Научная статья на тему 'INTELEKTUAL MULK OBYEKTLARINI BOSHQARISH, BAHOLASH VA TIJORATLASHTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLAR'

INTELEKTUAL MULK OBYEKTLARINI BOSHQARISH, BAHOLASH VA TIJORATLASHTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
18
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Baholash / patentlar / mualliflik huquqlari / tovar belgilari / nou-xau va texnologiyalar / kapitallashtirish / sud ishlarida kompensatsiyani hisoblash / obyektning tijorat qiymatini aniqlash / obyektni litsenziyalash / topshirish yoki sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish / kredit moliyalashtirishni ta‘minlash

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ubaydov Nodir Nematilla O‘g‘li

Intellektual mulk (IM) zamonaviy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu konsepsiya patentlar, mualliflik huquqlari, savdo belgilari, texnologiyalar, dizaynlar va boshqa ko‘plab aktivlarni o‘z ichiga oladi, ular huquq egalariga o‘zlarining ijodiy vainnovatsion mahsulotlaridan foydalanishda monopol huquq beradi. Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish ushbu aktivlarning qiymatini aniqlash, ularning haqiqiy qiymatini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi, shuningdek, moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish va strategik qarorlar qabul qilishda ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradigan muhim jarayondir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTELEKTUAL MULK OBYEKTLARINI BOSHQARISH, BAHOLASH VA TIJORATLASHTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLAR»

INTELEKTUAL MULK OBYEKTLARINI BOSHQARISH, BAHOLASH VA TIJORATLASHTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLAR

Ubaydov Nodir Nematilla o'g'li

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank Yuridik departamenti bosh yuriskonsulti. Toshkent davlat yuridik universiteti huquq magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.14054109

ARTICLE INFO ABSTRACT

Intellektual mulk (IM) zamonaviy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu konsepsiya patentlar, mualliflik huquqlari, savdo belgilari, texnologiyalar, dizaynlar va boshqa ko'plab aktivlarni o'z ichiga oladi, ular huquq egalariga o'zlarining ijodiy va innovatsion mahsulotlaridan foydalanishda monopol huquq beradi. Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish ushbu aktivlarning qiymatini aniqlash, ularning haqiqiy qiymatini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi, shuningdek, moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish va strategik qarorlar qabul qilishda ushbu ma'lumotlardan foydalanish imkonini beradigan muhim jarayondir.

Mamlakatimizda "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi Qonun hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-3855-son qaroriga asosan quyidagilar ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning asosiy usullari sifatida ko'rsatilgan:

a) ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan tovarlarni (bajarilgan ishlarni, ko'rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish;

b) tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning ta'sischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) hisoblanadi;

c) intellektual mulk obyektlariga bo'lgan mulk huquqlarini uchinchi shaxslarga o'tkazish va mazkur obyektlardan foydalanish huquqini litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish. Innovatsion mahsulot egalari yuqorida nazarda tutilgan tijoratlashtirish usullaridan faqat bittasini tanlashlari talab etilmaydi. Shuningdek, sanab o'tilgan tijoratlashtirish usullaridan biri yoki bir nechtasini tanlash uchun ularning har birini alohida innovatsion loyiha sifatida amalga oshirish mumkin. Tijoratlashtirish maqsadida tuzilgan

Qabul qilindi: 02- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil

KEYWORDS

Baholash, patentlar, mualliflik huquqlari, tovar belgilari, nou-xau va texnologiyalar, kapitallashtirish, sud ishlarida kompensatsiyani hisoblash, obyektning tijorat qiymatini aniqlash, obyektni

litsenziyalash, topshirish yoki sotish to'g'risida qarorlar qabul qilish, kredit moliyalashtirishni ta'minlash..

shartnomalar kuchga kirishi uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida ro'yxatdan o'tkazilishi shart.

Mulk obektlarini tasarruf etish usullaridan biri bu yuridik shaxsning ustav kapitali, ulush fondiga hissa qo'shish hisoblanib, bu turdagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan bir qatorda ayrim turdagi yuridik shaxslar faoliyatiga oid qonun hujjatlari, xususan, 2001-yil

6-dekabrdagi "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi, 2014-yil 6-maydagi "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, shuningdek, 2012-yil 24-sentyabrdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonun orqali tartibga solinadi. Shu bilan birga, 2018-yil 14-iyundagi 3855-son "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2018-yil 3-dekabrdagi 979-son "Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatning istiqbolli yutuqlarini joriy qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi qonunosti hujjatlari ham ushbu munosabatlarni tartibga solishda alohida ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-moddasiga ko'ra xo'jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog'ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o'tkaziladigan o'zga huquqlar hissa sifatida qo'shilishi mumkin. Yuqoridagi normadan kelib chiqib shunday fikr bildirish mumkinki, boshqa shaxsga o'tkaziladigan o'zga huquqlar jumlasini intellektual mulk obektlariga nisbatan ham qo'llash mumkin. Chunonchi, jamiyatga yoki shirkatga litsenziya shartnomasiga muvofiq intellektual mulk obektidan foydalanish huquqi hissa sifatida tan olinishi mumkin, bunda shartnoma qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi lozim.

