SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING KONTEKSTUAL MANOSI VA TARJIMA MUAMMOLARI
Zulola Najmitdinova Rashidova Gulrux Nazir qizi Shodiyeva
Termiz davlat universiteti, ingliz tili Farg'ona davlat universiteti, ingliz tili
o 'qituvchisi kafedrasi, o' qituvchi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada frazeologik birliklarning okkazional transformatsiyalarining struktural-semantik xususiyatlari, ular natijasida frazeologik birliklar sematik-ekspressiv jihatlarida yuzaga keladigan o'zgarishlar tahlil qilingan. Olingan natijalar o'z navbatida ingliz va o'zbek tillari o'rtasida qiyosiy tadqiq qilinib, tipologik o'xshashliklar va farqlar ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: ekspressiv sema, frazeologik birliklardagi ellipsis, komtaminatsiya, frazeologik substitutsiya, metod.
KIRISH
Ko'plab ko'zga ko'ringan olimlarning turli tizimdagi tillarda tegishli okkazionalizmlarning qo'llanilish usullari borasidagi fikrlarida aynan o'xshashlik borligi yaqqol seziladi. Frazeologik birikmalarning ma'lum bir okkazional o'zgarishlari tayyor qoliplar asosida yuz berib, ularning har biri o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Muayyan usul orqali qayta yaratish frazeologik birliklarning semantikasiga, ularning frazeologik birliklarining tarkibiy tuzilishiga nisbatan muayyan umumiy qoidalarni takrorlashni anglatadi. Biroq o'zgarishlar miqyosi ham cheksiz bo'lmay, balki tilning ichki tizimi me'yorlari darajasida amalga oshiriladi.
Frazeologik birikmalarning okkazional o'zgarishlari matn semantikasini yangi qo'shimcha axborotlar va konseptual ma'lumotlar bilan boyitishi mumkin. Qolaversa, ular odatiy foydalanishdan chetlashish darajasiga ko'ra frazeologik birikmaning o'zini yoki uning axborot kengaytira olishlari mumkin. Frazeologik okkazionallik darajasi tildagi so'zlarni shakllanti-rish standart qoidalarining rasmiy va semantik buzilishlari soniga to'g'ridan-to'g'ri mutanosibdir. O'zgartirilgan birlik mazmunidagi okkazional obraz asos birikmaning barcha komponentlari ma'nolarini qayta jonlantirish natijasidir. Frazeologik birliklarning o'zgarishi uzusga bog'liq bo'lib, aksariyat hollarda yangi belgi funksiyasini yaratishga olib kelmaydi, balki ob'ekti tegishli muhim ma'lumotlarni og'zaki uzatishdan iborat bo'lgan kognitiv vazifani bajaradi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Frazeologik birliklarning okkazional o'zgarishga bag'ishlangan bir qator asarlarning tahlili frazeologik birliklarning tasodifiy o'zgartirilishining u yoki bu shakli
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
frazeologik birliklarning odatiy ma'nolarini uning semantik tarkibiga kirishi bilan bog'liq degan xulosaga keladi. Natijada asl birlik qiymatini qayta izohlash yangilangan frazeologik birlikning ekspressivligi va matnni qisqartirish imkoniyatini oshiradi. O'z navbatida frazeologik birliklarning bu xususiyatlari tilshunoslar tomonidan keng o'rganilgan bo'lsada, klassifikatsiyalanishiga ko'ra bir birlaridan keskin farq qiladilar. Jumladan rus tilshunosi A.I.Chyornaya okkazional muvofiqlikning quyidagi uchta guruhini ajratib beradi:
1) frazeologik birliklarning mazmun jihatiga ta'sir qiluvchi, ammo ularning tuzilishini buzmaydigan okkazional o'zgarishlar;
2) frazeologik birliklar tarkibiga ba'zi yangiliklarni kiritadigan va ularning tuzilishida buzilishlar sodir etadigan o'zgarishlar;
3) semantikaning ham, ularning tuzilishini ham buzilishini sodir etadigan o'zgarishlar [2].
