SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
INTERFAOL TA'LIM USULLARINI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Rizayeva Nasiba Muhammadiyevna
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi
psixologi
Maqolada ta'lim jarayonida qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning asosiy mazmuni, mohiyati va ta'lim jarayonini sifat darajasini oshirish uchun foydalaniladigan interfaol metodlarning turlari va ularni qo'llash texnologiyasi keltirib o 'tilgan. Shuningdek, zamonaviy ta 'lim sharoitida dars jarayonini didaktik talablar asosida loyihalashning zarurati, dolzarbligi, mazmuni, mohiyati, usullari va shakllari, darslarni olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo 'llari, yangi interfaol uslublardan foydalanishning ijobiy ahamiyati yoritib berilgan. Interfaol metodlardan namunalar tavsiya etilgan.
Kalit so'zlar: Pedagog, psixologiya, interfaol metodlar bahs, breynshtorming, trening, yozma bahs, polilog, dialog, monolog, munozara.
PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF SUCCESSFUL IMPLEMENTATION OF INTERACTIVE LEARNING METHODS
Rizayeva Nasiba Muhammadiyevna
Practitioner psychologist of the 19th comprehensive school of Khatirchi district of
Navoi region
In the article, the main content and essence of pedagogical technologies used in the educational process and the types of interactive methods used to improve the quality of the educational process and the technology of their application are mentioned. Also, the necessity, relevance, content, essence, methods and forms of designing the lesson process based on didactic requirements in the conditions of modern education, the ways of using pedagogical technologies in conducting lessons, and the positive importance of using new interactive methods are highlighted. Examples of interactive methods are recommended.
Keywords:Pedagogue, psychology, interactive methods, debate, brainstorming, training, written debate, polylogue, dialogue, monologue, discussion.
ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ УСПЕШНОЙ РЕАЛИЗАЦИИ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Ризаева Насиба Мухаммадиевна
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Практический психолог 19-й общеобразовательной школы Хатырчинского
района Навоийской области
АННОТАЦИЯ
В статье упомянуто основное содержание и сущность педагогических технологий, используемых в образовательном процессе, а также виды интерактивных методов, используемых для повышения качества образовательного процесса, и технология их применения. Также отмечены необходимость, актуальность, содержание, сущность, методы и формы проектирования процесса урока с учетом дидактических требований в условиях современного образования, способы использования педагогических технологий при проведении уроков, а также положительное значение использования новых интерактивных методов. выделено. Рекомендуются примеры интерактивных методов.
Ключевые слова: Педагог, психология, интерактивные методы, дебаты, мозговой штурм, обучение, письменная дискуссия, полилог, диалог, монолог, дискуссия.
KIRISH
Hozirda ta'lim metodlarini takomülashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Har bir pedagog dars o'tish jarayonida o'quvchilarining individual psixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayotganda ham umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda darsni tashkil etishi ta'limning sifatiga ijobiy ta'sir etadi. O'qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko'rishida ham metodlar va metodik usullarni tanlash - bu ularning o'zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo'yicha muvozanatlashtirish demakdir . Pirovard natijasida talabalar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta'minlashga sharoit yaratiladi. To'g'ri qo'llanilgan metodlar ob'ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg'ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan o'qitish metodlari ma'lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil amaliy faolyatni faollashtirishga olib keladi.
Pedagogik psixologiya o'quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o'quvchilarga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganadi hamda o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Bu kabi psixologik qonuniyatlarini o'rganish jarayonida muammoni qo'yilishi, tadqiqotlar metodikasini tanlash, ma'lumotlarni to'plash, ma'lumotlarni qayta ishlash,
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
qonuniyatni amalda qo'llash kabi asosiy bosqichlarni qo'llash kerak bo'ladi. Ularni ilmiy jihatdan umumlashtirish uchun esa bir qator psixologik metodlardan foydalaniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda jahon ta'lim maydoniga kirishga yo'naltirilgan yangi ta'lim tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o'quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ta'lim mazmuniga alohida e'tibor qaratilib, Davlat ta'lim standarti o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o'tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o'quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.
