Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA ABU ALI IBN SINO TA’LIMOTLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA ABU ALI IBN SINO TA’LIMOTLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Biologiya fani / dars / ijodkorlik / pedagogika / alloma / ta’limotlar / didaktik imkoniyatlar / rivojlantirish / o‘quvchilar / paradoks / metod.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tojiboyeva Sevaraxon Xayrullayevna

Maqolada ijodkorlik pedagogikasi asosida 10-11-sinf o‘quvchilariga biologiya fanini o‘qitish jarayonida alloma Abu Ali ibn Sino ta’limotlarining didaktik imkoniyatlarini rivojlantirish metodikasiga oid fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA ABU ALI IBN SINO TA’LIMOTLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA ABU ALI IBN SINO TA'LIMOTLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Tojiboyeva Sevaraxon Xayrullayevna

Qo'qon davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1067989 7

Annotatsiya. Maqolada ijodkorlik pedagogikasi asosida 10-11-sinf o'quvchilariga biologiya fanini o'qitish jarayonida alloma Abu Ali ibn Sino ta'limotlarining didaktik imkoniyatlarini rivojlantirish metodikasiga oid fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Biologiya fani, dars, ijodkorlik, pedagogika, alloma, ta'limotlar, didaktik imkoniyatlar, rivojlantirish, o'quvchilar, paradoks, metod.

Abu Ali ibn Sino ta'limoti asosida biologiya fanlarini o'qitish metodikasini takomillash-tirish va pedagogik shart-sharoitlarini, ta'lim vositalarini aniqlash, tahlil qilish bo'yicha samarali mexanizmlarini joriy etish dolzarb vazifalardan sanaladi. "Sharq donishmandlari aytganidek, "... Eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!" Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak [1]. Ijodkorlik pedagogikasi asosida Abu Ali IBN Sino ta'limotlarini o'qitishga didaktik yondashuv, o'quvchilarda bilim olish, tabiat va unga bo'lgan munosabat madaniyatini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Xususan, 11-sinf o'quvchilari uchun Biologiya fani darsligida qayd etilgan "Ekologiya va hayot" [2, 240-b.] deb nomlangan I bobiga tegishli 3-§. "Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari. Biogeotsenoz -biologik sistema" [2, 240-b.] mavzusidagi darsni yoritishda Abu Ali ibn Sino ta'limoti asosida takomillashtirilgan ta'lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan yondashilgan.

Abu Ali ibn Sino ta'limotiga oid didaktik materiallarni singdirishda "Tahliliy — ijodiy vazifalarniguruh bo'libyechish" [5, 160-b.] metodi o'quvchilarni mavzu bo'yicha fikrlashga va tavsiyalar ishlab chiqishga yo'naltiradi. Masalan: Mutafakkir Abu Ali ibn Sino ta'limotida "Biogeotsenoz" to'g'risida qaydlar bormi va uning darajasida kuzatiladigan eng muhim jarayonlar nima? - savoliga har bir o'quvchining javobi sifatida, bir-birini takrorlamaydigan fikrlari tinglanadi (bildirilgan fikrlar doskaga yozib boriladi). Jumladan quyidagilar:

Birinchi o'quvchi: Biogeotsenoz tabiatning abiotik omillari hamda moddalar va energiya almashinuvi orqali uzviy bog'langan.

Ikkinchi o'quvchi: Ma'lum bir hududda yashovchi tirik organizmlar jamoalarini o'z ichiga

oladi.

Uchinchi o'quvchi: Abu Ali ibn Sinoning "Kitob ash-shifo" asaridagi "an-nabot" ("O'simliklar") qismida o'simliklarning turlari, paydo bo'lishi, oziqlanishi, o'simlik a'zolari va ularning vazifalari, ko'payishi hamda o'sish sharoitlari haqida yozadi.

To'rtinchi o'quvchi: Turlarning hayotini ta'minlovchi biomassani sintezlaydi.

Beshinchi o'quvchi: Turlar soni doimiyligini boshqaradi.

Oltinchi o'quvchi: Biosistemaning barqarorligini ta'minlovchi moddalar va energiya oqimi hisoblanadi. v.k....

