Научная статья на тему 'IN VITRO SHAROITIDA NITRARIA SCHOBERI L. MIKRONIHOLLARINI'

IN VITRO SHAROITIDA NITRARIA SCHOBERI L. MIKRONIHOLLARINI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IN VITRO SHAROITIDA NITRARIA SCHOBERI L. MIKRONIHOLLARINI»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

*ТАБИИИ ФАНЛАР* ^ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ* *NATURAL SCIENCES*

IN VITRO SHAROITIDA NITRARIA SCHOBERI L. MIKRONIHOLLARINI KUCHLI SHO'RLANISH MUHITIGA MOSLASHTIRISH BIOTYEXNOLOGIYASI G.I.Amanova - tayanch doktorant, S.Sh.Abdirahimova - katta ilmiy xodim, U.J.Ishimov - k.f.n., katta ilmiy xodim, J.F.Ziyavitdinov - kimyo fanlari doktori, professor, S.G.Sherimbetov - biologiya fanlari doktori, professor. Bioorganik kimyo instituti. O'zbekiston.

O'simliklar biotexnologiyasida turli stresslarga chidamli, dorivor va hosildorligi yuqori bo'lgan o'simlik turlarini ko'paytirish borasida in vitro usulida kulturalash hozirgi kunda eng maqbul va samarador usullardan biridir. Shu bois, ushbu usullarni qo'llash tibbiyot, qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarishning turli sohalari uchun tijorat hamda iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi.

Nitraria schoberi turi o'zining iqtisodiy, dorivor, ozuqaviy qiymati, shuningdek, sho'rlangan tuproqqa chidamliligining yuqori ekanligi bilan dunyo olimlarini qiziqtirib kelmoqda va bu borada qator tajribalar olib borilmoqda [2]. Xususan, Eron olimlari [4] tomonidan N. schoberi o'simligida sho'rlanish stressining ba'zi fizik-biokimyoviy ko'rsatkichlari o'rganilgan. Natijada N. schoberi turining tuzga chidamlilik hususiyati yuqori ekanligi qayd etilgan. Bundan tashqari N. schoberi o'simligi Orolqumning noqulay ekologik sharoitlariga moslashib borayotganligi [3] tomonidan kuzatgan, o'simlikning asosiy ekologik guruhi va xo'jalikdagi ahamiyati o'rganilgan hamda hududning turli darajada sho'rlangan tuproqlarida o'sishga moslashgan turlardan biri ekanligi aniqlangan.

Ma'lumki, N. schoberi o'simligi tabiiy sharoitda tuzli muhitda o'sishga moslashgan ko'p yillik galofit o'simliklar qatoriga kirib, ushbu turdan istiqbolli obyekt sifatida samarali foydalanish, in vitro sharoitida mikroklonal ko'paytirish, turli stress faktorlarga chiniqtirib borish, ko'paytirilgan mikronihollarning barcha biokimyoviy-fiziologik jarayonlarini o'rganish, Orolqumning kuchli sho'rlangan tuproqlariga moslashtirilgan ko'chatlik biomateriallarini amaliyotga joriy qilish ilmiy va amaliy jihatdan muhim hisoblanadi.

May 15, 2024

293

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Ilk bor Orol dengizi qurigan tubining koordinatalari N43°53,721660', E58°48,034980' (o'simlik o'sadigan - T-7) va N44°08'18,6731", E58°52'17,2930" (o'simlik o'smaydigan - T-11) bo'lgan hududlardan olingan tuproq namunalaridan ajratilgan tuzlardan foydalangan holda biotexnologik tadqiqotlar amalga oshirildi.

Dastlab, N. schoberi o'simligini kuchli sho'rlanish muhitiga moslashtirish maqsadida optimallashtirilgan ozuqa muhitiga ( DKW +7,5 g/l agar, 30 g/l saxaroza) T-7 va T-11 tuzlarini yuqorida keltirilgan hududlardagi miqdoriga mos ravishda, ya'ni T-7 uchun 2.07%, T-11 uchun esa 3.56% qo'shildi. N. schoberi mikroqalamchalari T-7 hamda T-11 tuzlari qo'shilgan ozuqa muhitlariga ekildi. 1-eksplantlardan chiqqan yangi apikal bo'g'imlar 2-eksplant sifatida ozuqalarga o'tkazildi, natijalar quyidagi rasmda keltirilgan.

