Научная статья на тему 'INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASIDAGI ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI'

INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASIDAGI ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / motivatsiya / KPI tizimi / ijtimoiy tarmoqlar / mehnat bozori / karera / avtomatlashtirish / monitoring / rag‘batlantirish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rustamaliyeva Guzalxon Baxromjon Qizi

Hozirgi kunda jamiyatda, korxonalarda, tashkilotlarda, umuman olganda inson resurslari bor bo‘lgan har qanday joyda ularni boshqarish va rivojlantirish doimiy tarzda yangiliklar va innovatsiyalarni talab qiladi. Aynan innovatsiyalar tashkilotlarga raqobatchilari bilan kurashda ustunlik taqdim etadi. Shuningdek, innovatsiya deganda resurslar va mahsulotlarning samaradorligi va sifatini oshirishni ta'minlaydigan yangilik tushunilishi kerak. Innovatsiya bu insonning intellektual faoliyatining yakuniy natijasi. Zamonning shiddat bilan rivojlanishi natijasida doimiy tarzda yangiliklarni, innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash va amalga tadbiq etish zarur, chunki kundan-kunga insonning ehtiyojlari o‘zgarib bormoqda. Innovatsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni shakllantirish uchun korxonaga eng avvalo tajribali va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega xodimlar kerak. Bunday inson resurslarini topish, ishga yollash, korxona muhiti bilan uyg‘unlashtirish, doimiy tarzda rivojlanishi uchun mos sharoit yaratib berish korxona va tashkilotlarning inson resurslarini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi menejerining asosiy faoliyati hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASIDAGI ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASIDAGI ZAMONAVIY YO'NALISHLARI

Rustamaliyeva Guzalxon Baxromjon qizi

Qo'qon unversiteti Ta'lim muassasalari boshqaruvi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11531858

Annotatsiya. Hozirgi kunda jamiyatda, korxonalarda, tashkilotlarda, umuman olganda inson resurslari bor bo'lgan har qanday joyda ularni boshqarish va rivojlantirish doimiy tarzda yangiliklar va innovatsiyalarni talab qiladi. Aynan innovatsiyalar tashkilotlarga raqobatchilari bilan kurashda ustunlik taqdim etadi. Shuningdek, innovatsiya deganda resurslar va mahsulotlarning samaradorligi va sifatini oshirishni ta'minlaydigan yangilik tushunilishi kerak. Innovatsiya - bu insonning intellektualfaoliyatining yakuniy natijasi.

Zamonning shiddat bilan rivojlanishi natijasida doimiy tarzda yangiliklarni, innovatsion jarayonlarni qo'llab-quvvatlash va amalga tadbiq etish zarur, chunki kundan-kunga insonning ehtiyojlari o'zgarib bormoqda. Innovatsion jarayonlarni qo'llab-quvvatlaydigan muhitni shakllantirish uchun korxonaga eng avvalo tajribali va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega xodimlar kerak. Bunday inson resurslarini topish, ishga yollash, korxona muhiti bilan uyg'unlashtirish, doimiy tarzda rivojlanishi uchun mos sharoit yaratib berish korxona va tashkilotlarning inson resurslarini boshqarish bilan shug'ullanuvchi menejerining asosiy faoliyati hisoblanadi.

Kalitso'zlar: innovatsiya, motivatsiya, KPI tizimi, ijtimoiy tarmoqlar, mehnat bozori, karera, avtomatlashtirish, monitoring, rag'batlantirish.

Abstract. Nowadays, in society, in enterprises, organizations, in general, in any place where there human resources, their management and development requires innovation and innovation in a continuous way. It is innovation that gives organizations an advantage in the fight against their competitors. Also, innovation should be understood as innovation, which ensures an increase in the efficiency and quality of resources and products. Innovation is the final result of a person's intellectual activity. As a result of the rapid development of time, it is necessary to constantly support and implement innovations, innovative processes, since day after day the needs of a person are changing. To form an environment that supports innovative processes, the enterprise needs, first of all, experienced and creative personnel. Finding such human resources, recruiting, harmonizing with the enterprise environment, creating suitable conditions for its continuous development are the main activities of the manager of enterprises and organizations engaged in Human Resource Management.

