Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va mehnat muhofazasi bo'yicha samarali natijaga erishish borasidagi say-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish
Shakhriddin Gulomovich Musayev [email protected] Munira Akmal qizi Hamroyeva [email protected] Toshkent davlat transport universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xalqaro mehnat tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-2022 yil oralig'ida hisobga olingan o'lim va kasbiy kasalliklar to'g'risidagi statistik ma'lumotlar va mehnat muhofazasi bo'yicha samarali natijaga erishish va bu boradagi say-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun chora-tadbirlarni amalga oshirish tadbirlari sanab o'tilgan.
Kalit so'zlar: International Labor Organization, baxtsiz hodisalar, mehnat, muhofaza qilish, mehnat inspeksiyasi, inson hayoti.
More targeted organization of efforts to achieve effective results in terms of industrial accidents and labor protection
Shakhridin Gulomovich Musayev [email protected] Munira Akmal kizi Hamroyeva [email protected] Tashkent State Transport University
Abstract: This article provides statistical data on mortality and occupational diseases, taken into account by the International Labor Organization and the Ministry of Employment and Labor Relations of the Republic of Uzbekistan for the period 20192022. and the achievement of an effective result on labor protection and lists the measures for the implementation of measures for a more targeted organization of efforts in this direction.
Keywords: International Labor Organization, accidents, labor, protection, labor inspection, human life.
Kirish.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni O'zbekistonda «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili» deb e'lon qilgan. «Inson qadrini ulug'lash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash demakdir.
Konstitutsiyasiyamizning 37-moddasida "Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir"[1].
Qaysi sohada bo'lmasin inson hayoti va uning qadr-qimmati har narsadan ustun turadi. Bu esa, avvalo, ish joylarida yaratilayotgan mehnat muhofazasi bilan bog'liq. Ayniqsa, ishlab chiqarish tarmoqlari, sanoat korxonalari va qurilish joylarida mehnat muhofazasiga rioya etish o'ta muhim hisoblanadi. Afsuski, o'tkazilgan maxsus tekshiruv natijalari hududlarda bu borada jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko'rsatmoqda.
ILO (International Labor Organization) hisob - kitoblariga ko'ra, har yili taxminan 2,3 million erkak va ayol ish joyidagi baxtsiz hodisalar yoki ish bilan bog'liq kasalliklar natijasida vafot etadi-har kuni o'rtacha 6000 kishi. Dunyo bo'ylab har yili taxminan 340 million ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va 160 million kasb kasalliklari qurbonlari qayd etiladi[2]. ILO ushbu ma'lumotlarni muntazam ravishda yangilab turadi, ularning o'zgarishi baxtsiz hodisalar sonining ko'payishi va sog'lig'ining yomonlashishini ko'rsatadi.
MDH mamlakatlari uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning uslubiy jihatdan hisoblangan soni 11000 tani tashkil etadi. Taqqoslash uchun, 5 850 ta holat qayd etilgan.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shu jumladan XMT tomonidan olingan o'lim va kasbiy kasalliklar to'g'risidagi statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki:
- Ishchilar orasida eng katta o'lim ish bilan bog'liq kasalliklardan kelib chiqadi. Yiliga 651,279 kishining o'limiga faqat zararli moddalar sabab bo'ladi.
- Qurilish sanoatida hisobga olingan baxtsiz hodisalarning nomutanosib yuqori darajasi qayd etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo'yicha 2018-yil misolida olib qaralsa, Respublika bo'yicha yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, shulardan 164 tasi o'lim bilan tugagan, 364 tasi oqibati og'ir va 26 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan. Ushbu baxtsiz hodisalar oqibatida 183 nafar xodim halok bo'lgan, 428 nafari og'ir va 47 nafari yengil tan jarohati olgan[4].
O'zbekistonda 2020-yilda koronavirus pandemiyasiga qaramasdan ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar oshgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining hisobotida keltirib o'tilgan. Inspeksiya ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil davomida respublikada ushbu ko'rsatkich
WWW.OPENSCIENCE.UZ/ISSN2181-0842 1142 LMJ^^^H
607 tani (107 taga ko'paygan) tashkil etgan bo'lsa, 2019-yilda ishlab chiqarish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar 500 ta bo'lgan. Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim jabrlangan. Shundan 201 nafar xodim halok bo'lgan, 457 nafari og'ir va 35 nafari yengil tan jarohati olgan[5].
