Научная статья на тему 'ILMIY BILISHDA ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK'

ILMIY BILISHDA ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

11708
531
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy mahsul / ongsizlik / patologik hodisalar / gallyusinatsiya / til amaliy-haqiqiy ongdir. / Social product / unconsciousness / pathological phenomena / hallucinations / language is practical-real consciousness.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sirojiddin Azimov

Ushbu maqolada psixologiya va pedagogikada ilk ong tushunchasini keng tadqiq qilgan holda, bu tushuncha bilim, ko’nikmaga ega bo’lish olrqali ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, ilmiy bilishni rivojlantirish va kerakli xulosalar chiqarish haqida soʻz yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article explores the concept of first consciousness in psychology and pedagogy, expanding the scope of creative thinking through the acquisition of knowledge and skills, developing scientific knowledge and drawing the necessary conclusions.

Текст научной работы на тему «ILMIY BILISHDA ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-282-285

ILMIY BILISHDA ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK

Sirojiddin Azimov

Jahon tillar universiteti Yoshlar bilan ishlash, Manaviyat va marifat bo'limi uslubchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada psixologiya va pedagogikada ilk ong tushunchasini keng tadqiq qilgan holda, bu tushuncha bilim, ko'nikmaga ega bo'lish olrqali ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, ilmiy bilishni rivojlantirish va kerakli xulosalar chiqarish haqida so'z yuritilgan

Kalit so'zlar: Ijtimoiy mahsul, ongsizlik, patologik hodisalar, gallyusinatsiya, til amaliy-haqiqiy ongdir.

ABSTRACT

This article explores the concept of first consciousness in psychology and pedagogy, expanding the scope of creative thinking through the acquisition of knowledge and skills, developing scientific knowledge and drawing the necessary conclusions.

Keywords: Social product, unconsciousness, pathological phenomena, hallucinations, language is practical-real consciousness.

KIRISH

Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo'lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo'lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma'noda ong marksizm klassiklarining ta'kidlashicha ijtimoiy mahsul bo'lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta'rifi qanday. Uning birinchi ta'rifi-nomining o'zidayoq berilgan bo'lib, ong deganidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o'z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-282-285

jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo'shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta'sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o'sha momentda kishi tasavvurida hosil bo'lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o'tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob'ekti bo'lgan ammo hozirgi paytda yo'q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo'li bilan masalaning hal etilishini ta'minlaydi. Aytib o'tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo'lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta'rifi unda sub'ekt bilan ob'ekt o'rtasida aniq farqlanishni o'ziga ifodasini topishi, ya'ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniqbiladi. Tirik organizmlar duyosi tarixida birinchi bo'lib unda ajralib chiqqan va o'zini atrof-muhitiga qarama-qarshi qo'ygan inson o'z ongida ushbu arama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda.

Jonli mavjudotlar ichida uning o'zigina o'zini bilishga ya'ni psixik faoliyatini o'zini tadqiq etishga yo'naltirishga qodirdir.Odam o'z hatti-harakatlarini va umuman o'zini-o'zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo'l bo'lib, uni o'zidan o'zi anglashi jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta'rifi-odamning maqsadini ko'zlovchi faoliyatini ta'minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hakazo.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o'zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o'zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi. Bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning harakterini belgilab beradi va kishi o'z irodasini ana hu maqsadga bo'ysundirish lozim» deb ta'kidlagan edi.

Maqsadni ko'zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo'nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko'ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak.

Ongning to'rtinchi ta'rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. «Mening o'z muhitimga bo'lgan munosabatim meninng ongimdir» deb yozgan K.Marks.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-282-285

Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan mo'jiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Ko'pgina dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon bo'lish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. bo'lsada, ular hamon o'zining ko'plab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, Ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.

Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir bo'ladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ong, ko'pincha, badan harakatida, xotira, xayolda na-moyon bo'ladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qo'zg'atgichlar vujudga keltiradigan javob ta'sirotlarida, asli ongli paydo bo'lib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda ro'y beradi. Mac, odam o'z o'yxayollariga cho'mgan holda uyiga qaytadi va har holda yo'ldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm va shahrik. chog'ida yuz beradigan psixik faoliyat ham Ong holatiga kiradi. Freyd Ongni sof irratsionalis-tik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan Ong o'rtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning bu-tun xattiharakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongni odam anglashga va payqashga jur'at etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.

Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, ozuqaga bo'lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin hafagarchilik); tushda sodir bo'ladigan psixik hodisalar (tush ko'rish); sezilmaydigan, lekin real ta'sir ko'rsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob reaktsiyalari («subsensor» ta'sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo'lib qolgan harakatlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kiradi. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahlash, gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.

XULOSA

Ongsizlik-kishini o'zini tuta olmaydigan qilib qo'yadigan taaassurotlar bilan bog'liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig'indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-282-285

o'mi va vaqtini mo'ljal qilish, yaxlitligi yo'qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko'rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta'sir ko'rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo'lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko'ra endilikda anglanmaydigan bo'lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro'y beradigan ba'zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko'ziga yo'q narsalarning ko'rinishi kabilarni ham ko'rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto'g'ri bo'lar edi.

Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o'ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo'lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog'liq holda bo'lgandir.

REFERENCES

1. S.G.YAroshevskiy. A.N.Jdan. Bg'Yu.B. Gippereyter «Xrestomatiya» po istorii psixologii» M.Izd. «MGU»-2000.

2. A.N.Jdan. «Istoriya psixologii» M.Nauka. -1990 .

3. A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya» T.Uzb. 2005 yil.

4. reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/120/html/102983/4_mavzu.htm http://rej a.tdpu.uz/shaxsiyrej a/content/120/html/102983/4_mavzu.htm

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.