Tijoratlashtirish uchun zarur resurslar tijoratlashtirish jarayonini malakali va samarali boshqarishni talab qiladi. Tijoratlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini aniqlash maqsadida intellektual mulkning texnologik va tijoriy qiymati eng dastlabki bosqichda baholanishi kerak. Yetakchi kompaniyalar o'z ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratadilar. Bunda ular o'z ilmiy tadqiqot faoliyatini biznes strategiyalariga bevosita bog'lagan holda hamda texnologiyalar portfoliosini to'ldirish va qo'shimcha bilimlarda erkin foydalanish uchun zarur tashqi resurslarga tayangan holda olib boradilar. Bunda har bir vaziyat intellektual mulk xarakteri, bozor shartlari, intellektual mulk egasining moliyaviy ahvoli va mavjud resurslarni hisobga olgan holda tahlil qilinishi kerak. Shuningdek, ixtirochilar yoki ijodkorning keyinchalik intellektual mulkni tijoratlashtirishga hissa qo'shish imkoniyatlari ham baholanishi lozim. Qolaversa, kompaniyaning bozorga kirish imkoniyati, mahsulot sotuvi ustidan nazorat o'rnatish darajasi va iqtisodiy o'sish potensiali kabi maxsus omillar tijoratlashtirishning munosib vositasini tanlashda muhim hisoblanadi.

Umuman olganda, tijoratlashtirishda intellektual mulk obyektlarining himoyasini ta'minlash quyidagilarga imkon beradi:

a) ilmiy ishlanmalarni joriy qilishning samarali nazorati;

b) intellektual mulk obyektlarini yaratishning barcha bosqichlarida ularni boshqarish;

c) samarali texnologiyalarni o'z vaqtida aniqlash;

d) intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqni keyinchalik tashkilotning tadbirkorlik aylanmasida foydalanish va hisobga olish maqsadida belgilab olish;

e) tashkilotning intellektual salohiyatini aniqlash;

f) intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlar himoyasi va ularni tijoratlashtirishning samarali shakllarini tanlash to'g'risida tavsiyalarni o'z vaqtida ishlab chiqish.

Yuqorida nazarda tutilgan tijoratlashtirish jarayonini boshqarish modelidan kelib chiqib, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish jarayonini shartli ravishda besh bosqichga ajratish mumkin:

1) Intellektual mulk obyektlarining to'g'ri va saviyali tasniflash, shuningdek, patentning yuridik jihatdan benuqsonligini hamda haqiqiy huquq egasini belgilash;

2) Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intellektual mulkning huquqiy himoyasini ta'minlash, ya'ni intellektual mulk obyektlarini himoya qilishni maksimal darajaga olib chiqish;

3) Intellektual mulk obyektlarining qiymatini baholash hamda intellektual mulk qiymatini korxona mol-mulki tarkibiga nomoddiy aktiv sifatida kiritish;

4) Intellektual mulkni moddiy mulkka (mahsulotga) aylantirish va innovatsion mahsulotlar bozoriga olib kirish, shuningdek, investitsiyalash va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning eng maqbul va shaffof usullarini ishlab chiqish, shu jumladan, investor bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, loyihani sotib olish-sotish va shu kabi muhim masalalar bo'yicha ssenariylarni tayyorlash;

5) Intellektual mulk orqali tadbirkorlik faoliyati, tovar va brendning taqdimot namoyishini tashkil qilish.

Intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqni litsenziya shartnomasi asosida o'tkazib berish kabi tijoratlashtirish usulining samaradorligi ham unchalik yuqori emas (15-50 ming AQSH dollari). Bunday usulga nisbatan intellektual mulkka asoslangan biznesni rivojlantirish orqali uni yirik kompaniyaga yoki fond bozoriga sotish, ya'ni innovatsion mahsulotni ishlab chiqarish uchun ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish orqali intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish usuli ko'proq samara beradi.

Intellektual mulk auditining asosiy maqsadi - intellektual mulk mavjudligini belgilashdir. Intellektual mulk auditida muayyan bo'lim yoki tarkibiy bo'linmalar tomonidan yaratilgan barcha intellektual mulklar, ular ro'yxatdan o'tkazilgan-o'tkazilmaganligidan qat'i nazar, maxfiylikni buzmagan holda aniqlab olinishi (identifikatsiya qilinishi) kerak.

Audit o'tkazishda qanday savollar qo'yiladi? Audit o'tkazish usullaridan biri bu intellektual aktivlarni yaratishda ishtirok etgan tashkilot xodimlari va pudratchilari yoki hammualliflar orasida so'rovnoma (anketa)lar o'tkazish hisoblanadi.

Xodimlar tarkibiga beriluvchi savollarni shakllantirishda intellektual mulk auditining umumiy maqsadlarini nazarda tutish zarur. Shu jumladan, bunday savollar quyidagilardan iborat bo'ladi:

a) intellektual mulkdan erkin foydalanishga ruxsat berish shartlarini bayon qilish va mazkur foydalanish shartlari institutning o'z intellektual mulki yuzasidan strategik maqsadlariga erishish imkoniyatini cheklash-cheklamasligini aniqlash;

b) korxonaning intellektual mulk sohasidagi joriy siyosatiga muvofiqligini ta'minlash uchun intellektual mulkka egalik qilish va undan foydalanish sohasini aniqlash hamda qayta

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

ko'rib chiqish maqsadida intellektual mulk qayerda va kim tomonidan yaratilganligini aniqlash;

c) korxona faoliyati uchun intellektual mulkning ahamiyatini baholash;

d) korxona ishlab chiqayotgan yangi salohiyatli intellektual mulkni aniqlash.

