Научная статья на тему 'ILG‘OR TAJRIBALAR RIVOJLANGAN TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH MASALASI'

ILG‘OR TAJRIBALAR RIVOJLANGAN TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH MASALASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi / ilg‘or tajriba / innovatsion jarayonlar / pedagogika / pedagogika tajriba nazariyasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Surayyo Kobilova

Ushbu maqola ilg‘or tajribalar rivoj topib kelayotgan bugungi kundagi ta’lim tizimida boshlang‘ich bilimni beruvchi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlarni e’tirof etadi. Shuningdek, mazkur jarayonda bo‘lajak o‘qituvchilarda zaruriy kompetensiyalarning mavjud bo‘lishining ahamiyatini ham aytib o‘tadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILG‘OR TAJRIBALAR RIVOJLANGAN TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH MASALASI»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

2024-yil 20-fevral

ILG'OR TAJRIBALAR RIVOJLANGAN TA'LIM TIZIMIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TAYYORLASH MASALASI Surayyo Kobilova

Andiron shahar 5-umumta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676432

Annotatsiya. Ushbu maqola ilg'or tajribalar rivoj topib kelayotgan bugungi kundagi ta'lim tizimida boshlang'ich bilimni beruvchi boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda e 'tibor berilishi lozim bo'lgan jihatlarni e 'tirof etadi. Shuningdek, mazkur jarayonda bo'lajak o'qituvchilarda zaruriy kompetensiyalarning mavjud bo'lishining ahamiyatini ham aytib o'tadi.

Kalit so'z: boshlang'ich sinf o'qituvchisi, ilg'or tajriba, innovatsion jarayonlar, pedagogika, pedagogika tajriba nazariyasi.

Ma'lumki, bugungi kundagi jadal taraqqiyotning ijobiy ta'sirlari hamda jamiyatda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ta'lim tizimining ham chetda qolmasligini belgilamoqda. Zamonaviy ta'limni isloh qilish shartlaridan biri pedagogikadagi innovatsion jarayonlar bo'lib, uning nazariy va uslubiy asosi ilg'or pedagogik tajribani o'rganish va tahlil qilish sanali kelgan. Ilg'or pedagogik tajriba muammosining dolzarbligi va ahamiyati uning ilmiy rivojlanishini tahlil qilish, ushbu muammoning nazariyasi va tarixining rivojlanishini ochib berish zarurligini ilgari suradi, bu esa innovatsion jarayonlarning hozirgi holatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

O'tgan asrda ham ilg'or pedagogik tajribani o'rganish va uni tarqatish masalasi ko'pgina mintaqadagi ta'lim amaliyotining yangi o'rganilmagan qirralarini ko'rsatish imkoniyatini ifodalagan. Mazkur holat ayni davrda ham o'z ahamiyatini yo'qotmadi. Buni bugungi kunning ta'lim tizimidagi ilg'or tajribalarni o'rganish borasida olib borilayotgan turli ko'rinishdagi amaliy ishlar timsolida ko'rish mumkin. Birgina pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining xalqaro pedagogik oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'llanilayotgan mobillik almashinuv dasturi misol bo'la oladi.

Ilg'or pedagogik tajribani o'rganish g'oyalari mutlaqo yangi emas, faqat pedagogika taraqqiyotining hozirgi bosqichiga xosdir. Ilg'or pedagogik tajriba u yoki bu darajada o'qituvchilik amaliyotida doimo mavjud bo'lgan. Pedagogikaning rivojlanishi bilan pedagogik yangiliklarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etishga qiziqishning ortishi tendensiyasi kuzatildi, bu esa keyinchalik ilg'or pedagogik tajriba nazariyasining rivojlanishiga olib keldi.

Pedagogik tajriba o'z davrining o'ziga xos xususiyatlarini ham olib boradi. Vaqt olib kelgan farqlar bilan bir qatorda, o'qituvchilar tajribasini har doim umumiylik bilan kuzatish mumkin: yuqori darajadagi kasbiy bilim, shaxsiy fazilatlar, ijodkorlik, yuqori ish samaradorligi, o'zlarining to'plangan tajribasini tahlil qilish va umumlashtirish zarurati.

Mazkur sanalganlar natijasida aytish mumkinki, ilg'or tajribalar o'z rivojini topgan ayni davr ta'lim tizimida boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda bir qator muhim jihatlarga yoki qoidalarga amal qilish darkor. Negaki, amal qilinishi joiz bo'lgan talablar bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagogik faoliyat jarayonlarida impravizatsion harakatni amalga oshirishlarida ham ko'mak beradi. Bundan tashqari kasbiy faoliyatni boshlaganlarida boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan o'zaro kollobrativ aloqani yo'lga qo'yishlarida yoki buning asosida mazmunli dars jarayonlarini tashkil qilishida namoyon bo'ladi. Shuningdek, o'quvchilarni ham dars jarayonlariga jalb etish uchun turli innovatsion texnologiyalarni qo'llash kompetensiyasiga ega bo'lishlari uchun zamin bo'ladi. Bu bilan o'quvchilarning har birini dars

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

2024-yil 20-fevral

jarayonlaridagi faol ishtirokini ta'minlaydi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ilg'or zamonaviy

tajribalarni o'rganish, tahlil qilish va pedagogik faoliyatga tayyorgarlik jarayonlarida qo'llash

uchun kompetentlikni oshirish uchun juda katta yordam beradi.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qizmlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

2. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

3. Зимняя И.А. Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. М., 2004.

4. Jalilova D. Ta' lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Zulfiya Khojieva. THE ROLE OF CO-CREATION IN PREPARING FUTURE TEACHERS FOR EFFECTIVE COLLABORATIVE WORK. International Journal of Pedagogics. 2022.

6. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

7. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.