Научная статья на тему 'IQTISODIY TA’LIMNING RIVOJLANIShTIRISH MASALALARI.'

IQTISODIY TA’LIMNING RIVOJLANIShTIRISH MASALALARI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Iqtisodiy tafakkur / iqtisodiy ta’lim / Iqtisodiy tarbiya / iqtisodiy bilim / iqtisodiy madaniyat / iqtisodiy tushunchalar / tadbirkorlik / tejamkorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saidaxmedova N.I, Otabaeva L.F

Iqtisodiy tafakkurning asosi bo‘lgan iqtisodiy ta’limni muvofiq ravishda isloh qilish dolzarbligi, yoshlarimizning iqtisodiy bilim saviyasining yuksalish darajasi, kelajakdagi kasbiy faoliyat sohasini tanlashdan qat'i nazar, tizimli iqtisodiy bilimlarga ega, iqtisodiy masalalarni va muayyan iqtisodiy vaziyatlarda muammolarni hal qilishlari kerak. Shu munosabat bilan ushbu tezisda iqtisodiy ta'lim o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda yoshlarni hayotga tayyorlash sharti sifatida qaraladi va iqtisodiy ta’limni rivojlantirishning ahamiyati haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TA’LIMNING RIVOJLANIShTIRISH MASALALARI.»

IQTISODIY TA'LIMNING RIVOJLANIShTIRISH MASALALARI.

1Saidaxmedova N.I., 2Otabaeva L.F.

1TDPU, Ta'lim menejmenti kafedrasi mudiri, i.f.d.( DSc) 2TDPU, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10681129

Umid bilan qadalgan tayoq — bir kun berar meva-yu yaproq.

V.Gyote.

Annotatsiya. Iqtisodiy tafakkurning asosi bo'lgan iqtisodiy ta'limni muvofiq ravishda isloh qilish dolzarbligi, yoshlarimizning iqtisodiy bilim saviyasining yuksalish darajasi, kelajakdagi kasbiy faoliyat sohasini tanlashdan qat'i nazar, tizimli iqtisodiy bilimlarga ega, iqtisodiy masalalarni va muayyan iqtisodiy vaziyatlarda muammolarni hal qilishlari kerak. Shu munosabat bilan ushbu tezisda iqtisodiy ta'lim o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardayoshlarni hayotga tayyorlash sharti sifatida qaraladi va iqtisodiy ta'limni rivojlantirishning ahamiyati haqida so z boradi.

Kalit so^zlar: Iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy ta'lim, Iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy tushunchalar, tadbirkorlik, tejamkorlik.

Bugungi kunda O'zbekiston yangicha munosabatlar yo'liga kirdi. Mamlakat yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga yetishi uchun iktisodiyotning rivojlanishini ta'minlovchi shaxslar, kadrlarga ega bo'lishi zarur, albatta,. O'zbekistonning bozor iqtisodiyoti tomon yo'l tutishi aholida bozor munosabatlariga xos fikrlash tarzi shakllanishini talab qiladi. Bu iqtisodiy tafakkurning asosi bo'lgan iqtisodiy ta'limni muvofiq ravishda isloh kilish dolzarbligini belgilaydi, negaki barcha demokratik bozor islohotlarini amalga oshirish o'z-o'zidan harakatga kelayotgan jarayon emas, balki ularni rivojlantirish ko'pgina hollarda yoshlarimizning iqtisodiy bilim saviyasining yuksalish darajasiga ham bog'likdir.

Iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch inson omili ekan, insonning iqtisodiy bilimlarni egallashi va iqtisodiy tarbiyaga ega bo'lishi zarur. Albatta, millat bilimining sifat darajasi mamlakatni kelgusidagi strategik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Millat bilimining darajasi esa ta'lim xizmati natijasida shakllanadi, hozirda, iqtisodiy ta'lim xizmati yurtimizdagi 10 mingdan ziyod umumiy o'rta ta'lim maktab, 330 ta kasb-hunar maktabi, qariyib 400 ga yaqin kolej va texnikum hamda 210 ta oliygohlar orqali ko'rsatiladi.

Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari mahalliy ta'lim tizimida iqtisodiy jihatdan bilimli yosh avlodni shakllantirish vazifasini qo'yadi, bunda ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga iqtisodiy mazmundagi sub'ektlarni joriy etish muhim rol o'ynaydi. Maktab bitiruvchilari, kelajakdagi kasbiy faoliyat sohasini tanlashdan qat'i nazar, tizimli iqtisodiy bilimlarga ega, iqtisodiy masalalarni va muayyan iqtisodiy vaziyatlarda muammolarni hal qilishlari kerak. Shu munosabat bilan maktab iqtisodiy ta'limi o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda yoshlarni hayotga tayyorlash sharti sifatida qaraladi.

