Научная статья на тему 'IQLIM O'ZGАRISHI INSONIYАTNING QISHLOQ XO`JАLIGIGА TА`SIRI'

IQLIM O'ZGАRISHI INSONIYАTNING QISHLOQ XO`JАLIGIGА TА`SIRI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
306
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IQLIM O'ZGАRISHI / SUV TАNQISLIGI / SUV LIMITI / SUV XO'JАLIGI / RАQАMLI TЕXNOLOGIYАLАR / SUVTЕJАMKOR TЕXNOLOGIYАLАR / TOMСHILАTIB SUG'ORISH / SUV XO'JАLIGIGА BOZOR TАMOYILLАRINI JORIY QILISH / SUG'ORILАDIGАN YЕRLАR

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Jаbborbеrgаnovа M.

Iqlim o‘zgаrishi - kеng tаrqаlаyotgаn, jаdаl vа tеzlаshib borаyotgаn jаrаyondir. G‘аrbdа yаshovсhilаr uсhun hаm sаyyorаning isish xаvfi еndi fаqаt сhеkkа hududlаrgа tа'sir qilаdigаn muаmmo еmаs. Dunyoning dеyаrli bаrсhа qismidа istiqomаt qilаyotgаn insonlаr iqlim o‘zgаrishi nаtijаsidа yuzаgа kеlаyotgаn hodisаlаrni o‘z tаnаlаridа his qilishmoqdа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQLIM O'ZGАRISHI INSONIYАTNING QISHLOQ XO`JАLIGIGА TА`SIRI»

Jabborberganova M.

Qoraqolpoq Davlat Universiteti O'zbekiston, Nukus

IQLIM O'ZGARISHI INSONIYATNING QISHLOQ XOJALIGIGA

TASIRI

Annotatsiya: Iqlim o'zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G'arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat сhekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o'z tanalarida his qilishmoqda.

Kalit so'zlar: iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi, suv limiti, suv xo'jaligi, raqamli texnologiyalar, suvtejamkor texnologiyalar, tomchilatib sug'orish, suv xo'jaligiga bozor tamoyillarini joriy qilish, sug'oriladigan yerlar.

KIRISH

Kechagina hammamiz sel va ko'chkilar tez-tez sodir bo'layotganidan shikoyat qilgan bo'lsak, bugun esa jazirama issiq va chang-to'zonlardan noliyapmiz. Deyarli yaqindagina olimlardan ilk bor iqlim o'zgarishi va uning oqibatlari to'g'risida eshitib, bu xodisa yiroqlarda va bizga ta'sir qilmaydi deb o'ylagan edik, lekin bugun esa biz ushbu o'zgarishlarning hayotimizning barcha jabhalarida to'liq his qilmoqdamiz.

ADABIYOTLAR SHARHI

Iqlim o'zgarishi oqibatida qishloq xo'jaligining umumiy milliy mahsuldorligi 1960-yillardan buyon 21 foizga pasaygan. Bu haqda Kornell universiteti tomonidan AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi ko'magida olib borilgan tadqiqotda aytiladi. Bunday pasayish so'nggi yetti yil ichidagi mahsuldorlikning o'sishini yo'qotish bilan tengdir, deya ta'kidlaydi olimlar.

"Qishloq xo'jaligi tadqiqotlari sohada unumdorlikning o'sishiga imkon yaratdi, lekin antropogen iqlim o'zgarishining ushbu o'sishga tarixiy ta'siri aniqlanmadi", — deyiladi Nature Climate Change jurnalida chop etilgan tadqiqotda.

Olimlar qayd etishicha, qishloq xo'jaligi mahsuldorligining qisqarishi iliq mintaqalarda — Afrikada, Lotin Amerikasida, Karib havzasi mamlakatlarida yuqoriroqdir (24-34 foiz).

Avvalroq BMT oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 20 ta mamlakatda o'tkir ocharchilik xavfi yuzaga kelishi haqida ogohlantirgan edi. Xavf hududida — 34 million kishi. BMT qayd etishicha, ocharchilik nizolar oqibatida kelib chiqadi hamda "iqlim o'zgarishlari va pandemiya oqibatida kuchayadi"

TADQIQOT MЕTODOLOGIYASI VA ЕMPIRIK TAHLIL

Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta'minlash, sug'oriladigan yerlarning meliorativ

holatini yaxshilash, suv xo'jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo'jaligi ob'ektlarining ishonchli ishlashini ta'minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan kontseptsiyani ishlab chiqilishi aynan suv xo'jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasidir.

Ayniqsa bugungi suv tanqisligi sharoitida qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug'orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag'batlantirish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish masalalarini amalga oshirish dolzarb vazifalardan sanaladi.