Zamonaviy o'qituvchi dars jarayonida munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ya'ni o'quvchilar ongiga quyidagilarni yetkaza olishi kerak:
a) mashg'ulot har bir ishtirokchiga albatta foydali bo'ladi va ular bir-birlariga yordam berish uchun kelganlar;
b) munozara o'zaro muloqotning bir shakli bo'lib, har bir ishtirokchi bir-biriga ochiq va samimiy munosabatda bo'lsin;
v) munozara ishtirokchilarning o'zaro tajribalarini almashinishlari uchun qulay sharoitdir;
g) fikr bayon etishda kerak bo'lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik shiorimiz bo'lmasin;
d) munozara paytida ko'p yozish shart emas;
e) agar biror narsa tushunarli bo'lmasa, uni so'rashdan tortinmang;
j) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham bundan manfaatdor bo'lsinlar, «yashiringan bilim - bilim emas»ligi unutmaylik!
Shuningdek, mashg'ulot davomida yozma bahs o'tkazish usullarini qo'llash manfaatli bo'ladi. Agar mashg'ulotlar bir-birlarini yaxshi tanimaydigan boshlangich guruhlarda boshlangan bo'lsa, «tanishish» mashqlarini o'tkazish, albatta ishni kichik guruhlardan boshlash lozim. Bunda erkin yo'naltirilmagan bahs shaklini qo'llash o'rinliroq. Bunda o'qituvchi ishtirokchilarga bir-birlarini yaxshi tanib olsalar, birgalikda harakat qilsalar, umumiy ish uchun manfaatli bo'lgan natijalarga erishish mumkinligini tushuntirishi lozim.
Agar ishtirokchilar biror yangi ma'lumotlarga ega bo'lish, murakkabroq masala yuzasidan umumiy nuqtai nazarga ega bo'lish va mantiqiy xulosalarga erishishni maqsad qilgan bo'lsalar, unda dars avvalida o'qituvchi yoki oldindan tayyorgarlik ko'rgan guruh a'zosi ma'ruza qilishi, ma'ruza yuzasidan keyin bahs uyushtirilishi, dars
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
oxirida imkon bo'lsa, o'qituvchi o'zi tayyorlagan tarqatma materiallarini har bir a'zoga berishi kerak. Faollashtiruvchi usullar materiallar qo'lga berilgach, ishga solinadi.
Agar darsning yoki amaliy mashg'ulotning maqsadi tinglovchilardagi aniq qobiliyatlarni rivojlantirish, malakalarni oshirish va yangi tajribadan foydalanish bo'lsa, unda bahsning predmeti avvalo tajriba almashinuvga qaratilishi, bunda ayrim mashqlar ham bajarilishi, ularning natijalari tahlil qilinishi, rolli o'yinlarni bajarishgacha olib borilishi kerak. Bunda o'qituvchining roli ancha mas'uliyatli bo'lib, u mashg'ulotgacha konkret yuriqnomalarni o'quvchilarga berishi va guruh ishini muntazam kuzatib, nazorat qilib turadi.
Agar munozara darslarining maqsadi - ishtirokchilarning yangi, mustaqil fikrlarga kelishi, ularni shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog'lab aytib berishlariga olib kelish bo'lsa, unda o'qituvchi «Men»- munozaradaman» holatida guruhli bahsni kichik guruhlarda tashkil etishi, ularda alohida holatlar va vaziyatlarning tahliliga barchaning diqqatini qaratishi, ishtirokchilarni turli rollarni tasavvur qilishga majbur qila olishi va oldindan tayyorlab qo'yilgan savolnomalarni dars oxirida tarqatib, shakllangan yangi g'oyani ajratib olishi kerak. Demak, bu shakldagi ish har bir ishtirokchidan puxta tayyorgarlikni va aniq ko'nikmalarni talab qiladi.
Bahs shaklida mashg'ulot o'tkazganda, qabul qilinadigan qarorlarning ahamiyati katta. Qarorlarning samarali bo'lishi uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:
- mashg'ulot boshlanishidan oldin o'qituvchi tahlil qilinishi lozim bo'lgan muammoni belgilaydi va unga qay tarzda munosabat bildirilishi lozimligini tushuntiradi;
- qisqa bo'lsa-da, bu muammoning oldingi darslarga bog'liqligi, uyga berilgan vazifa, muhokama qilinadigan masalaga oid muhim faktlar esga tushiriladi;
- bahs qatnashchilari kichik guruhchalarga (4-5 kishi) bo'linib, mashg'ulot oxirida fikrlar umumlashtirilishi uchun qog'ozlar taxt qilib qo'yiladi;
- guruhda ishlash mobaynida bildirilgan fikrlarning afzal va kamchilik tomonlari haqidagi o'z mulohazalarini og'zaki yoki yozma tarzda qarorlar shaklida bayon etadilar;
- ish yakunida guruhning vakillari o'z guruhining ishi to'g'risida gapirib, ularni boshqalarniki bilan qiyoslaydi. Zarurat bo'lsa, o'qituvchi har bir guruhning qarorlarini o'zaro qiyoslab, savollarga javob beradi, noaniqroq qarorlarga o'z munosabatini bildiradi.