Olib borilgan tajribada o'simlik nihollarining tuzli sharoitlarda rivojlanishini kuzatishning dastlabki haftalari nazorat bilan solishtirilganda T7 va T11 tuzlari qo'shilgan ozuqa muhitlarida 21 kunda ildizlash jarayoni kuzatildi. Nazoratda esa bu ko'rsatkich tajribaning 10-15 kunlariga to'g'ri keldi, o'simlikning bo'yi 2.7±0.29 sm, ildizlarining uzunligi 0.7±0.20 sm ni, T7 ozuqa muhitida 1.73±0.20 sm ni, T11 ozuqa muhitidagi nihollar 1.3±0.24 sm tashkil qildi [1].

30 kunlik mikronihollarining uzunligi nazoratda 3.7±0.24 sm ni, ildizlari 7.3±0.85 sm ni, T7 ozuqa muhitidagi 2.13±0.12 sm ni, ildizlari 8.8±1.13 sm ni, T11 ozuqa muhitida 1.76±0.20 sm ni, ildizlari esa 11.16±0.74 sm ni tashkil qilgan bo'lsa, tajribaning 45-60 kunlik qiyosiy tahlillari T7 va T11 tuzlari qo'shilgan ozuqa muhitlaridagi 1-eksplant nihollarining ildiz tizimida nazoratga nisbatan keskin ravishda farqlar borligini ko'rsatdi.

T7 ozuqa muhitida 23.6±0.9 sm ni, T11 ozuqa muhitida 43±1.78 sm ni tashkil qildi va o'simligining ildiz qismi jadal rivojlanib borayotganligi, o'simlikning o'sishi nazoratga nisbatan sezilarli darajada sekinlashganligini ko'rsatdi.

2-eksplantdagi T11 ozuqa muhitlarida o'simlikning bo'yi 4.83±0.12 sm, ildizlari esa 13.9±0.85 sm ni tashkil qilib, tuzdan tuzga ko'chirib o'tkazilganda o'sish va ildiz tizimida o'zgarishlar yaxshilandi, T7 ozuqa muhitlarida o'simlikning bo'yi

a b v g d

1-rasm. Janubiy Orolqumning T 7\a T11 sho'rlangan tuproqlaridan ajratib olingan luzlar qo'shilgan ozuqa muhitidagi .V. schoberi o'simligining 60 kunlik namunalari a) nazorat, b) CT 7) 1-eksplanti, \) (T 7) 2-eksplantL g) CT 11) 1-eksplanä va d) CT 11) 2-

eksplanti

May 15, 2024

294

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current _Challenges, Innovations and Prospects

5.6±0.37 sm, ildizlari esa 18.1±1.75 sm ga o'zgardi. Natijada Janubiy Orolqumning T 7 va T 11 tuzlarini ozuqa muhitiga qo'shish orqali in vitro sharoitida sinovdan o'tkazilgan N. schoberi o'simligi ushbu tuzlarda o'sishga moslashib borayotganligini ko'rsatdi.

Shunday qilib, in vitro sharoitida T-7 va T 11 hududidagi tuproq tuzlari asosida maqbullashtirilgan ozuqa muhitida yetishtirilgan mikronihollarning o'sish va rivojlanish xususiyatlari takroriy kultivirlanib borishi natijasida ushbu muhitlarga tobora moslashib, o'zaro qiyosiy-taqqoslanganda, huddi tabiiy o'simlik singari morfo-biologik parametrlari bo'yicha bir xilda borayotganligi aniqlandi.

Tadqiqotning keyingi bosqichida kuchli sho'rlanish muhitiga moslashtirilgan N.schoberi mikronihollari tarkibidagi erkin aminokislotalar miqdori YuSSX usuli yordamida o'rganildi. O'simliklardagi erkin aminokislotalarning miqdori bo'yicha olingan natijalar jadvalda keltirilgan.

1-jadval. in vitro sharoitda tuz stressiga moslashgan N.schoberi mikronihollari tarkibidagi erkin aminokislotalari miqdori (RSD <3%).

