Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAN CHIQAYOTGAN ZARARLI MODDALARNI AHOLI TURMUSH TARZIGA TA’SIRI'

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAN CHIQAYOTGAN ZARARLI MODDALARNI AHOLI TURMUSH TARZIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
12
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik xavf / Global footprint network / global iqlim o'zgarishi / karbonat angidrid / kimyoviy va toksik moddalar / ekologik inqiroz / suvlarini tuzsizlantirish / mahsulotga rang berish / maishiy va qattiq chiqindilar / rekultivatsiya / poligonlar.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Mo‘Minjonov N.N., To‘Ychiyev A.X., Abdualiyev E.R., Akbarov D.S., Anvarov Sh.F.

Ushbu maqolada ishlab chiqarish korhonalaridan chiqayotgan zararli moddalarni aholi turmush tarziga ta’siri atmosfera havosini turli zavod va fabrikalardan chiqayotgan zaharli gazlar, og‘ir metall qoldiqlarini atmosfera va azon qatlamiga bevosita tasiri. Respublikamiz hududidagi zavod va fabrikalarning atmosferamizga chiqarayotgan zararlari gazlar va ularni bartaraf qilish yo‘llari shaharlarda kuzatilayotgan kislotali yomg‘irlar haqida qisqacha ma’lumot keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAN CHIQAYOTGAN ZARARLI MODDALARNI AHOLI TURMUSH TARZIGA TA’SIRI»

Mo 'minjonov N.N.

Namangan Muhandislik Qurilish instituti stajyor-o 'qituvchisi

To 'ychiyev A.X. Abdualiyev E.R. Akbarov D.S. Anvarov Sh.F.

Namangan Muhandislik Qurilish instituti talabalari

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAN CHIQAYOTGAN ZARARLI MODDALARNI AHOLI TURMUSH TARZIGA TA'SIRI

Annotasiya. Ushbu maqolada ishlab chiqarish korhonalaridan chiqayotgan zararli moddalarni aholi turmush tarziga ta 'siri atmosfera havosini turli zavod va fabrikalardan chiqayotgan zaharli gazlar, og'ir metall qoldiqlarini atmosfera va azon qatlamiga bevosita tasiri. Respublikamiz hududidagi zavod va fabrikalarning atmosferamizga chiqarayotgan zararlari gazlar va ularni bartaraf qilish yo'llari shaharlarda kuzatilayotgan kislotali yomg'irlar haqida qisqacha ma 'lumot keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Ekologik xavf, Global footprint network, global iqlim o'zgarishi, karbonat angidrid, kimyoviy va toksik moddalar, ekologik inqiroz, suvlarini tuzsizlantirish, mahsulotga rang berish, maishiy va qattiq chiqindilar, rekultivatsiya, poligonlar.

Mominjanov N.N. trainee-teacher

Namangan Engineering and Construction Institute

Toychiyev A.Kh.

student Abdualiyev E.R. student Akbarov D.S. student Anvarov Sh.F. student

Namangan Engineering and Construction Institute

THE EFFECT OF HARMFUL SUBSTANCES EMITTED FROM MANUFACTURING ENTERPRISES ON THE LIFESTYLE OF THE

POPULATION

Abstract. In this article, the impact of harmful substances emitted from production enterprises on the lifestyle of the population directly affects the atmospheric air, toxic gases emitted from various plants and factories, heavy

мЭкономнка h соцнумм №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

445

metal residues on the atmosphere and the ozone layer. Brief information about acid rain observed in cities and the ways to eliminate them from harmful gases emitted by plants andfactories in the territory of our republic.

Key words: Environmental risk, Global footprint network, global climate change, carbon dioxide, chemical and toxic substances, environmental crisis, water desalination, product coloring, household and solid waste, reclamation, landfills.

Kirish Aholi sonining o'sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida er yuzida qator ekologik muammolar yuzaga keldi. Shu bois, bugungi kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul. Yer yuzidagi o'rmonlar ko'payish o'rniga tobora qisqarib bormoqda, katta-katta tabiiy hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o'zlashtirildi, tabiat va havo har xil chiqindi hamda gazlar hisobiga ifloslanyapti. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o'rmon yong'inlari, chang bo'ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda. Bularning barchasi pirovardida tabiat muvozanatiga putur etkazyapti. Shu bois, davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor davrimizning o'tkir muammolaridan biri — Orolbo'yi hududidagi ekologik holatga qaratib jumladan, bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o'zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug'dirmoqda [1].