Tarmoqlar kesimida sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar:
Sanoatda - 101 ta. Oqibatda 23 nafar xodim vafot etgan va 80 nafari og'ir tan jarohati olgan; 7
Qurilishda - 82 ta. Oqibatda 31 nafar xodim vafot etgan va 51 nafari og'ir tan jarohati olgan;
Qishloq xo'jaligida - 18 ta. Oqibatda 12 nafar xodim vafot etgan va 15 nafari og'ir tan jarohati olgan.
Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 4014 ta aniqlangan (1-rsm) kamchilik yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan 566 ta yozma ko'rsatma berilgan.
1-rasm. 2018-2022-yillarda sodir bo'lgan O'zbekistondagi baxtsiz xodisalar ulushi.
Qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'ygani uchun 403 nafar mansabdorga nisbatan 4,149 milliard so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanilgan. 63 ta holatda inspektorlarning tegishli xulosalari asosida aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Respublika bo'yicha kasb kasalligi hisobida turgan bemorlar soni 2019-yil 4716 kishini, 2020-yilda esa 4759 kishini tashkil etgan. 2020 yilda kasb kasalligi aniqlangan 43 nafar bemorning 40 nafari sanoatga to'g'ri kelgan[6].
Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ish beruvchilarga mehnat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarini qo'llanilishi yuzasidan jami 7065 ta targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. Shundan 1371 ta ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan, 4040 ta ish beruvchilar bilan joylarda seminarlar o'tkazildi, 1683 marotaba ishonch telefon orqali tushuntirishlar berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, vazirlik hisobot davrida 5 972 ta korxonalarda nazorat tadbirlari o'tkazgan bo'lib, unda jami 11 315 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonun
WWW.OPENSCIENCE.UZ/ISSN2181-0842 1143 [M^^^Hl
OZBEK3STOXDA YILLAR KESIMIDA BAXTSIZ HODISALAR TUFAYLI VAFOT ETGANLAR SONI
26ta
164 ta
buzilishlar yuzasidan tegishli tartibda ish beruvchilarga yozma ko'rsatmalar va taqdimnomalar kiritilgan. 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 864,6 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanilgan.
Shuningdek, vazirlik mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi natijasida baxtsiz hodisalar soni hamda kasb kasalliklari soni ortib borayotgani, jumladan, Respublika bo'yicha joriy yilning 3 oyi davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisalardan 26 tasi (19 foizi) o'lim, 97 tasi (73 foizi) oqibati og'ir va 9 tasi (6,8 foizi) guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgani haqida ma'lum qilgan[3].
Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bo'lgan, 104 nafar xodim og'ir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.
"Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 776 ta aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan 115 ta yozma ko'rsatmalar berildi hamda qonunbuzilishi holatlariga yo'l qo'yganligi uchun 110 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 223 mln. so'mlik ma'muriy jarimalar qo'llanildi", - deyiladi ma'lumotda.
Bundan tashqari:
- 1 259 ta ish haqini belgilangan muddatlarda to'lab bermaslik;
- 1 027 ta ta'tillar berish tartibiga rioya etmaslik;
- 657 ta aholini ish bilan ta'minlash to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish;
- 654 tasi mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan foydalanish;
- 352 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish;
- 341 ta noqonuniy ishdan bo'shatish holatlari hamda boshqa turdagi qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Qonun buzilishlar sohalar bo'yicha tahlil qilinganda qonun buzilishlarning eng ko'pi xalq ta'limi tizimi (2 734 ta - 45 foiz), maktabgacha ta'lim tashkilotlari (1 437 ta - 24 foiz), qishloq xo'jaligi (1 051 ta - 17 foizi) hamda SSV tizimi (808 ta - 13 foizi)da kuzatilgan.
Natijalar.
