Научная статья на тему 'ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSION MARKAZLAR ARXITEKTURASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH AN’ANALARI'

ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSION MARKAZLAR ARXITEKTURASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
154
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm / gurganj / ma’mun akademiyasi / ilmiy tadqiqot / innovatsion markaz. / Khorezm / Gurganj / Mamun Academy / Scientific Research / Innovation Center.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matjanov, Orazmed Kamiljanovich, Xasanov, Azamat Azatovich, Boltabayev, Po’Lat Yuldashevich

Maqolada Xorazmda joylashgan Ma’mun akademiyasi tarixi va ularning arxitekturasi haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADITIONS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF ARCHITECTURE OF SCIENTIFIC RESEARCH AND INNOVATION CENTERS

The article describes the history of the Mamun Academy in Khorezm and its architecture.

Текст научной работы на тему «ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSION MARKAZLAR ARXITEKTURASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH AN’ANALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSION MARKAZLAR ARXITEKTURASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH

AN'ANALARI

Matjanov Orazmed Kamiljanovich

Urganch Davlat Universiteti 211-Bino va inshootlar arxitekturasi

1-kurs magistranti Xasanov Azamat Azatovich Ilmiy raxbar: TAQI Arxitekturaviy loyixalash kafedrasi mudiri. Boltabayev Po'lat Yuldashevich Ilmiy maslahatchi: Xorazm Qoraqalpog'iston Respublikasi bosh loyihasini ishlab

chiqish instruktori.

Maqolada Xorazmda joylashgan Ma'mun akademiyasi tarixi va ularning arxitekturasi haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Xorazm, gurganj, ma'mun akademiyasi, ilmiy tadqiqot, innovatsion markaz.

The article describes the history of the Mamun Academy in Khorezm and its architecture.

Keywords: Khorezm, Gurganj, Mamun Academy, Scientific Research, Innovation Center.

XX-asrga kelib sharqda samoniylar, gaznaviylar, saljuqiylar davlatlari barqarorlashgan bir sharoitda Xorazm qudratli mustaqil davlatlar qatori siyosat yurutdi. Bu davrda Xorazmda hukumronlik qilgan Afrig'iylar davlati shuningdek arablar tomonidan qo'yilgan noyiblar boshqargan shimoliy xorazm ya'ni Iroqiylar davlati hukumdorlari o'z mamalakatlarida fan va madaniyatning rivojiga o'z hissalarini qo'shgan kishilar bo'lib chiqishdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

995-yilda Xalqora maydonda jiddiy xavfni sezgan Gurganj (Urganch) amiri Mamun Ibn Muhammad Ibn Iroq janubiy Xorazmda hukumronlik qilgan Afrig'iylar sulolasiga barham berib Xorazmni birlashtirdi va mamlakat poytaxtini Gurganjga

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'chirdi. Fan va madaniyatning ravnaqiga azal azaldan homiylik qilib kelgan Xorazmshohlar bu gal ham olimlarning barakali ijodlari uchun har tamonlama shart-sharoitlar yaratib berdilar. Endi Movarounnahrdagi boshqa olimlar ham xorazmga lutfan taklif etildi. Bu hayrli an'ana Ali Ibn Ma'mun, Ma'mun Ibn Ma'mun Abul Abbos, Abul Xoris Muhammad Ibn Ali hukumronligi davrda ham davom etdi.

Aynan shu darvda Gurganjda xorazmshoh mamun raxbarligida Mamun akademiyasini tashkil qilindi bu akademiyani boshida o'rta asrlarning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Al Beruniy turgan bolsa shu bilan bir vaqtda akademiyada o'rta asr sharqining yana bir yetuk olimi Abu Ali Ibn Sino ham faol ish olib bordi, shuni alohida takitlash lozimki Xorazm mamun akademiyasida bir vaqtning o'zida ellekdan dan ortiq olim matematika, astranomiya, tibbiyot, tarix, tilshunoslik, geografiya, geodeziya, topografiya va mexanika kabi fanlar bilan shug'ullanib ularning kelajakda jahon miqyosida rivojlanishiga zamin yaratib berganlar.

O'z navbatida Xorazm mamun akademiyasi olimlarining ilmiy dunyo qarashlarining rivojlanishida qadimgi yunon, hindiston, eron, xitoy va boshqa o'tmish jahon ilmiy tadqiqot va innavatsion markazlarining ro'li katta bo'lgan, bugungi kunda Ma'mum akademiyasi olimlarining asarlari jahonning eng ko'zga ko'ringan oliygohlarida darslik sifatida talabarga o'qitilib kelinadi, Bularga misol sifatida Abu Nasr Ibn Iroq, Abul Hayt Ibn Hammol, Abu Sahil Jurjoniy, Abu Ali Ibn Sino, Al Beruniy kabi yetuk olimlarning asarlarini keltirishimiz mumkun, bundan tashqari butun tibbiyot olimlari uchun bugungi kungacha eng muhum asr va manba shuningdek darslik hisoblangan Ibn sinoning "TIB" qonunlari asari ham aynan olim xorazmda yashagan davrda xorazm Ma'mun akademiyasida yozilganligi ushbu oliy ilm dargohning naqadar buyukligini keltirib o'tishimiz mumkun. Bizningcha, Xorazm Ma'mun akademiyasi Platon akademiyasi, Mirsdagi Aleksandiriya kutubxonasi kabi ilmiy dargohlar bilan bir qatorda tilga olinadi, bir so'z bilan aytganda xorazm Ma'mun akademiyasi oz vaqt faoliyat ko'rsatgan bo'lsada u yoqqan chiroq, u taratgan nur bugungi kungacha songani yo'q.

