Научная статья на тему 'IPNING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI DISKRETLASH BARABANCHASI KONSTRUKTSIYASINING PARAMETRLARIGA BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH'

IPNING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI DISKRETLASH BARABANCHASI KONSTRUKTSIYASINING PARAMETRLARIGA BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Regressiya / koeffitsiyent / tajriba / uzilishi / variatsiya / adekvatlik / dispersiya / tenglama / optimal / diskretlash. / регрессия / коэффициент / эксперемент / прерывание / вариация / адекватность / дисперсия / уравнение тенглама / оптимальность / дискретизация.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Urakov Nuriddin Abramatovich

Maqolada yigiruv mashinasining diskretlashtiruvchi barabanchasining mavjud konstruktsiyasi xususiyatlari tahlili ko„rib chiqilgan va diskretlash barabanchasi orqali olingan ipning sifat parametrlariga tajriba natijalari keltirilgan. Tajribaga oid regressiya tenglamalari olingan. Olingan ipning sifat ko„rsatkichlariga bog„liq holda barabanchaning parametrlariga o„zaro boglanish grafigi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Studying the dependence of yarn quality indicators on the design parameters of the discretizing drum

В статье приводится анализ особенностей существующих конструкций дискретизирующего барабанчика прядильной машины. Представлены результаты экспериментов по параметрам качества нити, полученной с помощью дискретизационного барабана. Получены экспериментальные уравнения регрессии. В зависимости от показателей качества полученной нити приведен график зависимости от параметров барабана.

Текст научной работы на тему «IPNING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI DISKRETLASH BARABANCHASI KONSTRUKTSIYASINING PARAMETRLARIGA BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH»

MEXANIKA

UDK 677.052.48.3/.5

IPNING SIFAT KO'RSATKICHLARINI DISKRETLASH BARABANCHASI KONSTRUKTSIYASINING PARAMETRLARIGA BOG'LIQLIGINI O'RGANISH

Urakov Nuriddin Abramatovich Termiz muhandislik-texnologiya instituti, PhD. dotsent., E-mail: u nuruddin88@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada yigiruv mashinasining diskretlashtiruvchi barabanchasining mavjud konstruktsiyasi xususiyatlari tahlili ko'rib chiqilgan va diskretlash barabanchasi orqali olingan ipning sifat parametrlariga tajriba natijalari keltirilgan. Tajribaga oid regressiya tenglamalari olingan. Olingan ipning sifat ko'rsatkichlariga bog'liq holda barabanchaning parametrlariga o'zaro boglanish grafigi keltirilgan.

Аннотация. В статье приводится анализ особенностей существующих конструкций дискретизирующего барабанчика прядильной машины. Представлены результаты экспериментов по параметрам качества нити, полученной с помощью дискретизационного барабана. Получены экспериментальные уравнения регрессии. В зависимости от показателей качества полученной нити приведен график зависимости от параметров барабана.

Abstract. The article provides an analysis of the features of the existing designs of the discretizing drum of the spinning machine. The article presents the results of experiments on the quality parameters of the thread obtained using a sampling drum. Experimental regression equations are obtained. Depending on the quality indicators of the obtained thread, a graph of dependence on the parameters of the drum is given.

Kalit so'zlar: Regressiya, koeffitsiyent, tajriba, uzilishi, variatsiya, adekvatlik, dispersiya, tenglama, optimal, diskretlash.

Ключевые слова: регрессия, коэффициент, эксперемент, прерывание, вариация, адекватность, дисперсия, уравнение тенглама, оптимальность, дискретизация.

Keywords: Regression, coefficient, experience, interruption, variation, adequacy, variance, tenglam equation, optimality, discretization.

Kirish. Diskretlash jarayonida o'ta yuqori darajada bo'kilish sodir bo'ladi, ya'ni tasma 3000-7500 marta bo'kadi, va ideal ajratilishida diskret oqim kesimida 2-6 kontaktsiz tolalar mavjud bo'ladi. Aynan ana shu xususiyat bilan diskretlash cho'zishdan farqlanadi. [1] Diskretlash kontaktsiz tolalarni diskret oqimini tashkil etish uchun amalga oshiriladi, bunday tolalar yigiruv kamerasining pishitish qurilmasi shakllantiradigan aylanmaga asoslangan aylanma momentini qabul qilish va uzatish imkoniyatiga ega emas, buning natijasida diskretlash qurilmasi va chiqarilgan juftlik orasida soxta burama sodir bo'lamaydigan sharoit yaratib beriladi.

