Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA MAHSULOT (TOVAR) ISHLAB CHIQARISH TANNARXINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH'

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA MAHSULOT (TOVAR) ISHLAB CHIQARISH TANNARXINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ishlab chiqarish korxonalari / mahsulot (tovar) tannarxi / korxona moliyaviy barqarorligi / amortizasion xarajatlar / kommunal xizmat xarajatlari. / Production enterprises / product (goods) cost / financial stability of the enterprise / amortization costs / utility costs.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muradova Minavvar Izzatullayevna

Mazkur maqolada iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot(tovar) ishlab chiqarish tannarxini hisoblash va uni tahlil qilish usullari tadqiq qilingan. Shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar) tan narxining mohiyati va iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CALCULATION AND ANALYSIS OF THE PRODUCT PRODUCTION COST IN THE MODERNIZATION OF THE ECONOMY

In this article, the methods of calculating and analyzing the cost of production of products (goods) in the conditions of modernization of the economy are researched. Also, the essence and economic basis of the cost of the produced product (goods) were discussed.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA MAHSULOT (TOVAR) ISHLAB CHIQARISH TANNARXINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH»

CALCULATION AND ANALYSIS OF THE PRODUCT PRODUCTION COST IN THE MODERNIZATION OF THE

ECONOMY Muradova Minavvar Izzatullayevna

Namangan Institute of Engineering and Technology Master's student in accounting https://doi.org/10.5281/zenodo.11503678

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-Iyun 2024 yil Ma'qullandi: 05-Iyun 2024 yil Nashr qilindi: 06-Iyun 2024 yil

KEYWORDS

Production enterprises,

product (goods) cost, financial stability of the enterprise, amortization costs, utility costs.

ABSTRACT

In this article, the methods of calculating and analyzing the cost of production of products (goods) in the conditions of modernization of the economy are researched. Also, the essence and economic basis of the cost of the produced product (goods) were discussed.

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA MAHSULOT (TOVAR) ISHLAB CHIQARISH TANNARXINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH

Muradova Minavvar Izzatullayevna

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Buxgalteriya hisobi mutaxassisligi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11503678

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-Iyun 2024 yil Ma'qullandi: 05-Iyun 2024 yil Nashr qilindi: 06-Iyun 2024 yil

KEYWORDS

Ishlab chiqarish korxonalari, mahsulot (tovar) tannarxi, korxona moliyaviy barqarorligi, amortizasion xarajatlar,

kommunal xizmat xarajatlari.

ABSTRACT

Mazkur maqolada iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot (tovar) ishlab chiqarish tannarxini hisoblash va uni tahlil qilish usullari tadqiq qilingan. Shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar) tannarxining mohiyati va iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilgan.

Oczbekistonda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va diversifikasiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng koclamda olib borilmoqda. Shu tufayli, mahsulot ishlab chiqaruvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyatini oshirish korxonalarning kelgusida moliyaviy barqaror rivojlanishini ta'minlaydi. Hozirgi globallashuv sharoitida, sanoat korxonalarida mahsulot

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH SJIF = 5.441 .

(tovar) ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish va ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlash eng dolzarb masalalardan bo'lib hisoblanadi.

Mahsulot (tovar) tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun zaruriy barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Mahsulot (ish, xizmat, tovar) tannarxi - mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilgi, energiya resurslari, asosiy vositalar eskirishi, mehnat va ishchi kuchi resurslari kabi xarajatlarning qiymat bahosidir.

Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi hisobi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi[1]. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib, mahsulot tannarxiga qocshiladi:

Moddiy xarajatlar; Mehnatga haq to'lash xarajatlari; Ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar; Amortizasiya xarajatlari; Kommunal toclovlar va boshqa xarajatlar.

Moddiy xarajatlar - ishlab chiqarishning asosiy xarajatlaridan biri bo'lib, mahsulot (ish, xizmat) larga qarab jami ishlab chiqarish xarajatlarining 60-80 % atrofida bo'lishi mumkin[2]. Moddiy xarajatlar o'z ichiga xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlarni o'z ichiga oladi. Xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlar deyilganda, mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga kadar barcha komission va vositachilik xarajatlar tushuniladi. Mahsulot tannarxi shakllanishida ta'sir etuvchi xarajatlardan biri ijtimoiy sug'urta fondiga ajratma hisoblanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari summasi korxona, bo'lim buyicha alohida mahsulot (ish, xizmat) turlarining aniq bir davri uchun ishlab chiqarish xarajatlarining puldagi o'zgarishini xarakterlaydi. Ular asosida, ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga, bir necha yillik dinamikasiga va ularning o'zgarishi to'g'risidagi axborotlarga miqdoriy baho berish mumkin. Bu ko'rsatkich menedjerlarga xarajatlarni ular turlari buyicha va butunlay rejalashtirish, shuningdek, zarur bo'lgan tovar-material zahiralarini, mehnat va moliyaviy resurslarni sotib olish buyicha pul mablag'larini ajratish uchun kerakdir. Xarajatlar tarkibi ularning umumiy summasi tarkibidagi alohida xarajat turlarining ulushini aniqlash bilan birga xom ashyo va materiallar ishlatiladigan, avtomatlashtirilgan, mehnat va mexanizasiya darajasi yuqori bo'lgan korxonalarning materialtalabligini va mehnat talabligini tahlil qilish uchun zarurdir. Xarajatlar tarkibining o'zgarishini urganish kelgusi davr xarajatlari tarkibini yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish buyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo'ladi.

