Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Boshlang’ich sinf / aqliy tafakkur / raqamli ta’lim muhiti / pedagogika / axborot xavfsizligi / media / axborotlashtirish / ilg’or tajribalar / mantiqiy tafakkur / fan.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon Qizi, Kamolova Nodirabegim Lutfullo Qizi

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy tafakkurini shakllantirish, iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash va bu orqali ularnining individual xususiyatlarini o’rganib, rivojlantirib borishning ilmiy-nazariy hamda pedagogik asoslari to’g’risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING AQLIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING

PEDAGOGIK ASOSLARI 1Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, 2Kamolova Nodirabegim Lutfullo qizi

1Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, Pedogogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori(PhD),dotsent, 2Nizomiy nomidagi TDPUning Boshlang'ich ta'lim Fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10678499

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli ta'lim muhitida boshlang'ich sinf o'quvchilarining aqliy tafakkurini shakllantirish, iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash va bu orqali ularnining individual xususiyatlarini o'rganib, rivojlantirib borishning ilmiy-nazariy hamda pedagogik asoslari to'g'risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich sinf, aqliy tafakkur, raqamli ta'lim muhiti, pedagogika, axborotxavfsizligi, media, axborotlashtirish, ilg'or tajribalar, mantiqiy tafakkur, fan.

Аннотация. В статье рассматриваются научно-теоретические и педагогические основы формирования психического мышления учащихся младших классов в цифровой образовательной среде, выявления их талантов и способностей и тем самым изучения и развития их индивидуальных особенностей.

Ключевые слова: Начальный класс, мысленное мышление, цифровая среда обучения, педагогика, информационная безопасность, средства массовой информации, информация, передовой опыт, логическое мышление, наука.

Abstract. This article discusses the scientific-theoretical and pedagogical foundations of forming the mental thinking of elementary school students in the digital educational environment, identifying their talents and abilities, and thereby studying and developing their individual characteristics. recommendations are given.

Keywords: Elementary class, mental thinking, digital learning environment, pedagogy, information security, media, information, best practices, logical thinking, science.

Ta'lim jarayoni o'qituvchi va o'quvchining hamkorligidagi faoliyat hisoblanadi. Ushbu faoliyatda shaxs taraqqiyoti, rivojlanish va tarbiya jarayonlari amalga oshiriladi. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga qarab o'zgarib boradi. Bugungi kunda yosh avlodni barkamol tarbiyalash masalasi davlat miqyosidagi ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada har yili ta'lim sohasidagi masalalar o'rganilib Prezident darajasida muhokama qilinishi yorqin misol bo'la oladi.

Bolalarning ongi va tafakkuri, dunyoqarashi endi shakllanib boradigan boshlang'ich sinflarda pedagoglarning mahorati, ularning zamonaviy texnologiyalardan to'g'ri va samarali foydalana olishlari, ta'lim jarayoniga munosib tadbiq eta olishi, ta'lim berishning yangi, xorijiy tajribalar asosida va milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilish juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Aynan, boshlang'ich sinflik davrida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish katta ahamiyatga ega. Chunki bu davrni bolalar o'zlari uchun kerakli juda ko'p ma'lumotlarni oladi. Maktabgacha ta'lim davrida bolalarning nutqiy va aqliy faoliyati rivojlanadi va bu davrda bolalar ota-onalariga juda ko'p savollar beradi. Dunyoni anglashga, u haqida ko'proq ma'lumot olishga harakat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning fikrlash darajasi maktabdagi ta'lim-tarbiya jarayonida takomillashib, rivojlanib boradi. Albatta, o'quvchilarning fikrlash darajasi

rivojlanishida, aqliy tafakkuri shakllanishida pedagoglarning roli beqiyos. Shuning uchun ham pedagog kadrlarni tayyorlash ham ahamiyatlidir. Pedagog