Bitta kattalikning boshqasi qiymatiga bog'liqligini shartli matematik kutish regressiya tenglamasi deyiladi. Bu bog'lanish funksional hisoblanmaydi, ya'ni bitta kattalikning qiymatiga boshqasining aniq qiymati mos kelishi majbur emas, ammo boshqasining aniq taqsimlanishiga mos keladi [2].

Diskretlovchi barabancha yuritish mexanizmini mashina agregati dinamik va matematik modellari: Ko'rib chiqilayotgan mashina agregatida elektr yuritgichdan tasmali uzatma orqali diskretlovchi barabanchalarga aylanma harakat blochkalar orqali uzatiladi [3]. Tarkibli diskretlovchi barabanchaning asosiga, ya'ni vali bilan tishli garnituralari orasida rezinali vtulkalar o'rnatilgan. Bunda rezinali vtulka har uchchala tishli garnitura uchun umumiy qilib olinishi mumkin. Shu bilan birga, har bir tishli garnitura qismi uchun alohida individual rezinali vtulkalar o'rnatilishi mumkin.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

1- rasm. Diskretlovchi barabancha mexanizmli mashina agregati dinamik modeli

Ushbu variantda individual rezinali vtulkalar bikrliklari har xil qilib olinishi qayd etiladi. Chunki diskretlovchi baraban ish jarayonida asosiy yuklanish uning o'rta qismiga to'g'ri keladi. Shuning uchun o'rta qismdagi tishli garnitura o'rnatilgan rezinali vtulka bikrligini kattaroq qilib olish maqsadga muvofiqdir. Bunda mashina agregatida har bir tishli garniturani alohida massa qilib olindi. Yuqoridagilarni inobatga olib mashina agregati dinamik modeli qurildi. U 1-rasmda keltirilgan.

Mashina agregati dinamik modeliga asosan, sistema besh massali hisoblanadi: 1 massa -elektr yuritgich rotori; 2 massa - diskretlovchi barabancha vali massasi; 3,4,5- massalar - tishli garnituralar massalari.

Yigirish mashinasida elektr yuritgich diskretlovchi barabanchalar uchun mexanik xarakteristika bilan [4,5] inobatga olingan. Mavjud mexanik xarakteristika [6] ga asosan quyidagi ifodalar orqali keltirilgan:

L - pà —

M

AM —L— pep

W \ C ^ W'

+ ■

W

T

= 0;

э

2M

V

—K + — pp + M = 0; T T w c w

3 3

(1)

T

3

S L

K c

S _>

S

+ T A4

W 3 W

4 )

W

bu yerda, (p —elektr yuritgich rotori burchak tezligi; S, S - elektr yuritgich rotori va

W

statorini o'zaro sirpanishi, kritik qiymati; r —yuritgich juft qutblar soni; M ,M - elektr

W

K

yuritgich rotoridagi yurituvchi moment va uning kritik qiymati; — — yordamchi o'zgaruvchi kooeffitsient; l — elektr ta'minlagichning aylanma chastotasi, T — elektr yuritgichning

o'zgarmas vaqt ko'rsatkichlari.

Ushbu mexanik xaraktiristika A.E.Levin tomonidan [7] taklif etilgan bo'lib, sistemada barqaror harakatga chiqish davrida ham yetarli darajada elektromagnit o'tish jarayonlari inobatga olinadi. Diskretlovchi zonaga harakatni uzatuvchi tasmali uzatmani va barabancha vali hamda tishli garnituralar orasidagi rezinali vtulkani bikrlik va dissipatsiya koeffitsiyentlari mavjud formulalarga asosan hisoblanadi:

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

1

MEXANIKA

г 2aEF ß _ C . „ ,

C=-r-; e —2F' (2)

e T KiT

bu yerda, g-harakatni uzatuvchi g'ildirak radiusi; a - burchak bo'yicha deformatsiyani ifodalovchi koeffitsiyent (normal ishlash sharoiti uchun a=2,0); F-tasma yoki qayishqoq element ko'ndalang kesim yuzasi; Ye-qayishqoq element elastiklik moduli; yet - tasmani yoki qayishqoq element ishchi uzunligi; p - uzatma koeffitsiyenti; T-tebranish davri; kI -proportsionallik

koeffitsiyenti, k =6.28 (bunda p < 0,6); n = 3.14.

