Научная статья на тему 'IJTIMOIY HIMOYANING TARKIBIY TUZILMASI VA FUNKSIYALARI'

IJTIMOIY HIMOYANING TARKIBIY TUZILMASI VA FUNKSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodologiya / nazariya / empirika / himoya / muhtojlik / ijtimoiy siyosat / ijtimoiy nochorlik / kambagʻallik / ijtimoiy himoya / sotsiologik protsedura / ijtimoiy tahlika / ijtimoiy tahdid. / methodology / theory / empiricism / protection / need / social policy / social helplessness / poverty / social protection / sociological procedure / social threat / social threat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sh. M. Sodiqova

Maqolada ijtimoiy himoya tizimini sotsiologik oʻrganishda asos boʻlib xizmat qiluvchi nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Bunda mumtoz sotsiologiya vakillarining ijtimoiy stratifikatsiya, ijtimoiy himoya, ijtimoiy nochorlik, kambagʻallik, ijtimoiy tahlikalar kabi tushunchalar sotsiologik tadqiqotlarda alohida ahamiyatli ilmiy kategoriyalar sifatida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURE AND FUNCTIONS OF SOCIAL PROTECTION

The article analyzes the theoretical approaches underlying the sociological study of the social protection system. At the same time, such concepts as social stratification, social protection, social helplessness, poverty, and social threats were analyzed by representatives of classical sociology as particularly important scientific categories in sociological research.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY HIMOYANING TARKIBIY TUZILMASI VA FUNKSIYALARI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

IJTIMOIY HIMOYANING TARKIBIY TUZILMASI VA FUNKSIYALARI

Sh. M. Sodiqova

Sotsiologiya fanlari doktori, professor Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Maqolada ijtimoiy himoya tizimini sotsiologik o'rganishda asos bo'lib xizmat qiluvchi nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Bunda mumtoz sotsiologiya vakillarining ijtimoiy stratifikatsiya, ijtimoiy himoya, ijtimoiy nochorlik, kambag'allik, ijtimoiy tahlikalar kabi tushunchalar sotsiologik tadqiqotlarda alohida ahamiyatli ilmiy kategoriyalar sifatida tahlil qilingan.

Tayanch so'zlar: metodologiya, nazariya, empirika, himoya, muhtojlik, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy nochorlik, kambag'allik, ijtimoiy himoya, sotsiologik protsedura, ijtimoiy tahlika, ijtimoiy tahdid.

STRUCTURE AND FUNCTIONS OF SOCIAL PROTECTION

Sh. M. Sadiqova

Doctor of Sociology, Professor International Islamic Academy of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

The article analyzes the theoretical approaches underlying the sociological study of the social protection system. At the same time, such concepts as social stratification, social protection, social helplessness, poverty, and social threats were analyzed by representatives of classical sociology as particularly important scientific categories in sociological research.

Keywords: methodology, theory, empiricism, protection, need, social policy, social helplessness, poverty, social protection, sociological procedure, social threat, social threat.

Ijtimoiy himoyaning turlari va shakllari borasida ilm-fanda turli-tuman fikrlar mavjud. Xalqaro mehnat tashkilotining ta'rifida ushbu tizim nafaqat ijtimoiy tahlikalardan kishilarni himoyalash, balki sog'liqni saqlash, ta'lim olish, maishiy darajadagi muammolar yechimini topishda ko'maklashishni ham nazarda tutadi. Boshqa ta'riflarda esa ijtimoiy himoya davlatning har bir shaxs rivojlanishini ta'minlashga yo'naltirilgan faoliyati va aholining kam ta'minlangan qatlamlarini himoyalash sifatida tavsiflanadi. Bunda ijtimoiy himoya jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy tartibot sifatida qabul qilinib, kishilar jamiyatda o'z o'rni (maqomi)ni shakllantirishi va mustahkamlanishidan manfaatdorlikni ifodalaydi.

April 20, 2024

549

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

Ayrim mualliflar ijtimoiy himoyaning tashkiliy komponentlari sifatida ijtimoiy sug'urtalash, ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmat, deb ko'rsatsalar (A.Yakovleva, V.Yuodeshko), boshqa mualliflar ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minotni nazarda tutadilar (M.Stepanova, L.Laskina, A.Yakovleva, G.Suleymanova). Bunda ijtimoiy himoya jamiyatning har bir a'zosining hayotiy muhim ijtimoiy huquqlarini himoyalovchi iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy kafolatlarning sohalararo aloqadorlikdagi yaxlit tizimi sifatida tavsiflanadi.

