Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SHARQ ALLOMALARI ASARLARINI TANISHTIRISH'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SHARQ ALLOMALARI ASARLARINI TANISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / pedagog / o’quvchi / mutafakkir / yosh avlod.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurullayeva Nafisa Ilhom Qizi

Mazkur maqolada Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim va tarbiya masalalarida Sharq allomalari asarlarining tutgan o’rni muhokama yuritamiz. Sharq allomalari asarlarining o’zbek mumtoz pedagogikasida tutgan o’rni , tarbiyaviy ahamiyati , afzallik tomonlari nafaqat boshlang’ich sinf o’quvchilarining balki, yuqori sinf va oliy ta’lim o’quvchilarining ta’lim tarbiyasida ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi . Quyidagi maqolada ta’lim , tarbiya mazmuni , Sharq allomalari va ularning asarlaridagi pedagogik pandnomalar bilan tanishib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SHARQ ALLOMALARI ASARLARINI TANISHTIRISH»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA SHARQ ALLOMALARI ASARLARINI TANISHTIRISH

Nurullayeva Nafisa Ilhom qizi

Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti Boshlang'ich Fakultetining kechki

2/22 -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10679548 Annotatsiya. Mazkur maqolada Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ta'lim va tarbiya masalalarida Sharq allomalari asarlarining tutgan o'rni muhokama yuritamiz. Sharq allomalari asarlarining o'zbek mumtoz pedagogikasida tutgan o'rni , tarbiyaviy ahamiyati , afzallik tomonlari nafaqat boshlang'ich sinf o'quvchilarining balki, yuqori sinf va oliy ta'lim o'quvchilarining ta'lim tarbiyasida ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi . Quyidagi maqolada ta'lim , tarbiya mazmuni , Sharq allomalari va ularning asarlaridagi pedagogik pandnomalar bilan tanishib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Ta'lim , tarbiya, pedagog, o'quvchi, mutafakkir, yosh avlod.

Abstract. In this article , we discuss the role of the works of Eastern Scholars in the education and upbringing of primary school students. The role, educational importance and advantages of the works of Eastern scholars in Uzbek classical pedagogy had a positive effect on the education of not only primary school students , but also high school and higher education students . In the following article , we will get acquainted with the content of education and upbringing, the pedagogical principles of Eastern scholars and their works .

Keywords: Education , upbringing, pedagogue , student, thinker, young generation.

Аннататсия: В данной статье мы обсуждаем роль трудов восточных учёных в обучении и воспитани учащихся начальных классов. Роль, воспитательное знечени и преимущества трудов учёных-востоковедов в узбексеой классической педагогике положительно полияли на образование не только младших школьников, но и студентов старших и высших учебных заведений . В следующей статье мы познакомимся с содержанием образования и воспитания, педагогическими принципаьи ученых Востока и их работами.

Ключевые слова : Образование, воспитание, педагог, студент, мыслитель, молодое поколение.

KIRISH : Xalqimiz o'zining uzoq tarixi davomida yig'ilib kelgan qimmatbaho merosiga ega . Shular qatorida avlodlarida iymon, e'tiqod, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, odoblilik, shirin, so'zlilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishda mardanovor xizmat qilgan .

Ta'lim va tarbiya kabi jumlalar ham o'z-o'zidan vujudga kelmaydi albatta , ularni ham keltirib chiqargan sabablari , haqiqiy manbai , o'zining tarixiy asoslari mavjud . Har qanday axloqiy qoidalar muayyan qonuniyatlar va turlicha zaruriyatlar natijasida vujudga keladi va rivojlanib boradi.

Shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz joizki Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya oid asarlari , ularning turlicha qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta'sir ko'rsatgan .

Ta'lim ham o'qituvchilarning burch va o'quvchilarning haqqidir .Ta'lim bilim berish malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni , kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi . Ta'lim jarayonida ma'lumt olinadi va tarbiya amalga oshiriladi . Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushinchasini anglatadi.[1]

Muqaddas dinimizda ham ilimli kishilarning martabalari Alloh tomonidan yuksak cho'qqilarga ko'tarib qo'yilishi haqida ham marhamat qilingan .

Rasululloh sollallahu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar : "Ilm o'rganing ilm uchun sakinat va viqorni ham o'rganing . Va sizlarga ilm o'rgatayotganlarga tavoze' bilan o'zingizni past tuting'' [2] .

Biz pedagoglar yosh avlodga mutafakkirlarimiz , Sharq allomalarining o'gitlari bilan boyitilgan asarlardan foydalanib ularni ijodiylikka , birlikka, ta'sirchanlikka chorlashimiz mumkin . Masalan olaylik qalami o'tkir mashhur asarlar sohibi Yusuf Xos Hojib "Qutatg'u bilig'' asarida ta'lim-tarbiya , axloqiy va jismoniy masalalarga to'xtalib o'tilgan .