Diskretlovchi barabancha yuritmasidagi massalarning inersiya momentlari [8] ga asosan mavjud hisoblash usulidan foydalanib aniqlandi, bunda:

j R

(ai - a2 )2

mx d

a

1 - _1 v dj

- m2 d

a

1 - _L

v dj

(3)

2h 2h

bu yerda; R-ip yoki tros o'ralgan shkiv radiusi; a1 = —; a2 = — - osilgan yuklarning

ti ti

tezlanishlari; h-osilgan yuklar tushish balandligi, t1,t2-yuklarni tushish vaqtlari.

Bunda inersiya momentlari mavjud [9] yuklarni tushish usulidan foydalanib aniqlandi. Qurilgan dinamik modelga (1-rasm) mos kelgan mashina agregati harakatini ifodalovchi differensial tenglamalar sestemasini Lagranjning II-tartibli tenglamasidan foydalanib hosil qilindi va quyidagilar inobatga olindi:

((o - Uoe(e ) = A(ß; ((e - U0(1) = A(;

00 01

((e - US2^2 )=AVo1; (e - U03^3 )=AVe2; (4)

Bunda harakat tenglamalari:

—Mo - ewe A(we - Cwe A(oe = Jo(o;

Ko

(5)

Uoe (eoe A(oe + CKe A(oe )- e1A(e1 - C1A(e1 - e2A(e2 - C2A(e2 -e3A(e3 - C3A(e3 -Mum = Je(e

Ue1(eo1A(o1 + Ce1A(e1)-Mq1= J( ; U02(eo2A(o2 + Ce2A(e2 )-Mq2= J2(2 ;

Ue3(eo3A(o3 + Ce3A(e3 )-Mq3= J2( \

Bu yerda, (e ,(1 ,(2 ,(3 - mos ravishda diskretlovchi baraban vali va tishli garnituralarni

burilish siljishlari; 0oe , 0o1, 0o2, 0o3 - mos ravishda tasmali uzatma va tishli garnituralar

rezinali vtulkalari dissipativ koeffitsiyentlari; Coe , C1, C2, C3 - tasmali uzatma va tishli

garnituralar rezinali vtulkalarini aylanma bikrlik koeffitsiyentlari; Uoe ,Ue1,Ue2,Ue3 -

uzatmalarni uzatishlar nisbati; Mish - diskretlovchi val tayanchlaridagi ishqalanish kuchining momenti; Mq1, Mq2, Mq3 - tishli garnituralarga pilta tolalaridan kelayotgan qarshilik kuchlarining momentlari; kyu - tasmali uzatma orqali harakat bir vaqtda uzatilayotgan diskretlovchi barabanlar soni.

Ip xossa ko'rsatkichlarining diskretlash barabanchasi konstruksiyasiga va uning aylanish chastotasiga bog'liqligi regression modellarini qurish: Bitta kattalikning boshqasi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

qiymatiga bog'liqligini shartli matematik kutish regressiya tenglamasi deyiladi. Bu bog'lanish funksional hisoblanmaydi, ya'ni bitta kattalikning qiymatiga boshqasining aniq qiymati mos kelishi majbur emas, ammo boshqasining aniq taqsimlanishiga mos keladi. Regressiya koeffitsiyenti qandaydir kattalik uning o'zgarishida qancha birlikka o'zgaradi va qaysi kattalik o'zining birligiga ko'proq ta'sir qilishini ko'rsatadi [10]. Shularni inobatga olib, tegishli tajribalar o'tkazildi. Tajribalar rejasi va optimallash parametrlari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

T/r "aktorlar Optimallash parametr ari

№ x1 x2 x3 xrx2 xr*3 x2-x3 x2 X32 u1-solishtir-ma uzish kuchi, sN/teks u2-uzilishi bo'yicha variatsiya koeffitsiyenti, % u3-qirqim bo'yicha kvadratik notekislik, ^ %

1 + + - + - - + + + 11,5 7,6 14,18

2 0 + + 0 0 + 0 + + 11,1 7,9 14,34

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3 - + 0 - 0 0 + + 0 10,9 7,8 14,22

4 + 0 0 0 0 0 + 0 0 11,6 6,8 13,82

5 0 0 - 0 0 0 0 0 + 11,7 7,4 13,88

6 - 0 + 0 - 0 + 0 + 11,2 7,3 14,16

7 + - + - + - + + + 10,7 6,6 13,90

8 0 - 0 0 0 0 0 + 0 10,9 7,2 13,86

9 - - - + + + + + + 10,5 7,6 14,06

Ik kinch li tarkibli polinom ko'rinishidagi modelbb quyidagi ko'rinishga ega:

bu yerda, bQ,bi, bjj- model koeffitsiyentlari; N-tajribalar soni; xifxj -faktorlar.

