & Makhkamovich, M. U. (2023). Results of Multi-Factor Experiments Conducted to Base the Parameters of the Combined Machine Quantification Apparatus for Organic Fertilizers. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 17, 11-16.
8. ГОСТ 20915-11. «Испытания сельскохозяйственной техники. Методы определения условий испытаний». - М.: Стандартинформ, 2013. - 23 с.
9. O'zDSt 3193:2017. «Qishloq xo'jalik texnikasini sinash. Mashinalarni energetik