"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI LEKSIK BIRLIKLARNING
XUSUSIYATLARI Turdiyeva Nilufar Yokubovna
Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, fin. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo. 10036804
Annotatsiya. Mazkur maqola zamonaviy dunyoda barcha tillarga jadal kirib kelayotgan informatsion texnologiyalar sohasiga oid atamalar tadqiqiga bag'ishlangan bo'lib, bu sohaga oid leksikaning tilda tutgan o'rni, neologizmlarnng xosil bo'lish jarayoniga ta'siri batafsil o'rganilgan. Sohaga tegishli bo'lgan terminlarning tilga kirib kelish, o'zlashish usullari taxlili olib borilgan bo'lib, bu usullarga filologlarning, tilshunos va tarjimashunoslarning munosabati keltirib o'tilgan. Shu bilan bir qatorda atamalarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning tilda o'zlashish yoki tarjimasi jarayonidagi muammolarga yechim izlangan. Maqola doirasida nafaqat informatsion texnologiyalar sohasiga oid atamalar balki sleng, jargonizmlar hamda ekvivalentsiz leksika xususiyatlari va tarjimada berilishi masalasiga ham to'xtalib o'tildi. Informatsion texnologiyalari sohasiga oid chop qilingan ilmiy maqolalar hamda nashrlar taxlili olib borilib, olimlarning keltirgan fikrlariga tayangan holda sohaga oid bo'lgan leksika xususiyatlari borasidagi muallif fikrlari asoslab berilgan. Maqolaning xulosa qismida keltirilgan xulosalar asosida yosh tarjimonlarga tarjimajarayonida informatsion texnologiyalar sohasidagi leksika tarjimasida vujudga keladigan muammolarni xal qilish yo'llari tushuntirib berilgan.
Kalit so^zlar: informatsion texnologiyalar, kompyuter jargoni, sleng, neologizm, transkripsiya, translaiterasiya, kalkalash, morfologik tuzilish, semantik xuxusiyat.
Abstract. This article is devoted to the study of terms related to the field of information technology, quickly penetrating into all languages of the modern world, the role of vocabulary in the language, the influence of neologisms on the process of its formation is studied in detail. The analysis of methods of introduction, assimilation into the language of terms related to the industry is carried out, in addition, the views of philologists, linguists and translators to these methods are cited. As an alternative, based on the specifics of the terms, solutions to problems are proposed in the process of their assimilation or translation into the language. The article covers not only terms related to the field of information technology, but also slang, jargon, equivalent-lacking lexis, as well as features of their transmission during translation. The analysis of published scientific articles andpublications related to the field of information technology is carried out, based on the opinions of scientists presented, the author's opinions on the peculiarities of vocabulary related to this field are substantiated. Based on the conclusions given in the final part of the article, young translators are explained ways to solve problems that arise when translating vocabulary in the field of information technology in the translation process.
Keywords: information technologies, computer jargon, slang, neologism, transcription, transliteration, claque, morphological structure, semantic feature.
Аннотация. Данная статья посвящена исследованию терминов, относящихся к сфере информационных технологий, быстро проникающих во все языки современного мира, подробно изучена роль лексики в языке, влияние неологизмов на процесс его формирования. Проведен анализ способов внедрения, усвоения в язык терминов, относящихся к отрасли, кроме того цитируются взгляды филологов, лингвистов и
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
переводчиков к этим методам. В качестве альтернативы, исходя из специфики терминов, предлагаются решения проблем в процессе их усвоения или перевода на язык. В рамках статьи затронуты не только термины, относящиеся к сфере информационных технологий, но и сленг, жаргонизмы, безпереводная лексика а также особенности их передачи при переводе. Проведен анализ опубликованных научных статей и публикаций, относящихся к области информационных технологий, на основе представленных мнений ученых обоснованы мнения автора по поводу особенностей лексики, относящейся к данной области. На основании выводов, приведенных в заключительной части статьи, молодым переводчикам разъясняются пути решения проблем, возникающих при переводе лексики в области информационных технологий в процессе перевода.
Ключевые слова: информационные технологии, компьютерный жаргон, сленг, неологизм, транскрипция, транслитерация, калька, морфологическая структура, семантический признак.
Kirish. Kompyuter jargon leksikasi - faol rivojlanayotgan dinamik tizim bolib (kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasi), ingliz tili leksikasining ozbek tiliga kirib kelishining yo'llaridan biri hisoblanadi. Kompyuter jargonining aksariyat qismi rasmiy terminologiyani tashkil etadi.
Jargonizmlarni nafaqat og zaki nutqda, nafaqat ko p sonli elektron hujjat va xatlarda, nafaqat vertual konferensiyalarda, balki rasmiy nashrlarda va hurmatga sazovor kompyuter sohasidagi nashrlarda ham uchratish mumkin. Kompyuter jargonini til tizimidagi boshqa birliklardan farqli jihatini ko rsatib o tish shart.
Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Kompyuter tizimiga oid leksikada ifodali vositalar katta qismini egallasa xam nutqda ularning nisbatan kamroq qismidan foydalaniladi. Shu o rinda 1600dan ortiq leksik birlikni ozida qamrab olgan on line tizimida faoliyat ko rsatuvchi kompyuter slengi lugatini misol tariqasida keltirish mumkin. Tabiiyki hatto katta ish tajribasiga ega bo'lgan kompyuter sohasi mutaxasisi ham bu qadar katta qamrovdagi jargonizmlarni bilmasligi mumkin.
Bu kabi dinamik rivojlanayotgan sohada yangi leksikaning paydo bo lishi mantiqan to'gri, biroq kompyuter sohasidagi jargonlarning aksariyat qismi yangi yasalgan sozlar emas, til tizimida mavjud bo'lgan birliklar tashkil etadi, ular ozining avvalgi shaklida yoki biroz transformatsiyaga uchragan shaklida qollaniladi. Affiksatsiya, soz yasalishi va abbriviatsiya jarayonlarini tahlil qilgan holda shuni takidlash lozimki kompyuter sohasiga oid jargonizmlarni yasashning keng tarqalgan yo'li bu soz manosining metaforik nuqtai nazardan o'zgarishi va soz o'yinidir.
Bu kabi moyillik xam ingliz xam o zbek tillarida uchraydiga holat. Zamonaviy o zbek tiliga kompyuter sohasidagi jargonlar inglizzabon terminologiyaning transkripsiya va trasliteratsiya uslublari orqali kirib keladi. Kompyuter jargonidan tashqari semantik jihatdan yangilangan sozlar ham tilga kirib kelmoqda.
Bu jarayonni biz ikkilamchi nominatsiya deb ataymiz va u oz navbatida fonksiyalarini keltirib chiqaradi. Misol tariqasida quyidagi iboralarni keltirish mumkin: baton - klaviatura, venik - vinchester, burga - pragrammadagi xatoliklar, koz - monitor, bochkacha - portativ kompyuter (notebook). Aksariyat hollarda yangi sozlar soz tovush shaklining o'zgartirilishi orqali yasaladi va ogzaki nutq yani quyi darajadagi so'zlashuv leksikasi kabi qabul qilinadi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Filologlar, tilshunoslar va tarjimonlar ilmiy texnika sohasiga katta hajmdagi terminlar, turli qisqartmalarning keng tarqalganligi, bir sintaktik qurilmalar o'rniga boshqalarining ishlatilishi, bir turdagi grammatik konstruksiyalarning ikkinchi bir turdagi konstruksiyalar orqali tarjimada berilishi va b. holatlari xosdir deb ta'kidlashadi.
L.I.Borisova o'zining "Перевод неологизмов с английского языка на русский в научно-технических текстах" nomli qo'llanmasida alohida e'tiborni slengga qaratib, aksar qismi lug'at tizimiga kiritilmagani bois, sohaga oid adabiyotlar tarjimasida sleng katta qiyinchiliklar tug'dirishini ta'kidlaydi [2, 50b.].
Filologiya fanlari doktori V.D.Tabanakova o'zining "Пролегомены к денотативной модели перевода компьютерных терминов" nomli maqolasida shunday fikrni bildiradi: «informatsion texnologiyalar sohasiga oid matnlar tarjimasining qiyinligi aksar kompyuter atamalari ekvivalentsiz leksikaga oid bo'lib o'zbek tilida doimiy muqobili mavjud emasligidandir». [4, 75].
"Норма-ТМ" tarjimalar byurosi ishchisi, tarjimon L.L.Kutina o'zining "Языковые процессы, возникающие при становлении терминологической системы" nomli maqolasida tarjimaning asosiy muammosi unung to'g'ri qabul qilinishi va tushunilishidadir deb ta'kidlaydi. «Bayon qilinishning qisqaligi va iboralar shakllarining aniqligi, matnning maxsus atamalar va qisqartmalar bilan boyitilganligi tarjimonning tarjima olib borilayotgan sohada chuqur bilimga ega ekanligini bildiradi» [3, 89].
Shunday qilib, ko'p ma'noli so'zlar ekvivalentsiz leksika, sinonimlar qatoridan mos leksik birlikning tanlanishi, sleng, fon bilimlarning mavjud emasligi, matnning maxsus atamalar va qisqartmalar bilan boyitilganligi, sohaga oid matnlar bilan ishlashda vujudga keladigan ayrim muammolardir, xolos.
Atamalar - fan va texnikaning malum bir sohasida aniq bir ma'noda ishlatiluvchi so'z va so'z iboralaridir. Ular ishlab chiqarishning malum bir sohasiga oid aniq tushuncha, jarayon, predmet nomini ifodalashi shart.