№ Aminokislotalar nazorat T7 T7^T7 T11 T11^T11

miqdori, (mg/g)

Almashinadigan aminokislotalar

1 Asp 0,25 0,41 0,35 0,29 0,36

2 Glu 0,57 1,26 1,82 1,89 0,74

3 Ser 0,46 0,90 0,79 1,12 1,06

4 Gly 0,44 1,12 1,30 1,23 1,40

5 Asn 0,44 2,26 2,62 2,46 2,81

6 Gln 5,52 2,25 3,96 2,69 1,13

7 Cys 1,07 0,74 0,97 1,05 1,16

8 Ala 1,08 2,24 4,60 3,82 3,80

9 Pro 5,63 18,18 23,07 37,03 35,20

10 Tyr 0,81 0,83 1,11 0,98 1,43

Summa 16,27 30,19 40,59 52,56 49,09

Almashinmaydigan aminokislotalar

11 Thr 0,35 0,54 0,64 0,52 0,98

12 Arg 1,45 1,15 0,99 1,20 0,41

13 Val 1,33 0,32 0,56 0,97 1,24

14 Met 0,46 4,63 5,21 5,16 4,91

295

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current _Challenges, Innovations and Prospects

15 Ile 1,19 0,34 0,46 0,35 0,50

16 Leu 1,09 0,72 0,98 0,68 1,23

17 His 0,70 0,47 0,30 0,31 0,30

18 Trp 2,36 1,33 0,72 1,68 1,06

19 Phe 13,67 0,33 0,15 0,98 0,53

20 Lys 0,48 0,88 0,16 0,81 0,81

Summa 23,08 10,71 10,17 12,66 11,97

Jami 39,35 41,0 50,76 65,22 61,09

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, nazorat sifatida olingan N.schoberi o'simligidagi erkin prolin miqdori 5,63 mg/g ni tashkil etgan bo'lsa, tuz stressiga moslashgan o'simliklarda uning miqdori keskin ortganligi kuzatildi. Birinchi o'simlik eksplantlaгida pгolin miqdoгi: T7 - 18,18 mg/g, Tll - 37,03 mg/g, bu nazoratga nisbatan 3,23 va 6,6-marta (mos ravishda) ko'p. Ikkinchi eksplantlarga kelsak, uning miqdori 23,07 va 35,2 mg/g ni tashkil etdi, bu esa nazoratdagiga nisbatan 4,1 va 6,3-marta (mos ravishda) ko'p ekanligi aniqlandi.

Shuningdek N.schoberi mikгonihollarida alanin miqdori nazorat bilan solishtirganda 2,2 dan 4 barobarga, glitsin 2,5 dan 3 baravarga, metionin esa 10 barabar, glutamin kislotasi 2,2 dan 3,2-martagacha, seгin 2 va 1.8 barobar oгtgan bo'lsa, triptofanning miqdori nazoratga qaraganda deyarli ikki, fenilalaninning miqdoгi esa 10 baгobaг kamayganligi aniqlandi.

Shunday qilib, olib borilgan ushbu tadqiqot natijasida in vitro sharoitida T-7 va T 11 hududidagi tupгoq tuzlaгi asosida maqbullashtirilgan ozuqa muhitida yetishtiгilgan N.schoberi mikronihollarini Oгolqumning kuchli tuz stгessiga moslashganligi haqida hulosa qilindi.

REFERENCES

1. Аманова Г.И., Абдирахимова С.Ш., Зиявитдинов Ж.Ф., Олимжонов Ш.С., Хожиев Ш.Т. Адаптация солеустойчивых растений Lycium ruthenicum и Nitraria schoberi к солевому стрессу в условиях in vitro с использованием извлеченных солей из почв высохшего дна Аральского моря // Актуальные проблемы развития Биоорганической химии г.Ташкент, 13-14 ноября 2023г. С.381-383.

2. Железниченко Т.В., Новикова Т.И., Банаев Е.В. Эффективность использования метода эмбриокультуры для преодоления покоя семян Nitraria sibirica (Nitrariaceae) // Растительный мир Азиатской России, 2016, № 4(24), с. 56-62.

296

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

3. Sherimbetov S. G. Orol dengizining qurigan hududlaridagi o'simliklarning molekulyar-biologik va ekologik xususiyatlari // Biol. fanl. dokt. ... diss. 2017. B. 345.

4. Abolfazl Ranjbar Fordoei, Reza Dehghani Bidgholi Impact of Salinity Stress on Photochemical Efficiency of Photosystem II, Chlorophyll Content and Nutrient Elements of Nitere Bush (Nitraria schoberi L.) Plants. // Journal of Rangeland Science, 2016, Vol. 6, No. 1.R.1-9.

297

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.