Keywords: innovation, motivation, KPI system, social networks, labor market, Career, automation, monitoring, promotion.

Аннотация. В настоящее время управление и развитие человеческих ресурсов в обществе, на предприятиях, в организациях, везде, где есть человеческие ресурсы, требует постоянного внедрения инноваций и инноваций. Именно инновации дают организациям преимущество в борьбе с конкурентами. Также под инновациями следует понимать инновации, обеспечивающие повышение эффективности и качества ресурсов и продукции. Инновация-это конечный результат интеллектуальной деятельности В результате бурного развития времени необходимо постоянно поддерживать и внедрять инновации, инновационные процессы, поскольку потребности человека меняются день ото дня. Для формирования среды, поддерживающей инновационные процессы,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

предприятию прежде всего нужны опытные и творчески одаренные сотрудники. Поиск, найм, гармонизация таких человеческих ресурсов с окружающей средой предприятия, создание подходящих условий для их постоянного развития являются основной деятельностью менеджера предприятий и организаций, занимающегося управлением человеческими ресурсами.

Ключевые слова: инновации, мотивация, система KPI, социальные сети, рынок труда, карьера, автоматизация, мониторинг, стимулирование.

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi iqtisodiy faoliyatning to'g'ridan-to'g'ri axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan raqamli ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish, shuningdek, qo'shimcha qiymatga ega bilim va axborot salmog'ining ko'payib borishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Prezidentimizning 2019 yil 3 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asosan, davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bo'linmalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Shunga muvofiq, davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar doirasida bir-birini takrorlovchi hamda o'z vakolatlariga doir bo'lmagan ortiqcha funksiyalar bilan shug'ullanish amaliyotidan voz kechishga qaratilgan davlat boshqaruvini konseptual yangilash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.[1]

Inson resurslarini boshqarish bilan shug'ullanadigan xodimning o'zi ham doimiy tarzda yangiliklarni kuzatib borishi, o'rganishi, zamon bilan hamnafas holda yangi usul va texnologiyalardan foydalana bilishi lozim. Xodimlar bilan ishlovchi menejerning ishini bir qadar yengillashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlar, KPI tizimi, biznes-inkubatorlar yordam beradi. Quyida ularning afzalliklari va samarasi bilan tanishib chiqamiz.

Inson resurslarini boshqarish izchillikda amalga oshiriladigan jarayon bo'lib, u mantiqiy asoslangan, tashkilotning o'ziga xos resurslarga ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar sifatida izlash, tanlash, rivojlantirish, o'qitish, baholash, attestatsiya qilish, motivatsiyalash, mehnatni rag'batlantirish, tashkiliy rivojlantirish va karerani boshqarish kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday funksiyalar innovatsion yangiliklarni qo'llash va Internet (ijtimoiy tarmoqlar) global tarmog'i resurslaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Globallashuv ta'sirining yaqqol namoyon bo'lishining ko'rinishlaridan biri inson resurslarini shakllantirish va ularni keyinchalik boshqarishda muhim innovatsion vositaga aylanadigan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish amaliyotining keng tarqalishidir.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida turli to'siqlar bartaraf etildi, mehnat resurslarini boshqarish jarayonlari faollashdi. Iqtisodchi olima G.Q.Abdurahmonovaning fikricha: "Zamonaviy tashkilotlar keng miqyosdagi tashkiliy muammolarni hal qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan: ichki muhitda aloqa kanallarini qurish uchun hamda tashqi aloqa vositasi sifatida faol foydalanmoqda. O'z faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda samarali rivojlantiradigan tashkilotlar inson resurslarini topish va jalb qilishda aniq raqobatdosh ustunliklarga ega bo'ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar maxsus virtual makonni yaratishga imkon beradi. Unda insonlar shaxsiy va kasbiy masalalar bo'yicha bir-biri bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu ularning ishbilarmonlik muhitiga qo'shilish darajasini oshiradi, turli xil vazifalarni hal qilish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirishga yordam beradi. Yuqori darajadagi hamjihatlikni va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