Ikkinchi tomondan O.S.Axmanova o'zining "Лингвистические проблемы перевода" nomli maqolasida shuni ta'kidlaydiki kompyuter terminologiyasining o'ziga xos jihati bu uning etaforaga boyligiga, obrazligidadir. Kompyuter texnologiyasi sohasi uning yaratuvchilari va undan foydalanuvchilari nazdida xotiraga o'zining tiliga ega va ba'zi hollarda virus bilan kasallanishi mumkin bo'lgan aqlli mavjudotdir [1, 97]..
Yana shunday bir holni ko'zdan qochirmaslik kerakki kompyuter texnologiyasi sohasi tilining aksar qismi jargonizmlardan iborat bo'lib ular o'zlashtirish (kalka va yarim kalka) orqali nafaqat mutaxassislar til doirasiga, balki xo'jalik sohalariga ham kirib keladi, chunki kompyuter nafaqat mutaxassislar tomonidan, qolaversa barcha kasb va yoshdagi insonlar tomonidan ishlatiladi, va bu xususiyatni biz e'tibordan qochirmasligimiz kerak».
Tadqoqit natijalari va muhokamasi. Yuqorida keltirilgan qo'llanmalar va maqolalarni tahlil qilib chiqib atamalar bilan ishlashda 3 xususiyatiga e'tibor qaratish lozim.
1. Atama ifodalab kelayotgan tushuncha mazmunini to'g'ri talqin qilish uchun ushbu atama fan va texnikaning qaysi sohasiga oid ekanligini aniqlash joizdir.
2. Atama faqat birgina tushunchaga bog'liqligi, uning bir ma'noliligiga qaramasdan uni ma'no jihatidan chegaralangan birlik deb qabul qilish noto'g'ridir, ya'ni texnik ma'noga ega bo'lgan qator atamalar sohalar doirasida, kontekstdan kelib chiqqan holda o'z ma'no doirasini o zgartirishi mumkin.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
3. Atamalarni to'gri tushunish, talqin qilish va tarjimada berish uchun ularning morfologik tuzilishini, boshqa umumistemol sozlardan farqlovchi sematik xususisyatlarni, atama - iboralarning asosiy turlarini, tuzilishi va qo llanilishi jihatlarini bilish darkor. Barcha atamalar o'z tuzilishi jihatidan quyidagi guruhlarga bo linadi.
- oddiy atamalar - matrix, modem, joystick;
- murakkab atamalar - software, workstation, interface;
- atama-iboralar - flat liquid crystal device (LCD) display, letter-quality printing;
Oddiy atamalar bir tizim doirasida joylashgan bo lib bir ma noliligi bilan farqlanadi, malum bir mavzu doirasida kalit sozlar vazifasini bajaradi.
Murakkab atamalar bir tizim doirasida uchrashi mumkin, biroq kontekstdan kelib chiqqan holda turli manolarda qollaniladi. Masalan: workstation - ishchi stansiya (information texnologiyalar sohasida), bosh oshpazning ish joyi (restoran xizmatlari sohasida), va b.
Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta kidlash lozimki bu kabi atamalarni ma no jihatidan ya ni kontekstdan kelib chiqib tarjima qilish lozim. Termin iboralar so zlar ketma ketligidan iborat, bu holda asosiy element oxirgi so'z, aniqlovchi bolib esa so'nggi sozdan bitta oldin keladigan so'z, so'z iborasi yoki tuzuvchi atama hisoblanadi. Tez tez qo llaniluvchi bu kabi atama iboralar qisqartmalar bilan almashtirilib, natijada boshqa murakkab atama tarkibiga kiradi. Masalan: Message Handling System (malumotlarni qayta ishlash tizimi) hozirgi davrda quyidagi qisqartma bilan belgilanadi MHS; Novell MHS - Novell frmasining malumotlarini qayta ishlovchi tizim.
REFERENCES
1. Ахманова, О.С., Задорнова В.Я. (2001). Лингвистические проблемы перевода // Сб. статей МГУ, 11-27.
2. Борисова, Л.И. (2006). Перевод неологизмов с английского языка на русский в научно -технических текстах. - М.: ВЦП.
3. Кутина, Л.Л. (2000). Языковые процессы, возникающие при становлении терминологической системы // Лингвистические проблемы научно - технической терминологии. - М: Наука, 82-94.
4. Табанакова, В.Д. (2007). Пролегомены к денотативной модели перевода компьютерных терминов. М.: Просвещение.
5. Turdieva N.Yo., & Davirov N.Sh. (2023). The Interpretation Of The Writer's Idious Style In Cognitive Aspects. Texas Journal of Philology, Culture and History, 14, 38-42. Retrieved from https://zienjournals.com/index.php/tjpch/article/view/3315