Scientific Journal Impact Factor
IQTIDORLI TALABALAR BILAN SHUG'ULLANISH METODIKASI. ( MUHANDISLIK FANLARI MISOLIDA)
Sindarova Shoxista Maxammatovna
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti Muhandislik grafikasi va mexanikasi kafedrasi assistent o'qtuvchisi.
Ta'lim sohasida iqtidorli yoshlarni topish va qo'llab-quvvatlash barcha sohaning vazifasi, bolalar va yoshlarning o'qishi, tarbiyalanishi, qobiliyatlarini rivojlantirish, yashash joyi, oilasining ijtimoiy holati va moliyaviy imkoniyatlaridan qat'i nazar, o'zlarini yanada anglashlari uchun sharoit yaratib, samarali ta'lim tizimini yaratishdir.Ushbu maqolada iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan shug'ullanishga qaratilgan muammolargayechimlar taklif qilingan.
Kalit so'zlar: Iqtidorli yoshlar, o'quv dasturi, zamonaviy pedagogika, talabalar, muhandislik fanlari.
Finding and supporting talented young people in the field of education is the task of all sectors. This article proposes solutions to the problems of identifying and dealing with talented young people.
Keywords: Talented youth, curriculum, modern pedagogy, students, engineering.
Ochiq va moslashuvchan o'quv dasturida mavjud bo'lgan xilma-xil ko'rinishga individual yondashuv sifatida ko'rib chiqiladi, ammo uni o'quv dasturini moslashtirish yoki iqtidorli talabalar uchun o'ziga xos individual yoki jamoaviy dastur sifatida tushunmaslik kerak.
- Bu har bir talabaning sharoitiga (xilma-xilligi) va ularning ixtiyoridagi didaktik resurslarga qarab "turli" dasturlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Ushbu barcha jihatlar va o'quv dasturining boshqa turlari globallashuv xususiyatiga ega. Ular qiziqish markazidan boshlanadi, o'quv va tajriba yo'nalishlari haqida o'ylashadi, odamlarning ajralmas shakllanishiga e'tibor berishadi, mas'uliyatli, ongli va tanqidiy talabalarni tayyorlashga harakat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Iqtidorli talabalar sinovidan o'tgan yoshlar bugungi kunda dunyoda muvaffaqiyat cho'qqilarini egallamoqda. Institutda ta'lim olayotgan talablarni qo'llash mezonlar asosida saralash, iqtidorlilarini aniqlash hamda ular bo'yicha ma'lumotlar bazasini yaratishdan iborat.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Talabalarga dars o'tishning zamonaviy pedagogikada, mavjud imkoniyatlar beradigan ko'plab inavatsion ishlanmalar asosida berilgan topshiriqlar va mashg'ulotlar imkoniyatlarni yanada kengaytirib beradi.
O'qituvchilarni qobiliyat va iste'dodni rivojlantirishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish, o'qitishdagi yutuqlari uchun eng yaxshi o'qituvchilarga sovrinlarni topshirish va ular uchun tanlovlar tashkil qilish, aniqlash, rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash muammosi o'ta dolzarbdir.
À
Iqndoru talabalami tanlashni amalg' oshirishda
quydagi pedagogik omillarni shakiliantirish orqali natijaga l erishish
l
shakllantirish
ga sharoit varatish
jarayonida axborot-kommunikatsi va
texnologivalar idan foydalanish
I
Talabalarda
o'z-o'zini tarbiyalashga doimiy qiziqish va xohishni akllantiris
murakkablik darajasiga olib chiqisb
Vaziyatli va shaxsiy omillarni hisobga olgan holda, o'qituvchi quyidagi pedagogik talablardan kelib chiqishi mumkin bo'lgan shaxsning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va yanada rivojlantirishga qaratilgan tegishli ta'lim va tarbiya tizimini qo'llashi kerak.
1. Talabaning mantiq bilan tekshirilishi mumkin bo'lgan intuitivligi,
2. Talabalarda ularning qobiliyatlariga bo'lgan ishonchni shakllantirish.
3. Talabalarni maqsadlari, vazifalari va ularni hal etish vositalarini mustaqil tanlashga undash.
Scientific Journal Impact Factor
R
4. Tavakkal qilish xatti-harakatlarini rag'batlantiring, chunki tavakkal qilish ijodkorning asosiy xususiyatlaridan biridir.