Tenglamalarning koeffitsiyentlari quyidagi formulalardan aniqlanadi:

N _

bo = qi -2 yi

(6)

b, = qi-2 x• xj• y

i= 1

N __N _

bn = q4 -2 xi • yi - qi -2 yi

(7)

(8) (9)

i=1

i=1

S2 optimallash parametrlari dispersiyasi, Sfe2 model koeffitsiyentlari dispersiyasi va Sa

ag

tenglamaning adekvatlik dispersiyasi formulalaridan aniqlanadi [11]:

«0

Sy2 = q5a -yi)2

i=1

n0 - nol nuqtadagi tajribalar soni

Sbi = q6 • S

Slg=2 (y-yP)2'

(10)

(11) (12)

bu yerda, N - tajribalar soni, X -modelling muhim koeffitsiyentlari soni.

(10-11) formulalar uchun qi koeffitsiyentlarining doimiy qiymatlari 2-jadvalda keltirilgan

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

i=1

i =1

MEXANIKA

[12].

2-jadval

n q1 q2 q3 q4 q5 q6 N

3 0,1111 0,1666 0,2500 0,1666 0,5000 0,0370 9

5-7 keltirilgan formulalar bo'yicha 2 jadval berilganlaridan foydalanib, regressiya tenglamalari koeffitsiyentlari u1, u2, u3 optimizatsiyalash parametrlari hisoblanadi.

1. Ipning solishtirma uzish kuchii, Ro, sN/teks - u1

u1 = 11,12+0,2x1+0,233x2-0,11x3+0,1x1 x2-0,375x1 X3-0,15x2X3-

9 9 2

- 0,0533 x2 - 0,186 x22 -0,0034 x3 (13)

2. Uzish kuchi bo'yicha variatsiya koeffitsiyenti, S, % - u2

u2 = 7,36-0,283x1+0,317x2-0,133x3+0,2x1-X2-0,175X1-X3+0,325X2-X3-

9 9 2

- 0,0934 x2 + 0,09 x22 +0,04 x3 (14)

3. Kesma bo'yicha ipning kvadratik notekisligi, Sm % - u3

u3 = 14,05-0,09x1+0,153x2+0,047x3+0,03x1 x2-0,095x1 x3+0,08x2x3-

- 0,0066 % + 0,043 x22 +0,0366 x3 (15)

(13-15) tenglamalarning koeffitsiyentlari muhimligini baholash Styudent mezoni t=4,3 bo'yicha bajariladi (mezonning t - qiymati (3-1 )=2 erkinlik darajasi va muhimlik sathi 0,05). Agar bi>Abi koeffitsiyent muhim hisoblanadi (muhimlikni berilgan sathi bilan) [13]. Taklif qilingan diskretlash barabanchada ta'sir qiluvchi uchta faktorlarni, ya'ni x1 - garniturali sektsion vtulkali diskretlash barabanchasining umumiy garniturasining tarkibi, x2 - diskretlash barabanchasining aylanishlar chastotasi, ayl/min, x3 - garnitura ostidagi rezinali vtulka buramida bikirlik koeffitsiyenti, Nm/rad ning m - ipning solishtirma uzish kuchiga, sN/teks, u2 - uzish kuchi bo'yicha variatsiya koeffitsiyentiga, %, U3 - qirqim bo'yicha ip notekisligi, Sm, % ga ta'siri ko'rib chiqiladi.

Uchta sektsiyali vtulkalardan birgalikda tarkib topgan diskretlash barabanchasi garniturasining optimal geometrik parametrlarida ipning solishtirma uzish kuchi oshadi, pishiqlik va ipning kesimi bo'yicha notekislik pasayadi. garnitura ostida qayishqoq qistirmalardan foydalanish ipning uzish kuchi va kesimi bo'yicha bikirlik 1.0 1.5 - 104Nm/rad da ip notekisligi kamayishiga imkon beradi [14]. Bikirlikni 2104 Nm/rad gacha oshirilganda ko'rsatkichlar ortadi, uzish kuchi esa kamayadi.