Muayyan geografik hududning o'ziga xos iqlimi, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqa va munosabatlar xarakterini belgilab beradi.

Asosiy qism: 2023-2024-yillarda 190 gektardan ortiq maydondagi 29 ta ekologik talablarga javob bermaydigan chiqindi poligonlari yopiladi. Shuningdek, qo'mitaning ma'lum qilishicha, 2023-2024-yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish bo'yicha manzilli dastur tasdiqlandi [2].

Ushbu manzilli dastur doirasida:

- Davlat ekologiya qo'mitasi maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish ishlariga buyurtmachi hisoblanadi;

- xarajatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan teng miqdorda moliyalashtiriladi;

- rekultivatsiya qilingan hududlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer zaxiralariga qaytariladi.

Ma'lumot uchun bugungi kunda respublika hududida 1 000 ga yer maydoniga yaqin 197 ta maishiy chiqindi poligonlari mavjud bo'lib, ularning faoliyatini 2028-yilgacha to'xtatish belgilangan [3].

'^KOHOMHKa h соцнумм №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

446

Rekultivatsiya (lot. re - qaytarish, tiklash; cultivo - ishlov beraman, yetishtiraman) — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va boshqa sabablarga ko'ra foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof-muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui.

Respublika bo'yicha 181ta korxona atmosferaga ma'lum miqdorda zarar keltiradi va ulardan yiliga atrof-muhitga 808 ming tonna tashlanmalar chiqariladi.

Havoni ifloslantirish darajasi bo'yicha sanoat korxonalarining statistikasi juda keng qamrovli bo'ladi. Bu bo'yicha aniq reyting tuzilmaydi. Lekin bir necha yil oldingi ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, bu OTMK (Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati), yirik kimyo zavodlari, jumladan, Navoiy azot zavodini misol qilib keltirsa bo'ladi [4].

Yuqorida aytilganidek, bu bo'yicha maxsus reyting tuzilmagani uchun aniq ma'lumot berish qiyin.

Ma'lumot uchun, 5ta korxona atrof-muhitga sezilarli darajada salbiy ta'sir o'tkazgani aniqlangan. Qoraqalpog'istonning «Titan cement» QKda 1,06-4,6 marta, «Karakalpak cement» QKda 6,06 marta, Farg'ona viloyatidagi «Turon eco cement group» korxonasida 1,68-1,8 marta, «Yaypangips» korxonasida 1,7-1,86 marta va «Fergana sement» QKda 1,16-1,36 marta ruxsat etilgan me'yordan yuqori chang miqdori borligi ma'lum bo'lgan.

Sanoatlashtirish va aholining tezkor o'sishi bilan bog'liq bo'lgan bu tahdidlar orasida eroziya, zaharli chiqindilar, tabiiy resurslarning kamayishi, ekologik muvozanatning yomonlashishi, biologik xilma-xillikni kamaytirish, issiqxona ta'siridan kelib chiqqan iqlim muvozanatining oldini olish, global isish va ozon qatlamining ingichkalashi kuzatiladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanayotgan asosiy ekologik-huquqiy normalar eng ilg'or xorijiy davlatlar tajribasiga mos bo'lib, mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhit musaffoligini saqlashga, tabiatni hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan. Asosiy Qonunimizda belgilab berilgan normalarning hayotga keng ko'lamda joriy etilishi atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yurtimizda ekologik holatni sog'lomlashtirish nafaqat davlat va jamiyat, shu bilan birga, har bir fuqaroning vazifasi bo'lishiga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilga adabiyotlar ro'yxati: 1 .Mominjonov, N. N. (2023). atmosfera havosini ifloslanishi natijasida insonlarga bo'layotgan ta'siri. Экономика и социум, (11 (114)-1), 226-230. 2. Nozimjon, M., & Abdurakhim, K. (2023). To the question of analysis of industrial and environmental safety management systems. Universum: технические науки, (2-5 (107)), 20-23.

"Экономика и социум" №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

447

3. Nemadjon, M. N. (2023). Analysis of industrial and environmental safety management systems. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(10), 149-155.

5. R.Hayitboev, U.Matyaqubov. Ekologik Turizm /Uslubiy qo'llanma, Samarqand: 2010, 60 bet.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №2(117)-1 2024

www.iupr.ru

448

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.