Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING UMUMIY RIVOJLANISHIDA MUSIQANING AHAMIYATI'

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING UMUMIY RIVOJLANISHIDA MUSIQANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

375
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqaterapiya / inklyuziv ta’lim / imkoniyati cheklangan bolalar. / Music therapy / inclusive education / children with disabilities

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mastura Abduvahabovna Asdullayeva

Musiqa terapiyasi-tanadagi va ruhiy kasalliklardan aziyat chekadigan bolalar va kattalarni davolash, reabilitatsiya qilish, o'qitish va tarbiyalashda musiqa ta’siri yordamidan foydalanib musiqani his-tuyg’u bilan idrok etishga asoslangan psixoterapiya usuli. Kuy ohangining ritmik asosidan va ijro etilishidan kelib chiqib, musiqa insonlarga ularning individual ichki kechinmalari va his-tuyg’ulariga qarab turli xil ta'sir etadi. Musiqani inson kayfiyatiga ta’sir etish maqsdida foydalanish mumkin. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan guruhlarda musiqa darslarining olib borilishi xaqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Music therapy is a method of psychotherapy based on the emotional perception of music using the influence of music in the treatment, rehabilitation, education and upbringing of children and adults suffering from physical and mental illnesses. Based on the rhythmic basis of the melody and its performance, music has different effects on people depending on their individual inner experiences and feelings. Music can be used to influence human mood. This article talks about conducting music lessons in groups with limited opportunities.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING UMUMIY RIVOJLANISHIDA MUSIQANING AHAMIYATI»

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING UMUMIY RIVOJLANISHIDA MUSIQANING AHAMIYATI

Mastura Abduvahabovna Asdullayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "San'atshunoslik fakulteti" Musiqa ta'limi kafedarsi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Musiqa terapiyasi-tanadagi va ruhiy kasalliklardan aziyat chekadigan bolalar va kattalarni davolash, reabilitatsiya qilish, o'qitish va tarbiyalashda musiqa ta'siri yordamidan foydalanib musiqani his-tuyg'u bilan idrok etishga asoslangan psixoterapiya usuli. Kuy ohangining ritmik asosidan va ijro etilishidan kelib chiqib, musiqa insonlarga ularning individual ichki kechinmalari va his-tuyg'ulariga qarab turli xil ta'sir etadi. Musiqani inson kayfiyatiga ta'sir etish maqsdida foydalanish mumkin.

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan guruhlarda musiqa darslarining olib borilishi xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Musiqaterapiya, inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar.

ABSTRACT

Music therapy is a method of psychotherapy based on the emotional perception of music using the influence of music in the treatment, rehabilitation, education and upbringing of children and adults suffering from physical and mental illnesses. Based on the rhythmic basis of the melody and its performance, music has different effects on people depending on their individual inner experiences and feelings. Music can be used to influence human mood.

This article talks about conducting music lessons in groups with limited opportunities.

Keywords: Music therapy, inclusive education, children with disabilities.

KIRISH

Musiqa terapiyasi-ko'pchilik insonlar o'zlaridagi psixologik zo'riqishni bartaraf etishda,tinchlanish va fikrlarini jamlashda , hissiy holatlarini yaxshilashda qo'llaydigan qadimiy va tabiiy usuldir .

Inklyuziv ta'limda musiqa terapiyasidan foydalanishning maqsadi: hissiy idrok etish jarayonini rivojlantirish va tuzatish

https://t.me/ares uz

361

(sezish,idrok qilish,namoyish qilish),harakatlanishni kuchaytirish, nutq faoliyatidagi tutulib qolish holatlarida( ijtimoiy va shaxsiy holatdagi keskin o'zgarish tufayli yuzaga keladigan tashvishlanishni olib tashlash)reabilitatsiyaning ijobiy- hissiy muhitini yaratish;

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shu o'rinda Karl Kenigning musiqa terapiyasidagi yondoshuviga murojaat qilamiz:Musiqa organizmga chuqur ta'sir etishi uchun bemorning o'zi faol harakatda bo'lishi (kuylashi,musiqa asboblarida ijro etishi,musiqani harakatlarida namoyon eta bilishi) kerak.Musiqa terapiya mohiyatini biz "maxsus" bolalar imkoniyatlarida ruhiy rivojlantiruvchi va ruhiy his-tuyg'u jarayonlariga ijobiy va davolovchi ta'sir etuvchi,bolaning zahiradagi kuchini san'atning barcha sohalarida va umuman hayotda o'zini boshqarishga to'g'ri yo'naltirishda ko'ramiz.

