Научная статья на тему 'IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT SAMARADORLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI ASOSIDA XULQIDA OGʻISHI BOR VOYAGA YETMAGAN OʻQUVCHILARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI'

IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT SAMARADORLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI ASOSIDA XULQIDA OGʻISHI BOR VOYAGA YETMAGAN OʻQUVCHILARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
gʻayri-ijtimoiy xatti-harakatlar / dezadaptatsiya / destruktiv gʻoyalar profilaktikasi / milliy va umumbashariy qadriyatlar

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Zaripov Fayziddin Muxitdinovich

Maqolada oʻquvchilar orasida destruktiv gʻoyalar profilaktikasiga yoʻnaltirilgan pedagogik texnologiyalar masalalari oʻz ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT SAMARADORLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI ASOSIDA XULQIDA OGʻISHI BOR VOYAGA YETMAGAN OʻQUVCHILARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI»

IJTIMOIY-MA'NAVIY MUHIT SAMARADORLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI ASOSIDA XULQIDA OGISHI BOR VOYAGA YETMAGAN OQUVCHILARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI

Zaripov Fayziddin Muxitdinovich

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11242636

Annotatsiya. Maqolada o'quvchilar orasida destruktiv g'oyalar profilaktikasiga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalar masalalari o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: g'ayri-ijtimoiy xatti-harakatlar, dezadaptatsiya, destruktiv g'oyalar profilaktikasi, milliy va umumbashariy qadriyatlar.

Kirish.

Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari barchamizga yangi vazifalar yuklamoqda. Shunday vazifalardan biri - yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik va bag'rikenglik ruhida tarbiyalash, ularda hushyorlik va ogohlik tuyg'ularini mustahkamlash, ularni kattalarga hurmat, kichiklarga izzat bilan qaraydigan va milliy urf-odatlar va qadriyatlarni e'zozlaydigan barkamol shaxs qilib tarbiyalashdir.

O'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam bosgan mamlakatimizda yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik ruhida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar sifatida voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanib ulgurdi.

Hususan, bugungi kunda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi" degan ezgu g'oya asosida xalq ta'limi tizimida jadal ravishda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur islohotlar natijasida ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma'naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning joylardagi samaradorligi va natijadorligi to'g'ridan-to'g'ri sizning faoliyatingiz bilan bog'liqdir. Shuning uchun ham, sizlar bilan shunday formatda ko'rishib muloqot qilishimizning ahamiyati beqiyosdir.

Mavzuning dolzarbligi Yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilib, ularning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida mustahkam poydevor yaratildi. Bu sohada ham milliy qonunchiligimiz xalqaro huquqning umume'tirof etgan tamoyillarini tan olgan holda 5 ta xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilidi va o'ndan ortiq qonunlarni amalga joriy etdi.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tub mazmun-mohiyatiga ko'ra, yosh avlodni chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega bo'lishini ta'minlashdek ezgu maqsadga qaratilgan. Shuningdek, mazkur siyosatning tub mazmunida jahon andozalariga mos raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlash, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash, ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash hamda ular o'rtasida olib boriladigan ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish, shu bilan birga faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan shaxslarni tarbiyalashdek ulug'vor maqsadlar yotadi.

Tadqiqotning asosiy yo'nalishi huquqiy tarbiyani inkor etmagan holda huquqiy ta'lim orqali huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Zero, "Najot - maktabda, najot - ta'limda, najot -bilimdadir!..."

Huquqiy tarbiya va huquqiy ta'limning uzviyligini e'tirof etgan holda ularning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Xususan, huquqiy tarbiya - huquqiy ongni shakllantirishda huquq normalariga rioya qilish, ularni bajarish va bu normalardan foydalanishni ta'minlovchi asosiy omil bo'lsa, huquqiy ta'lim - muayyan huquq sohalari bo'yicha egallashi zarur bo'lgan ma'lumotlar, bilimlar majmui bo'lib, huquqiy tasavvur va huquqiy tushunchalar hosil qilish vositasidir. Ya'ni huquqiy ta'lim shaxsning huquqiy borliq, huquqiy voqelik, jamiyatdagi huquqiy munosabatlar, huquq normalari haqidagi bilimlar tizimidir. Natijada shaxs huquqiy ongi shakllanishida huquqiy ta'limning nazariy asoslariga doir xulosalar berilgan. Mavjud huquqiy ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni jahon talablari darajasiga ko'tarish, malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli, huquqiy savodxon avlodni tarbiyalash maqsadida huquqiy ta'lim nazariyasini ishlab chiqish, uning tizimini, tarkibiy qismlarini, o'qitish metodlari tizimini takomillashtirish, shaxs huquqiy ongini shakllantirishda uning ahamiyatini ochib berish tadqiqot ishida o'z aksini topgan.