Ma'lumki, iqlim o'zgarishi O'zbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillardagi kabi qurg'oqchilikning davomiyligi va davriyligi ko'payishiga olib kelishini hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo'lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta'minoti 3 048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi. Shu bilan birgalikda, respublikada aholi soni yiliga o'rtacha 650 — 700 ming nafarga oshib, 2030 yilga borib 39 mln nafarga yetishi, ularning sifatli suvga bo'lgan talabi 2,3 mlrd kub metrdan 2,7 — 3,0 mlrd kub metrga (18 — 20 foiz) yetishi kutilmoqda.

Qishloq xo'jaligida suvdan foydalanish borasida Turkiya tajribasi alohida ahamiyatga molikdir. Xususan, Turkiyaning o'rtacha yillik suv resurslari 180190 milliard kubometrni, yer osti suvlari esa 10-15 milliard kubometrni, jami suv resurslari esa 200 milliard kubometrni tashkil qilsa-da, uning faqatgina 3035 mlrd. m3 (15 foizi) ishlatiladi. Shundan oqova suv resurslari 25-26 mlrd. m3 va yer osti suvlari resurslar 5-6 mlrd. m3.

Turkiya iqlimi qishloq xo'jaligi uchun juda ko'p qulayliklar yaratadi va bu barcha turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish imkonini beradi. Ammo qishloq xo'jaligi tarmog'i yaxshi rivojlanmagan, masalan, katta imkoniyatlar mavjud bo'lgan sharoitda asosiy qishloq ho'jaligi ekini bo'lgan g'allaning o'rtacha hosildorligi 21 tsentnerni tashkil qiladi va aholi jon boshiga yetishtiriladigan go'sht miqdori o'rtacha 18 kg tashkil qiladi.

Suv xo'jaligi bilan bog'liq barcha ishlarni rejalashtirish, loyihalash, qurish, suv toshqinlariga qarshi kurash, qishloq xo'jaligi ekinlari maydonlarini suv bilan ta'minlash, suv resurslarini shahar va qishloqlarga yetkazib berish ishlarini Davlat suv xo'jaligi boshqarmasi (DSI) amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, suv bilan bog'liq bajariladigan va bajarilishi lozim bo'lgan ishlar bilan shaxsan Bosh Vazir shug'ullanadi va nazorat olib boradi.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qiladigan bo'lsak, iqlim o'zgarishi suvga bo'lgan talabni kuchaytirib, bu borada alohida texnologiya talab etadi, bunda xorijiy davlatlarda sug'orish texnologiyasini takomillashtirishga katta ahamiyat berilgan. Dunyodagi ko'pgina mamlakatlarning har bir melioratsiya va suv xo'jaligi

bo'yicha o'z tarixiy an'analariga, suv resurslariga bo'lgan ehtiyojiga, iqtisodiyotning rivojlanish yo'liga, sug'orish tarixiga egadir va ular bir - biridan farq qiladi. Suvdan foydalanish yo'nalishlari ularda, asosan, davlatning taraqqiyot darajasiga qarab belgilangan.

Mamlakatimizda, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, bunda davlat tomonidan yaratilayotgan qulayliklardan foydalanish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflarni bermoqchimiz:

❖ suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste'moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish;

❖ qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug'orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag'batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;

❖ sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta'minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko'maklashish, tuproqning sho'rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo'yicha samarali texnologiyalarni qo'llash;

❖ suv xo'jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste'molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag'larni suv xo'jaligi ob'ektlarini o'z vaqtida sifatli ta'mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo'naltirish;

❖ suv xo'jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo'jaligi ob'ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablag'larni suv xo'jaligi ob'ektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to'lash va rag'batlantirishga yo'naltirish.

Аdаbiyotlаr го^ай:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6024-son Farmoni. 2020 yil 10 iyul.

2. Safoevna, S. Z., & Juraevna, M. N. (2021). Analysis of economic efficiency ofthe use of irrigated land in agriculture and factors on them. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4055-4061.

3. Shoxo'jayeva, Z. S. (2020). Problems and solutions in the water sector of the region. HayKa и TexHrna. Мировьш иccлeдовaния (pp. 21-24).

4. Safoevna, S. Z., & Sagdullaevna, T. F. (2021). Food provision of the population of the republicofuzbekistaninpandemyconditions:problemsand solutions. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(2), 1320-1325.

5. ZS Shoxo'jayeva. Efficient use of water resources in the agricultural sector. Monograph. T.: - 2012

6. Kurbonov, A. B., & Shoxo'jaeva, Z. S. (2019). Sustainable development of the agrarian sector depends on the efficient use of water resources. International Journalof Engineering and Advanced Technology, 8(6), 5123-5126.

7. Shoxo'jayeva, Z. S., & Norqobilov, M. (2020). Problems of rational use of water resources in agriculture of the Republic of Uzbekistan. HayKa h TexHHKa MHpoBbie HcanegoBaHHA (pp. 25-28).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.