Научная статья на тему 'INGLIZ TILI DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI INGLIZ TILIDAN O‘QUVCHILAR BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA'

INGLIZ TILI DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI INGLIZ TILIDAN O‘QUVCHILAR BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
27
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ingliz tili / hamkorlik texnologiyasi / o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligi / bilim / ko‘nikma / zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘G‘Iloy Mamarasulovna Xaydarova

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tashkil qilinadigan ingliz tili darslarida hamkorlik texnologiyasi ingliz tilidan o‘quvchilar bilimini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Jumladan, bu hamkorlik texnologiyasi beradigan samara, uning o‘quvchilar uchun foydali tomonlari ham tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILI DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI INGLIZ TILIDAN O‘QUVCHILAR BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA»

INGLIZ TILI DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI INGLIZ TILIDAN O'QUVCHILAR BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA

O'g'iloy Mamarasulovna Xaydarova

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 150-sonli umumta'lim maktabi ingliz tili fani

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115748

Annotatsiya. Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida tashkil qilinadigan ingliz tili darslarida hamkorlik texnologiyasi ingliz tilidan o'quvchilar bilimini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Jumladan, bu hamkorlik texnologiyasi beradigan samara, uning o'quvchilar uchun foydali tomonlari ham tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Ingliz tili, hamkorlik texnologiyasi, o'qituvchi-o'quvchi hamkorligi, bilim, ko'nikma, zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация. В данной статье технология сотрудничества на уроках английского языка, организованных в общеобразовательных школах, рассматривается как средство формирования знаний учащихся по английскому языку. В частности, будет проанализирован эффект этой технологии совместной работы и ее преимущества для студентов.

Ключевые слова: English language, cooperation technology, teacher-student cooperation, knowledge, skills, modern technologies.

Abstract. In this article, collaborative technology in English classes organized in secondary schools is considered as a means of forming students' knowledge of the English language. In particular, the effect of this collaboration technology and its benefits for students will be analyzed.

Keywords: Английский язык, технология сотрудничества, сотрудничество учителя и ученика, знания, умения, современные технологии.

Zamonaviy ijtimoiy-madaniy muhit ko'p tillilikning keng ko'lamli rivojlanishi bilan tavsiflanadi va tillarni, shu jumladan, xorijiy tillarni o'zlashtirish lingvistik shaxsni shakllantirishning eng muhim masalasiga aylanmoqda. Mashhur olim A.N.Shchukinning lo'nda ifodasiga ko'ra, "tilni o'zlashtirish til birliklarini (lingvistik materialni), shuningdek, muloqot jarayonida til birliklaridan foydalanish qoidalari va usullarini o'zlashtirish demakdir".

Ta'kidlash joizki, davlatning yosh avlodning ta'lim olishi va har tomonlama mehnat faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalasi qonunchilik sub'yektiga ijobiy ta'siri me'yoriy hujjatlarda mustahkamlanmoqda. Bu hujjatlarda yosh avlodga ta'lim va tarbiya sifati, mahalliy ta'lim darajasining mos kelishiga katta e'tibor qaratilgan. Bu hujjatlarda zamonaviy jahon standartlari va normalarini inobatga olish masalasiga ham aloha e'tibor berilgandir.

Hozirda mamlakatimiz ta'limini innovatsion texnologik jarayonlarga moslashtirish davom etmoqda. Respublika umumta'lim muassasalarining yuqori sinf o'quvchilari duch keladigan aloqa va axborot muhitini yaratishning normal jarayoni mavjud. Chet tilini, xususan ingliz tilini o'rganishda zamonaviy texnologiya va uskunalardan foydalangan holda, madaniyatlararo muloqot maydoniga kirishda, turli manbalardan kelgan ma'lumotlarni mustaqil ravishda olish va qayta ishlashda kognitiv-aqliy faoliyatni faollashtirish bilan bog'liq masalalar ham mutasaddilar e'tiboridan chetda qolmayapti, albatta.

