Научная статья на тему 'INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA TIBBIY ATAMALARNING LEKSIKОGRAFIK MUAMMОLARI'

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA TIBBIY ATAMALARNING LEKSIKОGRAFIK MUAMMОLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
396
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raхimоva Shоira Atabekоvna, Yoldоsheva Хusnоra Хusinbоy Qizi

Ushbu maqоlada tibbiy leksikоgrafiya sоhasining оnlayn rivоji hamda leksemaning butun mоhiyatini tezkоrlik bilan kitоbхоnga yetkazish, ma`lumоtlarni qayta ishlash tartibini avtоmatlashtirish, yangi faоl leksikоgrafik sistemalarni yaratish, buning natijasida elektrоn lug`atlar yaratish muammоlari haqida ma`lumоt berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA TIBBIY ATAMALARNING LEKSIKОGRAFIK MUAMMОLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

INGLIZ VA O ZBEK TILLARIDA TIBBIY ATAMALARNING LEKSIKOGRAFIK

MUAMMOLARI

Raximova Shoira Atabekovna

TTA Urganch filiali, Ingliz tili kafedrasi v.b.dotsenti, PhD YoldoshevaXusnoraXusinboy qizi UrDU, Lingvistika (ingliz tili) 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiy leksikografiya sohasining onlayn rivoji hamda leksemaning butun mohiyatini tezkorlik bilan kitobxonga yetkazish, malumotlarni qayta ishlash tartibini avtomatlashtirish, yangi faol leksikografik sistemalarni yaratish, buning natijasida elektron lug'atlar yaratish muammolari haqida ma lumot berilgan.

Kalit so^zlar: terminologiya, elektoron lug 'at, leksikografiya, avtomatlashtirish.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7622845

Kirish. Tilshunoslik fanining muhim tarmoqlaridan bo'lgan leksikografiyada lug'at tuzish borasida bevosita maxsus terminologik tadqiqotlar ham olib boriladi. Bu turli hajmdagi terminologik lug'atlarning yaratilishi va nashr ettirilishida oz ifodasini topib, olimlar tomonidan yangi terminlarning qayd etilishi, ularning ilmiy is'temolga olib kirilishini talab qiladi. Chunki, bugungi globallashuv davrida o'zligini anglagan har bir xalq millati va milliy qadriyatlarini asrab qolish ustida tinimsiz bosh qotirmoqda.

Tibbiy terminologiya sohasi alohida semantik maydon sifatida fan bilan, fan taraqqiyoti, undagi yangiliklar va o'zgarishlar bilan bevosita bog'liq holda yuzaga keladi, yashaydi va soha uchun xizmat qiladi. Tibbiyotni terminsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirgi kunda ingliz tili lug'at zaxirasining kengayishi boshqa

tillardan yangi sozlarni olish bilan emas, balki ichki imkoniyatning soz yasash usuli bilan bog'liq.

Barcha tillarda terminologik tizim alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki terminologiya til boyligining asosiy korsatkichlaridan biri bo lib, o sha tilda sohalar rivojlanishining dinamikasini ko rsatadi. Ingliz tilida ham terminologiya, sohaviy terminlar atroflicha o'rganilgan, salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Materiallar va metodlar. XX asr oxirida koplab tadqiqotchilar terminologiya sohasidagi natijalarni umumlashtirishga harakat qilishdi. K.Ya.Averbux, I.M.Alekseevoy, M.N.Volodina, A.C.Gerd, E.I.Golovanova, C.B.Grinev-Grinevich, E.S.Kubryakova, V.M.Leychik, I.A.Manerko, C.I.Mishlanova, E.A.Nikulina, V.F.Novodranova, X.Pixt, A.B.Superanskaya, R.Temmerman, S.D.Shelov, A.D.Shmeleva va boshqa tilshunoslar davriylashtirish muammolari va terminologiya tendensiyalarini korib chiqdilar.

Tahlil va tavsiyalar. Tibbiyotga oid lug'atlarni shakllantirishda asosan keltirilayotgan barcha ruscha-baynalmilal tibbiy terminlar quyuq shriftda alifbo tartibida joylashtiriladi va

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

asosan birlik sonda beriladi, agar termin birlik sonda topilmasa, unda ko'plik sondan qarash kerak. Ko'plik son aksari birlik son bilan birga keladi, bunda birlik sonning oxiriga ruschada -и (yoki ы), o'zbekchada -lar qo'shiladi, masalan, симптом-ы - симптом-лар. Agar ko'plik son so'z ildizining o'zgarishi bilan bog'liq bo'lsa yoki ы, -лар qo'shilganda talaffuz buziladigan bo'lsa, terminning ko'plik soni to'liq beriladi, masalan: артерия -артерии -артериялар; узел - тугун; узлы -тугунлар.