Iqtisodiy ta'lim bu insonning iqtisodiyot sohasidagi samarali faoliyatining sharti va vositasi bo'lib, hozirgi vaqtda insoniyatning iqtisodiyot sohasidagi pedagogik jihatdan moslashtirilgan ijtimoiy tajribasi bo'lib, u ma'lum bilimlar tizimi, faoliyat usullari va tajribani o'z ichiga oladi hamda ularni amalga oshirish, iqtisodiy faoliyat jarayonidagi muloqot madaniyatidir.

Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti boshlang'ich hamda umumiy o'rta ta'lim himoyasida o'quvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi.

Har bir sinf yakunida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta'lim predmetlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv dasturlarida o'z aksini topgan. Iqtisodiyot fanlarini o'rganish 8-sinfdan boshlanadi. 11-sinfda «Iqtisodiyot» fani doirasida tadbirkorlik asoslari o'rganiladi va o'quvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallaydilar.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida "Bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lmagan fanlar asosida tuzilgan o'quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o'quv fanlari sonini optimallashtirish" vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, "Geografiya", "Iqtisodiy bilim asoslari", "Tadbirkorlik asoslari" fanlarini birlashtirgan holda, yagona "Geografiya va iqtisodiyot" fani kiritildi. Bu orqali o'quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda O'zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko'rish maqsad qilingan.

Ta'lim tizimida (ehtimol, boshqa istalgan sohada bo'lgani kabi) muttasil tajriba o'tkazish, tizimning konfiguratsiyasini, tartib-qoidalarini va mazmunini tinmasdan o'zgartiraverish mumkin emas. Har qanday yangilik hozirgi holat va ungacha amalga oshirilgan ishlarning puxta, ilmiy asoslangan tahliliga tayanishi zarur. Aks holda, tizim boshboshdoqlikka yuz tutishi xavfi vujudga keladi, uning ko'p sonli va qarama-qarshi qoidalarini hatto eng tajribali mutaxassis ham tushuna olmaydigan vaziyat yuzaga keladi. Shunday ekan, iqtisodiy ta'lim o'quvchi yoshlarga qanday o'qitish va o'rganish resurslari orqali kim o'qitadi degan o'ziga xos masalalar mavjud.

Bugungi kunda yurtimizdagi 10 ming dan ziyod maktablarda 6 milliondan ziyod o'quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda. Mavjud maktablarda foydalanib kelinayotgan ta'lim standartlari, o'quv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yo'naltirilgan bo'lib, o'quvchilarni mantiqiy fikrlash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirish, ularni hayotga tayyorlashga xizmat qilish darajasi shiddat bilan rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talablarini to'liq qanoatlantirmaydi.

Maktab — inson hayotida o'ziga xos o'rin egallovchi, uning bilimli, tarbiyali kamol topishida poydevor bo'lib xizmat qiluvchi ziyo maskani. Bu yerga ta'lim-tarbiya olish uchun qadam qo'ygan har bir kishi, eng avvalo, o'zligini anglay boshlaydi, asta-sekin fanlarning qiziq, sehrli olamiga qadam qo'yib, bilimlarni o'zlashtirish orqali butun borliqni tushuna boradi. Shu jarayonlar natijasi o'laroq o'z kelajagini belgilaydi. Shunday ekan, hozirgi vaqtda maktab o'quvchilarini iqtisodiy tarbiyalashning quyidagi turli jihatlariga e'tibor qaratishmaqsadga muvofiq:

• maktab o'quvchilari uchun o'quv jarayoni va ijtimoiy foydali samarali mehnat jarayonida iqtisodiy ta'limning mazmuni, tashkil etilish va metodikasi;

• maktab o'quvchilarini iqtisodiy ta'lim bo'yicha ixtisoslashtirilgan ta'lim va tanlov fanlarining imkoniyatlari to'g'risida;

•maktab o'quvchilarining iqtisodiy tafakkuri, iqtisodiy bilimi va iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish muammolari bo'yicha;

• iqtisodiy sohada kasbiy faoliyatga va tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlik muammosi va boshqalar.Yaxshi va sifatli ta'lim, ayniqsa, bugungi kunda zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Bilimlar poydevorini esa maktab davridayoq mustahkam qurish lozim. Oddiy misol: jamiyatda qaysidir mavqega ega yoki ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalarda ma'lum darajaga erishgan inson borki, uning zamirida maktab ta'limining o'rni beqiyos ahamiyatga ega bo'lganini takror va takror ta'kidlaydi. O'qituvchi o'z fanidan kuchli bo'lsa, o'quvchilarning ham o'zlashtirish darajasi mos bo'ladi.

