Научная статья на тему 'INFOGRAFIKA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI OAV SAHIFALARIDAGI O‘RNI'

INFOGRAFIKA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI OAV SAHIFALARIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
311
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
infografika / vizual / vizuallashtirish / axborot dizayni / grafika / illyustratsiya / media / kommunikatsiya / multimediaviy usullar / infographics / visuals / visualization / information design / graphics / illustration / media / communication / multimedia methods.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Usmonova, Zilola

Ushbu maqolada infografika tushunchasi, uning turlari va ijtimoiy tarmoqlardagi OAV sahifalaridagi o‘rni haqida yoritilib, misollar orqali qisqacha tahlil qilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INFOGRAPHICS IN THE MEDIA IN SOCIAL NETWORKS

This article explains the concept of infographics, its types and place in social media pages, and provides a brief analysis with examples.

Текст научной работы на тему «INFOGRAFIKA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI OAV SAHIFALARIDAGI O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

INFOGRAFIKA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI OAV SAHIFALARIDAGI O'RNI

Zilola Usmonova

O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiya Universiteti Internet

Ushbu maqolada infografika tushunchasi, uning turlari va ijtimoiy tarmoqlardagi OAV sahifalaridagi o'rni haqida yoritilib, misollar orqali qisqacha tahlil qilib berilgan.

Kalit so'zlar: infografika, vizual, vizuallashtirish, axborot dizayni, grafika, illyustratsiya, media, kommunikatsiya, multimediaviy usullar.

This article explains the concept of infographics, its types and place in social media pages, and provides a brief analysis with examples.

Keywords: infographics, visuals, visualization, information design, graphics, illustration, media, communication, multimedia methods.

В этой статье объясняется понятие инфографики, ее виды и место на страницах социальных сетей, дается краткий анализ с примерами.

Ключевые слова: инфографика, визуал, визуализация, информационный дизайн, графика, иллюстрация, медиа, коммуникация, мультимедийные методы.

Bugungi kunda Infografika zamonaviy media olamida yangi faoliyat sohasi bo'lishiga qaramasdan o'zining muhim jihatlarini ko'rsatdi. Axborotni vizualizatsiya qilishning eng samarali usullaridan biri bo'lgan infografika endi axborot uzatish oqimiga faol qo'shildi. Infografika orqali uzatilayotgan axborotning qabul qilinish ehtimoli oddiy matnga qaraganda 30 baravar yuqori. Ushbu format ko'pincha matn va unga qo'shilgan grafikalar yordamida an'anaviy taqdimotdan ko'ra afzalroqdir. Infografikaga aloqa amaliyotchilari tomonidan berilgan ko'plab ta'riflar mavjud. Masalan, "Infografika - bu murakkab ma'lumotlarni aks ettirish uchun matn, rasm va dizaynni birlashtirishning samarali usuli yoki "infografika - bu vizual hajmi kichik, ammo mazmunli va to'g'ri loyihalashtirilgan ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni ko'rsatishdir".

jurnalistika yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Infografika - bu ma'lumotni taqdim etishning vizual vositasi bo'lib, murakkab mavzuni o'quvchiga qiziqarli va sodda tarzda tushuntirishga, ma'nolarni tasv irlashga va ularni yengil qabul qilinishiga yordam beradi. Muhim ma'lumotlar soddalashtirilgan grafik qobiqqa qadoqlangan bo'lib, uni ko'rib chiqish qiziqarli va eslab qolish oson.

B. Miller i B. Barnett tomonidan o'tkazilgan tadqiqot infografika tasvirlar va matnlarning kombinatsiyasi bo'lib, samarali aloqa vositasi ekanligini tasdiqladi: "ma'lumotlarning matnli yoki grafik tasviri yaxshi, ammo bu mukammal aloqa usullari emas. Yozish tili sizga chuqur tahlil qilishingiz mumkin bo'lgan cheksiz ko'p so'z birikmalarini yaratishga imkon beradi, ammo bu usulning muvaffaqiyati o'quvchining ushbu ma'lumotni qayta ishlash qobiliyatiga bog'liq. Ma'lumotlarning grafik ko'rinishini idrok etish osonroq, ammo mavhum va murakkab g'oyalarni tavsiflash zarur bo'lganda samarasizdir. Matn va grafikani birlashtirish axborot uzatishda, ikkalasining ham kamchiliklarini sezdirmagan holda afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

