Научная статья на тему 'ILM-FAN VA TEXNALOGIYA RIVOJIDA AYOLLARNING O‘RNI'

ILM-FAN VA TEXNALOGIYA RIVOJIDA AYOLLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
129
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
Ayol / ilm / fan / texnika / jamiyat / soha / ish / bandlik / gender tenglik. / Women / science / science / technology / society / industry / work / employment / gender equality.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Nargiza Shoaliyeva

Oxirgi yuz yil davomida ilm-fan va texnalogiyaning roli hayotning barcha jabhalarida tobora ko‘proq namoyon bo‘lib bormoqda. Ilm-fan va texnologiya aksar global muammolarga javob beradi va uning roli inson hayotining farovonligi uchun xismat qilmoqda. Ilm-fan texnologiya ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish va mustahkamlash vositasi sifatida qaralsada, lekin butun dunyoda ayollar fan va texnologiya sohalarida hal qiluvchi rolga ega emaslar. Bu muammoning sabablari birinchidan, oila va ayollarning jamiyatdagi o‘rni va faoliyati to‘g'risidagi shaxsiy qarashlari, oiladagi vazifalar bo‘lsa, ikkinchidan, jamiyatda ularning ishtirokini ta’minlashish talabini pasligidir. O‘zbekiston xotin-qizlari ham bundan mustasno emas. Butun dunyo bo‘yicha yuqori ilmiy darajalarga yaqinlashganda, ayollar soni kamayadi. Ushbu maqolada shu sohadagi mavjud muammolar va fan, texnologiyani qo‘llash, rivojlantirishda ayollarning roli jamiyatni takomillashtirishga qanday olib kelishi mumkinligini ko‘rsatiladi. Shuningdek, ushbu maqola fan va texnologiya ayollarning pozitsiyasiga qanday ta'sir qilishini ko‘rsatishga harakat qilingan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND TECHNOLOGY

Over the past hundred years, the role of science and technology has become increasingly evident in all aspects of life. Science and technology answer most of the global problems and their role is to provide the benefit of human life. Although science and technology are seen as a means of increasing and strengthening the social activity of women, throughout the world women do not play a significant role in the field of science and technology. The reasons for this problem are, firstly, women’s family and personal ideas about their role and activities in society, their responsibilities in the family, and secondly, the lack of demand for their participation in the life of society in this area. Women of Uzbekistan are no exception. Around the world, the number of women decreases as they approach scientific, advanced degrees. This article shows the current problems in this area and how the role of women in the development of science and technology can lead to a better society. This article also tries to show how science and technology affects the status of women and makes recommendations.

Текст научной работы на тему «ILM-FAN VA TEXNALOGIYA RIVOJIDA AYOLLARNING O‘RNI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-4-24-32

Pages: 24-32

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

ILM-FAN VA TEXNALOGIYA RIVOJIDA AYOLLARNING O'RNI

Nargiza Shoaliyeva

PhD, dotsent O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent, O'zbekiston E-mail: [email protected]

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: Ayol, ilm, Annotatsiya: Oxirgi yuz yil davomida ilm-fan va

fan, texnika, jamiyat, soha, ish, texnalogiyaning roli hayotning barcha jabhalarida tobora bandlik, gender tenglik. ko'proq namoyon bo'lib bormoqda. Ilm-fan va texnologiya

aksar global muammolarga javob beradi va uning roli inson hayotining farovonligi uchun xismat qilmoqda. Ilm-fan texnologiya ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish va mustahkamlash vositasi sifatida qaralsada, lekin butun dunyoda ayollar fan va texnologiya sohalarida hal qiluvchi rolga ega emaslar. Bu muammoning sabablari birinchidan, oila va ayollarning jamiyatdagi o'rni va faoliyati to'g'risidagi shaxsiy qarashlari, oiladagi vazifalar bo'lsa, ikkinchidan, jamiyatda ularning ishtirokini ta'minlashish talabini pasligidir. O'zbekiston xotin-qizlari ham bundan mustasno emas. Butun dunyo bo'yicha yuqori ilmiy darajalarga yaqinlashganda, ayollar soni kamayadi. Ushbu maqolada shu sohadagi mavjud muammolar va fan, texnologiyani qo'llash, rivojlantirishda ayollarning roli jamiyatni takomillashtirishga qanday olib kelishi mumkinligini ko'rsatiladi. Shuningdek, ushbu maqola fan va texnologiya ayollarning pozitsiyasiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatishga harakat qilingan va _tavsiyalar berilgan._

THE ROLE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND

TECHNOLOGY

Nargiza Shoaliyeva

PhD, Associate Professor International Islamic Academy оf Uzbekistan Tashkent, Uzbekistan E-mail: [email protected]

ABOUT ATRICLE

Key words: Women, science, science, technology, society, industry, work, employment, gender equality.

