Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH JARAYONI BUDJETINI TUZISH TARTIBI'

ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH JARAYONI BUDJETINI TUZISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
budjet / ishlab chiqarish budjeti / sotish jarayoni budjeti / segmentar hisobot / boshqaruh hisobi. / budget / production budget / sales process budget / segmental report / management accounting.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A.

Maqolada ishlab chiqarish segmentlari va sotish jarayoni segmentlari bo’yicha budjetlar tuzish tartibi hamda ketma ketliklari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BUDGETING PROCEDURE FOR THE PRODUCTION AND SALES PROCESS

The article describes the procedure and sequence of budgets for production segments and sales process segments.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH JARAYONI BUDJETINI TUZISH TARTIBI»

Shirinov U.A. dotsent SamISI

ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH JARAYONI BUDJETINI TUZISH

TARTIBI

Annotatsiya. Maqolada ishlab chiqarish segmentlari va sotish jarayoni segmentlari bo'yicha budjetlar tuzish tartibi hamda ketma ketliklari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: budjet, ishlab chiqarish budjeti, sotish jarayoni budjeti, segmentar hisobot, boshqaruh hisobi.

Shirinov U.A. associate professor SamIES

BUDGETING PROCEDURE FOR THE PRODUCTION AND SALES

PROCESS

Abstract. The article describes the procedure and sequence of budgets for production segments and sales process segments.

Key words: budget, production budget, sales process budget, segmental report, management accounting.

Bugungi kundagi zamonaviy korxonalar o'zlarining daromadlarini korxona boshqaruvini oqilona tashkil etish orqali oshirishmoqda. Korxonalarda bo'layotgan jarayonlarni chuqur tahlil qilib maqbul qarorlarni qabul qilinishi korxonada ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini samaradorligini oshirishga hizmat qilmoqda.

Korxonalarda har bir jarayonni o'rganish ularni alohida segmentlarga ajratishni talab qilmoqda. Bu esa o'z navbatida har bir jarayon bo'yicha segmentar hisobotlarini tuzishni talab qilmoqda.

Korxonalarda budjet tuzish jaroyonlari haqida ko'pgina iqtisodchi olimlar o'z qarashlarini ilgari surishga jumladan, K.B.Urazov, A.X.Pardayev, U.A.Shirinov, Sh.Usmonov, F.Rahmatullayev, S.S.Kenjayeva, S.Sayfiyev, I.Isroilov va boshqalar.

Mahsulot ishlab chiqarish byudjeti ijrosi bo'yicha hisobotni tuzish korxonada ishlab chiqarish jarayonini to'g'ri tashkil etishga xizmat qiladi. Ushbu byudjetni xarajat markaziga kiruvchi ishlab chiqari bo'limi tuzadi. Mazkur hisobotning ahamiyati shundaki, uning asosida tayyor mahsulotlarni sotish rejasi va ular me'yoriy qoldig'ini ushlab turish rejasini bajarilishi ta'minlanadi. Mazkur hisobot ushbu rejalar bajarilishi ta'minlanganlik holatini oldindan nazorat qilish

imkonini beradi. Ushbu hisbotni hisobot oyi boshidan har kuni (kerak bo'lsa har smenada) quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (1-jadval).

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib korxona buxgalteriyasiga topshiriladigan ishlab chiqarish hisobotlari, tayyor mahsulotlar bo'yicha hisob registrlari, ombor mudirlari hisobotlari hamda ombor hisobi kartochkalari ma'lumotlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish byudjeti bo'yicha tuzilgan segmentar hisobot asosida korxona rahbariyati xarajat markaziga kiruvchi ishlab chiqarish sexlari faoliyatiga baho beradi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

1-jadval

Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish byudjeti ijrosi bo'yicha segmentar

hisobot yil_oyi uchun

Mahsulot nomi Ishlab chiqarish rejasi Haqiqatda ishlab chiqparildi Ishlab chiqarish reja bajari-lishi Reja bajarilishidan chetlanish

Oy boshidan Shu kun da Oy boshidan Shu kunda Oy boshidan Shu kunda Oy boshidan Shu kunda

A mahsulot

B mahsulot

Jami

Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi uchun zarur materiallar xaridi va ular me'yoriy qoldig'i byudjeti ijrosi bo'yicha hisobotni tuzish. Ushbu hisobotni xarajatlar markazi va ta'minot markazi hamkorlikda tuzadi.

