Научная статья на тему 'INGLIZ TILSHUNOSLIGIDA TIBBIY TERMINLAR TADQIQI'

INGLIZ TILSHUNOSLIGIDA TIBBIY TERMINLAR TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
291
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“De medicine” / tarixiy tilshunoslik / tibbiy lug’atlar / linguokulturologiya / sotsiolinguistika / korpus linguistikasi va olimlarning tadqiqotlari va izlanishlari .

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Muqimjonova Nazokatxon Ikromjon Qizi

Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida bugungi kunga kelib, tibbiy terminlarni o’rganilishi tibbiyot terminologiyasining rivoji uchun xizmat qilinayotgani, hozirgi kungacha jahon tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlarda asosiy e’tibor struktural jihatlarini o’rganishga qaratilganligi, tibbiy terminlarning lingvokulturologik tomonlari etarlicha tadqiq qilinmaganligi yoritilgan. Tibbiy terminlarning lisoniy va madaniy xususiyatlarini o’rganish lingvokulturologiyaning rivojlanishi hamda takomillashuvi uchun muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILSHUNOSLIGIDA TIBBIY TERMINLAR TADQIQI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

INGLIZ TILSHUNOSLIGIDA TIBBIY TERMINLAR TADQIQI Muqimjonova Nazokatxon Ikromjon qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10041386 Anotatsiya. Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida bugungi kunga kelib, tibbiy terminlarni o'rganilishi tibbiyot terminologiyasining rivoji uchun xizmat qilinayotgani, hozirgi kungacha jahon tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlarda asosiy e 'tibor struktural jihatlarini o'rganishga qaratilganligi, tibbiy terminlarning lingvokulturologik tomonlari etarlicha tadqiq qilinmaganligi yoritilgan. Tibbiy terminlarning lisoniy va madaniy xususiyatlarini o'rganish lingvokulturologiyaning rivojlanishi hamda takomillashuvi uchun muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan.

Tayanch so'zlar: "De medicine",tarixiy tilshunoslik, tibbiy lug'atlar, linguokulturologiya, sotsiolinguistika, korpus linguistikasi va olimlarning tadqiqotlari va izlanishlari .

Jahon tilshunosligida tibbiy terminlarning o'rganilishi yuzasidan ko'plab ilmiy tadqiqotlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz tilshunosligida ham ushbu mavzuga doir izlanishlar talaygina. Ingliz tibbiy terminlari tilshunoslikning har sohasi, shu jumladan, chog'ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik, tarixiy tilshunoslik, an'anaviy tilshunoslik, Sosiolingvistika, korpus lingvistikasi, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika va boshqa shu kabi yo'nalishlar doirasida tadqiq qilingan.

Eramizning I asri boshlarida Rim aristokrati hamda entsiklopedisti Aulus Korneliy Tselsni tibbiy terminlar bo'yicha muhim siljish qilgan dastlabki olim deyishimiz mumkin. Uning «De Medicina» nomli tibbiyotga oid risolasi yunon manbalariga asoslangan tibbiy bilimlarning entsiklopedik sharhi bo'lgan. Ushbu asarni yozish mobaynida olim ko'pgina yunoncha tibbiy terminlarning lotincha ekvivalenti yo'qligi bilan bog'liq qiyinchilikka duch kelgan va bu muammoni quyidagicha hal qilgan, bu lingvistik nuqtai nazaridan e'tiborga molik:

birinchidan, bir necha yunon terminlarini to'g'ridan to'g'ri, hattoki ularning yunon grammatik qo'shimchalari bilan birga lotin tiliga o'zlashtirdi. Jumladan, yunon tilidagi pylorus (hozirgi pylorus) va eilos (hozirgi ileus) so'zlarini lotin tilidagi matniga yunoncha harflar bilan yozgan;

ikkinchidan, yunon tilidagi so'zlarni lotin harflari bilan yozib, yunon qo'shimchalarini lotincha qo'shimchalariga (masalan, stomachus va brachium) almashtirgan;

uchinchidan, yunon tilidagi terminlarni lotin tiliga tarjima qilish orqali yunon anatomik terminlarining yorqin ko'rinishini saqlab qolgan. Masalan, yunoncha dentes canini birikmasini kynodontes (it tishlari) tarzida, caecum so'zini typhlon (ko'r [ichak]) sifatida tarjima qilgan. Shunday qilib, biz yuqoridagi kabi birliklarga qiyosiy bo'lgan qadimiy yunon an'anasidan hanuzgacha foydalanib kelmoqdamiz.

Olimning mazkur asari jahon tibbiyotida yunon va lotin tillari dominantligining oshishiga xizmat qilgan.