5. Konformal fikrlash shakllanishiga yo'l qo'ymaslik, murosaga keltirish va ko'pchilikning fikriga yo'naltirish.
6. Fazoviy tasavvurni rivojlantirishda xayoliy tendentsiyasini noto'g'ri baxolamang.
7. Qarama-qarshiliklarga nisbatan sezgirlikni, ularni aniqlash va ongli ravishda qobiliyatini shakllantirish.
8. O'qishda ochiq turdagi deb nomlangan muammolardan tez-tez foydalanish, to'g'ri echim topilmaganda, uni topish yoki taxmin qilish mumkin.
9. Yangi bilimlarni mustaqil ravishda kashf etish uchun ongni rag'batlantiradigan muammoli o'qitish usullaridan keng foydalanish, talabaning kashf etish qobiliyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash.
10. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun har xil turdagi masalalarni echishning evristik usullarini o'rgatish.
11. Talabalar ijodkorligini rivojlantirishning eng muhim sharti bu o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining shakillantirish.
Yosh iste'dodlarni aniqlash va rivojlantirish tizimi quyidagi
asosiy tamoillarga asoslanadi:
Scientific Journal Impact Factor
Iqtidorli talabalar bilan ishlashda murakkab darajadagi variantlarni shakülantirish talab etiladi. Chunki iqtidorli talaba har qanday qiyin chizmalarni o'qiy olish va tasavvur qila olish qobilyatiga ega bo'lish lozim.
Demak vazifa berishni nimadan boshlaymiz.
Talabalarga proeksiyalari noma'lum ikkita ko'rinish beriladi. Bu ko'rinishlar asosida;
1. Proeksiyalarning nomlari,
2.Joylashish tartibi,
3.Yetishmovchi proeksiyasi,
4. Aksonametrik proeksiyasi yasaladi.
Talaba vazifani manashu savollarga javob topishdan boshlaydi.
Talaba bu detalning ikkita ko'rinishi asosida uchinchi ko'rinishini chizishga harakat qiladi va uchinchi ko'rinishi aniq bo'lgan chizmani joylashtirish imkonigia ega bo'ladi. Yana bir muxum ma'lumotni aytib o'tish maqsadga muvofiq. Ba'zi ko'rinishlarning yechimi uning ikkita ko'rinishi asosida aksonametriyasi qurilgandan keyin uchinchi ko'rinishini topa olish imkoniyatiga ega bo'lamiz, chunki bu
ko'rinishlarning murakkablik darajasi yuqori bo'lgani uchun.
Bu masala talaba uchun nima bera oladi:
Bizga ma'lumki muhandislik grafikasi fanining asosiy sharti chizmani oqiy olish ko'nikmalariga ega bo'lishidadir. Bu tanlangan usulda talaba tasavvur qilish qobiyati, ijodiy izlanish va o'z imkoniyatlarini kengaytirish ko'nikmalariga ega bo'lishadi.
Demak iqtidorli talaba ikkita berilgan noma'lum proeksiyalarni nomlarini va uchunchi ko'rinishini toppish, yaqqol tasvirini qurishga urunishi o'z ustida ishlashga, tasavvur qilishga va berilgan topshiriqning qulay usullarini izlashga harakat qiladi.
Masalaning javobiga e'tibor beradigan bo'lsak bu ikkita ko'rinish
Scientific Journal Impact Factor
asosida aksonametrik proeksiyasini qurib olish imkoni ham mavjud.
Bu detlning yechimi quydagicha: V, H,
W -proeksiyalari aniqlandi va aksonametriyasi qurildi. Talaba vazifani bajarishda AutoCad dasturidan foydalanish ham mumkin. Har bir ijodiy ishga belgilangan vaqt berilib, talabani shu muddat ichida vazifani bajarish talab qilinadi.
Talabaga beriladigan vazifalarning ko'rmishlari turlicha bo'lib, bu masalada proeksiyalari noma'lum ikkita ko'rinish beriladi va bu koronishlarni uchinchi proeksiyasini aniqlash uchun varyantlar taqdim etiladi. Shu varyantlar asosida talaba javobini topish imkoniga ega bo'lishadi.
2-masala:
Uchinchi ko'rinishi topilgan va proeksiuyalari aniqlangan ko'rinishlarni
aksonametriyasini qurish vazifasi beriladi.