O'qituvchi va o'quvchilar hamkorligida auditoriyada sanab o'tilgan fikrlardan eng muhimini ajratib olishadi va javoblarni individual yoki kichik guruhlar miqyosida umumlashtirishadi. Namuna:

Abu Ali ibn Sinoning "Kitob ash-shifo" asaridagi "An-nabot" ("O'simliklar") qismida o'simliklarning turlari, paydo bo'lishi, oziqlanishi, o'simlik a'zolari va ularning vazifalari,

ko'payishi hamda o'sish sharoitlari haqida yozadi. Biogeotsenoz turlarning hayotini ta'minlovchi biomassaning sintezlanishi; turlar soni doimiyligining boshqarilishi; biosistemaning barqarorligini ta 'minlovchi moddalar va energiya oqimi hisoblanadi.

Bunda, birinchi o'ringa qaysi omilni qo'yish, qolganlari ahamiyatiga va tutgan o'riniga ko'ra belgilanadi.

O'quvchilar nima sababdan aynan u yoki bu tushunchalarni birinchi, ikkinchi va hokazo o'rinlarga qo'yganlari sababini asoslab berishadi. O'qituvchi javoblarga o'z munosabatini bildirib, o'quvchilarning javoblarini baholaydi yoki baholash jadvali tayyorlab, o'quvchilar bilan birgalikda baholab chiqiladi.

Baholash jadvali

M e z o n l a r Maksimal baho

1. Mavzuga fikrning muvofiqligi. 1

2. Muammoni topish mahorati. 1

3. Masalani isbotlash mahorati. 1

4. Masalani tushuntirish mahorati. 1

5. Muammoga o'z munosabatini bayon qilish mahorati. 1

Jami: 5

O'quvchilarda dars jarayonida mavzu yuzasidan betakror fikrlarni topish va ishlab chiqish mahoratlarini rivojlantirishda "Paradokslar tanlovi" [4, 75-b.] metodidan foydalanib fikrlar tanlovini o'tkazishi ham maqsadga muvofiqdir. Paradoks (yunon.) - kutulmagan, g'alati degan ma'nolarni anglatadi [3, 206-b.].

Paradokslar tanlovi: 1. Sizga g'alati tuyulgan voqea, hodisa va narsalarga diqqat qiling.

Namuna: "Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari. Biogeotsenoz - biologik sistema" [2, 240-b.] mavzusiga oid paradoksni quyidagicha tuzish mumkin.

Birinchi misol: "Archazor o'rmon", "Yong'oqzor o'rmon".

Ikkinchi misol: Ariq bo'ylari, dala-bog'lar, sabzavot va ekinlar orasi.

2. Muammoni aniqlab, hamma uchun tushunarli dastlabki fikrni ifodalang.

Birinchi misol: "Biogeotsenoz". Yer yuzining ma'lum hududidagi tirik organizmlar va atrof-muhitning tabiiy majmuasi hisoblanadi. Biogeotsenoz muayyan tushuncha bo'lib, ularga tarkibidagi son jihatdan ko'p uchraydigan turga qarab: "archazor o'rmon", "yong'oqzor o'rmon" kabi nom beriladi.

Ikkinchi misol: Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarining ikkinchi kitobidan: Ariq bo'ylarida, dala-bog'larda, sabzavot, ziravor ekinlari orasida o'sibyotgan zubturum eskiyo'tal, yaralarni davolashda, oshqozon, me 'da, o'n ikki barmoqli ichak kasalliklari, turli yiringli jarohatlarni davolashda benazir o'simlik ekanligi ta'kidlangan.

3. Muammoga boshqa tomondan yondashing. Unga qarama-qarshi fikr o'ylab toping. U ham birinchi gap, taklif, fikrga o'xshab mulohazali, oqilona bo'lishi kerak.

Namuna:

Birinchi misol talqinida: "Archazor o'rmon", "Yong'oqzor o'rmon" kabi tarkibidagi son jihatdan ko'p uchraydigan turdagi biogeotsenozlar Yer yuzining ma'lum hududidagi tirik organizmlar va atrof-muhitning tabiiy majmuasidir.

