Научная статья на тему 'INSON TABIAT MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK ONG XUSUSIYATLARINING SHAKLLANIShI'

INSON TABIAT MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK ONG XUSUSIYATLARINING SHAKLLANIShI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

191
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON TABIAT MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK ONG XUSUSIYATLARINING SHAKLLANIShI»

International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-75-79_Psychology of Religion in Uzbekistan

INSON - TABIAT MUNOSABATLARIDA EKOLOGIK ONG XUSUSIYATLARINING SHAKLLANIShI

Mirmuxsin Rustamovich Akramov

O'zXIA "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi dos.v.b.

Sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanishi, uning tevarak-olam bilan bo'lgan munosabatlari taraqqiyotining mantig'i ijtimoiy ongda "insoniyatning o'ziga xosligi paradigma"si (Human Exceptionalizm Paradigm), deb nomlangan o'ziga xos qarash mahkam o'rnashgani bois uning dunyoqarashini turli jihatlarini ham belgilab qo'ygan.

Mazkur ijtimoiy ongga antropotsentrizm, antiekologizm va ijtimoiy optimizm xosdir. Mazkur qoidalar quyidagilarda o'z ifodasini topadi:

1) Odamlar genetik irsiylikdan tashqari madaniy irsiylikka ham ega bo'lganligi bois, inson yer yuzidagi u hukmronlik qiladigan boshqa barcha jonzotlardan sifatiy farqlanadi.

2) Inson faoliyatini biofizik emas, aynan ijtimoiy va madaniy omillar belgilaydi: inson tabiat kontekstida emas, ijtimoiy kontekstda yashaydi.

3) Texnologik va ijtimoiy progress cheksiz davom etadi va barcha ijtimoiy muammolar u yoki bu darajada o'z yechimiga ega bo'ladi.

"Insoniyatning o'ziga xosligi paradigma"si doirasidagi ekologik ong "butkul xalos bo'lgan insoniyat paradigmasi"ga aylanadi (Human Exemptionalizm Paradigm). Ya'ni inson ob'ektiv ekologik qonuniyatlarga tobelikdan butkul ozod bo'ladi. Unga asoslangan g'arbona ekologik ong bir so'z bilan aytganda antropotsentrikdir, chunki unga quyidagi jihatlar xos.

Shunday qilib, ekologik ongning zamonaviy antropotsentrik ko'rinishi bu olam to'g'risidagi quyidagi jihatlar xos bo'lgan tasavvurlar tizimidir: 1) tabiat va inson o'rtasidagi ziddiyat oliy qadriyat bilan uning mulki o'rtasidagi munosabatlarda o'z aksini topadi (inson oliy qadriyat tabiat uning mulkidir); 2) tabiatni inson tomonidan bir tomonlama ta'sir ko'rsatish ob'ekti sifatida idrok etilishi, 3) tabiat bilan o'zaro ta'sirga kirishish motivlar va maqsadlarini pragmatik ko'rinishi.

XX asrning 20-30-yillarida AQShda ro'y bergan "buyuk depressiya" dan keyin yangi "ekologik defitsit" deb nom olgan muammo insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotida yuzaga keldi.

Ekologik sotsiologiya mutaxassislari insoniyat kelajagi to'g'risidagi tasavvurlar voqelikdan ancha chetlashishi

mumkinligini prognoz qilmoqdalar. Global miqyosida ro'y

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

International Islamic Academy of Uzbekistan Google Scholar indexed

Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Scientific-Theoretical and Practical Issues of _Psychology of Religion in Uzbekistan

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-75-79

beradigan ekologik defitsit odamlami "har kim o'zi uchun" yoki "imkoniyati borlar o'zini qutqarsin" tamoyillariga binoan harakat qilishga undaydi. Hayotiy zarur manbaalar uchun kurash ijtimoiy aloqalarni uzilishiga, axloqiy qadriyatlar devalvatsiyasiga (qadrsizlanishiga) olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatning yuzaga kelishi insoniyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning yangi tizimini shakllantirish zaruriyatini paydo qildi. Bu xol "yangi invayronmental" paradig masini vujudga keltirdi (New Environmental Paradigm).

Invayronmentalizmning asosiy xususiyati shuki, nafaqat nazariya, balki jamiyatning ekologik yo'nalishdagi "yashash siyosatini" shakllantirish va inson faoliyatining kognitiv va prakseologik sohalarini kengaytirishga yo'naltirilgan ma'lum kommunikativ amaliyot ekanligidir.

"Yangi invayronmental" paradigmaga asoslangan ekologik ong ekotsentrik deb nomlangan, chunki unga quyidagi xususiyatlar xosdir:

1) Tabiat bilan insoniyat o'rtasidagi uyg'un taraqqiyot oliy qadriyatdir. Inson tabiat mulkdori emas, tabiiy hamjamiyatning bir a'zosidir.

2) Olamning shajaraviy manzarasidan voz kechish. Inson aqli borligi uchun alohida e'tiborga molik deb e'tirof etilmaydi, aksincha, uning aqli borligi uni qurshab turgan tabiatga bo'lgan munosabatlariga qo'shimcha majburiyat kiritadi. Odamlar olami bilan tabiat olami bir tizimning xalqalari bo'lganligi uchun bir-biriga qarshi qo'yilmaydi.