jamoaning birligini ta'minlaydi. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoq ham tashkilot ichidagi psixologik iqlimni shakllantirish vositasiga aylanib bormoqda.

Bugungi kunda personalni ijtimoiy tarmoqlar orqali izlash inson resurslarini boshqarish menejerlari va marketing xodimlari o'rtasida keng tarqalgan. Personalni izlash uchun eng qulay ijtimoiy tarmoqlar qatoriga Facebook, Instagram, X (Twitter)larni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar orqali inson resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari Ijtimoiy tarmoqlar ko'plab ma'lumotlar, insonlarning shaxsiy bo'lgan moddiy va ma'naviy ma'lumotlarini umumlashtirib saqlashga, shaxslarni har tomonlama baholashga, xodimlarni boshqarishga oid tegishli qarorlar qabul qilishga, tashqi bozorni kuzatish orqali xodimlarni topish va keraklilarini jalb qilishga imkon beradi.

Kadrlarni izlab topish va tanlashda ijtimoiy tarmoqlar bir qancha qulayliklar beradi, masalan:

•katta auditoriyani qamrab olish;

•ma'lumotlar bazasiga kirishning tezkorligi;

•nomzod haqida kerakli ma'lumotlarni Te3Kop to'plash kabi imkoniyatlari mavjud.

Ushbu qulayliklar qatoriga bo'sh o'ringa nomzodlarga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylash orqali qidiruv sifatini oshirish, eng mos bo'lganlarni oson saralab olish va ular bilan munosabatlarni samarali yo'lga qo'yish imkonini beradi va bo'sh o'rinlarni tezda sifatli kadrlar bilan to'ldirishga sharoit yaratadi.

Zamon bilan hamnafas yuruvchi tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o'zlarining tashkilotlarini targ'ib qiluvchi, mehnat bozorida ko'proq tanilishga intilish va o'z tashkilotlariga qiziqishni orttirishga qaratilgan sahifa va profillariga egalar. Kerakli ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqqa qo'yish orqali xodimlar ham o'zlarining sohasidagi hamkasblarini topish, ular bilan o'z tajribalarini o'rtoqlashish va oshirish, yangi g'oyalar bilan tanishish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish, iste'molchilar bilan munosabatlarni yo'lga qo'yish imkoniga ega bo'ladilar. Inson resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish katta moddiy mablag'ni tejashning imkonini beradi. Shuningdek, inson resurslarini boshqarishning kelajagi bu avtomatlashtirilgan aqlli tizimlar bo'lib, ular ishga yollashning asosiy qismini o'z zimmasiga olgan holda qo'l mehnatini qisqartiradi. Xususan KPI tizimida bunday xususiyatlar mavjud bo'lib, allaqachon ko'plab korxonalar tomonidan amalda qo'llab kelinmoqda.

Raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora oshib bormoqda. Tashkilot (idora, muassasa va korxona) va xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu borada xalqaro tajribada davlat xizmatining samaradorlik ko'rsatkichlari KPI - Key Performance Indicator - Eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari orqali baholanib kelinadi. Bunda samaradorlik tashkilot tomonidan qo'lga kiritilgan natijaning ma'lum bir vaqt mobaynida maqsadga erishish uchun sarflangan xarajatiga nisbatan aniqlanadi.