Qadimgi So'g'diyonada 4 yoshdan boshlab bolalarni savdo-sotiqqa o'rgatishgan va yaxshi ustoz qo'liga topshirib, tadbirkorlik ko'nikmalariga ega bo'lishiga alohida e'tibor qaratilgan. Demak, iqtisoiy rivojlanishlar sari odimlayotgan mamlakatimizda ham yosh avlodga iqtisodiy ta'lim tarbiya berish masalasini tizimli tashkil qilish va ushbu vazifalarni amalga oshirishda qator tadbirlarni amalga oshirish zarur. Bizningcha, ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:

• iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning uzluksizligini ta'minlash zarur, birinchi navbatda iqtisodiy fikrlash, iqtisodiy tushunchalar, iqtisodiy his-tuyg'ularni shakllantirishni avval oiladan, eng sodda malakalar hosil qilishdan boshlash, so'ngra bog'cha, maktab, keyinchalik oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish;

• mahalla, o'zini-o'zi boshqarish organlari yordamida iqtisodiy tafakkur shakllanishiga xizmat qiluvchi amaliy tadbirlarni tashkil qilish, ular yordamida har bir oilaga kirib borish, suhbatlar tashkil qilish, iqtisodiy madaniyatni targ'ib qiluvchi shior va tashabbuslar bilan chiqish, mahallalarda targ'ibot tashviqot ishlarini olib borish;

• umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy va huquqiy ta'lim berishni yanada kuchaytirish, yoshlarni iqtisodiy madaniyatni mustahkamlovchi turli to'garaklarga jalb etish, ular o'rtasida iqtisodiy bilimlarni mustahkamlovchi tadbirlar, musobaqa va tanlovlarni ko'paytirish;

• umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qitilayotgan iqtisodiy ta'limga oid fanlariga xonadon moliyasini o'rgatuvchi mavzularni kiritish;

• davriy nashrlarda iqtisodiy madaniyatni targ'ib etuvchi maxsus rukn tashkil etish, eng yaxshi maqola va asarlar mualliflari uchun tanlov o'tkazish, ommaviy axborot vositalarida maxsus dasturlar yaratish va ularni keng ommaga yetkazish;

• iqtisodiy savodxonlikka xizmat qiluvchi darslik, o'quv qo'llanma, risolalar, turli adabiyotlarni yaratishni rag'batlantirish va ta'sirchanligini oshirib borish;

• ta'limda iqtisodiy savodxonlikni ta'minlovchi motivatsion, aqliy, irodaviy, hissiy va amaliy omillarni qo'llashni yo'lga qo'yish kerak.

Mamlakatimiz yoshlarining yuqori saviyada komil inson bo'lib yetishishlarida iqtisodiy bilimlarni egallashlari juda muhimdir va bu holat shak-shubhasiz buyuk kelajagimiz ravnaqiga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy ta'limning rivojlanishi va tom ma'noda targ'ib qilinishi, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, jamiyat farovonligini ta'minlashga olib keladi. Iqtisodiy ta'lim tarbiyaning pirovard natijalari bugungi kundagi iqtisodiyotning yangi tarmoqlari rivojlanishi va an'anaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish yo'lidagi sa'y harakatlarning besamar ketmasligiga imkon beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - T.: «O'zbekiston», 2017.

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. - T.: "O'zbekiston", 2019 yil.

3. Alisher Navoiy. Ibratli hikoyatlar va xislatli hikmatlar. Nashrga tayyorlovchilar A.Tilavov, I.Saydullaev. - T.: «Sano-standart», 2016.

4. Durmanov A.D., Saidaxmedova N.I. Sustainable Growth of Greenhouses: Investigating Key Enablers and Impacts. Emerging Science Journal, 2023, 7(5) Italy.

5. Saidakhmedova N.I, Khusniddinov M.M. Pedagogical Conditions for Effective Management of Spiritual and Educational Work and Cluster Interaction in Public Educational Institutions and the Sphere of Culture. Journal of Advanced Zoology, 2023, 44 (S2) India.

6. Rajabov O'.D. Iqtisodiy ta'limning iqtisodiy tafakkurga ta'siri. Toshkent. Zamonaviy ta'lim. №11, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.