XXI asrda zamonaviy inson hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarining o'ta dinamik ritmda, muhim ma'lumotlar oqimida va ma'lum darajada hayot sharoitidagi turli o'zgarishlarga tez javob berish zaruratida namoyon bo'lgan xususiyatlari biologik stimullar va ijtimoiy me'yorlarga asoslangan xulq-atvor strategiyalarini qurishdagi odatiy usullarga zid keladi. Chunonchi, inson hayotining zamonaviy sharoitlarining o'ziga xosligi va paydo bo'lgan muammolarni bartaraf etish uchun avlodlarning biologik kodlari va tajribasidan foydalanish imkoniyatlarining yetishmasligi ko'p jihatdan odamlarning psixologik travmatizmining kuchayishini belgilab berdi.

Inqirozli vaziyatda bo'lish shaxsning hissiy holatida ham, uning atrofdagi odamlar va ular bilan bo'lgan munosabatlari, o'zi va dunyodagi o'rni haqidagi g'oyalari mazmunida turli xil o'zgarishlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ko'pincha, g'oyalarni bunday qayta ko'rib chiqish shaxsning tuzilishidagi o'zgarishlarga olib keladi. Ular ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Inqirozga uchragan odam bir xil bo'lib qolishi mumkin emas: ular o'zlarining haqiqiy travmatik tajribasini tanish, stereotip toifalari nuqtayi nazaridan o'zini tushuna olmaydilar yoki oddiy odatiy moslashish modellaridan foydalanadilar. Natijada, inqirozli vaziyatdagi subyektning ongida hayotiylikka qarshi ko'rinishlar paydo bo'lishi mumkin. Yosh rivojlanishining o'ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, hayotdagi inqirozli vaziyatlarda eng zaif bo'g'ini - bolalar va o'smirlardir.

Ta'lim muassasalari faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish bilan bir qatorda o'quvchi va o'quvchilar salomatligini asrash va mustahkamlashdan iborat. Bolalar va o'smirlarning psixologik salomatligini saqlashda ta'lim muassasasining psixologik xizmati muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi-psixologning vazifalari o'quvchilarning rivojlanishidagi inqiroz davrlarini psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash, inqirozli vaziyatdagi bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko'rsatishni o'z ichiga oladi.

Shu munosabat bilan o'qituvchilar va ta'lim muassasalarining barcha xodimlari, ijtimoiy o'qituvchilar, ota-onalarning psixologik xabardorlik darajasini ham oshirish, ham inqirozli vaziyatda bolalar va o'smirlarga psixologik yordam ko'rsatish ko'lamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir.

Ko'p hollarda "destruktiv xulq" iborasi ilmiy davralarda tilga olinadi. Aslida esa jamiyat tomonidan qabul qilingan, e'tirof etilgan me'yor va rollarga mos kelmaydigan, muqobil nuqtayi nazarlarga radikal ravishda qarshi yo'naltirilgan xulq-atvor, oddiy til bilan aytganda, buzg'unchilik g'oyalarining tarqatilishi ana shu faoliyat turiga mansubdir.

Destruktiv faoliyat boshqa insonlar, jamiyat, davlat, tabiiy muhit, madaniy-tarixiy yodgorliklar, turli buyumlar, shuningdek, shaxsning o'z taqdirini o'zgartirishi (tubanlashuvi, inqirozi, suitsid) bilan tavsiflanadi.

Ijtimoiy dezadaptatsiya holatlari natijasida shakllangan usmir xulqidagi salbiy o'zgarishlarni bartaraf etishda zaruriy hollarda ehtiyotkorlik bilan ota-onalarning psixolog, psixiatr va psixoterapevt maslahatlarini olishdan cho'chimasligi, ularning xoxishiga kura, bu maslahatlar anonim tarzda berilishi mumkinligi, undagi ijobiy yoki salbiy uzgarishlar tug'risida ular bilan o'tkazilgan suhbatlarni ochik taxlil kilish mumkinligini tushuntirish lozim.

Tadqiqot natijalaragi ko'ra quyidagi xulosa va amaliy tavsiyalar taklif etilmoqda:

- joylarda profilaktika inspektorlari, inspektor-psixologlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda tarbiyasi og'ir o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni kuchaytirish;

- maktab direktori va uning o'rinbosarlari, ijodiy-madaniy masalalari bo'yicha targ'ibotchilar, psixolog va sinf rahbarlariga doimiy ravishda metodik yordam ko'rsatish;

"Yoshlar markazlari"da tashkil etilgan turli to'garak va o'quv kurslariga tarbiyasi og'ir o'quvchilar doimiy jalb etish;

- Probatsiya bo'linmalari (uy qamog'idagi) nazorati ostida turgan voyaga yetmaganlarga ta'lim muassasalarida amaliyotchi psixologlardan murabbiylar biriktirish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-avgustdagi PQ-340-son qarori;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 5-aprel kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishining 27-sonli bayoni;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori;

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son qarori;

6. https://uzedu.uz/uz;

7. https://qalampir.uz/news/maktab-ta-limini-rivozhlantirmasak-yeshlarimiz-sharoit-bor-zhoyga-ketadi-mirziyeev-54418

8. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.