YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 5-1 (86)
INSHOOT KONSTRUKSIYASI BO'LGAN PARABOLIK ARKALARDA DEFORMATSIYANI SE 110.16 TAJRIBA
QURILMASIDA TEKSHIRISH
D.A. Zakirova1
Ushbu maqolada Parabolik arkaning tekis taqsimlangan vertikal yuklanishida tayanchdagi reaksiya kuchlari aniqlangan va uchlari erkin bo'lganda o'rtadagi egilishni hisoblanib,tekis taqsimlangan kuch eksperementlarda teng masofalarda joylashganto'plangan kuchlar yo'rdamida hosil qilingan.
Kalit so'zlar: Parabolik arka, rama, deformatsiya, yuklanish, kuch, chiziqli yuklanish, normal kuchlanish, ,ko'chish, ,tros,plita,gorizontal vertikal ko'chish, salqilik, to'plangan kuch, gorizontal.
SE-110.16 Parabolik arka eksperimental qurilmasi SE 112 montaj ramasi bilan birgalikda foydalanishga mo'ljallangan.
Qurilma omborlar, ko'priklar, fermalar va shukabilardagi yuklangan parabolik arkalarni eksperimental usul bilan tekshirishga va quyidagilarni topishga imkon beradi:
yuk ko'tara olish qobiliyatini hisoblash va o'lchash; deformatsiyalarni hisoblash va o'lchash; to'plangan kuch yoki chiziqli yuklanishning ta'siri Qurilma quyidagi qismlardan iborat: po'latdan yasalgan tayyor parabolik arka
bir xil masofada joylashgan kuchlar to'plamdan iborat yuklanish; qo'zg'almas yoki sharnirli tayanch;
gorizontal yo'nalishda yuk ko'tara olish qobiliyatini o'lchash uchun yuklar to'plami;
deformatsiyani o'lchash asbobi.
Parabolik arkalar ko'priklar, to'sinlar va panjaralar qurilishida asosiy element sifatida qatnashadi. Parabolik arkalarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ularning uchlari mahkamlangan holda tekis taqsimlangan kuch ta'sirida ko'ndalang yo'nalishda qirquvchi paydo bo'lmasdan, normal kuch va eguvchi momentlar yuzaga keladi. Shunday qilib arka bloklarini bir-biriga nisbatan ixtiyoriy joylashtirish mumkin. Bunga yaqqol misol sifatida ming yillardan buyon mavjud bo'lgan ko'priklarni ko'rsatish mumkin.
Parabolik arkaning balandligi y va uzunligi x orasidagi munosabat quyidagicha aniqlanadi:
1Zakirova Dilorom Axmedovna - katta o'qituvchi, Buxoro muxandislik texnologiya instituti, Uzbekiston.
YHeHbiH XXI BeKa • 2022 • № 5-
1 (86)
bu yerda L umumiy uzunlik, H x=L/2 bo'lgandagi eng katta balandlik. Arka uchlaridagi og'ish burchagi 45° bo'lganda H balandlik uzunlikning to'rtdan bir qismiga teng bo'ladi. Uchlarda eguvchi moment yo'qoladi va faqat normal kuch ta'sir qiladi, reaksiya kuchi normal kuchga teng bo'ladi. Shuning uchun uning vertikal va gorizontal tuzuvchilari o'zaro teng bo'lishi kerak.
2-chizma
Tekis taqsimlangan vertikal yuklanishda tayanchdagi reaksiya kuchining vertikal tuzuvchisi quyidagicha aniqlanadi
ZFv = 0 = qoL-2Av (2)
A = —
A = 2
(3)
Reaksiya kuchining gorizontal tuzuvchisi Ah reaksiya kuchining vertikal tuzuvchisiga teng bo'lishi kerak. Bundan
q0
Ah=Av^L
(4)
Uchlari erkin bo'lganda o'rtadagi egilishni quyidagi munosabatdan aniqlash mumkin
W = ^^ (5)
384 EI J
Tekis taqsimlangan kuch eksperimentlarda teng masofalarda joylashgan to'plangan kuchlar yordamida hosilqilinadi. Agar qiymati F ga teng to'plangan kuchlar orasidagi masofa a ga teng bo'lsa, taqsimlangan kuch quyidagicha aniqlanadi
F
q0 = " (6)
Yuklangan balkada birinchi shart bajarilishi uchun 2 x 11N yuk kerak bo'ladi Shuning uchun gorizontal reaksiya
Ah = 22 N
Hisoblash natijasi esa
Ah = Av = ~F = = 22N
Ekperimental va hisoblash natijalari bir xil Maksimal egilish
w = 8,5mm
(7)
Taqsimlangan kuch
F 6 n nr N
qn = - = — = 0.05 —
0
Ученый XXI века • 2022 • № 5-1 (8б)
Uzunlik L=960mm va inersiya momenti I = 3б0 mm bo'lganda hisoblash orqali
topilgan egilish
... 5 q0 L4 5*0.05*9604
W = —-— =-= 7.31 mm (9)
384 БI 384*210000*360 J
Bu qiymat tajribada aniqlanganida kichik. Bunga sabab skivlarning elastikligidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nabiev A.Materiallar qarshiligi.Oliy o'quv yurtlari uchun darslik-Toshkent:yangi asr avlodi,2008-380 b.
2. Qoraboev B.Materiallar qarshiligi.Oliy o'quv yurtlari uchun darslik-Toshkent:yangi asr avlodi,2007-192 b.
3. N.S.Bibutov,A.X.Hojiev.Materiallar qarshiligi.Toshkent-2016-438 b.
4. V.K.Kachurin.Materiallar qarshiligi fanidan masalalar to'plami-Toshkent.O'zbekiston,1993y -33б bet.
5. Nabiev A., Xasanov S. Materiallar qarshiligi. Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma. -T.: Fan, 2005. -380 b.
6. Xasanov.S.M Materiallar qarshiligidan masalalar yechish.-T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2014.-323b.
© D.A. Zakirova, 2022.