Abstract: Over the past hundred years, the role of science and technology has become increasingly evident in all aspects of life. Science and technology answer most of the global problems and their role is to provide the benefit of human life. Although science and technology are seen as a means of increasing and strengthening the social activity of women, throughout the world women do not play a significant role in the field of science and technology. The reasons for this problem are, firstly, women's family and personal ideas about their role and activities in society, their responsibilities in the family, and secondly, the lack of demand for their participation in the life of society in this area. Women of Uzbekistan are no exception. Around the world, the number of women decreases as they approach scientific, advanced degrees. This article shows the current problems in this area and how the role of women in the development of science and technology can lead to a better society. This article also tries to show how science and technology affects the status of women and makes recommendations.

РОЛЬ ЖЕНЩИН В РАЗВИТИИ НАУКИ И ТЕХНОЛОГИИ

Наргиза Шоалиева

PhD, доцент

Международная исламская академия Узбекистана Ташкент, Узбекистан E-mail: [email protected]

О СТАТЬЕ

Ключевые

Женщины, наука, технологии, промышленность, занятость, равенство.

слова: Аннотация: За последние сто лет роль науки и

наука, техники стала все более очевидной во всех аспектах общество, жизни. Наука и технологии отвечают на большинство работа, глобальных проблем, и их роль заключается в гендерное обеспечении благополучия человеческой жизни. Хотя наука и техника рассматриваются как средство повышения и усиления социальной активности женщин, во всем мире женщины не играют решающей роли в областях науки и техники. Причинами данной проблемы являются, во-первых, семейные и личные представления женщин о своей роли и деятельности в обществе, своих обязанностях в семье, во-вторых, отсутствие востребованности их участия в жизни общества в этой сфере. Женщины Узбекистана не являются исключением. Во всем мире число женщин уменьшается по мере того, как они приближаются к научной, ученой степени. В данной статье показаны текущие проблемы в этой сфере и то, как роль женщин в развитии науки и техники может привести к улучшению общества. Также в этой статье делается попытка показать, как наука и

технологии влияют на положение женщин, и даются рекомендации.

Kirish

So'nggi yuz yillikda inson turmush tarzida xususan ayollar ijtimoyi faoliyatida katta o'zgarishlar sodir bo'lganini asosi ilm-fan va texnika rivoji bilan bog'liq ekanligi hech kimga sir emas. Har tomonlama bilimlarning rivoji, Inson o'sishi va rivojlanishining asosiy o'qi va harakatlantiruvchi kuchining omili bo'lib, xismat qiladi. Bilim olishda islom dinida chegara yo'q, beshikdan qabrgacha ilm izla deyishgan, bilim olish jinsga- ayol va erkakga ajralmaydi, bu borada ular teng! Asosiy qomusimizda ham bu borada adolat barqaror. O'zbekistonda oxirgi yillarda gender tenglik bo'yicha bir qator qaror va farmonlar xotin-qizlarimizning faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratishga karatilgan va katta ahamiyat berilmoqda.

