Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN O’QUVCHILARGA MATEMATIKA FANINI INTEGRATSIYA ORQALI O’RGATISH YO’LLARI'

IMKONIYATI CHEKLANGAN O’QUVCHILARGA MATEMATIKA FANINI INTEGRATSIYA ORQALI O’RGATISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / tovush / matematika / tushuncha / matematik atama / mashq / ifoda / aksioma

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Munisa Aminovna Davlatova

ushbu maqolada ta‟limga alohida ehtiyoji bo‟lgan o‟quvchilarga matematika fanini o‟rgatishda ona tili fanining integratsiyasining ahamiyatini haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN O’QUVCHILARGA MATEMATIKA FANINI INTEGRATSIYA ORQALI O’RGATISH YO’LLARI»

g

IMKONIYATI CHEKLANGAN O'QUVCHILARGA MATEMATIKA FANINI INTEGRATSIYA ORQALI O'RGATISH YO'LLARI

Munisa Aminovna Davlatova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi

o'qituvchisi

ushbu maqolada ta'limga alohida ehtiyoji bo'lgan o'quvchilarga matematika fanini o'rgatishda ona tili fanining integratsiyasining ahamiyatini haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: nutq, tovush, matematika, tushuncha, matematik atama, mashq, ifoda, aksioma.

Ta'limda alohida ehtiyoji bo'lgan o'quvchi o'yin jarayonida arifmetik amallarni bajaradi, bir tarkibli masalalarni yechadi, o'zining fazo, miqdor va vaqt to'g'risidagi tasavvurlarini boyitadi, hisobni mashq qiladi, sonlarni va geometrik shakllarni tahlil qiladi va qiyoslaydi.

Matematikaning ona tili fani bilan integratsiyasiga asoslangan holda dars paytida matematik nutq ustida ish olib borishda quyidagi yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

ANNOTATSIYA

Nutqning tovush jihati ustida ishlash taffuzni shakllantirish va matematik atamalarni to'g'ri qo'llashga o'rgatishdan iborat.

October 20, 2023

g

Eshitadigan bolaning nutqiy tajribasi unga yangi so'zning kelishigi, soni shaxs-son qo'shimchalarini, ushbu so'z qanday grammatik shaklda kiritilayotganidan qat'i nazar, o'ylab o'tirmay, avtomatik tarzda o'zgartirishga yordam beradi. Kar va zaif eshitadigan bola bunday tajribaga ega bo'lmagani tufayli, ularga atamalar dastlab bosh kelishikda beriladi va keyinchalik boshqa kelishik shakllari ham kiritiladi. Bunda sonlarning to'g'ri talaffuz qilinishi, so'zlar va ifodalarning rasional tartibi, ifoda tarkibidagi so'zlar o'rni, uning mazmuniga zarar yetkazmay turib, o'zgartirilishi kuzatib boriladi. Yangi atamalarni kiritishda doskaga ushbu atamalarni ifodalovchi so'zlar yozilgan taxtachalar yoki kartochkalar ilib qo'yiladi va o'quvchilarning e'tibori ularning talaffuzi va yozilishiga jalb qilinadi.

Har kuni eshitish idrokini tekshirish bosqichida o'quvchilarga atamalarni qo'llashga qaratilgan vazifalarni o'z ichiga olgan mashqlar topshiriladi. Masalan:

-bu so'zlarni urg'uni to'g'ri qo'yib va to'g'ri talaffuz qilib o'qing: sakkiz, o 'n sakkiz, sakson, qo 'shish, ko 'paytirish, ko 'paytma, ayirma va h.k.

- quyidagi ifodalarda matematik atamalarni qo'llab o'qing:

(87 - 47) : 4 -87 va 47 sonlarining ayirmasini 4 ga bo'lish;

- ifodalarni har xil usulda o'qing:

36 + 18 (36 ga 18 qo'shiladi; 36 va 18 sonlar yig'indisi; 36 plyus 18);

- ifodani o'qing: 63 : 3 = 21;

- amal qanday ataladi?

- bo'linuvchi, bo'luvchi, bo'linmani ko'rsating (ayting).

- bo'linmani 4 ga ko'paytiring va boshqalar.