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Frazeologik birikmaning okkazional qo'llanilishi birikmaning qurilishi, ma'lum bir ma'noni kuchaytirish yoki kamaytirish orqali uning mazmuniy ko'lami aniqlashtiradi. Frazeologik birliklarning axborot tarkibini kengaytirish yoki toraytirish semantik strukturasida semalarni qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Bir tomondan, birikma mazmuni aks etish bir qator ma'lomotlar ahamiyatsiz bo'lishi yoki unga aloqador ma'lumotlar bilan almashtirilishi mumkin. Ikkinchi tomondan, frazeologik birliklarning tuzilishi ma'lum stilistik ta'sirga erishish va aniq bir kommunikativ vazifani bajarish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha semaning paydo bo'lishi bilan tavsiflanishi mumkin. Ishning amaliy materiallarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, bunday o'zgarishlarning eng keng tarqalgan turlari quyidagilardir: leksik tarkibiy qism/ komponentlarni almashtirish, taqqoslash, o'zgaruvchan komponent/ komponentlarni qo'shish va ayirish (kesish) [3].
Leksik tarkibiy qism/komponentlarni kontekstli o'zgarishlarning eng keng tarqalgan va samarali turlaridan biri sifatida tan olingan. Leksik tarkibiy qismni almashtirish deganda frazeologik birliklarning tarkibidagi maqsadli o'zgartirilish tushuniladi. Frazeologik birliklarning ushbu turdagi tasodifiy o'zgartirilishini hisobga olib, A.V.Kunin sodda va murakkab almashtirishlarni farqlaydi. Oddiy almashtirishlar orqali olim sinonimik, antonimik, tematik almashtirishlar, frazeologik birliklarning tarkibiy qismlarini semantik jihatdan bir-biriga bog'liq bo'lmagan so'zlar bilan to'ldirilishini tushuntiradi.
Murakkab almashtirish deganda aralash tipdagi almashtirishlar, muallifning izohlari bilan almashtirishlarning kombinatsiyasi, almashtirishlarni takrorlash bilan kombinatsiyalash, almashtirishlarni morfologik, tarkibiy o'zgarishlar bilan uyg'unlashuvi tushuniladi [3].
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Tadqiqotimizning amaliy materiali shuni tasdiqlaydiki, almashtirilgan tarkibiy qismlar ko'pincha sinonim yoki bir xil tematik guruhga kirishi mumkin. Masalan ingliz tilidagi "to hang on by one's eye lids- qil uchida osilib turmoq, ahvoli tang bo'lmoq" okkazional qo'llanilishida ayrim o'zgarishlar kuzatiladi: What a lot of ants, all with a living to get, holding on by their eyelids in the great scramble! (J.Galsworthy "In Chancery").
Boshqa frazeologik birlik "to burn one's boats/bridges - kemani yoqib yubormoq, orqaga qaytish yo'lini kesib qo'ymoq" birikmasida ham yuqoridagi holat kuzatiladi. He left her just now declaring that she should burn her ships behind her; but Morris, after having elicited this declaration, had become coscious of good reasons for not taking it up. (H.James).
Ayrim olimlarning tadqiqotlarida ilgari surilgan fikr frazeologik birikma tarkibidagi komponentlarni alishtirishni deformatsiya (o'zgartirish) sifatida tahlil anchayin bahslarga sabab bo'ldi. Jumladan O.S.Axmanova frazeologik birikmalardagi deformatsiya deganda birikma tarkibidagi yahlitlikning buzilishi natijasida alohida leksema sifatida qo'llanilishi mumkin bo'lgan nutqiy shaklni tushungan [4]. Ammo biz ushbu fikr yetarli darajada asosli deb topmadik. Vaholanki "deformatsiya" atamasi o'z mazmunida "yomon sifatli" o'zgarishlarni aks ettirib, birikmaning formal jihatlarida sezilarli buzilishlarga sabab bo'ladi.
Frazeologizm komponentli tarkibini yangilash (bunda uzual komponent/komponentlar situativligi bilan almashtiriladi) frazeologik birlik ekspressivligini kuchayishiga va ma'no ottenkalarini aniqlashtirishga olib keladi. Ushbu uslubni qo'llash orqali so'zlovchi o'z his-tuyg'ularini frazeologik birlikning struktur doirasidagichalik ifodalay olmasa kerak.
Ushbu fikr dolzarbligini quyidagi misollar bilan tasdiqlash mumkin: to lick one's boots- kimningdir tovonini yalamoq, laganbardorlik qilmoq;
"Even if he didn't like them he should have been civil. He needn't have insulted you. He showed that he despised you, and you lick his hand. Oh, I hate him". (S.Maugham).