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni markazi hisoblangan Ma'mun akademiyasi rivoyatlarga va manbalarga asosan Kunya-Urganchda Qirk Molla tabarruk tepaligi borligi , bu turkiy tilda "40 mulla" degan ma'noni anglatib, u shaharning shimoliy-sharqida, Sulton Tekesh maqbarasi yaqinida joylashgan. Höyükning maydoni taxminan 3 gektar, maksimal balandligi esa 12,5 metr bo'lgan .

Bu joy Gurganjning eng qadimgi markazi (Qunya-Urganchning eski nomi). Unda olib borilgan qazishmalarda antik davrga oid qal'a devori va qurbongoh

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

topilgan. O'rta asrlarda tepalik o'rnida mashhur Ma'mun akademiyasi va kutuvxonasi joylashgan bo'lgan.

Mahalliy rivoyatlarga ko'ra, mo'g'ullar istilosi davrida kutubxonada yashagan 50 nafar olim bu yerda saqlanayotgan bebaho qo'lyozmalarning qutqarilishini so'rab duo qila boshlagan. Dushman yaqinlashgach, kutubxona o'girilib, yer ostiga o'tib ketgan.

Muqaddas tepalik etagida qabriston bor. Bu yerga ziyoratchilar, bepusht ayollar tashrif buyurishadi, ular bu yerda antiqa marosim o'tkazadilar. Ollohga duo qilib, chopon yoki ko'rpaga o'ralib, tepadan dumalab tushad ilar. Erkaklar ham tepalikning tepasida ibodat qilish uchun bu yerga kelib turishadi.

O'zbekistonning ilmiy saloxiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o'rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoiy olimlarni har tomonlama qollab quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirish, qadimda fan, ma'rifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, insoniyat tarixidagi ilk akademiyalardan bo'lmish Ma'mun Akademiyasini qaytadan Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

mintaqaviy bolimi Xiva shahrida tashkil etilib, unga Xorazm Ma'mun Akademiyasi nomi berildi.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan fakt va holatlardan kelib chiqqan holda biz ko'hna va hamisha navqiron Xorazm voxasidagi meros ilmiy bilimlar va tadqiqotlarni zamon talablariga mos ravishda rasmona ilmiy tadqiqot va innovatsion markazlari bunyod etish vaqti keldi deb xisoblaymiz. Bu birinchidan, katta iqtisodiy daromad keltiradi, ikkinchidan Markaziy Osiyoda ilk sivilizatsiya vatani Xorazmning obro'-e'tiborini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yanada yuqori bosqichlarga olib chiqadi. ilmiy tadqiqot va innovatsion markazlarining turi-tarmoqlari borligi bziga ma'lum.

Shunga yarasha talab va ehtiyojdan kelib chiqib har bir tumanda , tuman markazlarida, shahar markazlari, viloyat markazlarida va respublika markazlarini tashkil qilish, ayniqsa azal-azaldan mavjud bu ilmiy dargohlarning tarixi bugungi kunda ilmiy izlanishlarni , ilm-fanning rivojlanish bosqichlariga katta hissa qo'shib, yashab ijod qilib kelayotgan makonlarda zamonaviy ilmiy tadqiqot va innovatsion markazlar bo'lsa bugungi kunda ilmiy izlanishlarni , ilm-fanning rivojlanish yanada baland cho'qqilarga chiqar edi degan taklifni muommo sifatida qo'ymoqchimiz.

REFERENCES

1. I.S.Baydjanov, K.Sobirov, M.Jumaniyozova: Xorazm Ma'mun akademiyasi o'tmishda va xozir Urganch -2006 yil

2. B.A.Abduxalimov- Xorazm Ma'mun akademiaysi-1996 yil

3. Азимов И -Архитектурние памятники Харезма. Ташкепт, "Узбекистан",

4. Ахмедов М. К Ансамблевая застройка: Традиции и прссмственность "Архитектура Узбекистана". Ташкент. 1985,

5. Будатов М. С. Геометрическая гармонизация в архитектуре Средней Аэии IX — XV пв. Иэд. 2-ое исп. и доп. М., "Наука", 1988.

6. https://www.youtube.com/watch?v=dWRFeRccgzw&t=21 б

7. https://www.youtube.com/watch?v=US-7-YfhgУМ

1982.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.