Tahliliy tekshiruvlar baxtsiz hodisalarda asosan quyidagi omillar ta'siri mavjudligini ko'rsatdi:
- ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi talablari bajarilmasligi;
- xodimlarning mehnat muhofazasi qonunchiligidan yetarlicha xabardor emasligi va shunga muvofiq o'z haq-huquqlarini talab etmasligi;
- xodimlarning norasmiy ishlatilishi;
- mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga mablag' ajratilmasligi;
- xodimlarni mehnat muhofazasi bo'yicha yo'l-yo'riqlardan o'tkazish, mehnat xavfsizligiga o'qitish va bilimlarni tekshirgan holda ishga tayinlash tashkil etilmaganligi;
- xodimlarning belgilangan me'yorlar asosida maxsus ish kiyimi, shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanmaganligi;
- ish o'rinlarining mehnat sharoitlari bo'yicha attestatsiyadan o'tkazilmasligi;
- ish beruvchilar tomonidan xodimlarga xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlari yaratib berilmasligi;
- ish beruvchi tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasiga rioya qilishi bo'yicha yetarlicha nazorat o'rnatilmaganligi.
To'g'ri, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ushbu qonunbuzarliklarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ko'rilyapti. Xususan, joriy yilning o'tgan davridagi qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo'yicha 6118 ta yozma ko'rsatmalar va 298 ta taqdimnomalar kiritildi, 7262 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4899,1 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanildi.
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 2512 ta aniqlangan kamchilik yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan 228 ta yozma ko'rsatma berildi hamda qonunbuzilishi holatlariga yo'l qo'yganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 395543 ming so'mlik ma'muriy jarima qo'llanildi.
Olib borilayotgan ana shunday chora-tadbirlarga qaramay, mehnat muhofazasiga rioya etmaslik ortidan kelib chiqayotgan baxtsiz hodisalar sonini keskin kamaytirish, ularning oldini olish, bartaraf qilish va fuqarolar uchun to'liq xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda.
Xulosa
Shu bois, mehnat muhofazasi bo'yicha samarali natijaga erishish va bu boradagi sa'y-harakatlarni yanada maqsadli tashkil etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Birinchi, mehnat muhofazasi buzilganligi uchun tayinlanadigan ma'muriy jarimalar miqdorini oshirish. Qonunchilikka muvofiq, hozirda bunday holatlar uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan besh barobarigacha jarima tayinlangan. Ammo bu jarima miqdori qonunchilik oldida katta javobgarlikka ega bo'lmagani sabab, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishida beparvolik va o'zbilarmonlikni keltirib chiqarmoqda. Agar buning oqibatida inson hayotiga tahdid turganligi inobatga olinsa, amaldagi jarima miqdorining naqadar arzimasligi ayon bo'ladi-qoladi.
Ikkinchi, mehnat muhofazasi bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini va profilaktika jarayonlarini kuchaytirish joiz.
Uchinchi, xavflilik darajasi yuqori bo'lgan tashkilotlar, shu jumladan, qurilish joylarida mehnat muhofazasi bo'yicha muntazam tekshiruv ishlarini olib borish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2012.
2. KaMH^OB X. M. h gp. TEMHP HY^ TPAHCnOPTH XAPAKATOAHYB^H TAPKHEH^A EHFHHHH EOm^AHFHq EOC^H^A O-H^HHH O^HM //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 177-179.
3. Sulaymanov S., Kamilov X. Developing a method for attestating of working condition (In example of «uzbekistan railways» joint-stock company single dispatching center) //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2019. - T. 11. - №. 7. - C. 865-869.
4. Sulaymanov, S., & Talipov, M. M. (2021). Actions of the Train Compiler in Non-Standard and Emergency Situations. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 126-130.
5. Sulaymanov, Sunnatulla; Talipov, Miraziz Mirkadirovich; and Dustov, Abdigofur (2020) "TO IMPROVE THE COUPON SYSTEM FOR MONITORING COMPLIANCE WITH LABOR SAFETY AT THE ENTERPRISES OF JSC "UZBEKISTAN TEMIR YULLARI»,"Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers: Vol. 16 : Iss.2 , Article 21.