2-jadval

Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi uchun zarur materiallar xaridi va ular me'yoriy qoldig'i byudjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot

yil__ oyi uchun

Materialt nomi Ishlab chiqarish hajmi rejasi Haqiqatda mavjud materiallar qoldig'ii Ishlab chiqarish reja bajarilishi ta'minoti foizi Reja bajarilishi ta'minotidan chetlanish

Oy boshi dan Shu dekada da Oy boshi ga Shu dekada boshiga Oy boshi ga Shu dekada boshiga Oy boshiga Shu dekada boshiga

A material

B material

N material

Mazkur hisobotning ahamiyati shundaki, uning asosida keyingi hisobot davrlarida belilangan ishlab chiqarish rejasini bajarilishi uchun tegishli material zahiralarini ta'minlanganligi, shuningdek, materiallar xaridi va omborlarga kirimi

oldindan nazorat qilinadi. Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib korxona buxgalteriyasida yuritiladigan materiallar hisob registrlari, ombor mudirlari hisobotlari hamda ombor hisobi kartochkalari ma'lumotlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmini ta'minlovchi materiallar xaridir va qoldig'i byudjeti bo'yicha tuzilgan segmentar hisobot asosida korxona rahbariyati ta'minot va xarajat markazlari faoliyatiga baho beradi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi uchun zarur materiallar xaridi va ular me'yoriy qoldig'i byudjeti ijrosi bo'yicha hisobotni hisobot oyning har dekadasida quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (2-jadval).

Foyda va zararlar ko'rsatkichlari byudjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot. Ushbu hisobotni bosh ofis talabiga ko'ra foyda markaziga kiruvchi barcha bo'limlar, chunonchi reja-iqtisod va moliya bo'limlari hamda buxgalteriya hamkorlikda tuzadi. Ushbu hisobotni choraklar va ularning oylari kesimida quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (3-jadval).

3-jadval

Moliyaviy natijalar ko'rsatkichlari byudjeti ijrosi bo'yicha segmentar

hisobot_yil_oyi uchun

Ko'rsatkichlar Biznes reja Haqiqatda Reja bajari-lishi foizi Reja bajarilishi-dan chetlanish

Chora kuchu n Shu oy uchun Chora k boshi-dan Shu oyda Chora k boshi-dan Shu oyda Chorak boshi-dan Shu oyda

Sof tushum

Sotish tannarxi

Yalpi foyda

Sotish xarajatlari jami

*sotish xarajatlari

*boshqaruv xarajatlari

*boshqa operasion xarajatlar

Asosiy faoliyat-ning boshqa daromadlari

Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)

Moliyaviy faoliyat daromadlari

Moliyaviy faoliyat xarajatlari

Umumxo'jalik faoliyatidan foyda (zarar)

Favquloddagi foyda

Favquloddagi zararlar

Soliqqacha foyda

Foyda solig'i

Sof foyda

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib korxona buxgalteriyasida yuritiladigan barcha daromadlar va xarajatlar, soliqlar va to'lovlar hisob registrlari, hisoblanadi. Mazkur hisobot asosida korxonaning barcha markazlari faoliyatiga baho beriladi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qilinadi, rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilanadi.

Xulosa qilib aytganda ishlab chiqarish jarayonlari hamda sotish jarayonlari budjetlarini tuzish korxona faoliyatida qaysi nuqtalarida xatoliklar mavjudligi, belgilangan rejalarni kelajakda haqiqiy bajarilgan ishlar bilan solishtirish orqali qaysi budjetda og'ishlarning mavjudligi aniqlashimiz va bu og'ishlar korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta'sirini o'rganishimiz mumkin bo'ladi. Bu esa o'z navbatida qaror qabul qiluvchilar uchun axborot manbai bo'lib hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Murodjon o'g'li, Usmonov Sherzodbek. "Aksionerlik jamiyatlarida pul mablag'larining tashkil etilishi: Usmonov Sherzodbek Murodjon o'g'li." Лучшие интеллектуальные исследования 22.3 (2024): 67-71.

2. Tashmuratovich, Eshmuradov Ulug'bek. "Agroklasterlar sotish jarayonlarida segmentar hisobotlarning ahamiyati." Научный Фокус 1.7 (2023): 790-795.

3. Urazov, K. B. (2004). Buxgalteriya hisobi va audit. Toshkent-2004.

4. Rahmatullayev, F. Yu. "Boshqaruv hisobida rejalashtirish va byudjetlashtirish." Экономика и социум 10 (89) (2021): 231-234.Urazov, K. B., & Shirinov, U. A. (2023). Need and significance of consolidated financial statements. Экономика и социум, (6-2 (109)), 577-579.

5. Ширинов, У. А. (2022). Почта хизматларининг хдсоб ва аудит объекти сифатидаги таснифий асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 804-809.

6. Sayfiyev, S. S. (2023). Agroklasterlarida segmentlar hisob va hisoboti takomillashtirish. Journal of marketing, business and management, 2(5), 1-4.Ширинов, У. А. (2022). Алокд хизматларини курсатувчи субъектларда аудитнинг долзарб масалалари. Архив научных исследований, 2(1).

7. Ширинов, У. А. (2022). Мобил алокд хизматларидан олинадиган даромадлар хдсобини такомиллаштириш. экономика и социум, (6-2 (97)), 800-803.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.