Uning maqsadi esa barchaga teng ijtimoiy imtiyozlarni kafolatlashdan iborat. Ijtimoiy himoya chora-tadbirlari davlat ijtimoiy siyosati komponenti sifatida:

a) tibbiy-ijtimoiy xizmat, ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy sug'urtalanishda teng imkoniyatlar;

b) ijtimoiy himoya chora-tadbirlarining uzluksizligi, fuqarolarning individual ehtiyojlariga yo'naltirilganligi, ijtimoiy adaptatsiyaning ustuvor yo'nalishi sifatida olinadi (A.Savinov, T.Zarembo) [1].

Biz 200 dan ortiq maxsus ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy himoyaning tashkiliy komponentlari haqida fikrlarni kontent-tahlil qilish davomida ijtimoiy himoyaning tashkiliy-tuzilmasini quyidagi mezonlar asosida turkumlab oldik, bular:

1) Qamrov ko'lami bo'yicha:

a) yalpi (aholining barcha qatlamlarini istisnosiz qamrab oluvchi);

b) maxsus yoki differensiallashgan (kategorial) - aholining alohida qatlamlariga yo'naltirilgan;

v) favqulodda holatlarda (maxsus normativ aktlarga o'rnatilgan holatdan kelib chiqib, baxtsiz hodisalar, tabiiy-texnogen ofatlar) himoyalash.

2) Funksional vazifalari bo'yicha:

a) kompensatsiyalovchi - aholining turli qatlamlariga mansub shaxslar uchun teng imkoniyatlarni yaratishdan iborat (nogironlar, yetimlar);

b) stimullovchi - kishilarni ijtimoiy foydali faoliyatga undashni maqsad qilib oladi.

3) Oraliq bo'g'inning mavjudligi bo'yicha:

a) bevosita (pensiya, ko'mak pullari, ijtimoiy xizmat ko'rsatish va h.k.);

b) bilvosita (masalan, imtiyozlarni taqdim etish).

4) Fuqarolarning ishtiroki darajasiga ko'ra:

a) faol (bandlik xizmati orqali ishga joylashish, jamoatchilik ishlarida qatnashish, jamg'arilib boruvchi pensiya to'lovlarini amalga oshirish, ijtimoiy sug'urtaning qo'shimcha shakllaridan foydalanish);

b) passiv (pensiya, ko'mak pullari, ijtimoiy xizmatlarning passiv foydalanuvchisi).

5) Ijtimoiy himoya ob'yekti bilan o'zaro ta'sir vositalariga ko'ra:

550

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

Naional^niversity^f^zbekistan^^^^y^^

a) individual - (social casework) markaziy konsepsiyasiga binoan inson muammolari yechimining eng samarali strategiyasi individning irodaviy xususiyatlarini mustahkamlash va qo'llab-quvvatlashdan iborat;

b) guruhli - kishiga uning jismoniy va ma'naviy kuchini rivojlantirish maqsadida guruhli tajribani uzatish orqali yordam berish, guruhli faoliyatni tashkil qilish va guruh a'zolarining ijtimoiy faolligini oshirish yoki intensiv muloqotda individual tajriba hamda o'z-o'zini anglash ko'lamini kengaytirish;

v) jamoaviy - turli jamoatchilik tashkilotlari va guruhlari hamda mahalliy, mintaqaviy yoki umumdavlat darajadagi tashkilotlar vakillari bilan o'zaro munosabatiga asoslanadi.

6) Ijtimoiy himoya shakllari bo'yicha:

a) ijtimoiy ta'minot (davlat ta'minoti);

b) ijtimoiy sug'urta; v) ijtimoiy yordam;

g) ijtimoiy xizmat shaklidan iborat ekanligi va ushbu shakllar muayyan davlatning ijtimoiy himoya tizimida farqlanishi.

7) Ijtimoiy himoya subyekti-obyekti o'rtasida munosabatlarning reglamentlari:

a) shartnoma asosida (pullik yordam va xizmat turlari);

b) normativ aktlar asosida shartnomasiz - bepul va imtiyozli ta'minot hamda xizmatlar (1-rasm).

1-rasm. Ijtimoiy himoya tizimining tashkiliy tuzilmasi va tarkibiy elementlari

Ijtimoiy himoya tizimlar nazariyasida dinamik va strukturali-funksional modelni hosil qiladi [2]. Ijtimoiy himoyaning dinamikligi uning zamon (vaqt) davomida xatti-harakatini anglatsa, strukturali-funksionalligi ijtimoiy himoyaning funksionalligi, harakati, holati va tarkibning o'zgarib borishini nazarda tutadi. Ushbu modelga muvofiq, ijtimoiy

551

April20,2024

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

himoya tizimining ichki elementlari va uning davlat ijtimoiy siyosatining komponenti sifatida o'zaro munosabatlar yig'indisi shakllanadi.