Buxgalterlik hisobi va moliyaviy hisobdorlikning asosiy maqsadi -biznesning avvalgi

yutuqlari, ya'ni uning o'sishi va foydalilik darajasi haqida aniq-ravshan ma'lumot berish hisoblanadi. Bu esa biznesni kelajakda boshqarish uchun muhim ma'lumot bilan ta'minlash vazifasini bajaradi. Biroq buxgalterlik hisobi konseptual jihatdan biznes (yoki biznes doirasidagi aktivlar)ni baholashdan farq qiladi. Chunki baholash faoliyati biznesning kelajakdagi ehtimoliy yutuqlarni loyihalashtirishdan iborat bo'lib, o'z navbatida biznes (yoki aktiv)ning qiymati mohiyatiga ko'ra kelajakda kutilayotgan foyda oqimlarining chegirmalangan joriy qiymati hisoblanadi.

Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 23-moddasida ham ergashma huquqqa doir norma bo'lib, ushbu qoida tasviriy san'at asarlaridan foydalanish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Unga ko'ra, tasviriy san'at asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo'yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy san'at galereyasi, badiiy salon, do'kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega. E'tiborli jihati, mazkur huquq boshqa shaxsga o'tkazilmaydi va faqat muallifning qonun bo'yicha merosxo'rlariga mualliflik huquqining amal qilish muddatiga o'tadi. Intellektual mulkni baholashning afzalliklari Intellektual mulkni baholash intellektual faoliyat natijalaridan to'g'ri foydalanishni yo'lga qo'yish yoki intellektual mulkga ega bo'lish (sotib olish) yuzasidan tegishli asoslangan qarorlarni qabul qilishga yordam beradi.

Intellektual mulkni baholash turli omillarning mulk qiymati miqdoriga ta'sirini aniqlash imkonini beradigan iqtisodiy prinsiplar yig'indisi asosida amalga oshiriladi. Baholash prinsiplari intellektual mulk obyektlarini baholash nazariyasining asosiy boshlang'ich nuqtalarini ifodalaydi, ularga rioya qilinishi bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan noaniqlik sharoitida juda muhim hisoblanadi.

Intellektual mulk qiymatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarga qarab, mulkni baholashda qo'llaniladigan iqtisodiy prinsiplar yig'indisi quyidagi tarzda tasniflanishi mumkin:

bozor muhitiga bog'liq baholash prinsiplari;

mulkdorning mulk haqidagi tasavvuri bilan bog'liq baholash prinsiplari;

mulkdan foydalanish xususiyati bilan bog'liq baholash prinsiplari.

Boshqa aktivlar singari nomoddiy aktivlarning pul ko'rinishidagi bahosi, qoida tariqasida, xarajat yondashuvi, bozor yondashuvi va daromad yondashuvi yordamida aniqlanishi mumkin. Bunda xarajat yondashuvi - "muayyan aktivni ishlab chiqarish xarajati bugungi kunda qanchaga tushadi?" degan savolga javob bersa, bozor yondashuvi - "likvidli va shaffof bozor qiyoslanayotgan aktivlar uchun qancha to'laydi?" degan savolga javob beradi, daromad yondashuvi esa - "aktivdan kelib tushadigan potensial daromad yokipul oqimining joriy qiymati qancha?" ekanligidan kelib chiqib belgilanadi. Ro'yxatdan o'tkazilgan yoki huquqiy himoya obyekti bo'lgan patentlar, kompyuter dasturlari, ma'lumotlar bazasi va tovar belgilari kabi intellektual mulklarni baholashning uchta asosiy usuli mavjud. Baholovchi

muayyan vaziyat hamda mavjud ma'lumotlarni hisobga olgan holda mazkur baholash usullaridan birini yoki bir nechtasini birgalikda qo'llashi mumkin.

Bozor qiyimatiga asoslangan usul (Market-based): intellektual mulkning qiyosiy bozor qiymatini belgilash uchun bozor yondashuvi oxirgi o'xshash bozor bitimlaridan kelib chiqadi. Bozor qiymatining asosida taqqoslanayotgan mulk muayyan narxga ega bo'lgan hollarda shunga yaqin narxlarda mol-mulkni tasarruf qilish mumkinligi haqidagi taxmin yotadi.

Xarajatlarga asoslangan usul (Cost-based): xarajatlarga asoslangan metodologiya intellektual mulkni yaratishning haqiqiy tarixiy xarajatlari yoki uning o'rnini bosuvchi qiymatni belgilovchi vositalar asosida intellektual mulk qiymatini aniqlashga qaratilgan. Intellektual mulk o'rnini bosuvchi qiymatni belgilash intellektual mulk himoyasini "loyihalashtirish" yoki almashtirish xarajatlari (narxi)ni aniqlash orqali amalga oshiriladi.

Daromadlarga asoslangan usul (Income-based): intellektual mulk, xususan, patentlar qiymati mazkur patentlardan foydalanish orqali kelajakda olinadigan pul mablag'lari oqimi prognozidan kelib chiqadi.