Asosiy qism

Ma'lumki zamonimiz texnologiya zamoni, rivojlangan mamlakatlarda biron soha yo'q-ki, raqamlash va yashil raqamlash tizimi kirib bormagan bo'lsa, ayni paytda bu jarayonda dunyo aholisining yarmi, ya'ni ayollarning o'rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligi aniq ma'lum emas. Ko'p davlatlarda o'rta ta'lim majbiriy va o'qishga borganda qizbola va o'g'ilbola teng qatnashadi, shunga ko'ra dunyoning ko'plab mamlakatlarida bakalavriat talabalarining muhim qismi ayollar bo'lsa-da, ko'rsatgichlar shuni ko'rsatadiki, vaqt o'tishi bilan yuqori ilmiy darajalarda ayollar soni kamayib borishi kuzatiladi va ularning soni ko'pchilikni tashkil etmaydi. Ayollar san'at va ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, ta'lim va tarbiya sohasida ko'proq faoliyat yuritsalar, texnika, muhandislik, aniq fanlar sohalariga kamroq kirishadi. Asosan, ayollar tarbiyaviy va jismoniy parvarishga urg'u beradigan ishlarga moyil bo'lib, texnika mexanika mahoratiga va ijodiy fikrlashga tayanadigan ishlarda kamroq faoliyat ko'rsatadilar. Lekin aytib o'tish joizki, O'zbekistonda oxirgi ikki yil magistr qizlar soni 2-3 barovarga ko'paygan. Bundan tashqari, ilmiy yo'nalishlarni tanlashda gender farqlar ham nisbattan kamroq ko'zatilmoqda.

Ijtimoiy hayotga, uy ishlarini bajaradigan texnikadan tortib to qishloq xo'jaligi va sanoat sohalarida ishlaydigan texnologiyalarning kirib kelishi, ya'ni bu evolyutsiyon jarayon ko'p chegaralarni, an'analarni urf-odatlarni, qolaversa, turmush tarzni o'zgartirgan bo'lsa-da, keng ko'lamli ijtimoiy faoliyatda ayollarnining faol bo'lishiga sharoit yaratganday bo'lsa-da, lekin jamiyatda gender tenglikni texnosanoat sohalarda yo'qligini mushohada qilish oson.

Bugungi kunda texnologik imkoniyatlar muhim ishlab chiqarish omilidir. Bu inson hayotida katta o'zgarishlarga olib kelmoqda. Mazkur jarayonda bilim asosiy rol o'ynaydi. Shuning uchun malakali ishchi kuchiga talab kun sayin ortib bormoqda.

Bilimga yo'naltirilgan jamiyat sohalaridagi islohotlar va o'zgarish jarayoni, innovatsiyalarning harakatlantiruvchi omili va rivojlanish rejalari va kelajak uchun taraqqiyot strategiyasi bo'lib, xismat qiladi. Bu jarayon inson rivojlanishiga asoslanadi. U global raqobatni, yangi shakllarni kuchaytirish orqali iqtisodiyotga turli yo'llar bilan ta'sir qiladi. Ish, bandlik, tashkilotlar va korxonalar, yangi jarayonlar, siyosat, qaror qabul qilish, adolat va xilma-xillik tushunchalari va inson erkinligi miqdorini oshirish orqali jamiyatning gender munosabatlariga ham bevosita, ham bilvosita ta'sir qiladi. Gender - bu ikki guruh erkaklar va ayollarning har birini jamiyatda o'ynayotgan roli. Ma'lumki, vaqt o'tishi bilan rol o'zgarib kelmoqda va shu bilan birga u turli jamiyatlarda ham farq qiladi. Shubhasiz, bu rol ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotimizga ta'sir qilishi natijasida mamlakatlar rivoji ham turlicha jarayon olgan. Yetakchi mamlakatlarda ilm-fan, texnologiya inson hayotning ko'p jihatlariga, xususan, jamiyatning gender munosabatlariga ham ta'sir qilganini ko'rish mumkin.

Bilimga yo'naltirilgan jamiyat - fan va texnologik bilimlar barcha darajalarda bo'lgan jamiyatdir. Bu ijtimoiy jihatdan samarali. Bilim odamlar uchun strategik resur sdir. "Intellektual ishchi kuchi" bilan birga jismoniy mehnat bilan kapital, boylik va kuch ishlab chiqarishning asosiy omillari hisoblanadi. Mahsulotlar kundalik hayotda haqiqiy intellektual mehnatdan foydalanishga asoslangan (Fuchs, 2004). Shu bilan birga, bilimga yo'naltirilgan jamiyat ayollarning rolini qayta belgilashni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, texnologiya ayollarning mehnati va hayoti darajasi haqida dalolat beradi, ya'ni texnologiyani rivojlantirish va ulardan foydalanishda ayollarning o'rni alohida ahamiyatga ega. Fan va texnologiya barqaror inson rivojlanishi uchun ijtimoiy adolaga ham ta'sir qiladi. (Kelkar & Nathan, 1997).