3) Tabiat bilan o'zaro ta'sirga kirishish maqsadi nafaqat inson extiyojlarini maksimal darajada qondirishdir, balki, butun tabiiy hamjamiyatlarning extiyolarini inobatga olishdan ham iborat.

4) Tabiat bilan o'zaro ta'sirga kirishish "ekologik imperativ" shiori bilan belgilanadi: tabiatdagi ekologik muvozanatni buzmaydigan narsalar va hatti-harakatlar to'g'ri va ma'qullangandir.

5) Tabiat va barcha tabiiy narsalar inson bilan o'zaro ta'sirga kirishish bo'yicha teng huquqli sub'ekt sifatida idrok etiladi.

6) Axloqiy me'yorlar va qoidalar nafaqat odamlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirga, balki tabiat olami bilan bo'lgan o'zaro ta'sirga ham taalluqlidir.

Xulosa qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

- Ekologik ongning sotsiogenez jarayonidagi taraqqiyoti quyidagi o'lchamlarda o'z ifodasini topadi: a) psixologik qarama-qarshilik - uyushuv, b) tabiatni ob'ekt-sub'ekt sifatida idrok etilishi, v) tabiat bilan o'zaro munosabatga kirishishning pragmatik-nopragmatik ko'rinishi.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-75-79_Psychology of Religion in Uzbekistan

- Ijtimoiy ekologik ong sotsiogenezida antropotsentrik va ekotsentrik tendensiyalar kuzatiladi.

- Antropotsentrik tendensiya quyidagilarda o'z ifodasini topadi: ibtidoiy ong -antik ong - xristianlik - kartezianlik.

- Ekotsentrik tendensiya quyidagilarda o'z ifodasini topadi: invayronmental konservatsionizm - ekologizm - universal axloq.

- Sharq madaniyatlariga xos bo'lgan ekologik ong taraqqiyotiga quyidagi tendensiyalar to'g'ri keladi: sharqona diniy-falsafiy tizimlar, ibtidoiy ekologik ong ko'rinishini saqlab qolishi bilan tabiatni ma'naviy qadriyat sifatida idrok etishni kuchaytirgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Akramov M. R. (2021) Шахс касбий йо'налганлиги ривожланишида мас'улиятлиликнинг аhамияти //Молодой уЧеный. - №. 11. - С. 259-261.

2. Arkamov M. R. (2016) The ethical awareness behavior of students during higher education (in the condition of uzbekistan) //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - Т. 4. - №. 10.

3. Rasulova Miss, F. (2020). PSYCHOCORRECIONAL WORK OF A PRACTICAL PSYCHOLOGIST WITH AGGRESSIVE BEHAVIOR OF CHILDREN AND TEENAGER. The Light of Islam, 2020(1), 145-152.

4. Rasulova, N. T. (2020). О'збек оилаларида репродуктив фаолиятнинг тарихий илдизлари. Молодой ученый, (8), 343-345.

5. Rustamovich. A.M. (2016) The moral consciousness dynamics of students is the position in the process of high education //European journal of education and applied psychology. - №. 1.

6. Абдуg'аниева, Д. А. Q. (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БО'ЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

7. Акрамов М. Р. (2013) Проблемы изучения психологических особенностей развития экологического сознания по ва ясвину //science and world. - С. 117.

8. Акрамов М. Р. (2014) Психолого-педагогиЧеские особенности экологического образования //The Way of Science. - С. 78.

9. Акрамов М. Р. (2020) ЭкологиЧеское сознание как предмет психологического исследования //Науchная платформа: дискуссия и полемика. - С. 30-32.

https://ares.uz/

May 21

Republican Scientific and Practical Conference

82

International Islamic Academy of Uzbekistan Google Scholar indexed

Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Scientific-Theoretical and Practical Issues of Psychology of Religion in Uzbekistan

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-75-79

10. Акрамов М. Р. (2021) Конфликт и его социално-психологические свойства //Молодой ученый. - №. 6. - С. 293-295.

11. Акрамов М. Р. Конфликт и его социално-психологические свойства //Молодой уЧеный. - 2021. - №. 6. - С. 293-295.

12. Акрамов, М. Р. (2020). Психологические аспекты формирования экологиЧеского сознания лиЧности. Наука и мир, (11), 80-81.

13. Акрамов, М. Р. (2021). Психиканинг ривожланишига бо'лган экопсихологик ёндашувнинг асосий qоидалари. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Spécial Issue 2), 199-202

14. Акрамов, М. Р. (2022) Психологические проблемы изуЧения формирования экологиЧеского сознания. Международный научно-практический электронный журнал «Моя профессионалная карера». Выпуск № 33 (том 1) 97.

15. Расулов, А. И. (2018). УНИФИКАЦИЯ СИСТЕМЫ ОБРАБОТКИ РЕЗУЛТАТОВ ЛИСШОСТНЫХ ОПРОСНИКОВ. ББК1 Р76, 126

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.