2-rasm. Ip solishtirma uzish kuchining diskretlash barabancha aylanishlar chastotasi, (x2) va rezinali vtulka bikrlik koeffitsiyenti (x3) ga bog'liqligi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA Хз=0; Y=(xi, x2)

Shunday qilib, tajribani matematik rejalashtirish asosida olingan uchchala regression tenglama bo'yicha aniqlangan faktorlarning optimal koordinatalari X1=0,4 dan 1,0 gacha; X2=-1,0 dan -0,4 gacha va X3=-1,0 dan -0,4 gacha deb qabul qilinishi mumkin. Bularga to'g'ri keluvchi natural qiymatlar diskretlovchi barabanchaning aylanishlar chastotasi 7000 min-1dan 7800 min-1 gacha; qayishqoq elementning bikrlik koeffitsiyenti 1,0x102 Nm/rad dan 1,6x 102 Nm/rad gacha va garnituralar V20N hamda V174DN larni qo'llab, ip xossa ko'rsatkichlarining yuqori qiymatlariga erishish mumkin.

Xulosa. Diskretlash barabanchasining yangi konstruktsiyasi umumiy garnitura sektsiyali, garniturali tashqi vtulkalardan hosil bo'lgan va asosga qayishqoq rezinali vtulkalar vositasida o'rnatilgan bo'lib, faktorlarning optimal birligida: seksiyali vtulkalarda garnitura turi, qayishqoq vtulkaning bikirligi va barabanchaning aylanishlar chastotasida tolali materiallarni diskretlash samarasini va tekisligini oshiradi.

ADABIYOTLAR

1. Патент UZ № IAP 06730. Дискретизирующий барабанчик пневмомеханической прядильной машины / Джураев А.Дж. Ураков Н.А., Мирзаев О.А, Ахмедов К.И. // Расмий ахборотнома. -2022. -№ 6.

2. Джураев А.Дж., Ураков Н.А., Мирзаев О.А., Алмардонов О.М., Усманов Х.С. Анализ нагруженности питающего цилиндра в узле питания прядильных машин // Москва. Universum: Технические науки журнал №3 2021, бет /49-53

3. Juraev, A., and N. Urakov. "Development of designs and justification of the parameters of a scretting drum with a damper of a spinning machine." Science and innovation 1.A4 (2022): 231-239.

4. Juraevich, Juraev Anvar, and Urakov Nuriddin Abramatovich. "Development of designs and justification of the parameters of a scretting drum with a damper of a spinning machine." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.5 (2022): 1093-1101.

5. Джураев А.Д., Ураков Н.А., Мирзаев О.А., Алмардонов О.М., & Усманов Х.С. (2021). Анализ нагруженности питающего цилиндра в узле питания прядильных машин. Universum: технические науки, (12-3 (93)), 48-53.

6. Джураев, А. Д., Муродов, Т. Б., Матисмаилов, С. Л., Мирзаев, О. А., & Ураков, Н. А. (2020). Дискретизирующий барабанчик для пневмомеханических прядильных машин. Патент на изобретение, № IAP06301, 30.

7. Джураев, А. Д., Мирзаев, О. А., Ураков, Н. А., & Умаров, Р. И. (2019). Питающий цилиндр прядильного устройства. Патент на изобретение, № IAP05854, 7.

8. А.Джураев, О.А.Мирзаев, Н.А.Ураков, and К.И.Ахмедов. "Разработка новой конструкции питающего столика прядильной машины." ТошДТУ ХАБАРЛАРИ (2018): 115.

9. Patent, U. Z. (2022). No. IAP 06730. Discretizing drum of a pneumatic spinning machine/Juraev AJ Urakov NA, Mirzaev OA, Akhmedov KI. Official Newsletter, (6).

10. Мирзаев О.А. Колебания составного питающего цилиндра с сопротивлением при кручении. ISSN 2181-3515 volume 2 special issue 14 november 2023.

11. Ураков Н.А., Мирзаев О.А., Янгибоев Р.М. Вынужденные колебания питающего цилиндра, имеющего упругую оболочку, пневмомеханических прядильных машин // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2023. 11(116). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/16236

12. Мирзаев О. А. Структура личности и формирование профессиональнойэтики. international journal of scientific researchers. Volume: 3, Issue: 1, 2023

13. Oktyabr Rakhimov, Dilrabo Rakhimova, Otabek Mirzaev, and Shavkat Azizov.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

Analysis of developmental education models in the ecological education system in Uzbekistan. E3S Web of Conferences 458, 06020 (2023) EMMFT-2023 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345806020.

14. Otabek A. Mirzaev, Zair U. Uzakov, Zafar Z. Uzakov, Zafar R. Boyirov, Barchin T. Botirova, "The power required to maintain the forced oscillations of a composite feed cylinder of spinning machines," Proc. SPIE 12986, Third International Scientific and Practical Symposium on Materials Science and Technology (MST-III 2023), 129860W (19 January 2024); doi: 10.1117/12.3017778

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.