Shunga muvofiq, mazkur yondashuv intellektual mulkni hisobga olgan holda qo'shilgan narxni belgilash orqali qiymatni aniqlashga qaratilgan bo'lib, bunda intellektual mulk bahosi sotilgan mahsulot hajmi va jami foyda olish uchun mahsulotning ustama narxini aniqlash orqali belgilanadi.

Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash aksariyat hollarda quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

- ustav kapitalidagi hissa qiymatini aniqlash;

- nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish va iqtisodiy muomalaga kiritish;

- soliqqa tortishni optimallashtirish;

- mutlaq huquqlarni garovga qo'yish evaziga kredit berish;

- investorlarni jalb qilish;

- nizolarni, shu jumladan, nomoddiy aktivlarlarga bo'lgan huquqlarning buzilishi sababli zarar yetkazilganligi holati bo'yicha nizolarni hal qilish;

- nomoddiy aktivlarga bo'lgan huquqlarni taqdim etish yoki ulardan foydalanish uchun litsenziya berish;

- sanoat mulki obyektlarini qo'llashda soliq imtiyozlarini olish;

- litsenziya qiymatini belgilash;

- foyda ulushini aniqlash.

Baholashning maqsadlari uning usullari bilan chambarchas bog'liq. Obyektni baholashning u yoki bu usulini tanlashning maqbulligi, asosan, baholovchining malakasi va amaliy tajribasidan kelib chiqib belgilanadi.

Bunday holda baholash faoliyatida qo'llaniladigan tushunchalar va prinsiplarini to'g'ri tushunish va qo'llash ustuvor ahamiyatga egadir. Quyida intellektual mulkni baholash usuliga yondashuvni tanlash uslublari ko'rsatilgan.

Intellektual mulk qiymatini baholash yondashuvlarining asosiy uslubiy xususiyatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. Qiyosiy yondashuv baholash obyektini ular bilan bitim narxlari to'g'risida ma'lumotlar mavjud analog obyektlarni taqqoslashga asoslangan obyekt qiymatini baholash usullari to'plami hisoblanadi. Qiyosiy yondashuvdan foydalanish analoglarning narxini

to'g'rilash, ularning baholanayotgan intellektual mulkdan farqini kamaytirish (yumshatish) orqali amalga oshiriladi.

2. Daromad yondashuvi o'zida baholash obyektidan kutilayotgan daromadni aniqlashga asoslangan obyekt qiymatini baholash usullarini mujassam etgan. Uni qo'llash intellektual mulkdan foydalanishdan daromad olish imkoniyati mavjud bo'lgan sharoitda amalga oshiriladi. Intellektual mulkdan foydalanishdan olinadigan daromad muayyan vaqt oralig'ida intellektual mulkdan foydalanish natijasida kelib tushadigan pul tushumlari va pul to'lovlari (pul oqimi) o'rtasidagi farq hisoblanadi.

3. Xarajat yondashuvi esa baholash obyektini tiklash uchun zarur bo'lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan obyekt qiymatini baholash usullari yig'indisi hisoblanadi. Xarajat yondashuvi baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo'lganda amalga oshiriladi.

Intellektual mulk obyektlarini baholash yondashuvlari va usullarini tanlashdan maqsad aniq vaziyatlarda foydalanish uchun eng mos usulni topish hisoblanadi.

Baholovchi har bir baholash yondashuvi doirasida intellektual mulk obyektlarini baholash usullarini o'zi mustaqil belgilash huquqiga ega. Baholash usullarini tanlashda u yoki bu usulni qo'llash uchun ochiq bo'lgan axborotning yetarliligi va ishonchliligi hisobga olinadi.

Intellektual mulk obyektlarini baholashda qiyosiy yondashuv - bu intellektual mulk qiymatini baholashda baholanayotgan obyektni analog intellektual mulk bilan ularning narx (tuzilgan bitimlar yoki takliflar) yoki xususiyatlari haqida tahlil uchun yetarli va ishonchli axborot mavjud bo'lganda shunday obyekt bilan qiyoslashga asoslangan usullari yig'indisi tushuniladi. Qiyosiy yondashuvni quyidagi holatlar mavjud bo'lganda intellektual mulk obyektlari baholashda yagona yondashuv sifatida qo'llash kerak:

a) baholanayotgan aktiv baholashda qo'llanilayotgan baholash bazasi nuqtayi nazardan e'tiborga olish mumkin bo'lgan yaqinda tuzilgan bitim orqali sotilsa (yoki litsenziya shartnomasi asosida foydalanish huquqi taqdim etilsa);

b) baholanayotgan yoki o'xshash intellektual mulk obyekti bozorda faol sotilsa;

c) analog intellektual mulk obyekti yuzasidan litsenziya shartnomalari bo'yicha foydalanish huquqini taqdim etish yoki mutlaq huquqlarni o'tkazish bo'yicha tez-tez yoki yaqinda amalga oshirilgan bitimlar mavjud bo'lsa;

d) baholash sanasida yoki baholash sanasiga yaqin muddatda baholanayotgan yoki analog intellektual mulk obyekti jalb etilgan mustaqil tomonlar o'rtasidagi bitimlar to'g'risida ma'lumot mavjud bo'lsa;

e) intellektual mulk bo'yicha bitimlarda ishtirok etgan baholash obyektining tanlangan analoglari va baholangan intellektual mulk o'rtasidagi barcha mavjud farqlarni hisobga olish maqsadida analoglar narxlariga o'zgartirishlar kiritish uchun yetarli ma'lumotlar mavjud bo'lsa.

