Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISHGA TAʼSIR ETUVCHI FAKTORLAR'

INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISHGA TAʼSIR ETUVCHI FAKTORLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tinglash qobiliyatlari / tinglab tushunish / tinglash muammolari va faktorlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qosimova Gulxumor Muxtorjon Qizi

Tinglash kundalik muloqot va taʼlim jarayonida muhim rol oʻynaydi. Muhimligiga qaramay, tinglash uzoq vaqtdan beri ikkinchi tilni oʻzlashtirish, tadqiqot qilish, oʻqitish va baholashda eʼtibordan chetda qolgan mahoratdir. Biroq, soʻnggi yillarda chet tilida tinglash qobiliyatini rivojlantirishga eʼtibor kuchaygan, chunki uning tilni oʻrganish va oʻrgatishdagi ahamiyati muhim. Ushbu maqolada ingliz tilida tinglab tushunishga taʼsir etuvchi omillar koʻrsatib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISHGA TAʼSIR ETUVCHI FAKTORLAR»

INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISHGA TA'SIR ETUVCHI

FAKTORLAR

Qosimova Gulxumor Muxtorjon qizi

Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" mutaxassisligi 1-kurs

tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11274004

Annotatsiya. Tinglash kundalik muloqot va ta'lim jarayonida muhim rol o'ynaydi. Muhimligiga qaramay, tinglash uzoq vaqtdan beri ikkinchi tilni o'zlashtirish, tadqiqot qilish, o'qitish va baholashda e 'tibordan chetda qolgan mahoratdir. Biroq, so'nggi yillarda chet tilida tinglash qobiliyatini rivojlantirishga e 'tibor kuchaygan, chunki uning tilni o'rganish va o'rgatishdagi ahamiyati muhim. Ushbu maqolada ingliz tilida tinglab tushunishga ta'sir etuvchi omillar ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Tinglash qobiliyatlari, tinglab tushunish, tinglash muammolari va faktorlar.

Til kundalik hayotimizda katta rol o'ynaydi, chunki til fikrlarimizni boshqalarga yetkazishning eng qulay vositasisidir. Til orqali har kim o'zining his-tuyg'ulari, istaklari, fikrlari va ehtiyojlarini ifodalay oladi. Agar til bo'lmaganda insonlar o'rtasida muloqot qilish qiyin bo'lar edi.

Hozirgi vaqtda ingliz tili xalqaro til bo'lgani sabab uni o'rganish juda muhim va bu insonlarga yanada ko'proq bilim olish va chet eldagi insonlar bilan o'zaro fikr almashish imkonini beradi.

Ingliz tilini o'rganish murakkab, chunki u tinglash, gapirish, o'qish va yozish deb ataluvchi to'rtta asosiy qobiliyatga ega bo'lishni talab qiladi.

Bundan tashqari grammatika, lug'at va talaffuz ga doir bilimlarni egallash zarur. Barcha komponentlar juda muhim va agar siz ingliz tilini yaxshi o'zlashtirmoqchi bo'lsangiz, yuqorida aytib o'tilgan ko'nikmalarni o'rganishingiz kerak.

Ma'lumki, odamlar avval tinglab keyin gapiradilar. Misol tariqasida besh yoshgacha bo'lgan bolalarni olsak, ular oila a'zolaring va atrofdagilarning nutqini tinglash orqali so'z boyligini oshiradilar va muloqotga kirishishni o'rganadilar.

Wallace va boshqalar (2004) tinglash qobiliyatlari juda muhim ekanligini yozadilar chunki bu ko'nikmalar odamlarga tushunish, bilim egallash , axborot almashish, muloqotda muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi. Shuning uchun,tinglash qobiliyatlari tilda juda muhim qobiliyatdir. Biroq, tinglash oddiy jarayon emas. Chunki tinglovchi bir vaqtning o'zida tovushlarni farqlashi, yodda saqlab qolishi, lug'at va grammatik tuzilmalarni tushunishi, urg'u va intonatsiyaga e'tibor berishi kerak.

Chet tilida tinglab tushunishga ta'sir qiluvchi omillarga oid ko'plab tadqiqot ishlari olib borilgan.

Boyle (1984) chet tilida tinglashni tushunishga ta'sir qiluvchi omillarni uchta toifaga ajratadi. Birinchi toifaga tinglovchining lingvistik bilimi, nutq signallarining sifati va nutq tezligi kiritiladi. Ikkinchi toifa og'zaki matni bilan bog'liq, ya'ni matnning leksik va sintaktikning murakkabligi, fikrlarning o'zaro bog'liqligi va boshqalarga aloqador. Uchinchisi esa tinglovchining xotirasi, motivatsiyasi, bilimi va tinglash tajribasiga bog'liq.

