Научная статья на тему 'INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA JALB QILISH YO‘NALISHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.'

INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA JALB QILISH YO‘NALISHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / investitsion muhit / investitsiya jozibadorligi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xudayberganov Dostonbek Omanboyevich

Ushbu maqolada investitsiya muhitining mohiyati, uni investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, unga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilash boʻyicha amaliy taklif va tafsiyalar islab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA JALB QILISH YO‘NALISHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA JALB QILISH YO'NALISHLARINING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Xudayberganov Dostonbek Omanboyevich

https://doi.org/10.5281/zenodo.12178047

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEY WORDS

investitsiya, investitsion muhit, investitsiya jozibadorligi.

ABSTRACT

Ushbu maqolada investitsiya muhitining mohiyati, uni investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, unga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan. Mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilash bo'yicha amaliy taklif va tafsiyalar islab chiqilgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoiti ishlab chiqarish jarayonini turli mulkchilik shakllariga asoslangan erkin raqobat asosida, talab va taklif qonuni talablariga rioya qilgan holda barqaror va samarali rivojlantirishni ta'minlashni birdan bir yo'li ishlab chiqarish sub'ektlari bo'lgan kichik korxona va mikrofirmalarni innovatsion-investitsiyalashtirish asosida ularni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni amalga oshirmay, erishib bo'lmasligini ko'rsatmoqda.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish O'zbekiston Respublikasi davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Ko'plab davlatlar uchun mahalliy tabiiy xom ashyo va mehnat resurslari bilan uyg'unlashgan chet el investitsiyalari makro va mikro darajada investitsiyalar rolini o'ynab, davlatning tezkor iqtisodiy o'sishi uchun katalizator bo'lib xizmat qiladi. Chet ellik sarmoyadorlar o'zlarining investitsiyalariga qo'shimcha ravishda mamlakatga sivilizatsiyalashgan bozor elementlarini olib kelmoqdalar: yuqori sifatli menejment, boshqaruv tajribasi, marketing, innovatsion resurslar, axborot texnologiyalari, xalqaro hamkorlik va hamkorlik standartlari, ular o'rnatgan aloqalar va savdo yo'nalishlari orqali jahon bozoriga kirish.

O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida" gi O'RQ-598-son 25.12.2019 qonuni qabul qilingan bo'lib ushbu qonun «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi, «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi va «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»gi qonunlarning asosiy qoidalarini o'zida birlashtiradigan yagona konsolidatsiyalashgan hujjat hisoblanadi va xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va kafolatlarini ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni yaratibberilgan.

3.1-jadval

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga moliyalashtirish manbaalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi (korxona va aholining o'z vositalari), jami foizda

Hududlar 2010 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

O'zbekiston Respublikasi 81,6 83,8 81,5 74,7 34,7 48,6 48,6 45,1

Qoraqalpog'iston Respublikasi 76,3 70,0 76,9 77,2 34,8 53,1 53,1 65,4

Andijon 87,8 91,0 88,3 82,5 36,4 51,2 51,2 47,7

Buxoro 78,6 88,4 89,4 81,8 33,2 47,5 47,5 43,8

Jizzax 87,4 78,2 80,7 67,2 17,9 20,1 20,1 38,4

Qashqadaryo 83,0 86,4 84,1 87,6 24,7 56,7 56,7 60,9

Navoiy 83,2 89,2 86,0 65,8 49,8 60,6 60,6 40,7

Namangan 93,9 87,5 70,6 79,3 40,2 45,6 45,6 39,5

Samarqand 92,6 89,9 92,1 80,2 50,5 60,1 60,1 52,6

Surxondaryo 93,2 82,9 82,9 81,1 13,7 40,0 40,0 34,9

Sirdaryo 71,5 76,8 65,3 52,5 18,8 27,2 27,2 23,3

Toshkent 75,4 85,9 80,8 66,9 42,4 46,6 46,6 37,4

Farg'ona 85,8 82,1 85,6 83,6 35,2 50,2 50,2 47,3

Xorazm 89,5 88,6 87,1 89,6 38,7 42,7 42,7 48,9

Toshkent.sh 67,0 78,1 74,9 j 66,7 42,5 58,6 58,6 51,6

Manba: www.stat.uz sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va mamlakatimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar respublika mintaqalari bo'yicha kichik biznes tashkil etish va milliy iqtisodiyotimizni iqtisodiy jihatdan samarali rivojlanishini ta'minlash asosida aholining ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilab borishida bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy zarur bo'lgan moddiy va ijtimoiy sharoitlarni yaratishda amalga oshirib, iqtisodiy yutuqlarini kichik biznesni keyingi yillar ichida rivojlanishini tahlili asosida ko'rish mumkin.

Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020-yil 21-avgustdan PQ-4812-sonli "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida 2017-2019-yillarda iqtisodiyotda o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,1 barobariga, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga 2,8 barobar ortgan. Yalpi ichki mahsulot tarkibidagi investitsiya ulushi 2016 yildagi 21 foizdan 2019-yil yakuniga ko'ra 38 foizdan ko'proqqa o'sganligi, davlat tashqi investitsiya va tashqi savdoda yuqori faollik natijasida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining 1,24 barobarga, qurilishning 1,44 barobariga o'sishiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatishi yalpi ichki mahsulot tarkibida ulushi 24,1 foizdan 33,2 foizga o'sishiga olib kelgan.

Bu qarorga asosan korxonalarning kuzatuv kengashlaridagi yig'ilishlarda davlat boshqaruvi organlari majlislarida umumiy qiymati miqdori 50 ming barobardan yuqori bo'lgan import tovarlar (ishlar, xizmatlar) haridlarining asoslanganligiga oid masalalarning

ko'rilishini ta'minlaydi va ishlab chiqarish zahiralarini, ya'ni to'planib qolgan import tovarlarini ishlab chiqarishga jalb qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqarishni ta'minlashi belgilab berilgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga moliyalashtirish manbaalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi dinamik xarakterda ekanligi ushbu sohada zanuz yechimini topilmagan ayrim muammolar borligini ko'rsatadi.

2-jadval

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga moliyalashtirish manbaalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi (chet el investitsiyalari va kreditlari), jami foizda

Xududlar 201 0 201 1 201 2 201 3 201 4 201 5 201 6 201 7 201 8 201 9 202 0 202 1

O'zbekiston Respublikasi 6,8 6,9 8,0 2,8 4,0 2,6 5,0 5,0 51, 6 39, 9 39, 9 43, 4

Qoraqalpog'is

ton 8,1 4,4 35,0 7,9 0,6 6,3 3,2 3,9 46,7 33,4 33,4 20,7

Respublikasi

Andijon 5,5 2,5 4,2 0,4 0,1 0,8 3,4 7,2 55,0 41,4 41,4 42,3

Buxoro 14,1 6,8 1,8 1,6 1,8 1,9 1,2 0,2 53,9 39,1 39,1 46,8

Jizzax 0,4 1,6 0,8 0,0 1,1 3,1 6,7 14,0 63,8 69,9 69,9 51,4

Qashqadaryo 13,1 1,1 2,7 1,3 0,1 0,1 10,0 0,3 70,3 34,5 34,5 30,0

Navoiy 2,1 1,7 5,7 0,7 2,3 1,6 3,5 5,5 39,5 34,5 34,5 49,9

Namangan 1,0 1,1 0,8 0,1 0,5 2,2 6,8 6,1 37,1 35,6 35,6 28,3

Samarqand 0,7 1,3 1,8 0,7 1,1 3,1 0,6 0,6 32,9 24,4 24,4 38,9

Surxondaryo 0,2 0,7 0,3 0,3 0,2 0,6 5,0 0,4 78,3 46,4 46,4 54,1

Sirdaryo 4,9 6,1 1,8 2,4 0,1 3,8 8,2 2,6 62,3 56,7 56,7 65,3

Toshkent 8,7 21,4 5,0 5,1 9,7 2,3 5,3 1,5 37,0 40,8 40,8 49,8

Farg'ona 1,7 11,4 4,0 0,1 0,2 2,0 1,7 1,5 53,8 42,2 42,2 45,8

Xorazm 1,5 0,3 0,1 0,0 12,8 1,3 5,3 0,3 48,9 39,2 39,2 42,3

Toshkent.sh 13,8 13,9 16,9 7,2 7,8 4,4 6,8 10,9 44,5 32,7 32,7 39,8

Manba: www.stat.uz sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga moliyalashtirish manbaalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi, ya'ni aynan chet el investitsiyalari va kreditlari 2021-yilda mamlakat bo'yicha qariyib 6,4 marotabaga oshgan.

O'zbekiston Respublikasida 2021-yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarni tahlil qilinganda, asosiy katta salmog' Toshkent shaxri, Buxoro va Navoi viloyatlariga to'g'ri kelishi aniqlandi.

O'zbekiston Respublikasida 2021-yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning hududiy xaritasi yuqorida 3.1.1-rasmda keltirilgan.

O'zbekiston Respublikasida 2021-yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar qo'yidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin.

3.3-jadval

O'zbekiston Respublikasida 2021-yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar, ming so'm1

№ O'zbekiston Respublikasi 6861,0

14 Qoraqalpog'iston Respublikasi 4189,2

2 Andijon 3470,1

3 Buxoro 10462,9

5 Jizzax 6470,7

8 Qashqadaryo 5148,2

7 Navoiy 14672,4

6 Namangan 4477,8

9 Samarqand 3920,7

11 Surxondaryo 4438,7

10 Sirdaryo 9257,1

12 Toshkent 9644,5

4 Farg'ona 3272,3

13 Xorazm 4344,3

1 Toshkent.sh 20619,8

O'zbekiston Respublikasi 6861,0

1 Muallif ishlanmasi

Manba: www.stat.uz sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Hududlarda 2021-yilda aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi Toshkent shaxri, Buxoro va Navoi viloyatlaridan keyingi o'rinda Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlari turadi.

