Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI'

IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / tizim / davlat tomonidan tartibga solish / mexanizmlar. / economy / system / state regulation / mechanisms.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sherboyev Komiljon Rahmonberdiyevich

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlari, uning iqtisodiyot tarkibidagi korxonalardagi ulushi va o’rni to’g’risida muallif qarashlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the views of the author on the mechanisms of economic regulation in our country today, its share and place in enterprises in the economy.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI»

IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH

MEXANIZMLARI

Sherboyev Komiljon Rahmonberdiyevich

mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlari, uning iqtisodiyot tarkibidagi korxonalardagi ulushi va o'rni to'g'risida muallif qarashlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, tizim, davlat tomonidan tartibga solish, mexanizmlar.

Abstract. This article presents the views of the author on the mechanisms of economic regulation in our country today, its share and place in enterprises in the economy.

Key words: economy, system, state regulation, mechanisms.

Bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Davlatning tartibga solishdagi maqsadi - davlat va bozor mexanizmlarining o'ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o'zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Davlatning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko'rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o'rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir.

Bozor - insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo'lni bosib o'tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilar o'rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy sub'ektlari o'rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni yaratishdan to uni iste'mol etishgacha bo'lgan davrni qamrab oladi.

Bozor - bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish ko'rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo'lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo'lib hisoblanadi. Ma'lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo'lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko'rsatkich hisoblanadi.

Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi aloqalarni bo'glaydi. Tarmoqlar o'rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta'minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo'ladi.

Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo'lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo'la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o'smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o'rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o'z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo'lmoqda. Masalan: temir yo'l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba'zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu'giladi.

Iqtisodiyot o'zini-o'zi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobayinida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizm bo'ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan taribga solish zarurati va uni bozor bilan uy'gunlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivojlanishini ikki yirik bosqichga bo'lish mumkin:

1. Ikkinchi jahon urushiga qadar;

2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.

Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay shartsharoitlar yaratib berdi: mehnat, soliq, savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat xarbiy zavodlar va temir yo 'l qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo'li bilan xo'jalik jarayonida ishtirok etishni boshladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalarni tartibga solishni boshlaydi (agrar soha, pul-kredit ...).

Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlarni rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning byudjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umum iqtisodiy xususiyatga ega bo'lib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishlab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro

darajadagi o'rta muddatli umumdavlat kelishuvlari bo'yicha davlat faoliyatlarini tavsiflaydi. (EI, O'IXT va b.).

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishlab chiqarilishi uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida o 'rta muddatli umumdavlat dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha bo'lgan yo'li bosib o'tildi. Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol ta'sir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o'zgarishlarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabxalarni tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy elementi sifatida qaraladi. Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi:

1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish;

2. Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish;

3. Iqtisodiy o'sishning barqaror darajasini ta'minlash;

4. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni boshqarish;

5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash;

6. Ekologik va demografik muammolarni xal etish hisoblanadi.

Iqtisodiyotni tartibga solish uslublari

1-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning uslubi, usuli va

vositalari.

Hozirgi kunda davlat, asosan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda va jamiyatni rivojlantirishda muhim rolni o'ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning rolini alohida olib ko'rsatish juda murakkabdir. Iqtisodiy rivojlanishni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solishning sifat o'zgarishlari yuzaga keladi. Gap shundaki, davlat va bozorning o'zaro aloqalari, ya'ni o'tish davrida bozor mexanizmi bajara olmaydigan nafaqat davlat vazifalari nazarda tutiladi, balki davlatning zamonaviy fuqarolik jamiyati bo''ginlari vazifalarini bajarish ham nazarda tutiladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar uyushmasi, inson huquqlarini himoya qilish jamiyati, istemolchilar huquqi, hayriya va boshqa fondlar nazarda tutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Arthur A. Goldsmith "Business, government, society. The global political economy" 1996.

2. Abduraxmonov Q.X., Toxirova X.T. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv. qo'l. - T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti, TDIU, 2004.

3. O'zbekiston Respublikasining 2022 yilgi statistik axborotnomasi. - T., 2023.

4. Sodiqov K.S. Seytmuratov R.A., Aslyanov D.X., Isxoqova S.A. Sotsial iqtisodiyot. O'quv qo'llanma. T.: "O'zbekiston", 2006 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.