Xarajatlar tarkibini aniqlash uchun ma'lumotlar moliyaviy hisobotning «Daromadlar va zararlar haqida hisobot» 2-shakl «Buxgalteriya balansiga ilova» 5-shakllardan, shuningdek, «Ishlab chiqarish xarajatlari haqida hisobot» statistik hisobotdan olinadi. Xarajatlar darajasi bu tayyor, tovar yoki sotilgan mahsulot bir sumiga to'g'ri keadigan xarajatlardir. Bu xarajatlar

Volume 2, Issue 6, June 2024

Page 22

samaradorligini, dinamikasini va ularning nisbiy farqini hisoblash uchun zarur bo'ladi. Xarajatlar darajasi (Xd) asosiy faoliyat xarajatlarini (Afx) sotilgan mahsulot hajmi (M) ga nisbati bilan aniqlanadi.

Xd =Afx: M.100

Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini hisoblash uchun ma'lumotlar 2 - shakl «Moliyaviy natijalar to'g'risida»gi hisobotdan olinadi. Yuqoridagilarni xulosa qilgan holda shuni ta'kidlash joizki, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili va baholanishi Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usuli va mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish bilan bog'liqdir. Mahsulot birligiga qilingan material, mehnat va moliyaviy xarajatlarningumumiy summasi mahsulot tannarxi deyiladi. Tannarxning namunaviy kalkulyasiyasi maxsus buyurtma, bir to'da tovar va shartnoma tannarxi kalkulyasiyasini ifodalaydi. Tannarxni namunaviy kalkulyasiya usuli kompaniya iste'molchidan kalkulyasiya qilinayotgan mahsulotning bir guruh yoki bir birligini ishlab chiqarish buyurtmasini olganda qo'llaniladi, masalan, qurilishda, tipografiyalarda, aviasozlikda, mebel fabrikalarida, mashinasozlikda, ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda, auditorlik yoki konsultasiya xizmatlarini ko'rsatishda va boshqalarda.

References:

1. Vaxobov A, Malikov T. Moliya: umumnazariy masalalar. T.: "IQTISOD MOLIYA" 2008. 354 b.

2. Malikov T.S., Xaydarov N.X- Moliya: umumdavlat moliyasi. - T.: "IQTISODMOLIYA", 2009. 456

3. Abdigapparovna, E. N. (2024). FUNDAMENTALS OF MANAGEMENT ACCOUNTING. INTERNATIONAL JOURNAL OF EUROPEAN RESEARCH OUTPUT, 3(1), 109-112.

4. Abdusalomovich, I. S. (2023). COST OF IMPROVING THE LEASING RELATIONSHIP. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(6), 31-33.

5. qizi Sobirjonova, N. R. (2023). KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA ICHKI AUDIT TESHIRUVI VA TAHLILINI SAMARALI TASHKIL ETISH ISTIQBOLLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(2), 318-324.

6. Otabek, S., & Uzoqboyev, R. (2023). Important issues of ensuring the financial stability of small business and business subjects. International journal of Formal Education, 2(6), 360362.

7. Турсунов, У. С., & Исроилов, И. Г. (2021). НЕОБХОДИМОСТЬ КЛАССИФИКАЦИИ ЗАТРАТ И УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ОТЧЕТНОСТИ ПРЕДМЕТА ЭКОНОМИКИ ПО ВИДАМ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Universum: экономика и юриспруденция, (5 (80)), 10-12.

8. Ишимбаев, Р. (2022). МЕТОДИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ МАЛОГО БИЗНЕСА. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(12), 298-302.

9. Akbarov, G., & Sobirjonova, N. (2024). The Monetary Policy in the Development of Public-Private Partnership. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 2(3), 106-114.

10. Muxamadovich, I. A., Abdusalomovich, I. S., & Abdusalom ogli, I. H. (2024). IQTISODIYOTDA LIZING MUNOSABATLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI. International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING, 5(2), 273-278.

11. Kadyrova, K. T., & Mirzakhalikov, B. B. (2023). The Significance of Financial and Economic Stability of Small Business Entities and the Main Directions of its Ensuring. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(1), 338-344.

12. Кадирова, Х., & Мирзахаликов, Б. (2023). АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ РЕГИОНАЛЬНОГО ФИНАНСОВОГО РЫНКА И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 85-87.

13. Otabek, S., & Azizbek, A. (2024). Factors Affecting Product Production Cost n Economic Subjects. International Journal of Formal Education, 3(3), 336-339.

14. Dodhomirzaevich, S. S., & Nemadjonovich, A. G. (2024). PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP CONCEPTUAL BASIS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(2), 29-34.

15. Akbarov, G., & Aliboyev, J. (2022). Development of Public-Private Partnership Relations in Uzbekistan. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(13), 125-131. https://doi.org/10.5281/zenodo.7461208

16. Akbarov , G. N. (2024). THE CONCEPTUAL FRAMEWORK OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP IN UZBEKISTAN. Educational Research in Universal Sciences, 3(4 SPECIAL), 374-378. https://doi.org/10.5281/zenodo.10674709

17. www.finance.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.