Mutaxassislar musiqa terapiyasini passiv va faol shakllarga ajratadilar. Avvalo bemorlarga o'zlarining ruhiy salomatligi va davolanish jarayoniga mos keladigan turli musiqiy asarlarni tinglashni tavsiya qilinadi. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan kamida bir marotaba muloqot qilganlar ularning ko'ngliga yo'l topish qanchalik qiyinligini biladilar. Shu sababli, musiqada mavjud bo'lgan tabiiylik va imkoniyat so'nggi 2-3 o'n yillikda musiqa terapiyasining jadal rivojlanishining sabablaridan biri bo'lib kelmoqda.

Inklyuziv ta'limda musiqa terapiyasining foydali jihatlari quyidagilardir:

- jarayon ishtirokchilari o'rtasida ishonchni, o'zaro tushunishni mustahkamlashga yordam beradi;

- terapiya jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, chunki ichki kechinmalar suhbatdan ko'ra musiqa yordamida osonroq ifodalanadi;

- musiqa his-tuyg'ularni faollashtiradi, ongli idrok etishni kuchaytiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi;

- musiqiy malakani bilvosita oshiradi, o'z-o'zini nazorat qilish va fikrlarini tartibga solish jarayoni paydo bo'ladi.

Davolashni qanchalik erta boshlansa, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli shunchalik ko'proq bo'ladi. Shuning uchun,imkoniyati cheklangan bolalarni ikki yoshligidan boshlab musiqa terapiya yordamida davolash va rivojlantirish mumkin. Ikki yoshli bolalarda tashqi olam haqidagi tasavvur doirasi juda tor, nutqi yaxshi rivojlanmagan, asab tizimi ,eshitish va vizual hislari kuchsiz, harakatlari muvofiqlashmagan, e'tibori noturg'un. Odatda, bunday bolalar tovushlarni taqlid qilish,oddiy musiqiy ohanglarni bo'g'inlab kuylab berish va talaffuz qilish ko'nikma,malakalariga ega

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume З j Issue 9 j 2022 Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

bo'lmaydilar. Bolalar musiqa bilan harakatlarini qanday muvofiqlashtirish kerakligini, bilmaydilar, eshitish va ko'rish orqali o'z hatti-harakatlari bilan tashqi signallarga munosabat biladira olmaydilar. Lekin ularda taqlidchanlik xususiyatlari bor, bu ham bo'lsa musiqiy -ritmik harakatlarda,ohanglarni hirgoyi qilishda va qo'shiq kuylashda namoyon bo'ladi.

Ijtimoiy faoliyat texnologiyasi sifatida Imkoniyati cheklangan bolalarda musiqa terapiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:

Inklyuziv ta'limda bolalar bilan ijtimoiy faoliyat texnologiyasi sifatida musiqa terapiyasining afzalliklari quyidagilardir:

1. Mutlaq bezararlik;

2. Qo'llashning yengil va qulayligi;

3. Nazorat qilish imkoniyati;

4.Ko'p vaqt va bosim talab etuvchi boshqa davolovchi usullardan foydalanish zaruratini kamaytirish imkoniyati.

Maxsus tashkil etilgan ovoz kombinatsiyasi kompozitsiyasi yordamida psixofiziologik ta'sir qonunlariga muvofiq tashkil etilgan musiqa muvaffaqiyatli aks etishi va namoyon bo'lishi mumkin:

-Turli xil kayfiyat - quvonch,xursandlik, quvnoqlik, qayg'u, muloyimlik, tushkunlik, ishonch, tashvish;

- intellektual va irodali jarayonlar-qat'iyatlilik,g'ayratlilik,bosiqlik, g'amxo'rlik,harakatsizlik, irodasizlik, jiddiylik;

- Borliqning umumlashgan xususiyatlari ko'rinishi-kuch, yengillik, davomiyligi, yo'nalishi, kengligi, fazoviyligi;

- Harakatlarning xilma-xilligi xarakteristikasi- tez, mo' tadil, sekin, elastik, kuchli,bo'shang,egiluvchan.

Musiqiy ritmika tayanch va nutq faoliyatining buzulishida(tik xastaligida,duduqlanish,harakatlanishning nomuvofiqliligi,to'xtab qolishi) ritmni his etish,nutqda, nafas olishdagi kamchiliklarni davolashda foydalaniladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarda kichik guruh mashg'ulotlari shaklida ritmik o'yinlar,nafas olish mashqlari,ma'lum bir ritmni tezlashgan va sekinlashgan sur'atda bajarish kabilarda namoyon bo'lib kelmoqda.