Lug'atlar haqida gap borar ekan, bu borada Ambrouz Charlzning «tibbiy lug'atlarning qisqacha tarixi» maqolasi diqqatga sazovor. Unda qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada ilk tibbiy lug'at 1684 yilda nashr qilingan. Ushbu lug'at asli nemis shifokori Stiven Blanchardning qalamiga mansub «Lexicon medicum renovatum (yangilangan tibbiy lug'at)»tibbiy lug'atining ingliz tiliga tarjima qilingan shakli bo'lib, «Physical dictionary (shifokorlik lug'ati)»deb nomlangan. 1798 yilda yana bir ingliz tibbiy terminlar lug'ati - «Hooper's medical dictionary»dunyo yuzini ko'rgan.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Bu lug'at dastlab Angliyada chop etilgan, XVIII asr oxiri XIX asr o'rtalariga qadar butun dunyo shifokorlari faoliyatida katta yordam qo'rsatgan.

Ingliz leksikografiyasi bunday lug'atlarga juda boy. Jumladan, «tibbiyot fani lug'ati», «to'liq talaffuzli tibbiy lug'at», «rasmli Amerika tibbiy lug'ati», «Stedman tibbiy lug'ati», «Merriam Vebster tibbiy lug'ati», «Dorlandning rasmli tibbiy lug'ati», «Blek tibbiy lug'ati», «Oksford qisqacha tibbiy lug'ati», «Milliy tibbiy lug'at», «Mosbi tibbiy lug'ati», «Taber tsiklopedik tibbiy lug'ati», «rasmli entsiklopedik tibbiy lug'at» va shu kabilar. Hozirgi kunga qadar ular ko'p marotaba nashrdan chiqarilgan va elektron hisoblash mashinalari uchun ham dasturlangan.

Ma'lumki, tarjimashunoslik - eng muhim hamda doimiy dolzarb sohalardan biri. So'zni tarjima qilish jarayonida uning alohida lingvistik xususiyatlari namoyon bo'ladi. Shu sababli tibbiy terminlarning o'ziga xos jihatlari, ularni tarjima qilish muammolari va usullarini tadqiq qilish ko'p tilshunoslarning qiziqishiga sabab bo'ldi.

R.B.Teylorning «tibbiyotning ajoyib tili: tibbiy terminlar va ularning tarixini tushunish« kitobida ingliz tibbiy terminlari etimologik jihatdan tadqiq qilingan. Unda tibbiyotga oid terminlarning leksik, semantik, stilistik jihatdan tahlili, shuningdek, ularning qiziqarli tarixi ochib berilgan. Muallif mazkur sohada qo'llaniladigan so'zlar haqida shunday deb yozadi: «Har bir so'z o'ziga xos, rang-barang, kelib chiqish tarixiga ega. Misol uchun, monongahela, hindular tilidan kelib chiqqan bo'lib, «qirg'oqlarga urilayotgan Daryo» degan ma'noni anglatadi»3. Mazkur kitob o'zida ko'plab tibbiy terminlarning qiziqarli afsonasini va hozirgi kundagi izohini muj assamlashtirgan.

O'rta asr inglizcha dori vositalari nomlarining keng qamrovli tadqiqi tilshunos M.Silvanovichning «tibbiy preparatlarning o'rta asr inglizcha nomlari: tibbiy terminologiya standartiga binoan»4 kitobida yoritilgan. Bu asarda XIV-XV asrlarda yozib qoldirilgan, dorishunoslikka bag'ishlangan jami 1600 ta adabiyotlardagi, shuningdek, lug'atlardagi dori vositalari nomlari tahlil qilingan. Muallif ularni quyidagicha tasniflab, tadqiq qilgan:

1. tibbiy preparatlarni anglatuvchi umumiy terminlar;

2. o'lchov shakllarini ifodalovchi terminlar;

3. sohaga oid boshqa terminlar.

Mazkur asarda farmakologik terminlarning kelib chiqishi, ularning strukturasi hamda tibbiyotga oid matnlarda ifodalanilishiga e'tibor qaratilgan.

O'rta asr oxirlaridagi tibbiy reseptga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari M.K.Djons tadqiqotida ochib berilganl. Tadqiqotchi singan suyaklar, ko'z va boshqa kasalliklar borasidagi tibbiy resept matnlarini o'rganib, ularda qo'llanilgan so'z va iboralarni diskurs tahlil usuli yordamida tadqiq qilgan.