kadrlarni tayyorlashga doir ta'limotlar eramizgacha bo'lgan davrda yaratilgan asarlarda ham o'z aksini topgan. Masalan, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan "Avesto"da , Islom dinining muqaddas kitobi hisoblanadigan "Qur'oni Karim"da, hadislarda ham qimmatli fikrlar ifoda etilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqsodiy va madaniy hayot taraqqiyoti sharoitida pedagogik jarayonga "Onalar maktabi", "Buyuk didaktika", "O'qituvchilar uchun 33 qoida" kabi pedagogikaga oid yuzlab asarlar yaratilgan. Buning natijasida pedagogik faoliyat yuzaga kelgan. Pedagoglarni tayyorlash masalasi hamma davrlarda dolzarb masala hisoblanib kelgan. Keyinchalik esa o'rta O'siyo, Sharq ma'naviyat-ma'rifat darg'alari pedagogik faoliyat borasida qimmatli so'zlar aytishgan. Buz buni Abdulla Avloniy, Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Oripov ta'limotlarida yaqqol ko'ramiz. Bugungi kunda yurtimizda pedagoglar tayyorlash masalasida ko'pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Buni 2020-yil 27-fevralda qabul qingan "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonun va 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Taraqqiyot strategiyasi" yaqqol isbot etadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berish juda murakkab vazifa. Hali hayotni faqat o'zining kichik dunyosida aks ettirib tasavvur qiladigan, nimani qanday o'rgatsa shu zaylda qabul qiladigan, hali tafakkuri va dunyoqarashi juda kichik bo'lgan bolalarning ham aqliy, ham mantiqiy tafakkurlarini shakllantirish pedagogdan o'z ishiga mas'uliyat bilan yondoshishni talab qiladi. Buning mas'uliyatliligi shundaki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining tafakkuri yaxshi shakllantirib, rivojlantirib borilmasa bu nafaqat uning kelajagiga, balki, butun jamiyat kelajagiga ta'sir etmay qolmaydi. O'quvchilarning tafakkurini shakllantirish uchun bugun yangi tajribalar mavjud. Turli rivojlantiruvchi mashqlar, ta'limiy o'yinlar, darsdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil qilish, jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish orqali tafakkur tezligi va dunyoqarashlarida ijobiy fazilatlarni ham shakllantirish mumkin. Bugun o'quvchilar har kuni yangi ma'lumot olishga, yangiliklar qilishga intilmasa zamon talablari darajasida rivojlanishi mumkin emas. Aynan shu kompetensiyani o'quvchi tafakkurida bugun shakllantirish kerak. Pedagoglar ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ta'limdagi ilg'or pedagogik va yangi axborot texnologiyalarini tatbiq etishlari kerak. Bugungi kunda ta'limda "Aqliy hujum", "Fikrlar hujumi", "Tarmoqlar" metodi, "Sinkveyn", "BBB", "Beshinchisi ortiqcha", "6*6*6", "Bahs munozara", "zigzag" kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda. Bu texnologiyalar pedagog olimlar tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan va hozirda o'z samarasini ko'rsatmoqda. Shu kabi zamonaviy texnologiyalar yordamida ta'limni tashkil etish va bu orqali o'quvchilarning hozirjavobligini, tezkor tafakkur qilishni shakllantirishda samarali yordam beradi. Ta'lim jarayonida qo'llangan har bir texnologiyalar, metodlar va o'yinlar ham o'quvchilarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bulardan to'g'ri foydalanish esa pedagogning salohiyati va mahoratiga bog'liq. Shuning uchun ham pedagoglardan o'z ustilarida ko'proq ishlash, kasblariga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishish talab etiladi. Zero, prezidentiz aytganlaridek pedagoglar uchinchi renessansning asosiy tayanch ustunlari hisoblanishadi.

REFERENCES

1. 1."Boshlang'ich sinfda o'qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish usullari".

Umida Mamadjonova. 2019-yil.

2. "Xorijiy tajribalar asosida O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashni takomillashtirish masalalari". Ibragimov. A. Muradov.I.

3. 3."Xalq so'zi"gazetasi. X.Ibragimov.2024-yil.

4. "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qonun .

5. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Taraqqiyot strategiyasi".

6. 6."Boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatishda modulli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish". Mavluda Qodirova.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.