A. Koblin esa infografika deyarli har qanday xabarda mos keladi, raqamlar va foizlarni iloji boricha samarali ravishda yetkazadi, infografik rasm katta hajmdagi matnni o'rnini almashtirishi mumkin deb ta'kidlaydi, masalan:

- marketing tadqiqotlari natijalarining tavsifi,

- statistik ma'lumotlar,

- qiyosiy tadqiqotlar,

- ko'p tilli auditoriyaga qaratilgan xabarlar va boshqalar va b.q.

Infografikaning muvaffaqiyati uning sifat xususiyatlariga bog'liq. Biz A.

Skvorsovning fikricha - ma'lumot qabul qiluvchi tomonidan qabul qilinishi va to'g'ri talqin qilinishi uchun infografika quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak:

1) tarkibi - rasmda dekorativ emas, balki qimmatli ma'lumotlar bo'lishi kerak;

2) ma'nosi - illyustratsiya xabarning kontekstiga tegishli va mos bo'lishi kerak;

3) oson idrok qilish - illyustratsiyani o'qish oson bo'lishi kerak, xabarni idrok etishni murakkablashtirmasligi kerak;

4) allegorik - illyustratsiya qabul qiluvchiga tanish bo'lgan, o'ziga xos va kutilmagan tarzda tasavvur qilingan tasvirlarga asoslangan bo'lishi kerak deb ta'kidlaydi.

Bugungi kunda media kommunikatsiyaning bir qismi sifatida infografika fanlararo xarakterga ham ega. Matematiklar va sotsiologlar, iqtisodchilar va fiziklar,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dasturchilar va statistiklar ham infografika muxim axamiyatga ega ekanligini tasdiqlashmoqda. U ommaviy axborot vositalari bilan bevosita bog'liq va shu sababli mavjud jurnalistik janrlarning eng yoshi hisoblanadi. Ispaniya gazeta dizayni jamiyatining prezidenti X. Errea (Javier Errea) "infograflar faqatgina dizaynerlar emas, maqsadi chiroyli nashrlargina bo'lmagan, balki faktlarning aniq va mazmunli taqdimoti ham bo'lgan jumalistlardir" deya bejizga ta'kidlamagan. Bugungi kunda o'quvchilarni jalb qilishning yangi yo'nalishi sifatida axborotlarni diqqatni tortuvchi usullaridan keng foydalanish barcha ommaviy axborot vositalari uchun muhum masala hisoblanmoqda. Shu sababli veb-sahifa dizaynida infografikadan foydalanish masalasi ham muhimdir. Chunki Infografika: jadvallar, diagramma, piktogramma, infokart, TimeLine axborot uzatishning eng samarali multimediaviy usullaridan biridir. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlardagi OAV sahifalari axborot uzatish jarayonida auditoriyani diqqatini tortuvchi, ular uchun yengil hazm bo'luvchi usullardan keng foydalanishga ko'proq urg'u bermoqdalar.

Hozirda mamlakatimizdagi eng faol onlayn nashrlardan biri hisoblangan www.kun.uz sahifasi o'zining faoliyati bilan xorijiy manbalardan qolishmayotgani ma'lum. U axborot manbasi texnik sozlanishi, ma'lumotlarning tezkorlik, aniqlik va asosli dalillar bilan boyligi hamda mediaviy unsurlarning barchasidan unumli va o'rinli foydalangan holda ma'lumotlar taqdim etilishi bilan aholi e'tiboridagi muhim yangiliklar bazasiga aylangan. Shuningdek, sayt axborot uzatishda multimediyaviy usullardan foydalanishga ham alohida ahamiyat beradi. Sayt xabarlar auditoriya uchun tushunarli va qiziqarli bo'lishi uchun infografikaning turli ko'rinishlaridan foydalangan holda taqdim etadi.