Musiqa terapiyasining ikki turini ko'rib chiqamiz: asboblardan foydalangan holda va musiqiy asarlarni kuylash yordamidagi musiqa terapiyasi. Birinchi tur quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

-diagnostika;

- bolaning muammosiga mos keladigan asboblar guruhini

tanlash;

September, 2022

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume З j Issue 9 j 2022 Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

- bolaning o'zi afzal ko'rgan guruhdan musiqa asbobini tanlash;

-ushbu asboblarning har birining ijro etilishida musiqiy qismlarni tinglash va tanlov qilishni taklif qilish;

- bolalar tomonidan tanlangan cholg'u asboblar ijro etgan asarlar ro'yxatini aniqlash;

- yakunlovchi bosqich.

Musiqiy asarlar yordamida musiqa terapiyasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga

oladi:

-diagnostika;

- musiqiy asar tanlash;

- yakunilovchi asar tanlash.

Inklyuziv ta'limda bolalar bilan musiqa asarlari va musiqa asboblaridan foydalangan holda faoliyat tashkil etish mumkin.Bu jarayonda klassik musiqa asarlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Tinglash uchun quyidagi asarlarni tanlash mumkin: Bax, List, Shopen, Raxmaninov, Betxoven, Motsart, Chaykovskiy, Shubert va boshqalar.

Cholg'u sozlaridan foydalangan holda musiqa terapiyasini o'tkazish texnologiyasi:

Avvalo, mutaxassis, ham psixolog sifatida bolaning ahvolini tashxislash, uning hissiy holatini aniqlagan holda bolaga muvofiq musiqiy kompozitsiyani tanlash kerak.

Tashxis qo'yish va muammolarni aniqlagandan so'ng, bolaning muammosiga mos keladigan asboblar guruhini tanlash kerak, shundan so'ng bir nechta vositalardan qaysi biri afzal ekani aniqlanadi. Buni quyidagi yo'llar bilan hal qilish mumkin:

a) bola yoki o'smirning o'zi afzal ko'rgan guruhdan cholg'u asbobini tanlashi;

b) Tanlangan musiqa asbolarining har biri ijrosidagi asarlardan bir qismini tinglatish va tanlov qilishni taklif qilish;

c) Ma'lum bir cholg'u asbobi ijrosidagi musiqa qismlarini tinglash.Yuqori ta'sir etuvchi musiqa asbobi tanlanadi.

Bir qator defektolog olimlarning ishlaridan biz musiqa terapiyasi turli xil differensiyalangan usullar tizimini o'z ichiga olganini ko'rishimiz

XULOSA

mumkin, ularning ba'zilari, albatta, an'anaviy, boshqalari esa nutq

September, 2022

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

buzilishining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib o'zgartiriladi.

REFERENCES

1. Hasanov A. ,,Musiqa va tarbiya"-T.Oqituvchi 1993.

2. Yusupova N. ,,Musiqa savodi, metodika va ritmika" Toshkent 2010.Musiqa nashriyoti.

3. М. С. Мухидинова "Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусика тарбияси воситаси сифатида куллашнинг хусусиятлари" 2020 yil

4. Ш. Р.Махкамова "Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиканинг урни" 2020

5. Mahkamova Sh.R. Таълим жараёнида укувчи ва талабалар билимини бахрлаш усуллари ва методикаси // "Экономика и социум" №11(90) 2021//

6. Икрамов А.И. ва бошкалар. "Таълим самарадорлигини ошириш йуллари" мавзусидаги семинар тренинг материаллари. /Тренинглар учун кулланма. - Т.: УМКДТМ, 2002. -184б.

7. Нишонов А. ва бошкалар. Бахрлаш методлари. Укув-услубий кулланма. - Т.: УМКДТРИ, 2003. - 156 б

8. Сарсенбаева Р.М. Тарбиявий ишлар методикаси. Укув кулланма. -Т.:"Молия-иктисод", 2019. - 388 б.

9. Сарсенбаева Р.М. Иктисодий фанларни укитишда кулланиладиган интерактив методлар. Укув-услубий кулланма. - Т.: ТМИ, 2015. - 152 б

10. Сарсенбаева Р.М. "Касбий педагогика" укув фанини урганиш учун ишчи дафтар. Услубий кулланма. -Т.: ТМИ, 2019. - 112 б.

365

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.