Tibbiy terminlar rus-baynalmilal tilida keltiriladi; uning muqobillari lotincha ekvivalentda beriladi, ammo lug'atni ortiqcha ma'lumotlar bilan og'irlashtirmaslik, joyni iqtisod qilish maqsadida lotincha muqobilining etimologiyasi berilmaydi. Terminlarning yozilish shakli ruscha va o'zbekchada bir xil bo'lsa, lotin tilidagi nomi keltirilgandan so'ng o'zbekchada ham uning yozilishi takrorlanadi, masalan: glucosuria - глюкозурия -glukozuriya; ammo болезнь, болезни - morbis -kasallik. Terminlarning asosiy qismi lotin terminlardan hosil bo'lganligi uchun ularning shu tilda ekanligi ko'rsatilmaydi, ammo boshqa tillarda bo'lsa, yoziladi; masalan, кабинет - фр. Cabinet va h.k.lar. Termin ikkita so'zdan tuzilgan bo'lsa, so'zlarning ham to'g'ri tartibi, ham teskari tartibidan foydalanilgan; masalan: Гона очаг ёки Очаг Гона.

Tibbiyot terminologiyasida quyidagi guruh moddalar, jarayonlar, tushunchalar va asboblarning lotincha yozilishi berilmagan: kimyoviy birikmalar, fermentlar, biokimyoviy jarayonlar, substratlar; dori moddalar, dorivor o'simliklar (firma qabul qilgan va farmakopeyaga kirgan asosiy nomlari retseptlarda keng qo'llaniladigan dorilar bundan mustasno); apparatlar; simptomlar va sindromlar; aksari mutaxassisliklar, tibbiy kasblarning nomlari; alohida terminlar sifatida lug'atda mavjud so'zlardan tashkil topgan murakkab terminlarning aksariyati; xususiy tibbiyot termini bo'lmay, boshqa sohalarda ham lotincha ekvivalenti qabul qilingan atamalar va umuman, lotincha yozilishi kam uchraydigan yoki tor mutaxassislar uchungina tushunarli bo'lgan terminlar hisoblanadi.

Tibbiyotga oid lug'atlarda terminlarning ruscha hamda o'zbekcha-kirill va lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosidagi izohi keltiriladi.

Xulosa. To'plangan tibbiy lingvistik birliklar asosida lug'atning semantik bazasi shakllantiriladi va tasniflanadi. "Tibbiy atamalar izohli lug'ati", "Tibbiy sinonimlar lug'ati", "Tibbiy eponimlar lug'ati" lug'atlari ishlab chiqiladi va nashr ettiriladi. Buning amaliy natijasi esa axborotni qayta ishlash jarayoniga avtomatik usullarni tatbiq qilish tibbiy lingvistika, leksikografiya sohasida ham mobil ilovalarning imkoniyatlari asosida maxsus optimal texnologiyalar asosida ishlashni, lug'atchilikka zamonaviy information leksikografik dasturlarni faol qo'llash orqali yo'lga qo'yiladi. Bundan tashqari, o'zbek atamashunosligi zahirasini boyitish maqsadida ushbu elektron lug'atda terminlarning atamalar orqali yoritilishi, aniq va ixcham terminlar o'rniga sermazmun izohlarning berilishi, aytilishi noo'rin bo'lgan tibbiy terminlarning noyob tibbiy atamalar bilan to'ldirilishi, ularni yaratishda ona tili imkoniyatlaridan keng foydalanishi asos qilib olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Х,ожиев А. Узбек тилининг куп жилдли изох,ли лугатини тузувчилар учун йурикнома. - Тошкент, 2000

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. Мадвалиев А. Лугат ва лугат турлари хусусида // Узбек тили ва адабиёти. 2008. -No1. - Б. 60-64.

3. Sapaeva D.N. Means of establishing contact with the patient in medical discourse. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions 3 (4), 2022. P. 1-4

4. Sapaeva D.N. Scientific medical text in the medical paradigm linguistics. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3 (4), 2022. P. 890-894.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.