• Infografika. Iqtisodiyotning turli sohalari uchun qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash tartibi;

►Infografika: O'zbekiston va jahonda elektr energiyasi sarfi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

l<lH4>orpa4>kiKa: y36eKMCTOH Ba wax,OHfla aneKTp 3HcprnocM ca p4>n

VjAcxHcmiua rtup Kiuaj I kiua|ut Mt-ip Mjtuon ywyii jiitpnut cjpt^H c. liB-r cndTIIM TUIIIKH.I ITMOKAA- Ev |UKdM a> M«' MlIKk'l H.1.1 1211 ISII KBrnUTr

MM -MHI

I 1 »H I

VA O'ZBEKISTONDA ELEKTR ENEPGIYASI ISTE MOLINI TAQQOSLASH

»•XMui«» •>■ Hr

23% i

C<Wl»> MAO A iCTl

I20-1S0 kVt'SMt

%

390 k

OZBEKISTONDA

' JUAH jU ' CNCnrilTA 'irt HCn *

40%

lmJg»

i ■■■ •■ ■ vgg

• Infografika: O'tgan yili Rossiyadan kim qancha pul jo'natgan;

•Infografika: Koronavirusga qarshi emlash, bu bo'yicha kim peshqadam?;

• Infografika: O'zbekistonda yil boshidan beri velosipedlar ishtirokidagi YTHlarda 143 kishi halok bo'ldi va shu kabi boshqa bir qancha xabarlar bunga misol bo'la oladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jadval, Raqamlar, statistik ma'lumotlarni mantiqiy bog'liqlikni saqlab qolgan holda ma'lum bir qonuniyatga asosan tartib bilan kataklarga joylashtirish. U eng qadimgi va qulay axborot uzatish turi bo'lib, unda asosan ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko'lamda foydalaniladi. Tadqiqot ob'ektda www.kun.uz sahifasida jadvallar juda ko'p uchramaydi. Chunki har nashr kundalik voqeliklarni tezkorlikda yangilik sifatida elon qiladi. Tahliliy yoki badiiy-publisistika turkumi janrlari esa ko'zga tashlanmaydi. Xabar, reportaj va intervyu sahifaning asosiy qismini tashkil etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Infoxarita bugungi kunda infografika turlaridan biri bo'lib, xaritalar yordamida axborotni vizullashtirish demakdir. Aynan infoxarita orqali global iqlim o'zgarishi muammosi oqibatida yer yuzida sodir bo'layotgan voqea-hodisalar haqida ko'rgazmali axborot berish mumkin. Kun.uz saytida ma'lumotlarni bu kabi usulda uzatish ham juda kam uchraydi.

Dolzarb mavzularni o'quvchiga

yetkazishning yana bir qulay usuli Simile TimeLine texnologiyasidan foydalangan holda material tayyorlashdir. U ingliz tilidan tarjimada vaqt chizig'ida solishtirish ma'nosini berib, JavaScript dasturida ma'lum vaqt birligida voqea-hodisalarni aks ettirish uchun qo'llaniladi. Aksariyat holatlarda infografikaning ushbu turi iqlim o'zgarishi oqibatlarini kuzatayotgan muassasalar faoliyatini yoritishda ishlatiladi. Bundan tashqari bu mavzu bo'yicha yoritilgan materiallaringizni bir dasturda xronologik tarzda saqlanishi hamdir. Kuzatishlar davomida saytda Bu uslubda berilgan birorta ham material uchramadi.

XULOSA

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki so'nggi 2-3 yil ichida sayt o'z axborot uzatish formatida infografikadan keng foydalanmoqda. Maqolalar orasida infografikadan foydalanilganlari soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu esa yanada o'quvchini diqqatini o'ziga tortadi. Bugungi kunda Infografikadan to'g'ri foydalanish, katta hajmdagi ma'lumotlarni yetkazib berishda yordamchiga aylanadi. Uning yordami bilan siz statistika va murakkab jarayonlar haqida gaplashishingiz, kompaniyaning rivojlanish yo'lini ko'rsatishingiz va tovar xabardorligini oshirishingiz mumkin.

REFERENCES

1. Rasulov, A. N., & Vafoeva, G. B. Q. (2021). O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, o'zgarish va muammolar. Academic research in educational sciences, 2(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.