Bugungi davr talablaridan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining umumiy ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitish 1-sinfdan boshlanadi. O'qishning butun davri davomida yosh avlodning eng kichik vakillarining chet tilidagi materiallar bilan harakatlari juda muhim va ustuvor hisoblanadi. "Ingliz tili" fanidan me'yoriy standart asosida uning barcha darajalarini (fonetika, lug'at, grammatika) hisobga olgan holda, kichik yoshdgi o'quvchilarga ingliz tili bo'yicha zarur bilimlarni egallashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonlarida o'qituvchi-o'quvchi hamkorlik aloqalari katta yordam beradi. Bu esa kelajakda maktab o'quvchilarining oliy ta'lim muassasasalarida o'qishlarini davom ettirishlariga ham poydevor bo'lib xizmat qiladi. Xuddi shu sanalganlarni inobatga olib, umumta'lim muassasalari o'quvchilarining ingliz tili fanidan bilimini takomillashtirishda o'qituvchi-o'quvchi hamkorlik aloqalariga chuqur e'tibor qaratish o'rinlidir.

Zamonaviy ta'limning asosiy vazifasiga erishish uchun umumta'lim maktablarida tashkil qilinadigan ingliz tili darslarida yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash, o'qitishning yangi uslub va shakllari, o'quv jarayoniga yangicha yondashuvga asoslanish o'quvchilarning ingliz tili fanidan egallashi ko'zda tutilgan bilimlarni shakllantirishda juda ahamiyatlidir. Ammo bunda faqatgina o'quvchining o'ziga yuklamani tashlab qo'yish samara bermaydi. Agarda o'quvchilar bilan o'qituvchi hamkorligiga chuqurroq e'tibor berilsa, ingliz tili dars jarayonlari mazmunini boyitish va darsni to'g'ri tashkil qilishda foydalanilayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalar berishi prognoz qilinayotgan samaradorlikka erishishda qulayliklar yaratiladi. Jumladan, prognoz qilingan samaradorlikka ko'zlangan vaqtdan oldin erishish mumkin. Chunki o'qituvchi-o'quvchi hamkorligi belgilangan vazifalarni tez fursatda bajarish, ular yuzasidan duch kelinadigan savollarga birgalikda tezroq javob topish, muayyan mavzular yuzasidan darsliklarda keltiriladigan muammoli vaziyatlarga birga izlanish natijasida yechimga ega bo'lish imkonini ham yaratadi.

Ta'lim samaradorligini oshirishning eng muvaffaqiyatli usullaridan biri ingliz tili hamkorlik texnologiyasidir. Hamkorlik texnologiyasining asosiy g'oyasi faqatgina yuqorida aytilganidek birgalikda o'rganish yoki bajarish emas. Har bir jamoa a'zosi kerakli bilimlarni olishi uchun birgalikda biror narsa (muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammoli vaziyatlar; murakkab savollar va hokazolar) uchun zarur ko'nikmalarni shakllantiradi va shu bilan birga, butun jamoa nimaga erishganligini bilishi uchun birgalikda o'rganish nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. Hamkorlik texnologiyasi nafaqat intellektual rivojlanishga, balki axloqiy taraflama o'quvchilar har qanday muammolarni birgalikda hal qilishni, bir-biriga yordam berishni o'rganadilar. Bunda o'quvchilar bir-birini tinglashni va o'rtoqlarning fikrlarini qabul qilishni ham o'rganadilar.

Ingliz tili darslarida hamkorlik texnologiyasidan foydalanish ingliz tili doirasida tashkil qilinadigan dars jarayonlarida grammatik xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda; leksik, imlo, fonetik, matn bilan ishlash, hamkorlik loyiha ustida ishlashda turli xil o'quv tuzilmalarini qo'llash va hamkorlik texnologiyasining aqliy texnikasi motivatsiya darajasini oshiradi. Bular esa o'quvchilar egallashi merak bo'lgan bilim sifatiga albatta, ijobiy ta'sir o'tkazadi. Va eng muhimi o'quvchilarda ingliz tili fanidan zaruriy bilim, ko'nikma va malakaning shakllanishiga hissa qo'shadi. Masalan:

1. Darslarda navbatma-navbat so'zlashish — o'qitish tuzilmasini amalga oshirish paytida o'quvchilar berilgan savolga javoblarni davra ichida aytib berishadi.

2. Qisqa javoblarni jamoada birin-ketin yozish o'quv tuzilmasi —bunda o'quvchilar navbatma-navbat yozma ishlarni bajaradilar

3. Ingliz tilidan so'zlashish malakasi rivojlanish uchun ishlatiladigan o'qitish tuzilmasi tanqidiy va ijodiy fikrlashni oshirishga xizmat qiladi. Bunda o'quvchilarning o'zaro hamkorligi lug'at boyliklarini oshiradi hamda tanqidiy va ijodiy fikrlashda bir-birlaridan nusha oladilar yoki bir-birlariga o'xshamas fikrlarni bayon qilishda o'zaro ko'makda bo'ladilar.