Qiyosiy yondashuv doirasida quyidagi ikki usuldan foydalaniladi: bitim usuli va savdo

usuli.

Daromad yondashuvi kelajakdagi pul oqimlari (iqtisodiy foyda)ni diskontlashni yoki baholash obyektidan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga pul evaziga taqdim etishdan olinadigan daromadni o'z ichiga olgan baholash obyekti keltirib chiqaradigan yillik sof daromad (foyda) kapitalizatsiyasini nazarda tutadi.

Daromad yondashuvini quyidagi hollarda intellektual mulkni baholashning yagona yondashuvi sifatida qo'llash mumkin: baholash obyektining daromad keltirish imkoniyati uning qiymatiga ta'sir qiluvchi bosh (asosiy) omil hisoblanashi, va/yoki baholanadigan obyektga nisbatan kelajakdagi daromad olish muddati va miqdorining istiqbolli, asoslangan prognoziga tayangan holda amalda bozorda faqat yagona analogi mavjud bo'lgan hollar.

Intellektual mulk obyekti iqtisodiy foyda keltirishga qodir bo'lgan davr (iqtisodiy xizmat muddati) qiymatning muhim mezoni bo'lib, huquqiy, texnologik, funksional, iqtisodiy omillar bilan cheklanishi mumkin. Uni buxgalteriya va/yoki soliq hisobi maqsadlari uchun baholanayotgan intellektual mulk obyekti qoldiq foydali xizmat muddati tushunchasidan farqlash kerak.

Baholanayotgan intellektual mulk obyekti tashkilot (biznes)ning nomoddiy obyekti sifatida soliq hisobi maqsadlari uchun amortizatsiya qilinishi mumkin va shu bilan pul oqimining qo'payishiga yordam beradi. Baholovchi baholanayotgan intellektual mulk obyekti amortizatsiyasidan olinadigan ushbu foyda miqdorini hisoblab chiqishi va baholanayotgan intellektual mulk qiymatini aniqlashda hisobga olishi kerak.

Xarajat yondashuvini quyidagi holatlar mavjud bo'lganda intellektual mulkni baholashda yagona yondashuv sifatida qo'llash mumkin:

a) baholanayotgan obyektga o'xshash foydali intellektual mulk obyektini normativ yoki huquqiy cheklovlarsiz takror ishlab chiqarishga qodir bo'lgan va bu aktivni tez yaratish oqibatida, manfaatdor foydalanuvchi baholanayotgan obyektdan tezkor foydalanish uchun ko'p mukofot to'lashi shart bo'lmasligi mumkinligi;

b) baholanayotgan aktiv bevosita daromad olib kelmaydigan, shuningdek aktivning o'ziga xos xususiyati daromad yondashuvi yoki qiyosiy yondashuvdan foydalanish imkonini bermaganda;

c) qo'llaniladigan baholash bazasi (qiymat turi) takror ishlab chiqarish yoki almashtirish xarajatlariga asoslanganda.

Xarajat yondashuvi doirasida baholash obyekti yoki uning aniq nusxasini yaratish xarajatlarini aniqlashga asoslangan turli usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylari:

tarixiy xarajatlar usuli;

takror ishlab chiqarish xarajatlari usuli;

almashtirish xarajatlari usuli.

Litsenziya shartnomasi bo'yicha intellektual mulkdan foydalanish huquqining qiymati (litsenziya mukofoti) intellektual mulkka bo'lgan mutlaq huquq qiymati, litsenziya mukofoti to'lanadigan muddat, investitsiya obyektlari xavf darajasi bilan taqqoslanadigan daromad stavkasi foizlaridan kelib chiqqan holda annuitet to'lovlari sifatida aniqlanishi mumkin. Agar baholash obyektiga analog intellektual mulk obyekti bilan tuzilgan litsenziya bitimlari uchun royalti stavkalari to'g'risida ishonchli bozor ma'lumotlari mavjud bo'lsa, litsenziya shartnomasi bo'yicha intellektual mulkdan foydalanish huquqi qiymati tegishli litsenziya bitimlari tuzilgan shart-sharoitlar taqqoslanishini hisobga olib, royalti bazasida aniqlanishi mumkin.

Huquq egasining ruxsatisiz intellektual mulkdan foydalanish natijasida qoplanadigan zarar miqdori intellektual mulkdan huquqqa muvofiq tarzda foydalanganlik uchun belgilanadigan narxdan kelib chiqib aniqlangan foydalanish huquqi qiymatining ikki baravari miqdorida etib belgilanishi mumkin.

Baholashning barcha uchta yondashuvi - qiyosiy, daromad va xarajat -intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashning foydali vositalari hisoblanadi. Ba'zi yondashuvlar intellektual mulk qiymatlarining ayrim turlarini eng ishonchli va aniq baholash natijalarini olishga imkon yaratadi, boshqalari esa unchalik ishonchli bo'lmagan baholarni beradi. Intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashning yakuniy natijalarini ko'rsatish uchun turli yondashuvlarni qo'llab olingan natijalarni baholangan intellektual mulk obyektining o'ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, mavjud ma'lumotlarning xarakteri, miqdori va sifatini hisobga olgan holda tortish yo'li bilan kelishish zarur. Bitta yondashuv doirasida bir necha hisoblash usullarini qo'llash asoslanishi va ushbu yondashuv doirasida bitta qiymatning natijaviy miqdori olinishi kerak.