Fan va texnologiya sohasida bilimga ega bo'lish intellektual kapital yoki intellektual ishchi kuchini hisoblangani uchun bu inson ijtimoyi hayotiga tabiiy ravishda ta'sir qiladi. Ommaviy ishlab chiqarish jarayonida bilimga asoslangan iqtisodiyot bor. Shu sababli, bilim va texnologiya ayollar hayotining barcha jabhalarida, ayniqsa, iqtisodiyot, ta'lim, tarbiya va atrof-muhitga ta'sir qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika sohasida ayollar ishtiroki qanchalik faol bo'lsa, kam rivojlangan mamlakatlarda ayollarning ishtiroki past ko'rsatgichlarni ko'rsatadi. Allaqachon tajribadan ko'rinib turibdiki, jamiyatning "keng bilim maydoni"da ayollarning yetarlicha ishtirok etishi musbiy natijalar bersa, gender tengsizligi jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy jihatdan manfiy oqibatlariga olib kelishi mumkin.

Bilim va texnologiyaning chuqurligi va keng ko'lami, uni hayotning barc ha jabhalariga kirib borishi gender tenglik uchun muhim omil va juda muhim asosdir. Ayollarning mavqeini oshirish va mustahkamlashda bilim va texnologiya ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning turmush tarzini mustahkamlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Gender teglikning mavjudligi,

ayollarning salohiyat va qobiliyatini tan olinishi ko'plab o'zgarishlarga asos bo'ladi va jamiyat rivojiga ta'sir qiladi. Inson taraqqiyotiga vakolat berish, inson tanlovini kengaytirish jarayonidir. Shu sababli, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish vaqt o'tishi bilan o'zgarishlarni talab qiladigan jarayondir. Agar u amalga oshirilsa, ayollarning imkoniyatlariga ko'ra sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oluvchi keng ko'lamli jarayon (Oldham, 2000).Shuning uchun imkoniyatlarni kengaytirish uchun mos keladigan harakatlar qilish kerak. Erkaklar uchun mavjud imkoniyatlar, ayollar uchun ham fan-texnalogiya sohada imkoniyatlar yaratilishi shart. Buning amalga oshirilishi xotin-qizlarning poydevori va huquqlarini mustahkamlaydi, ijtimoiy adolatni kengaytiradi. Boshqa tomondan, uning global o'sish jarayoniga asos bo'la oladi. Aksincha, ilm-fan, texnologiya rivojida ayollarning ishtiroki cheklanganligi nafaqat ayolning, hatto jamiyatning rivojiga ta'sir ko'rsatadi. Gender tenglik taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismlariga mos imkoniyatlar doirasini kengaytirmoqda. Rivojlanish jarayonida ishtirok etishlari uchun ayollarga imkoniyatlar yaratib berish kerak.

O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, xotin-qizlarning fan va texnika sohasida ko'proq ishtirok etishi butun jamiyat manfaatiga xizmat qiladi. Bu maqsadga qanday erishish mumkinligi faqat ayollarning muammosi emas, balki uni hal qilish uchun butun insoniyat jamiyati harakat qilishi kerak (Petersen, 1995).

Fan va texnologiya keng doiradagi faoliyatni qamrab oladi. Bu fan va texnologiyaning ayollarga qanday aloqasi borligi fan va texnologiya ta'rifiga bog'liq bo'lib, fan odatda jismoniy dunyoga va uning hodisalariga tegishli bo'lgan bilimga ega deb hisoblanadi. Eksperimental va tizimli texnologiya nuqtayi nazaridan, texnologiya, ilmiy bilimlardan inson hayotining ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanish yoki boshqacha aytganda, inson muhitida o'zgarish va takomillashtirishni yaratish (2005, Britannica Entsiklopediyasi). Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ayollar an'anaviy ravishda muhim bilim inkubatorlari bo'lib kelgan (Nath, 2001). Bugungi kunda u "bilim va texnologiya" sifatida qaraladi va asosan, ayollar bilan bog'liq inson taraqqiyoti doirasini va bilim va texnologiyalarning keng ufqini ko'rish mumkin.