KPI - bu tashkilot (idora, muassasa va korxona)lar va xizmatchilar faoliyatini belgilangan talab darajasida olib borilishini yoki belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi, baholovchi samaradorlik yoki natijadorlik ko'rsatkichi deb ham yuritiladi. KPI tizimining afzalliklaridan biri rahbarlarni kundalik ishlar bilan band qilmasdan, o'zlarining oldiga qo'ygan asosiy maqsadlariga olib boradigan samarali ko'rsatkichlar bilan shug'ullanishiga imkon beradi.

Inson resurslarini boshqarish bo'limining jarayonlarini avtomatlashtirish minglab soat ish vaqtini va bunga sarflanayotgan pullarni tejashga yordam beradi. KPI tizimi orqali inson resurslarini shaffof boshqarish, xususan xodimlar qo'nimsizligini kamaytirish va inson

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

resurslarini boshqarishdagi yuqori sifatli tahlillar yordamida daromadni oshirish mumkin. KPI tizimi ma'lumotlarni saqlaydi, ma'lumotlarga oson kirish va tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, avtomatik ravishda bonuslarni hisoblashi va KPI samaradorligi ma'lumotlari va xodimlarni baholash natijalari asosida kelgusi yil uchun rivojlanish rejalarini tayyorlashi mumkin.

Yuqoridagi amallar qatorida KPI ning bir davr mobaynida samara berishini hisobga olish va tizimni doimiy ravishda nazorat qilib, eng muhim ko'rsatkichlarni muntazam yangi lab borish lozim. KPI tizimini yuritishda natija va resurslarni bir maromda e'tiborga olish lozim, samaradorlik va natijaviylikni doimo balansda ushlab turish muhim, aks holda birortasi e'tiborsiz qolsa, umumiy natijaga jiddiy tasir o'tkazishi mumkin. KPI tizimi orqali inson resurslarini boshqarishda bir nechta amallarni bajarish lozim:

•KPI ko'rsatkichlarini to'g'ri tanlash. Tashkilotning asosiy maqsadidan, qonunchilikda belgilangan funksional vazifasidan kelib chiqib ko'rsatkichlarni to'g'ri tanlash kerak.

•Xodimlarga sharoit yaratish. Rahbarlarga boshqarish va nazoratni to'liq amalga oshirish uchun yetarlicha sharoit, vakolat va imkoniyatlar yaratib berish kerak. Shuningdek, moddiy texnika bazasini ham takomillashtirib berish kerak.

•Umumiylik. Tashkilotning bosh maqsad ko'rsatkichlari bilan uning tarkibiy bo'limlari o'rtasidagi ko'rsatkichlar doimo korreliyatsiya qilinib borilishi kerak.

•Shaffof tizim. Xodimlar ish samaradorligini yanada oshirish uchun KPI bo'yicha maxsus o'quv-seminarlar o'tkazib borish kerak.

•Rag'batlantirish. KPI bo'yicha erishilgan natijalarga qarab rag'batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va xodimlar bundan to'liq xabardor etilishi kerak.

•Doimiy monitoring o'tkazish. O'z vaqtida ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi tashqi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, vaziyatga qarab ko'rsatkichlarni o'zgartirib turish ham mumkin.

KPI tizimi orqali inson resurslarini boshqarish yo'nalishiga quyidagi afzalliklarni kiritish mumkin:

l.Maqsadga erishish: KPI inson resurslarini boshqarish xodimlarining o'z maqsadlari va tashkilotning maqsadlariga mos kelishini ta'minlaydi. KPI yordamida xodimlar o'z faoliyatini maqsadlarga moslashtirishi, tartibga solishi va natijalar o'rniga olib kelishi mumkin. Bu tashkilotning umumiy maqsadlari bilan inson resurslarini boshqarish xodimlarining o'zlashtirish va ishchilarni rag'batlantirish yo'llarini aniq vaqtida belgilash imkonini beradi.

2.Ish faoliyatining samaradorligi: KPI ish samaradorligini nazorat qilishga yordam beradi.