"Baholash faoliyati to'g'risida"gi Qonunga ko'ra baholash obyektini baholashdan o'tkazish (jumladan, intellektual mulk obyektlarini baholash) uchun baholovchi tashkilot va buyurtmachi o'rtasida tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi asos hisoblanadi. Baholash obyektini baholashdan o'tkazish natijalari baholash to'g'risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi, unda baholovchi amaliy iqtisodiy tahlildan foydalangan holda buyurtmachini baholash obyekti qiymatining eng ehtimol tutilgan bahosiga ishontira olishi kerak. Buyurtmachiga berilgan baholash hisoboti rasmiy hujjat maqomiga ega, shu sababli, sudlarda intellektual mulk obyektining qiymatini yoki intellektual mulkdan qonunga zid foydalanilishi natijasida yetkazilgan zararning qiymatini aniqlash bilan bog'liq nizoni ko'rib chiqishda foydalanilishi mumkin. Baholash hisoboti bir qancha talablarga javob berishi kerak va u uchun eng umumiy talablar qonunchilik bilan belgilanadi. Baholash to'g'risidagi hisobot mazmuniga oid talablar baholash obyektini baholashdan o'tkazish natijalari baholash to'g'risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.

Baholash jarayonida foydalanilgan axborot baholash haqidagi hisobotda baholash faoliyati sohasida maxsus bilimlarga ega bo'lmagan hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan baholash jarayonining mantiqini hamda baholovchining aktiv yoki aktivlar qiymatini baholash bo'yicha amalga oshirgan xatti-harakatlari ahamiyatini tushuna olishi kerak.

Baholash jarayonida foydalanilgan axborot ochib berilishi kerak, bundan maxfiy tusga ega bo'lgan axborot mustasno. Maxfiy axborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) bunday axborotni bergan shaxslar bilankelishgan holda yoki sudning tegishli qarori bo'yicha ochib berishi mumkin.

Foydalaniladigan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) bunday axborotni bergan yoki unga bevosita aloqador bo'lgan shaxslar tomonidan belgilanadi. Baholash uchun foydalanilgan hamda baholash haqidagi hisobotda ko'rsatilgan axborotda, u yozma yoki og'zaki bo'lishidan qat'i nazar, qaysi manbadan olinganligiga havola berilishi lozim. Baholash haqidagi hisobotning har bir sahifasi raqamlangan va baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolangan, tikilgan bo'lishi, shuningdek baholovchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan bo'lishi shart. Agar baholash bir nechta baholovchi tomonidan olib borilgan bo'lsa, baholash haqidagi hisobotda ularning baholash haqidagi hisobotni tayyorlash jarayonida bajargan ishlari ko'rsatiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Intellektual mulk obyektlarini baholash uchun zarur bo'lgan kuch va qo'shimcha xarajatlardan qat'i nazar baholovchiga turli va bir necha xil baholash yondashuvlari hamda usullarini qo'llagan holda baholashni o'tkazish tavsiya etiladi. Baholashning muqobil usullaridan foydalanish asosiy usul yordamida olingan natijalarni qayta tekshirish imkonini

beradi. Intellektual mulkni baholash to'g'risidagi hisobotning taxminlar va cheklovchi shartlar bayon qilingan qismida baholash amaliyotida an'anaviy qo'llaniladigan namunaviy shakllar bilan bir qatorda intellektual mulkni baholashda aniqlangan maxsus taxminlarni ham o'z ichiga olishi kerak. Ushbu taxminlarni baholash topshirig'iga, albatta, kiritish tavsiya etiladi.

Xarajatlar yondashuvini qo'llashda yo'l qo'yiladigan xatolar:

- intellektual mulk obyektini yaratishga sarflangan ishlab chiqarish, shuningdek, uni ishlab chiqarishdan ko'zlangan maqsadlarda foydalanish mumkin bo'lgan holatga keltirishga amalda sarflangan xarajatlar bo'yicha tasdiqlangan hujjatli ma'lumotlarning yo'qligi;

- funksional yoki tashqi eskirishning qabul qilingan qiymatini asoslovchi hisob-kitoblarning mavjud emasligi;

- baholangan IMOni yaratish uchun zarur haqiqiy xarajatlar (mehnatga haq to'lash va boshqa rag'batlantirish bo'yicha xarajatlar, materiallar uchun to'lov, yuk xarajatlari to'g'risida axborotning yo'qligi, huquqiy himoya xarajatlari, yig'imlar, to'lovlar va shu kabilar) to'g'risida ma'lumotning yo'qligi.