Ikkinchi misol talqinida: Davolovchi xususiyatga ega bo'lgan zubturum o'simligi ariq bo'ylarida, dala-bog'larda, sabzavot, ziravor ekinlari orasida o'sib yotgan benazir o'simlik ekanligini Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asaridayozib qoldirgan.

O'quvchilarga g'oya va fikrlar sabablarini chetda qoldirish, ularga e'tibor bermaslikni maslahat berilib, buning o'rniga muammoni ko'rib chiqish, tushunishga da'vat qilinadi. Tanlovni quyidagicha o'tkazish mumkin:

Namuna: O'quvchining javob variantidan.

1. Tog' o'rmoni, adir, yaylov.

2. Biogeotsenoz barqaror, o'z-o'zini boshqaradigan biologik tizim bo'lib, bunda tirik organizmlar (mikroorganizmlar, o'simliklar, hayvonlar) anorganik tabiatning tarkibiy qismlari (suv, tuproq, iqlim) bilan o'zaro bog'langan. Ularga tog' o'rmoni, adir, yaylov biogeotsenozlarini misol qilib olish mumkin.

3. Tog' o'rmoni, adir, yaylov kabi biogeotsenozlar barqaror, o'z-o'zini boshqaradigan biologik sistema bo'lib, bunda tirik organizmlar anorganik tabiatning tarkibiy qismlari bilan o'zaro bog'langan.

Qo'shimcha misollar ham o'rganilib, ko'rsatilgan prinsiplardan kelib chiqib, yechim tekshiriladi.

O'quvchilar paradokslar va ularning javob variantlarini hay'atga topshirishgach, tanlovda "ring" tashkil etiladi. Bunda o'quvchilar guruhlarga bo'linishadi. Guruhlar tanlovning boshqa qatnashchilari tayyorlagan paradokslarga javob berishadi. Guruhlar paradokslarning ma'nosini tushuntirish asosida o'z javoblarini berishadi.

Hay'at a'zolari vazifani bajarish sifati va raqiblarning savol-javobiga ko'ra guruhlarni baholaydi. Hay'at a'zolari paradokslar va topishmoqlarni baholashlari uchun uning mezonlari ishlab chiqilib, ularga tarqatiladi. Jumladan, Paradokslarni baholash mezonlari: 1. Masalani topish mahorati. 2. Paradoksning qisqaligi. 3. Muammoni ko'rsatish, isbotlash mahorati. 4. Paradoksni tushuntirish uchun konsepsiya tanlash. 5.Vaziyatning jumboqliligi, odatdan tashqari o'zgachaligi [5, 75-b.].

Mavzusi yuzasidan kichik guruhlar va har bir o'quvchining mashg'ulot yakunida dars jarayonidagi ishtiroki baholanadi. Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari va biogeotsenoz , biologik sistemaga oid bilimlar natijalanganligi tahlil etiladi.

Xulosa. Ijodkorlik pedagogikasi asosida Abu Ali ibn Sino ta'limotlarining didaktik imkoniyatlarini rivojlantirish jarayonida 10-11-sinf o'quvchilarining biologiya fanini o'zlashtirishi va o'tgan mavzu yuzasidan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlashtirish, ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan bilimlarni nazorat qilish hamda baholashda metodik yondoshish samarali natija beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O'zbekistondagi 50 yillik tizim sekin-sekin yo'q bo'lib ketdi". \\Xalq so'zi, 2020-yil 30-oktyabr.

2. Biologiya: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik: 1-nashr /Mualliflar: A.G'afurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova va.b. -T.: Sharq, 2018, - 240 b.

3. Golish L.V., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. - T.: Iqtisodiyot nashriyoti, 2011, - 206 b.

4. Tojiboyeva S.H. Biologiya darslari jarayonida Abu Ali ibn Sino ta'limotidan foydalanishning pedagogik texnologiyalari. Uslubiy qo'llanma. «Adabiyot uchqunlari» nashriyoti, -Qo'qon.2020 y. - 75 b.

5. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalar. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. - T.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011, - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.