Underwood (1990) fikriga ko'ra, ingliz tilini o'rganuvchilar duch keladigan bir nechta qiyinchiliklar va omillar mavjud. Quyida bularni ko'rib chiqamiz:

1) Tinglovchilar xabarni yetkazib beruvchining nutq tezligini nazorat qila olmaydi, bir xabar mazmunini tushunib olguncha boshqa xabarni o'tkazib yuboradilar;

2) Tinglovchining so'rash, yetkazilgan xabarni takrorlash yoki aniqlashtirish imkoni yo'q (radio tinglayotganda, televizor ko'rayotganda), shuning uchun tinglovchi uni qanday bo'lsa, shunday tushunishi kerak;

3) Cheklangan so'z boyligi matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi;

4) Tinglovchilarning so'zlovchi nutqidagi bir fikrdan boshqasiga o'tishini ko'rsatadigan maxsus signallarni taniy olmasligi nutq mazmunini noto'g'ri tushunishiga olib keladi;

5) Xabar kontekstni tushunishdagi xatolar tinglovchiga ma'lum bir qiyinchiklarlikni yuzaga keltiradi. Masalan,xabarda ifodalanayotgan mimika, imo-ishora yoki ovoz ohanglari turli madaniyatdagi tinglovchilar tomonidan osongina noto'g'ri talqin qilinishi mumkin;

6) Tinglovchi turli xil narsalar tufayli diqqatni jamlay olmaydi, masalan, zerikarli mavzular, jismoniy charchoq, shovqinli muhit va boshqalar. E'tiborning eng qisqa tanaffusi ham tushunishni jiddiy ravishda buzishi mumkin.

7) Tinglovchining har bir so'zni tushunish istagi kuchli bo'lsa va agarda ma'lum bir so'z yoki iborani tushunolmasa ,bu ularni tashvishga solishi mumkin.

Shuningdek, 130 dan ortiq tadqiqotlarni ko'rib chiqqandan so'ng, Rubin (1994) tinglab tushunishga ta'sir qiluvchi beshta asosiy omilni aniqlaydi. Bular 1) nutq tezligi, urg'u, to'xtam, ritm, kabi matn xususiyatlari, sintaktik modifikatsiyalar, morfologik murakkablik, so'z tartibi, 2) suhbatdoshning jinsi va tilni bilish darajasi kabi xususiyatlar; 3) topshiriq turi; 4)tinglovchilarning tilni bilish darajasi, xotirasi, diqqati, yoshi, jinsi, o'rganish qobiliyati; 5) tinglash strategiyalarini o'z ichiga oladi.

Bunga qo'shimcha ravishda, Tarigan (2015) ma'lumotlariga ko'ra, tinglashga ta'sir qiluvchi sakkiz omil mavjud, ya'ni;

1). Jismoniy omillar

2). Psixologik omillar

3). Tajriba omili

4). Munosabat omili

5). Motivatsiya omili

6). Gender omillari

7). Atrof-muhit omillari

8). Jamiyatdagi mavqe omili

Xulosa qilib aytganda, turli mualliflar tinglab tushunishga ta'sir qiluvchi turli omillarni aniqladilar. Biroq, ko'plab tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, tinglab tushunish muammolarining aksariyati tinglash materiallari, lingvistik xususiyatlar, so'zlovchi va tinglovchining psixologik xususiyatlari va tinglovchining konsentratsiyasi bilan bog'liq.

REFERENCES

1. Underwood, Mary. (1990). Teaching Listening. London: Longman

2. Wilson, JJ. (2008). How to Teach Listening. Edinburg: Pearson Longman

3. Dewi Kurniawati (2019) Factors affecting the learning listening English

4. English Education: Jurnal Tadris Bahasa Inggris

5. Xuyen Nguyen (2020) Factors Affecting English Listening Comprehension: Perceptions of Englishmajor Students at HUFI

6. Rubin, J. (1994). A review of second language listening comprehension research. Modern language journal, 78 (2), 199-221. Retrieved from https://www.jstor.ors/stable/329010

7. Rost, M. (2002). Teaching and Researching Listening. London, England: Longman.

8. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021

9. F.R. Valiyeva Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

10. Mavlonov N.Sh Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, J: "Kasbiy fanlar metodikasi" 2018-yil N12(96)-sonida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.