Daromadlar yondashuvini qo'llashda yo'l qo'yiladigan xatolar:

- baholash obyektining qiymatiga ta'sir qiluvchi bosh (asosiy) omil bo'lgan daromad keltirish imkoniyatining asoslanmasligi;

- intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali olinadigan daromadning istiqboldagi miqdori va olinish muddatining asoslanmasligi;

- baholash obyekti iqtisodiy foyda keltirishga qodir bo'ladigan taxminiy davr asoslab berilmasligi (mazkur davr baholanayotgan IMO huquqiy muhofazasi muddati yoki litsenziya shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanishi va baholangan IMOdan foydalanish keyinchalik iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmay qolishi sababli qisqarishi mumkin);

- baholash obyekti keltiradigan va shakllanishi mumkin bo'lgan (masalan, foyda, xarajatlarni iqtisod qilish, royalti bo'yicha to'lovlar, qo'shimcha daromad yoki boshqa ustunliklardan kelib chiqqan holda) istiqboldagi pul oqimlari asoslanmasligi;

- istiqboldagi pul oqimlarini baholash baholash sanasidagi diskontlash stavkasi bilan muvofiqligi bo'yicha hisob-kitoblar asoslanmasligi;

- joriy pul oqimlarining hisob-kitobi orqali aniqlangan baholash obyektining qiymati nomoddiy aktiv sifatida intellektual mulk obyekti amortizatsiyasidan olinadigan foydalar hisobga olinmasligi.

Qiyosiy yondashuvni qo'llashda baholovchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolar:

- taqqoslanadigan obyektlar bo'yicha axborot manbalarining mavjud emasligi;

- taqqoslanadigan obyektlar zarur tavsifining yo'qligi;

qiyoslanayotgan obyektlar va baholash obyekti bozorning turli segmentlariga taalluqli ekanligi;

- ko'rib chiqilayotgan intellektual mulk obyekti yoki uning analoglari bo'yicha bozor bitimlarini kuzatishda "yangi" kuzatuvlardan yetarli foydalanilmasligi;

- qiyoslash o'tkazilayotgan obyektlar bo'yicha sotuv narxlari (takliflar) tahlil o'tkazilayotgan baholash obyektining bozori diapazonlariga to'g'ri kelmasligi;

- ayrim muhim tuzatishlarni asoslash bo'yicha hisob-kitoblari o'tkazilmasligi;

- qiyosiy tahlil natijasi sifatida mavjud farqli analoglar uchun o'rta arifmetik belgilarning noto'g'ri qo'llanilishi;

- qiyosiy yondashuvni qo'llashda tuzatish belgilarida xatolarning mavjudligi;

- juft sotish usuli doirasida qiyoslanayotgan obyekt sifatida ham, tuzatishlarni hisoblash uchun ham shu va shu turdagi obyektlardan foydalanilishi.

Intellektual mulk sekyuritizatsiyasi intellektual aktivlarning qiymatini aniq belgilay oladigan baholash vositasi sifatida metodologik nuqtayi nazardan takomillashib, investorlar e'tirof etganligi sababli keskin kengaydi. Aktivlar bilan ta'minlangan sekyuritizatsiya 1960-yillardan boshlab kredit kartalardagi debitorlik qarzlaridan boshlanib, 1981-yilda ipotekagacha kengayib bordi. Shu asr boshidan buyon ko'ngilochar, biotexnologiya va farmatsevtika sanoati sohalaridagi intellektual mulk sekyuritizatsiyasiga oid bitimlar esa intensiv intellektual mulk mahsulotlaridan olinishi kutilayotgan royalti to'lovlari bilan ham ta'minlanadigan bo'ldi. Bugungi kunda intellektual mulk ko'proq moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun (ssuda yoki ipoteka shaklida) yoki qimmatli qog'ozlar savdosi (masalan, obligatsiyalar) uchun ta'minot vositasi sifatida keng qo'llanilmoqda. Intellektual mulkni tijoratlashtirishning ochiq-oshkora o'sib borishi (davriy ravishda likvidlikning qisqarishi) oqibatida kompaniyalar intellektual mulk bilan ta'minlangan sekyuritizatsiyaga moliyaviy resurslarni jalb qilish vositasi sifatida qaray boshlashdi. Intellektual mulk odatiy sekyuritizatsiyasida royalti oqimi bankrotlikni bartaraf etish mexanizmi sifatida maxsus kompaniyaga transfer qilinadi. Bunda bitimlar transfer qilingan aktivlar bilan ta'minlangan kreditlash shakli sifatida emas, balki "haqiqiy oldi-sotdi" maqsadida tuziladi. Ushbu harakat qimmatli qog'ozlar chiqaruvchi (SPV) va uning aktivlariga novator (ixtirochi)ning bankrotligi salbiy ta'sir ko'rsatmasligi uchun amalga oshiriladi. Shundan keyin SPV (maxsus kompaniya) kapital bozori investorlari uchun qimmatli qog'ozlar chiqaradi. Odatda, bunday obligatsiyalar keng jamoatchilik uchun emas, balki pensiya jamg'armalari yoki sug'urta kompaniyalari kabi xususiy institutsional investorlar uchun joylashtiriladi.

Xulosa qilib aytganda, intellektual mulk auditi, buxgalteriya hisobi va baholashning dolzarbligi innovatsion biznes, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, venchur kapitalist va innovatsion tadbirkorlikning boshqa shakllari uchun kundan-kunga oshib bormoqda. Chunki aynan intellektual mulk auditi, buxgalteriya hisobi va baholash - intellektual mulkni muvaffaqiyatli boshqarish, moliyalashtirishning tashqi manbalaridan innovatsion tadbirkorlarning erkin foydalana olishi hamda samarali faoliyat olib boradigan intellektual mulk bozorining asosiy tayanchi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Бернская конвенция по охране литературных и художественных произведений от 9 сентября 1886 г., дополненная в Париже 4 мая 1896 г., пересмотренная в Берлине 13 ноября 1908 г., дополненная в Берне 20 марта 1914 г., и пересмотренная в Риме 2 июня 1928 г., в Брюсселе 26 июня 1948 г., в Стокгольме 14 июля 1967 г. и в Париже 24 июля 1971 г, измененная 28 сентября 1979 г. - [Электронный ресурс].