Natijalar va muhokama

Bugungi kunda yangi bilimlarni qo'llash bosimi bilan ish joylarida genderning an'anaviy bo'linishi da'vo qilingan. Hozirda dunyoda bandlikka talab unchalik katta emas ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bo'limlarida malakali ishchilar mavjud. Jahon tendentsiyasi shuni ko'rsatmoqda-ki, rivojlanayotgan mamlakatlarda xotin-qizlarning bilim darajasi va malakasi umumiy tarzda yaxshilandi. Ko'p mamlakatlarda sanoatlashtirish, aholining qarishi, o'rtacha umr ko'rishning ko'payishi va ko'rsatkich bilan tug'ilishning pasayishi kompensatsiya

qilinmagan migratsiya ayollarning ko'proq ishtirok etishiga bo'lgan talabni oshirdi. Mehnat bozorining yaratilganligi, yangi texnologiyalar, yangi ish o'rinlarini yaratadi, ushbu ish imkoniyatlarining aksariyati ishchi kuchi emas, balki malakali va ixtisoslashgan kuchlar uchundir. Ushbu o'sishlarning necha foizi malakali ayollarni tashkil etishi hali aniq emas. Afsuski, statistik ma'lumotlar va ayollarning haqiqiy ishtiroki va ularning rivojlanish jarayoniga ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri rivojlanmagan mamlakatlarda kamdan-kam uchraydi. Ayollarning fan va texnikadagi ishtiroki asosan bandlikni talab qiladigan tarmoqlarda ko'rinadi, bandlik imkoniyatlari orqali bilim ko'proq ko'rinadi.

Ayollarning bilimga asoslangan ishlab chiqarishga kirishi, asosan, ularning ishtiroki ilmiy faoliyatda ko'rinadi. Buning uchun ta'lim talab qilinadi va natijada ayollar ish bilan ta'minlanadi. Ta'lim bosqichi aslida ko'nikmalarni yaratadi va ularga kuch beradi, ayollarning akademik zinapoyaga ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Ilm-fan, bilim ishlab chiqaruvchi professional kuchlarda ham o'zini namoyon qiladi.

Ta'lim bosqichi kasbiy va bilimga yo'naltirilgan bosqichdan ajralib turadi. Ta'lim davomida, avval maktab keyin universitetda gender raqobati juda kam va ayollar, asosan, hayotiy mas'uliyatdan ozodroq. Keyingi bosqichda, ya'ni bilimga asoslangan bandlik bosqichida ayollarning ishtiroki ko'proq muammolarga duch keladi. Bu bosqichlar uchga bo'lsak bo'ladi: birinchidan, ta'limning birinchi bosqichlarida ayollarning ko'pligi. Ikkinchidan, universitetlar, akademik ta'limning keyingi bosqichlarida ularning sonini kamayishi. Uchinchisi, akademik sohalarni tanlashda gender farqlarni va hozirgacha juda oz sonli ayollar bilimga yo'naltirilgan kasblarda qolishlari.

Ko'rib to'rganingizdek, muammo ko'proq yuqori darajadagi bilim malakada ayollar safi kamayib borishida, bunga asosiy sabab ko'pincha ayol kishining oiladagi mas'uliyati, vazifalari deb qaraladi. Sharq mamlakatlarining har birlarida o'zlariga xos mentalitet va qadriyatlari bor, shu jumladan, o'zbek xalqining ham o'ziga yarasha urf-odatlari va qadriyatlari mavjud, ular juda maqbul va go'zal bo'lib, asrlar davomida nasldan-naslga o'tib kelmoqda. Bu qadriyatlar xalqimizning o'ziga xosligini dunyo hamjamiyatida ta'minlab to'rsa-da, lekin ba'zi an'analar bugungi kunga kelib, zamon talablariga mos kelmaydiganga o'xshaydi, aniqrog'I, ba'zi oilalar ijtimoyi hayotdan o'z-ozidan e'tibordan chetda qolmoqda, ular an'analar chegarasi ichida yashaydilar. Ayollarimizni yuqori darajalarga erishishiga to'siqlik qiladigan omil avvalo ana shu mentalitetimizdagi ba'zi talablardan kelib chiqadi. Masalan: birinchidan, Oilada qizbolaning ta'lim-tarbiyasida yoshligidan ko'proq uy bekasi sifatida qarab tarbiyalash tamoyillari, uni psixologik jihadan buyuk ishlarga yo'naltirmaslik, undan yuksak ishlarni kutmaslik, uning potensialini oliy darajadagi ilmiy ishlar va malakalarga safarbar qilmaslik, unga ojiza sifatida