Scientific Journal Impact Factor
Bu vazifa eskiz xolida bajarilishi ham mumkin. Bu varyantlaming asosiy vazifasi shundan iboratki talabaning diqqatini jamlash va tasavvurini kuchaytirish imoniga ega bo'ladi va shu bilan bir qatorda talaba ijodiy izlanishiga sabab bo'ladi.
Bu taqdim etilgan varyantlar talabalarning har tomonlama ijodiy izlanishga undaydi.
3-masala: Talabaning tasavvurini
shakillantirishning yana usullaridan biri xisoblangan bu masalada proeksiyalari aniq V, H va W ko'rinishlari o'z joyida joylashgan ikkita proeksiyasi taqdim etiladi. Shu asosida talaba uning yetishmovchi proeksiyasini aniqlash imkoniga ega bo'ladilar. Bu masalada ham aksonametrik proeksiyasi chiziladi. Qirqim bajarish kerak bo'lgan xollarda qirqim va kesim bajarish talab qilinadi.
V
H
□
w Bizga berilgan masalada frantal -V, proeksiyasi noma'lum, qolgan proeksiyalari ma'lum bo'lgan masala keltirilgan. Shu ko'rinishlar asosida yetishmovchi proeksiyasi aniqlanadi va aksonametrik proeksiyasi yasaladi.
Bizga berilgan bu masalaning yechimini qay tariqa toppish talabaning o'zining tasavvur qilish qobilyatiga qarab bajariladi.
Talaba ikkita ko'rinish asosida uning aksonametriyasini quradi va shu ko'rinish asosida yetishmovchi proeksiyasini topishi mumkin bo'ladi. Yoki har bir talabaning o'zining ishlash tasavvur qilish qobilyatiga qarab turlicha yondoshish mumkin. Har qanday usulda ham talabaga tez va to'g'ri bajarish kerakligi talab qilinadi. Iqtidorli talabani shakillantirishda har xil usullardan foydalanish talabani zexinli qilishga va berilgan har qanday xolatdagi masalani yecha olish qobilyatiga ega bo'ladi.
4- masala: Ko'p xollarda talabaning onson, tez va qulay tasavvurini kengaytirishning yana bir usuli shundan iboratki, bu xolatda berilgan no'aniq ikkita ko'rinishiga asosan varyantlar ham taqdim etiladi.
Bu varyantlar asosida talaba yetishmovchi proeksiyasini aniqlash va aksonametriyasini qurish imkoniga ega bo'ladi. Proeksiyalarning joylari no'aniq korsatiladi.
XULOSA
Iqtidorli talabalarni ijodiy izlanishga undashda albatta qo'lda bajarilgan chizmalarning saviyasi yuqori baholanadi. Bu ham muhum albatta, lekin!
Xozirgi kunda zamon talabi nimani taqazo etmoqda; albatta kompyuterlashgan zamonni. Shunday ekan biz iqtidorli talabalar bilan chizmalarni dasturlar asosida chizish va bajarish imkoniga ega bo'lsak va talabalar bilan shug'ullanishni shu asosida bajarsak, o'ylaymanki jahon talabiga javob bera oladigan yosh mutaxassislarga ega bo'lamiz.
REFERENCES
1. "Muhandislik fanlarini o'qitish metodikasi" Ashirboyev. A. O, Toshimov. N. E. Toshkent-2020.
2. "Chizma geometriya" Sh. Murodov. Toshkent-2008
3. ENGINEERING GRAPHICS TEST - STATE,
4. Engineering Graphics Test Production Team Ryan Brown, Illinois State University - Author/Team Leader Mark -2014
5.Alimov F. v/b "Kompyuter grafikasi va asoslar". -T.: "O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati". 2012-y.
6. Gulomova N.X. "Chizmachilikdan testlar, -T.: "TDPU rizografi". 2014-y.
7. Ashirboyev A. O "Muhandislik grafikasi fanlari metodikasi"2015-y
8. Murodov Sh.K., Tashimov N.E. "Grafik tasvirlash asoslari". -T.: "Navro'z". 2013-
y.
9. Murodov Sh.K. "Injenerlik graflkasi". -T.: "Sano-standart .2013-y.
10. Olimova Q.T. "Zamonaviy ta'lim texnologiyalari". -T.: 2007-y.