O'quvchilarda matematik atamalar mazmunini tushuntirib berish malakasi har xil mashqlar vositasida shakllantiriladi. Masalan:

- so'zlar va ifodalar mazmunini tushuntirish: kamayuvchi (bu sondan boshqa son ayiriladi);

qo'shish (plyus belgili amal);

bo'linuvchi (bu son bo'linadi), sonlarning ko'paytmasi (ko'paytirish natijasiva

- "To'g'ri - Noto'g'ri" o'yini (ifoda to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlash).

- qo'shish amaliga tegishli so'zlarni tanlab olish: ayirish, ko'paytma, qo'shish, yig'indi, ko'paytiruvchilar, qo'shiluvchilar, ...ga ko'paytirish, ...ga ortiq, plyus.

- sanab o'tilgan so'zlar va ifodalar qaysi amalga tegishli: 5 tadan 6 marta olish, ...marta ko'paytirish, ko'paytirish, ko'paytma, ko'paytiruvchilar.

Quyidagi mashqlar atamalarni qo'llashga oid bilimlardan

h.k.

foydalanishni talab qiladi (to'g'ri va noto'g'ri):

October 20, 2023

g

g

- mazkur ifoda to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlash: 8 va 2 sonlarining ko'paytmasi 21 ga teng; birinchi ko'paytiruvchi 6, ikkinchisi - 3, ko'paytma 18 ga teng va h.k.

- noma'lum son qaysi tenglamada to'g'ri ko'rsatilgan?

a) 320 : x = 80 - bo'linma;

b) 90 * x = 450 - ko'paytiruvchi.

Matematik atamalarni to'g'ri yozishni o'zlashtirishda quyidagi mashqlar qo'llanadi:

- tushirib qoldirilgan harflarni qo'yish: b..r, sa...kiz, ...o'shish, bo'...uvchi, ko'...aytma, ayi...ma, miq...or, bo'li...va h.k.

- tushib qolgan so'zlarni qo'yish:

agar ....dan ayirma olib tashlansa, ayriluvchi hosil bo'ladi; bo'linuvchini topish uchun ...ni ...ga ko'paytirish kerak va h.k.

- komponentlar nomini yozish:

Bu amallar belgilari nimani bildiradi?

«+» - «-»

Ishning navbatdagi - matematik nutq madaniyatini shakllantirish yo'nalishi o'quvchilar nutqidagi xatolarni, nutqiy kamchiliklarni to'g'rilashga qaratiladi. Bular: nutqning noaniqligi va qashshoqligi, ortiqcha so'zlarning ishlatilishi, gaplarda so'zlarning noto'g'ri tartibi va h.k.

Grammatik va matematik xatolarni bartaraf etishda quyidagi mashqlar qo'llanadi:

- matndagi xatoni bartaraf etish:

"n + 12 = 84 ifodada noma'lum sonni topish uchun 84 ga 12 ni qo'shish kerak".

- o'qituvchining savoliga o'quvchilardan biri shunday javob berdi:

«5 raqamiga 4soni qo'shilsa 9 bo'ladi».

Shu bois, matematik nutq, matematik xisobning dastlabki qadami deb hisobladik va buning ustida maqsadli ish olib borilishi kerak degan amaliy xulosaga

Matematikani o'qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad - o'quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga

18 - 6 = 1

keldik.

October 20, 2023

g

g

o'rgatish. Bu bilimlami kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo'llay bilishga o'rgatishdir.

REFERENCES

1. Jumayev M, Matupayeva Sh. Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda bolang'ich sinf o'quvchilar bilan ijodiy ishlarni tashkil etishga oid tavsiyalar. hhhmhh-MeTogHKanMK ^ypHan. MyrarnHM x,sm y3hhkch3 SnnHMneHgHpny. № 5-6 2014 jbil.

2. Qodirova F,Matupayeva Sh. Matematika o'qitish metodikasi (inklyuziv ta'limda). Pedagogika universitet hamda institutlarining maxsus pedagogika yo'nalishidata'lim olayotgan talabalar uchun darslik « YANGI CHIRCHIQ BOOK » Toshkent - 2022

3. Jumayev M .E. Boshlang 'ich matematika nazariyasi va metodikasi. - T -2005,

4. Jumayev E.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi. - T.: " Ilm -Ziyo" , 2005,

5. Matupayeva Sh. Inklyuziv ta'limdagi o'quvchilarga matematik tasavvurlarini rivojlantirish. Ta'lim tizimida uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonining ijtimoiy va pedagogik-psixologik asoslari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya. Toshkent - 2022. 217-221 b

110-113 b

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.