qarashlik, oiladagi ota-onaning o'zaro munosabati, erkak kishini (ug'il bolani) ustun qo'yish kabi amallar, qizbolani ma'lum darajada cheklash yoki haddini bilish tushunchasini shakllantiradi.

Davlatimiz rahbarining ayollarimizni oilada bola tarbiyasidagi bandligini yengillashtirish, ularni tezroq o'z faoliyatlariga qaytishini ta'minlash maqsadida, maktabgacha ta'lim sohanisi to'laqonli islohoti aynan mana shu bo'shliqni to'ldirish maqsadida qilingan ishlardan biri, desak mubolig'a bo'lmaydi.

Ikkinchidan, jamiyatimizda rahbarlik yoki boshqaruv ish joyini ayol kishiga berishga shoshmaydilar, har bir jamiyatning o'zini yozilmagan qonunlari ham mavjud, erkaklari birdamligi, ba'zida ayol kishiga ishonchni kamligi bizni qarashlarimizga singib ketganga o'xshaydi. Ko'pincha, kadr yetmasagina ayol xodimga lavozim nasib qilishi mumkin. Bunday qarashlar yana oiladan boshlanadi. Aynan oilada Otalar roli juda muhim, Ular ko'proq qizlariga e'tibor berishsa, o'qish va ishlarida qullab quvvatlasa, jamiyatda ham shu ruhiyat shakllanadi.

Uchunchidan, ajrimdan so'ng yosh bolalar tarbiyasi ko'proq ayol zimmasida qolishi ham ayolning jamiyatdagi faoliyatini cheklaydi. Ayol farzandli bo'lgach, bola tarbiyasi birinchi vazifasi bo'ladi. Ajrim bu mas'uliyatni ikki baravarga oshiradi. Ayol bunday holatlarda o'z ustida ishlashga vaqt topolmaydi va ro'zg'orini tebratish uchun oddiy ishlarni qilishga ham rozi bo'ladi.

Hamma holatda ham oila mustahkamligi, savyasi, farovonligi juda muhim. Jamiyat ustini oilada deganda, aynan jamiyatdagi mumammolarning negizi oiladan boshlanadishi nazarda tutiladi. Zotan, avvalo ma'naviy barkamol inson oilada tarbiyalashi kerak. Buning uchun ota-onalar bilimli, ma'rifatli bo'lishlari kerak. Mahallalarda muammoli oilalar bilan har tomonlama muntazam ma'naviy va marifiy profilaktika ishlar oborilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda, axborot vositalarida namunaviy turmush tarzdagi ayollar hayotidan ibrat oladigan, psixologik to'g'ri yo'naltiradigan video, audio dasturlar yaratish, xotin-qizlarimizning dunyoqarashini kengaytirishga, o'zligini-ayollik menini mustahkamlashga qaratilgan psixlogik, badiiy, roliklar yaratish, kitobxonlikni oshirish, gender tenglik bo'yicha keng qamrovli tashviqot va targ'ibot ishlar oborilsa, albatta o'z ijobiy natijalarini beradi.

Bugungi kunda jamiyatimizda ayollarimizning diniy qarashlarga berilishi kuchaygani hech kimga sir emas, shuni natijasida oxirgi anonim surovnomalar natijasida, juda achinarli holatni ko'rish mumkin, ko'pchilik yosh qizlarimiz ikkinchi xotin bo'lishga rozi ekanligini izza qilmasdan bildirganlar.1 Birinchi navbatta bu bilimsizlik, ma'rifatsizlik natijasi, ikkinchidan oson yashash va mas'uliyatni o'z bo'ynlariga olmaslik xohishi, eng yomoni bu holatmi islom islomga asos qilib, to'g'ri ish bilishlari! Ya'ni islomni to'g'ri tushunmaslik! Din niqobidagi gumrohlik!.