Pedagogik amaliyotda bahsning mohiyati ko'pincha faqat og'zaki dialoglar va tortishuvlar tarzida tasavvur qilinadi. Lekin og'zaki bahslarning yanada samarali va ta'sirchan bo'lishi uchun yozma bahs shakli ham qo'llaniladi. Bu usul o'quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, munozara madaniyatini oshirish va har bir fikrni asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. O'qituvchi esa o'quvchi yoki talabalarning bilimlarini asosli baholash va bilimdonlikni to'la ma'noda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
O'quvchilar oldindan mavzu bilan tanishtiriladilar, uyga berilgan topshirqklar orasida qay biri yozma tarzda o'tkazilishi ma'lum qilinadi. Yozma bahs o'tkaziladigan kuni o'qituvchi uni quyidagi tarzda amalga oshiradi:
1. O'qituvchi guruhni ikkiga bo'ladi va ularni alohida qatorlarga o'tkazadi. Har bir guruh mavzu bo'yicha qaysi nuqtai nazarni himoya qilishini ma'lum qiladi. Masalan, birinchi guruh bolalarning aqliy darajalarini muntazam o'lchab turish va shu orqali ta'lim muassasalariga jalb etishni himoya qilsa, ikkinchi guruh bu fikrni asosli tarzda inkor qiladi.
2. Shundan so'ng o'qituvchi qarama-qarshi guruh a'zolarini juftlaydi va ularga nomeri yozilgan varoqlarni tarqatadi. Har bir ishtirokchiga biror fikrni yozma asoslashga 5 daqiqadan beriladi. Yozma dalillar ravon tushunarli tilda, asosli tarzda yozilishi kerak.
3. Yozilgan varoqchalar qarama-qarshi sheriklarga beriladi. Ular o'z «rakiblari» fikriga qarshi fikrni 8-10 daqiqa mobaynida o'ylab, yozishlari kerak bo'ladi va narigi tomondagi sherigiga beradi.
4. Yozma dalillar almashinuvining bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, har safar har bir o'quvchi sherigining dalil-isbotini diqqat bilan o'rganib chiqib, javob qaytaradi. Oxirgi raundda o'quvchilarning o'zlariga yakunlash imkoni beriladi va yozma ishlar yigib olinadi.
5. O'qituvchi yozma bahslarni yakunlashda tomonlarga «qarshi tomonning eng yaxshi dalil-isboti qaysilar bo'ldi?» deb so'raydi va o'quvchilar bilan oldindan kelishgan holda ular bilimlarini yakka-yakka yoki guruhiy baholaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi"da ko'rsatilgandek o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijod qilishi, izlanishini ta'minlaydigan faol o'qitish usullarini qo'llash hozirgi zamon talabidir. O'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini mazmunan takomillashtirish va sifatini yaxshilash uchun yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta'lim tizimiga qo'llash maqsadga muvofiqdir. Har qanday interfaol ta'lim usullari bilan ishlash insondan aqliy harakat qilishni talab qiladi.
Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlar bo'lib, ular yordamida har qanday yangi pedagogik texnologiyalarni egallash orqali bilimdonlikning barcha ko'rinishlarini mukammallashtirish mumkin bo'ladi.
REFERENCES
1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
3. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — T.: TDPU. 2009.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.
5. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.
6. Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.
7. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
8. Югай А.Х., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Ташкент 2014.
9. Дружинина В.. "Психология " Учебник. "Питер", 2003.
10. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO'NALISHINING SISTEMALASHTIRUVCHISI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 15-20.
11. Sulaymonova, S. N. (2023). IBN MISKAVAYHNING IJTIMOIY-FAL SAFIY QARASHLARIDA JAMOAVIY HAMJIHATLIK VA O'ZARO MUHABBAT MASALASI. International scientific journal of Biruni, 2(2), 203-208.
12. Sulaymonova, S. N. (2022). IBN MISKAVAYHNING "TARTIBUS-SAODAT" VA "MANAZILULULUM" ASARI HAQIDA. Academic research in educational sciences, 3(12), 684-688.