Ko'rilayotgan misolda "etiklar"ni "qo'l" bilan almashtirish, qahramon ayolning o'z erini kamsitadigan kishiga nisbatan dushmanligini namoyish etadi. Kishi (shaxs)lik shaxsiyatiga oid bunday munosabat, uni hayvonga o'xshatish, "xo'jayinining qo'llarini yalash" ayol uchun jirkanchdir. Biroq o'zbek tilida mubolag'alashgan frazeologik birliklarda sodir bo'ladigan okkazional o'zgarishlar ingliz tilidagidan keskin farqlanib, ularning leksik tarkibiy qismni almashtirish, o'zgartirilgan frazeologik birlikning odatiy qiymatlari to'qnashuviga olib keladi va shu bilan asl va o'zgartirilgan frazeologik birlikning kontekstual qarama-qarshiligi natijasida yuzaga keladigan ajablanish ta'assurotini aks ettiradi. Kolxoz shunday narsaki, hohlagan odam kiradi,
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
hohlamagan to'ppisini yarimta qilib yuraveradi. Shunaqami, Sidiqjon (A.Qaxxor. Qo'shchinor chiroqlari. 8 bet) Unga go'yo shu bola kelib uni nonini yarimta qilayotganday tuyulaverardi. (S.Ahmad. Ufq. Qirq besh kun. 68 bet)
Ushbu misollardagi "do'ppisini yarimta qilmoq" va "nonini yarimta qilmoq" birikmalarida bir komponentning almashuvi, uning ekpressiv-emotsional ifodalaridagi ziddiyatni, ya'ni salbiy va ijobiy emosemalarning shakllanishiga sharoit yaratdi. Huddi shunday holatni boshqa misollarda ham ko'rishimiz mumkin. Keyin bilsam yo'lbars-po'lbars yo'q, oydinda tolning soyasi ekan. Qo'rqmayman deb bo'lmaydi, o'g'lim, shunaqa vaqtda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi. Chiroqni o'chiraymi? (A.Qaxxor. Qo'shchinor chiroqlari. 21 bet)
O'riklar loyga qorishdi. Inoyat oqsoqolning ko'zlari qinidan chiqib ketayozdi. Yugurib kelib nevarasining orqasiga ikkini tepdi. Bola munkib ko'kragi bilan yerga yiqildi. (S.Ahmad. Hijron kunlarida. 431 bet) misollardagi "yuragi qinidan chiqib ketmoq" va "ko'zi qinidan chiqib ketmoq" birikmalari emotsional-ekspressiv ifodalariga ko'ra bir-birlariga ziddir. Birnchi birikma "qo'rquv" ikkinchisi esa "g'azab" hissiy belgilarini ifoda qiladilar, o'z navbatida emosemalari ham farqlanadi.
Ba'zida frazeologik birlik tarkibiy qismlaridan birini almashtirish odatiy frazeologik birlikning salbiy hissiy-baho bo'yog'idan yoki frazeologik birlik tomonidan ko'rsatilgan harakatlarning intensivligidan kelib chiqqan ma'nosining paydo bo'lishiga olib keladi. U dadasi bilan xuddi yaqin do'stday hamdard, hamfikr. Aqlu farosati ham joyida. Faqat... oila masalasida peshonasi yorishmadi...(O.Yoqubov. Oq qushlar oppoq qushlar. 38 bet) Tong yorishsa hamki, Ikromjonning dili yorishmadi. Chodir shipiga termulib yotaverdi. (S.Ahmad. Ufq. Ufq bo'sag'asida. 603 bet).
Ushbu misollardagi "peshonasi yorishmoq" va "dili yorishmoq" birikmalarida bir komponentning almashuvi, uning ekpressiv-emotsional va o'z navbatida konnotativ ma'nolarida ham keskin o'zgarish sodir qilgan.
Shunday qilib, frazeologik birliklarning normal tarkibiy qismlari/tarkibiy qismlarini tasodifiysi bilan almashtirish usulidan foydalanganda, ikkita semantik ko'lamning to'qnashuvi yuz beradi. Dastlabki almashtiriladigan qismlarning qiymatlari o'rtasidagi ziddiyat uning prototipi bilan frazeologik birlik o'rtasida umumiylashuvga yoki parallellarga olib keladi.
Frazeologik birikmalarga xos bo'lgan okkazional tranformatsiyalardan yana biri bu - kiritish(ajratib olish) usulidir. Bu usul dastlab atoqli tilshunos I.A.Borodyanskiy tadqiqotlarida kiritish (vklinivanie (razorvannoe ispolzovanie FE)) atamalari bilan tilga olingan.