^shaharliseyilaridanbiridao^tqazganso^rovno

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 30

Shuning uchun kerak bo'lsa aynan shu mavzuda ham keng qamrovli ilmiy-diniy asoslangan ma'naviy ma'rifiy dasturlarni omma tushunadigan saviyada olib chiqish, maqsadga muvofiq bo'lib, maqbul va hozirgi kunda zaruriy bo'lgan ishlardan hisoblanadi.

Xulosa

Bugungi kunga kelib, mamlakatimiz ilm-fani va ma'naviyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, milliy tarixda o'zining noyob iqtidori bilan nom qoldirgan, yuksak int ellektual salohiyat va keng dunyoqarashga ega yuzlab ayollar nomini keltirish mumkin, ammo bular gender tenglikda kamchilikni tashkil etadi.

Modomiki, butun dunyoda xotin-qizlarning fan, texnika va innovatsion yutuqlardan teng va to'laqonli foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish, mazkur sohada gender tenglikni ta'minlash BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 11-fevralda qabul qilingan "Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar" to'g'risidagi A/RES/70/212 - sonli rezolyutsiyada o'z aksini topgan. Mazkur rezolyutsiyaga ko'ra, 2016-yildan boshlab, har yili 11-fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" (International Day of Women and Girls in Science) sifatida nishonlanadi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, ayollarning ilm-fandagi ishtirokiga e'tibor qaratish va qo'llab-quvvatlashdan iborat1. Ayollarga mamlakatimizda ham, oxirgi yillarda berilayotgan e'tibor, imtiyozlardan ogoh bo'lib, salmoqli foydalansa, jamiyatga har bir ayol darajasiga yarasha hissa qo'shishga harakat qilsa maqsadga muvofiq ish bo'ladi

Oqqan daryo oqaveradi. Bashariyatda ilm-fan va tafakkur karvoni o'z yo'lida davom etadi, bu korvon qatorida xotin-qizlarning ishtiroki faqat ijobiy natijalarni berganini jahon hamjamiyati tajribalaridan mushohada qilish mumkin. Zero, bu faollik negizi oliladan boshlanishi muqarar, ta'lim tarbiyada ham ustoz-shogird an'analari avlodlar uzviyligini ta'minlaydi, mahallalarda sog'lom muhitni yaratish programmalari, oilalar bilan individual yondoshuvlar ijobiy natijalarga olib boradi.

Jamiyatda xotin-qizlarni faolligi xohlasak xohlamasakda, baribir erkaklarga borib taqaladi, chunki jamiyat oiladan boshlanadi, shunga ko'ra oilalardagi ayolga(xotin-qizilarga) e'tibor jamiyatda o'z aksini topadi. Bu mavzuga oilalarda ham, jamiyatda ham, ko'proq erkaklarning e'tiborini qaratilsa va ulardan yordam so'ralsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Adabiyotlar:

1. Fuchs, C. 2004. "Knowledge Management In Self-Organizing Social Systems", Available at: http://www.tlainc.com/articl61.htm

_httpg/uzaiuz/oz/post|^_

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 31

2. Nathan, D. & Kelkar, G. 2004. "Wood Energy: The Role of Women's Unvalued Labour," in:

3. Oldham, G. 1997. "Gender Equity in Science and Technology: Does it Matter?", Keynote presentation at the Conference on Gender, Science and Technology, October 26, 2000, Montevideo, Urugua, Available at: http://gab.wigsat.org/oldham.html

4. Petersen, A. C. 1995. "Women & Science, Celebrating Achievements, Charting Challenges", Available at: http:// www. nsf.gov.Encyclopedia Britannica 2005, Available at: http:// www.britannica.com/

5. Nath, V. 2001. "Empowerment and Governance through Information and Communication Technologies: Women's Perspectives", Inform Lib. Rev., Vol 33, pp 317-339.

6. https://uza.uz/oz/posts/ilm-fan-taraqqiyotida-ayollarning-orni_346602

7. https://api.moiti.uz/media/book/%D0%9A%D0%BE%D0%BD%D1%84%D0%B5%-D1%80%D0%B5%D0%BD%D1%86%D0%B8%D1%8F 15-sentabr.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.