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning o'sish sur'atlari dinkamikasi asosan o'sish tendensiyasiga ega ekanligi qo'yidagi 3.4-jadvaldan ko'rinib turibdi. 3.4-jadval

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning o'sish sur'atlari, %

Yillar 2000 2005 2010 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

O'zbekiston Respublikasi 101,0 105,7 104,2 109,4 104,1 119,4 129,9 138,1 95,6 102,9

Qoraqalpog'iston Respublikasi 83,0 76,2 63,9 133,5 56,2 60,4 169,9 100,3 69,9 105,1

Andijon 101,0 129,2 94,6 105,1 102,4 114,3 113,7 129 110,6 106,0

Buxoro 108,0 120,7 73,6 98, 7 120,8 154,7 60,6 95,9 104,7 147,4

Jizzax 111,0 111,5 118 96, 9 102,7 108,2 158,1 194,9 147,4 72,4

Qashqadaryo 93,0 116,2 67,4 112,4 108,9 129,7 112,4 131,2 76,5 77,8

Navoiy 116,0 141,9 248,6 90,7 144,1 107,4 188 144,3 77,1 86,0

Namangan 103,0 97,1 90,3 108,5 108,2 110,2 178,1 131,1 88 100,5

Samarqand 104,0 110,6 127,4 115,8 103,4 105,7 131,4 134,5 128,8 98,7

Surxondaryo 102,0 136,4 95,8 110,3 107,6 148,4 164,2 144 77,4 109,7

Sirdaryo 100,2 89,6 153,9 97,9 107,9 115,4 131 186 111,2 107,7

Toshkent 106,0 112,7 104 _ 99,3 87 118,4 139,9 158,5 92,2 120,3

Farg'ona 107,0 119,2 107,3 98,7 97,1 98,6 145,9 132 113,5 105,7

Xorazm 102,0 44,1 133,8 87,2 97,8 128,5 111,7 150,7 92,7 139,3

Toshkent sh. 92,0 88,4 147,6 102,3 119,5 121,4 138,2 145,8 108,6 105,0

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Manba: www.stat.uz sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning o'sish sur'atlarini tahlil qilar ekanmiz, 2021-yilda o'tgan yilga nisbatan Qoraqalpog'iston Respublikasida 105,1 foizni, Andijonda 106,0 foizni, Buxoroda 147,4 foizni, Namangan 100,5 foizni, Surxondaryo 109,7 foizni, Sirdaryo 107,7 foizni, Toshkent 120,3 foizni, Farg'ona 105,7 foizni, Xorazm 139,3 foizni, Toshkent sh. 105,0 foizni tashkil etib, o'sishga erishilgan. Biroq, 2021-yilda o'tgan yilga nisbatan Jizzaxda 72,4 foizni, Qashqadaryoda 77,8 foizni, Navoiyda 86,0 foizni hamda Samarqandda 98,7 foizni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan pasayganligini ko'rishimiz mumkin.

Moliyalashtirish manbalari bo'yicha asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi o'rganilganda, 2000-2021-yildagi ko'rsatkichlar variativ ekanligi aniqlandi. Bu esa investitsion faoliyatni yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar olib borish lozimligini ko'rsatadi. Ikkinchi tomonidan jalb etilgan investitsiya qo'shimcha ishchi o'rinlarni yaratishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Bringham E.F., Ehrhardt M.C. Financial management theory and practice. Thomson Southwestern, 2008. 1107 p.

2. Hillier D., Grinblatt M., Titman Sh. Financial Markets and Corporate Strategy. London: McGraw-Hill Higher Education, 2012. 877 p.

3. Korso E. Inclusive growth analysis and HRV: A methodological note. 2011. Elektron manba: http://siteresources.worldbank.org

4. Landesmann, Michael Alroy (2000): Structural Change in the Transition Economies, 1989 to 1999. The Vienna Institute for International Economic Studies.

5. Modigliani F., Miller M. The Cost of Capital, Corporate Finance, and the Theory of Investment // American Economic Review, v. 48. (1958).

6. Modigliani F., Miller M. (1963) "Corporate Income Taxes and the Cost of Capital: A Correction" American Economic Review, Vol. 53, No. 3, pp. 147 - 175.

7. Peter Brusov, Tatiana Filatova, Natali Orehova, Nastia Brusova. Weighted average cost of capital in the theory of Modigliani-Miller, modified for a finite lifetime company // Applied Financial Economics, v. 21, № 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.