3.Ishchi motivatsiyasi: KPI ishchilar uchun maqsadlar tayinlash va ularga rag'batlantirish qo'llashi mumkin. KPI orqali ishchilar o'z faoliyatlarini, natijalarini va qo'yilgan ma qsadlarga erishishlarini baholashlari mumkin.

4.O'zlashtirish va karera rivojlanishi: KPI insonresurslarini boshqarish xodimlari ucun karera rivojlanishini rag'batlantirishga, shuningdek, ishchilar karerasi rivojlanishining yo'llarini aniqlash, ularga qo'yilgan maqsadlar sari intilishni taminlashga yordam beradi.

KPI tizimi tashkilotdagi ishchilarni doimiy nazorat qilishi, baholab, tahlil qilib borishi natijasida samaradorligi yuqori bo'lgan xodimlarning rag'batlantirilishiga asos bo'ladi. Xuddi shunga qarama-qarshi ravishda loqayd va samaradorligi passiv bo'lgan xodimlarning jarimaga tortilishi ham yuzaga keladi, bunday holatda mas'ul xodimlar o'sha ishchiga e'tibor qaratishi, undagi muammoni o'rganishi, kerak bo'lsa malakasini oshirish uch un imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Berilgan sinov muddati vaqtida o'sha ishchida ijobiy o'zgarishlar ko'rinmasa oxir -oqibat samaradorligi past bo'lgan kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Bo'sh

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

vakant o'ringa esa nomzodlar orasidan munosiblari tanlab olinadi. Bo'shatilgan ishchilar ta'sirida ishsizlik ko'rsatkichlari birmuncha ortish ehtimoli mavjud. Bunday holatlarda bo'shatilgan ishchi o'zining ishsiz qolib ketmasligi uchun harakat qilib, o'z ustida ishlash barobarida yangiliklarga moslashish maqsadida monomarkazlar, biznes-inkubatorlarga murojaat qilishi mumkin. Natijada ishsizlar uchun yangi kasbiy ta'lim o'rgatish orqali boshqa yo'nalishdagi vakant o'rinlar uchun ishchi hosil qilishi mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, shiddat bilan rivojlanayotgan davrimizda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, innovatsion g'oyalarni har bir sohaga tatbiq etish, kadrlar siyosati va inson resurslarini boshqarish yo'nalishlarida yangi usullardan foydalanish korxona va tashkilotlarning yanada raqobatbardosh bo'lishi, bozor iqtisodiyotida yuqori natijalarga erishishida asosiy omil bo'ladi. Shuningdek, KPI tizimi rivojlangan sari kadrlarni boshqarishdagi ortiqcha ishlar barham topadi. Bu esa vaqt va mablag'dan yutishga o'z hissasini qo'shadi.

REFERENCES

1. PF-5843. "O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni. Lex.uz

2. G.Q.Abdurahmonova. Zamonaviy dunyo: Ijtimoiy tarmoqlar inson resurslarini boshqaradi. Review.uz

3. Ko'chimov A., Mokhichekhra B. Historical Comparison of the Foreign Investment Climate in Small Business and Entrepreneurship in Jizzakh Region in 1991-2000 //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. - 2022. - T. 1. - No. 5. - C. 120-123.

4. Qosimova D., Ko'chimov A. Fundamentals of Investment Environment in the Process of Digital Transformation of the Economy //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Sciences. - 2022. - T. 1. - No. 5. - C. 55-59.

5. Sobirovna K. D. et al. DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP-A SPRINGBOARD FOR ENSURING MACROECONOMIC STABILITY //Journal of Contemporary Issues in Business and Government. - 2021. - T. 2021.

6. Kuchimov A., Unnisa S. A., Najmiddinov D. DEFINING THE TYPES OF THE SHADOW ECONOMY //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. -2023. - T. 1. - No. 1. - C. 65-70.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.