Tibbiy terminlarning morfologik tadqiqi borasida bajarilgan ilmiy ishlar ichida B.Dzuganovaning maqolalari muhim ahamiyat kasb etadi2. Tadqiqotchi tibbiyot sohasidagi terminlarning affiksasiya tomonini tahlil qilgan, ayniqsa, salbiy ma'no beruvchi qo'shimchalarni chuqur o'rgangan. Ma'lumki, bunday affikslar vositasida tibbiy belgilar, kasalliklar hamda nuqsonlarni ifodalovchi ko'plab terminlarga salbiy bo'yoq beriladi. B.Dzuganova bu turdagi qo'shimchalarni «affixal negation (affiksal negasiya)» deb atagan. Uning qayd etishicha, salbiy ma'no beruvchi beshta prefiks (a-, dis-, in-, non-, un-) va bitta suffiks (-less) mavjud. Shuningdek, anti-, contra-, counter-, de-, dys-, ex-, extra-, mal- kabi prefikslar o'zlari birikib keladigan so'zlarga qisman salbiy bo'yoq berishi aniqlangan (masalan, antibody/ Antikor - ijobiy ma'noni

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ifodalaydi: inson tanasida mavjud bo'lgan kasalikka qarshi kurashuvchi modda). Olimaning tahlil natijalari tibbiy leksikani yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.

Ingliz tibbiy terminlarini maxsus tadqiqot ob'ekti sifatida olib o'rganilgan dissertasiyalar orasida tilshunos E.I.Chupilinaning «zamonaviy ingliz tili tibbiy terminologiyasidagi umumiste'mol so'zlarining struktural-semantik xususiyatlari« mavzusidagi ilmiy ishi alohida e'tiborga molik. Unda tibbiy terminlar qatoriga kiruvchi 100 ta birlikning (approach, delivery, discharge, heart, va b.) terminologik va noterminologik ma'nolari kontekstual metod yordamida ochib berilgan. Shu bilan birga, ularning struktural-semantik jihatlari o'rganilgan.

I.V.Motchenkoning «ingliz tibbiy terminologiyasining shakllanishidagi asosiy tendentsiyalar « nomli tadqiqot ishida tibbiy terminlar leksik-semantik, morfologik, sintaktik va etimologik jihatdan tahlil qilingan. Unda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ingliz tibbiy terminologiyasining lisoniy manzarasi diaxron hamda sinxron tarzda yoritib berilgan. Olim zamonaviy ingliz tibbiy terminologiyasidagi yangi termin-so'z va termin-frazalarning abbreviasiya, affiksasiya, konversiya, metaforizasiya, metonimizasiya, sinonimiya, terminlashish kabi usullarda yasalganligini aniqlagan.

Ko'rinib turganidek, mazkur ilmiy ish o'zida ilk bor ingliz tibbiy terminologiyasining neologizmlarini tahlil qilganligi bilan ajralib turadi.

Mazkur sohani tadqiq qilgan yana bir olim M.V.Tokarevadir. Uning ilmiy ishi3 tibbiyotning nefrologiya va urologiya sohasidagi terminlar tadqiqiga bag'ishlangan. Olim soha terminlarining XII asrdan keyingi lingvistik taraqqiyot tendentsiyalarini ochib bergan va struktural-semantik jihatdan tahlil qilgan. Ayniqsa, tibbiy terminlarning sinonimiya hamda polisemiya xususiyatlariga katta etibor bergan. Shuningdek, tadqiqotchi mazkur soha terminlarini etimologik jihatdan tadqiq qilib, zamonaviy ingliz tibbiy leksikasida kelib chiqishi yunon-lotin tili bilan aloqador bo'lgan terminlar etakchi ekanligini isbotlab bergan.

REFERENCES

1. Henrick R. Wulff. The language of medicine// Journal of the royal society of medicine, 2004; 97. - P.187.

2. Arnaudov G.D. Terminologia medica polyglotta. - Medicina et Physcultura, 1994. - P.

3. Dunglison R. A dictionary of medical science (21-edition). - Lea Brothers and Company, 1893; Thomas J. A. Complete Pronouncing Medical Dictionary. - J.B.Lippincott, 1889; Dorland Newman W.A. The American Illustrated Medical Dictionary. - W. B. Saunders, 1900; Stedman T.L. Stedman's medical dictionary. - Williams and Wilkins, 1982; Merriam-Webster's medical dictionary. - Merriam-Webster, 1995.

4. Taylor R. The amazing language of medicine: understanding medical terms and their backstories. - Springer International Publishing AG, 2017. -P. 132

5. Чупилина Е.И. Структурно-семантические особенности общеупотребительных слов в медицинской терминологии современного английского языка: автореф. дис. ...канд. филол. наук. - Ленинград, 1967.

6. Мотченко И.В. Основные тенденции в формировании английской медицинской терминологии: автореф. дис. .канд. филол. наук. Москва, 2001. - С. 190-195.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.