Ijtimoiy himoya - davlat fuqarolarning konstitutsion huquqlari va "minimal kafolatlar" (davlatning minimal ijtimoiy standartlariga kiruvchi mehnatga haq to'lash, pensiya ta'minoti, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, ijtimoiy xizmat, maishiy-turar joy xizmati)ni ta'minlash bo'yicha yuritiladigan siyosati bo'lib, unda aholining ayrim toifalari (yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, kam ta'minlangan oilalar) ijtimoiy to'lovlar va ijtimoiy xizmat birligi asosida qo'llab-quvvatlanadi. "Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati"da ijtimoiy himoya jamiyatda qaror topgan va mamlakat aholisining ijtimoiy hamda moddiy muhofaza qilinishini ta'minlaydigan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui", - deb izohlangan [3]. Bunda ijtimoiy yordam -manzilli xususiyat kasb etib, unga da'vogarlik qilayotgan shaxslarda muhtojlik darajasi oldindan tekshirib ko'riladi. Mazkur jarayonda kishining yashash uchun zaruriy daromad manbayiga ega emasligi yoki oylik maoshi "yashash minimum"idan past ekanligi asosiy mezon sanaladi. Ijtimoiy yordam pullik yoki moddiy (natura - oziq-ovqat, dori-darmon va h.k.) bo'ladi. Ijtimoiy yordam moddiy jihatdan qiynalgan fuqarolar va oilalarni davlat yoki jamiyat mablag'lari hisobidan moddiy-ijtimoiy himoyalash shakli hisoblanadi.

Ijtimoiy yordamning tashkiliy asosi davlatning ijtimoiy dasturlari sanaladi. Ushbu dasturlarda aholiga ko'rsatiladigan majburiy yordam turlariga ijtimoiy tahlikalarning oqibatlarini bartaraf qilish yoki salbiy ta'sirini susaytirishga yo'naltirilgan moddiy yordam turi kiradi. Ijtimoiy yordam dasturlari murakkab vaziyatga tushib qolgan kishilarga yo'naltiriladi [4]. Bulardan kam ta'minlanganlik, kambag'allik va bolali oilalarga ko'mak pullarini ajratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy yordamning qo'shimcha turlari jamoatchilik tashkilotlari va xayriya jamg'armalari, ixtiyoriy shaxslar faoliyati orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy yordamning asosiy yo'nalishlaridan biri kam ta'minlangan aholi qatlamlarini qo'llab-quvvatlash dasturlari bo'lib, ular davlat mablag'lari evaziga moliyalanadi. Shuningdek, kam ta'minlangan aholi qatlamlariga turar-joy subsidiyalari ajratiladi.

Ijtimoiy yordamning faol yoki sust shakllari tafovutlanadi. Faol ijtimoiy himoya differensial-preventiv xususiyat kasb etadi. Aholini muhtojlikka tushiruvchi ijtimoiy tahlikalarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlaridan himoyalashga qaratiladi. Bu esa mehnatga yaroqli aholiga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, yangi kasb-hunarga o'qitish, doimiy daromad manbayiga ega bo'lish uchun shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash kabilarni tashkil qiladi. Ijtimoiy yordam muddatli xususiyat kasb etib, uning bosh maqsadi uzoq muddatli moddiy ta'minot emas, muayyan davrda moddiy ta'minlab turish evaziga kishining muhtojlik (kambag'allik)dan chiqib, mustaqil daromad topish imkoniyatini qo'llab-quvvatlashdan iborat. Sust chora-tadbirlarga ijtimoiy ojiz qatlamlarning turmush darajasini qo'llab-quvvatlash maqsadida ishsizlikdan,

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

kam ta'minlanganlik, bolalar parvarishi uchun posobiyalarni to'lab berish, uy-joysiz qatlamlarni moddiy qo'llab-quvvatlash kiradi.

REFERENCES

1. Яковлева А.В. Экономическое поведение участников страхового рынка в отношении страхования безарботицы: социологический подход / Научный журнал НИУ ИТМО, 2015. № 1. - С. 258-264; Юдешко В.И. Социальная защита семей с детьми как фактор демографического развития. Автореф. дисс. канд. экон. наук... -Минск, 2019. - С. 9.

2. Садыкова Шахида Мархабаевна. Актуальные вопросы социальной защиты пожилых людей в узбекистане // НАУ. 2015. №4-6 (9). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-sotsialnoy-zaschity-pozhilyh-lyudey-v-uzbekistane (дата обращения: 18.04.2024).

3. Хайринисо Хусанова Институциональные основы социальной защиты нуждающихся слоев населения // ОИИ. 2021. №2. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/_institutsionalnye-osnovy-sotsialnoy-zaschity-

nuzhdayuschihsya-sloev-naseleniya.

4. Kholmamatovich Z. E. The essence and significance of the neighborhood in the development of the national mentality //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 21. - С. 271-277.

553

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.