4. "Ichki va tashqi doira" o'quv tuzilishini amalga oshirish paytida unda o'quvchilar ichki va tashqi doiralarni hosil qiladilar va o'zlari hamkorlar, ya'ni sinfdoshlari bilan fikrlar bo'lishishadi.

5. Ovoz chiqarib o'ylash — bu o'qituvchi va o'quvchilar ishtirok etadigan hamkorona fikrlash texnikasi bo'lib, muammolarni hal qilishda, savollarga javob berishda fikrlash jarayonini ovoz chiqarib takrorlash hamda fikrlarni bir-birlariga ovoz chiqarib yetkazish asosida namoyon etishdir.

Bu vazifalar o'quvchilar tomonidan doimo zavq bilan qabul qilinadi va «o'rganish qobiliyati»ni rivojlantirishga hissa qo'shadi. Shunday qilib, hamkorlik texnologiyasi o'quvchilarning ingliz tilini o'rganishga qiziqishini o'sishiga yordam beradi. Jumladan, chet tilini o'zlashtirish samaradorligi va manbalaridan biri ham hisoblanadiHamkorlik texnologiyasi natijasida ta'lim jarayonini faollashtirish imkoniyatlari yanada kengayadi.

Hamkorlik texnologiyasi — bu shaxsga yo'naltirilgan zamonaviy ta'lim texnologiyasi bo'lib, u yangi avlod standartlari talablarini amalga oshirish imkonini beradi.

Bilamizki, umumta'lim maktablarida chet tilini o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish va rivojlantirishdir, ya'ni chet tilini amaliy bilishga o'rgatish demakdir. Ushbu maqsadga erishish o'quvchilar nutq qobiliyatlari va layoqatlarini rivojlantirish darajasiga qo'yiladigan talablarni o'zgartirishni nazarda tutadi va materialni mazmunini tanlash hamda tashkil etishda yangi yondashuvlarni talab qiladi. Chet tilini o'qitishning o'quv jarayonini tashkil etishda hamkorlik yondashuvlar bunda maqsadga muvofiq deyish mumkinligini yuqorida bildirilgan fikrlardan ham anglash mumkin.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, hamkorlikda o'rganish quyidagi muammolarni hal qilishga imkon beradi: o'quvchilarning birgalikdagi mashg'ulotlari tufayli darsda har bir o'quvchining nutq amaliyoti vaqtini maksimal darajada oshirishi, o'rganishni individuallashtirish mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchi ikkalasi uchun ham javobgardir. O'zining yutuqlari va jamoadoshlarining yutuqlari, birgalikda o'rganish — bu texnologiyada asosiy jihat. Bundan tashqari o'quvchilar mustaqil ishlashga odatlanadilar va o'qituvchi o'quv jarayonida yangi rolga ega bo'ladi — u o'quvchilarning mustaqil ta'lim, kognitiv, kommunikativ, ijodiy faoliyatini tashkil qiladi.

REFERENCES

1. Арефьева О.М. Особенности формирования коммуникативных универсальных учебных умений младших школьников [Текст] // Начальная школа плюс до и после. -2012. - No 2. - С. 74 - 78.

2. Jalilova D.U. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati.//«Sifatli ta'lim — taraqqiyot podyevori» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami//Toshkent, 2023-yil 20-aprel.-282-286-betlar.

3. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraqqiyot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

4. Madinakhon Alimova Iskandar qizi, Egamberdiev N.B. THE importance of science and education in developing design ability in preschool and primary school children. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 4 april 2023. 566-569p.

5. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования: учеб. пособие для студентов пед. вузов и системы повышения квалификации пед. кадров [Текст] // Е.С. Палат, М.Ю. Бухаркина, М.В. Моисеева, А.Е. Петров. - М.: Академия, 2012. - 272 с.

6. Смирнов В.А. Компьютеризация: от энтузиаста-учителя к коллективу единомышленников. — Народное образование. - 2012.

7. https://t.me/jalilova_dil shoda_2292

8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

9. https://cyberleninka.ru

10. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.