2. Конвенция о распространении несущих программы сигналов, передаваемых через спутники Подписана в Брюсселе 21 мая 1974 года- [Электронный ресурс].

3. Марракешский договор об облегчении доступа слепых и лиц с нарушениями зрения или иными ограниченными способностями воспринимать печатную информацию к опубликованным произведениям приняты Дипломатической конференцией по

заключению договора об облегчении доступа лиц с нарушениями зрения и лиц с ограниченной способностью воспринимать печатную информацию к опубликованным произведениям 27 июня 2013 г. - [Электронный ресурс].

4. Найробский договор об охране олимпийского символа принятый в Найроби 26 сентября 1981 г. - [Электронный ресурс].

5. Парижская конвенция по охране промышленной собственности от 20 марта 1883 года, пересмотренная в Брюсселе 14 декабря 1900 г., в Вашингтоне 2 июня 1911 г., в Гааге 6 ноября 1925 г., в Лондоне 2 июня 1934 г., в Лиссабоне 31 октября 1958 г. и в Стокгольме 14 июля 1967 г. и измененная 2 октября 1979 г. - [Электронный ресурс].

6. Пекинский договор по аудиовизуальным исполнениям приняты Дипломатической конференцией по охране аудиовизуальных исполнений 24 июня 2012 г. в Пекине-[Электронный ресурс].

7. Договор о патентном праве приняты Дипломатической конференцией 1 июня 2000 г. - [Электронный ресурс].

8. Конвенция по охране интересов производителей фонограмм от незаконного воспроизводства их фонограмм от 29 октября 1971 г. - [Электронный ресурс].

9. IFRRO, Ше 1^егаайопа1 Fеdеrаtiоn оf Rеprоductiоn Rights Оrgаnizаtiоns, is Ше тат ^етайопа1 nеtwоrk оf соПесйуе mаnаgеmеnt оrgаnizаtiоns in Ше tеxt АеЫ. Its purpоsе is to fаcilitаtе, оп ап ^етайопа1 bаsis, Ше соПесйуе mаnаgеmеnt оf rеprоductiоn аnd о^г rights го1еуа^ to tеxt-bаsеd сору^Ы^ wоrks through Ше со-орегайоп оf nаtiоnаl Rеprоductiоn Rights Оrgаnizаtiоns (RROs). Rеаd аbоut CCC's Intеrnаtiоnаl Аdуаncеmеnt Program, dеsignеd tо cоmplеmеnt thе dеvеlоpmеnt аctiуitiеs оf IFRRO. 2008 у. [Е1еСгошса1 dоcumеnt]

10. Thе Off^ оf Pоlicy аnd Intеrnаtiоnаl Аffаirs (OPIA) аt thе U.S. Pаtеnt аnd Trаdеmаrk Officе аssists in аdуising thе Administrаtiоn аnd о^г fеdеrаl аgеnciеs оп dоmеstic аnd intеrnаtiоnаl cоpyright lеgаl аnd роИсу issuеs. 2007 у. [Еlеctrоnicаl dоcumеnt]

11. Thе U.S. Cоpyright Off^ аdministеrs thе nаtiоnаl cоpyright rеgistrаtiоn аnd rеcоrdаtiоn systеm аnd prоvidеs аdуicе оп cоpyright lаw to Engross, fеdеrаl аgеnciеs, thе rourts аnd thе public. 2005 у. [Е1еСгошса1 dоcumеnt]

12. Intеrnаtiоnаl 1^е11есШа1 Prоpеrty Alliаncе (IIPA) is ап аШапсе оf trаdе аssоciаtiоns in Ше "cоpyright-bаsеd industriеs" оf Ше Unitеd Stаtеs. 2000 у [Е1еСгошса1 dоcumеnt]

13. Гаагское соглашение о международном депонировании промышленных образцов Гаагский акт от 28 ноября 1960 г. - [Электронный ресурс].

14. Лиссабонское соглашение об охране наименований мест происхождения и их международной регистрации от 31 октября 1958 г., пересмотренное в Стокгольме 14 июля 1967 г. и измененное 28 сентября 1979 г. - [Электронный ресурс].

15. Мадридское соглашение о международной регистрации знаков от 14 апреля 1891 г., пересмотренное в Брюсселе 14 декабря 1900 г., в Вашингтоне 2 июня 1911 г., в Гааге 6 ноября 1925 г., в Лондоне 2 июня 1934 г., в Ницце 15 июня 1957 г. и в Стокгольме 14 июля 1967 г., с поправками, внесенными 28 сентября 1979 г. -[Электронный ресурс].

16. Протокол к Мадридскому Соглашению о Международной Регистрации Знаков Принят в Мадриде 27 июня 1989 г., изменен 3 октября 2006 г. и 12 ноября 2007 г. -[Электронный ресурс].

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

17. Договор о патентной кооперации подписанный в Вашингтоне 19 июня 1970 г., пересмотренный 28 сентября 1979 г., измененный 3 февраля 1984 г. и 3 октября 2001 г. - [Электронный ресурс].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.