Nutqning hissiy bo'yoqdorligini aks ettirish uchun so'zlovchi qo'pincha nutqning mantiqiy zarur elementlarini ataylab tushirib qoldirishadi. Iboralar mazmunidagi u yoki bu komponentni tushib qolishi axborot berishda foydalaniladigan eng samarali
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
sintaktik vositalardan biridir. Frazeologik birikmalarning o'zgartiriHshi bilan bog'liq ellipsis, tarkibiy qismlarning qisqartishi, murakkab deformatsiya kabi atamalar mavjud
[5].
XULOSA VA MUNOZARA
Umuman olganda, to'plagan materiallarimiz frazeologik birikmalar odatiy foydalanishlardan qay darajada o'zgargani, ular mazmunida sodir bo'l-gan mubolag'aga asoslangan okkazional o'zgarishlardan qat'iy nazar sistematik xususiyat kasb etib, nutq jarayonida ma'lum bir stilistik vazifani amalga oshirishi maqsadida qo'llaniladi. Ushbu o'zgarishlarning maqsadi - obrazni, ekspressivlikni, intensivlikni oshirishdir. Frazeologik birikmalarning semantikasi va strukturasida kechadigan okkazional o'zgarishlar faqatgina so'zlovchining individual-mualliflik yondashuvini aks ettiradilar, biroq mubolag'a asosiga qurilgan birikmalarning uzual qo'llanilishi ozmi-ko'pmi nominativ-kommunikativ xususiyatga ega bo'ladilar
ADABIYOTLAR ROYXATI:
1. Bayramova L.K. Frazeologiya va tarjima / L.K. Bayramova // Frazeologiya va sintaksis / Ed. Andramonova N.A. - Qozon: KDU nashriyoti, 2012. - B.3-42.
2. Kunin A.V. Ikki tomonlama aktualizatsiya frazeologik stilistika tushunchasi sifatida / A.V. Kunin // Maktabda chet tillari. - 2014. - 6-son. - B.13-17.
3. Usmanova, D. kizi Shodieva. GN ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIESIN THE UZBEK.
4. Dusmatov, H. H. (2022). PRINCIPLES OF DIVISION OF WORD CATAGORIES IN UZBEK. RESEARCH AND EDUCATION,, 38.
5. Yusupova, S. А. Z., & kizi Shodieva, G. N. (2023). SOME ASPECTS OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. GOLDEN BRAIN,, 7(1), 300-304.
6. Qizi, S. G. N. (2023). SO 'ZLARNI TURKUMLARGA AJRATISH ASOSLARI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 7(18), 10-14.
7. Usmanova, D., & Shodieva, G. N. K. (2022). ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK LANGUAGE. Academic research in educational sciences, 3(6), 1276-1280.
8. Shodieva, G. (2022). TO STUDY THE IMPORTANCE OF TRANSPOSITION OF WORD CATEGORIES IN ENGLISH. Science and innovation, 7(B5), 506-509.
9. Kambarova, D. (2021). ROMANCE LANGUAGES. Главный редактор, 87(9), 24.
10. Kambarova, D. (2021). Use of simulation teaching methods in medical education.
11. Qambarova, D. Y. (2022). Interactive Methods of English Teaching in Higher Education. Oriental Journal of Education, 2(1), 1-7.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
12. Kambarova, D. Y. (2022). THE ROLE OF SPEAKING ACTIVITIES IN ENGLISH TEACHING. Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(10), 65-67.
13. Kambarova, D. (2020). Factors Of Ensuring Aesthetic Perfection Of Students In The Process Of Teaching Foreign Languages. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 284-286).
14. Adzheminova, E. R. (2022). Phraseological Units of Culinary Vocabulary. Miasto Przyszlosci, 29, 82-83.
15. Аджеминова, Э., & Давлятова, Г. (2021). PHRASEOLOGICAL UNIT IN THE SYSTEM OF LANGUAGE SIGNS. Heraldpedagogiki. Nauka i Praktyka, 1(1).
16. Степанова, А. А. (2010). Фразеологические единицы: их редукции и трансформации (на материале Русского ассоциативного словаря). М.: ИЯз РАН.
17. Аджеминова, Э. Р. (2022). ФРАЗЕОЛОГИЗМЫ С УНИКАЛЬНОЙ ВНУТРЕННЕЙ ФОРМОЙ В РУССКИХ И ФРАНЦУЗСКИХ ГОВОРАХ. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 173-175.