Aytadiki : Zakovat qayerda bo'lsa , ulug'lik bo'ladi ,

Bilim kimda bo'lsa , buyuklik bo'ladi .

Tarbiya bu nima ? "Tarbiya'' so'zi arabcha "robla'' fe'lidan olingan . Uning asl ma'nolari ziyoda qildi , rioyasiga oldi , o'stirdi , isloh qildi , rahbarlik qildi kabilardir. Ulamolarimiz "Tarbiya''ni turlicha e'tirof qilganlar . Shu jumladan Rog'ib Asfihoniy quyidagicha ta'rif qiladi : "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib , batamomlik nuqtasiga yetkazishdir . Tarbiyaning ma'anolaridan biri insonning diniy , fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik hamda muvozanat ila o'stirishdir''.

Musulmon ulamolarimizdan biri esa imom Bayzoviy "Tarbiya bir narsani asta-sekin kamolga yetkazishdir .

To'g'ri bu jumlalarni boshlang'ich sinf o'quvchilari tushinishi , mag'zini chaqib yetishi qiyindir, lekin aytishganidek :Yoshlikda o'rgangan bilim toshga o'yilgan naqsh kabidir''.

Pedagog sifatida yosh avlodni tarbiyalar ekanmiz ularni buyuk shaxs bo'lib yetishishiga , xalqqa foydasi tegadigan fozil inson bo'lishiga yordam berish bizlarning burchimizdir. Tarbiya, odob vazifasini insoniyat tarixida dastlab Islom dini boshlagan desak yanglishmagan bo'lamiz . Yer yuzidagi tarbiyaga bag'ishlangan asarlarning asosini va kata qismini Islom xalqi vakillari tomonidan yaratilgan desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz .

Sharq mutafakkirlari ilgari surgan g'oyalar bugungi kunda muhim ta'lim-

tarbiyaviy manba sifatida yoshlarning qalbiga , ongiga aqliy qobilyatiga ma'naviy ozuqa bo'lib kelyapti. Shuni aytib o'tishimiz joizki , madaniy meros manaviyatimizning ildizi hisoblanadi . Shuning uchun meroslarimizdan bugungi kunda yoshlarimizning ta'lim va tarbiyasiga foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.

Sababi , "Mutafakkirlarimizdan qolgan meros xalqimizning o'tmishi , nafaqat istiqboli uchun ham jasorat va fidoiylik manbai hisoblanadi.

Har bir millatning ta'lim va tarbiyaga oid o'z qarashlari bor . Ular pedagogic tafakkurning o'zagi bo'lib xizmat qiladi .

O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov fundamental ahamyatga ega fikrlarida quyidagilar aytilgan :"Milliy madaniyatimiz , xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish zarur . Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan . tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan . Insonlarga og'ir damlarda madad bo'lgan . Bizning vazifamiz shu xazinani ko'zqorachig'imizday asrash va boyitishdir''. [3]

Xulosa . Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki , biz ta'lim tarbiya jarayonida allomalarimizning aforizimlaridan foydalanishimiz kerak va ularning ko'plab asrlar davomida xizmat qilishi uchun o'z hissamizni qo'shishimiz , asrab avaylashimiz kerak. Hozirgi dars jarayonida pedagoglarimiz universal qurulmalar va ko'rgazmali metodlar orqali dars mavzusini , rejasini yoritib berishmoqda. Zamon bilan hamnafas bo'lgan holda o'z milliyligimizni

ajdodlarimiz qoldirgan meroslarini, pand-nasihatlarini yosh avlodga yetkazib berish bizning burchimiz hisoblanadi . Bilamizki o'zbek xalqining o'ziga xos mentaliteti , dunyoqarashi bor shularni Sharq allomalarining asarlari ularda qo'llanilgan pandnomalar , aforizmlar orqali yosh avlodga ta'lim tarbiya berishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi . Zotan xalqimizni tanitgan allomalarimizni o'sib borayotgan yosh nihollarimizga tanitish bizning burchimiz ekan biz bundan faxlanamiz .

REFERENCES

1. I.Karimov. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. T.: Ma'naviyat, 2008 y.

2. A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma'naviy qadriyatlar. T.:Muharrir,2008y

3. Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o'rganishning didaktik metodlari.

4. Zamonaviy ta'lim jurnali. 2017 yil, 5-son

5. www.ziyonet.uz

6. www.arxiv.uz

7. www.ziyouz.com

8. http://www.genderi.org.

9. www.tdpu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.