Научная статья на тему 'HUJJATLARNI SOXTALASHTIRISH VA QALBAKILASHTIRGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK: MILLIY VA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI'

HUJJATLARNI SOXTALASHTIRISH VA QALBAKILASHTIRGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK: MILLIY VA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2857
207
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rasmiy hujjatlar / shtamplar / qalbakilashtirish / soxta hujjat tayyorlash / soxtalashtirsh / probalar / rasmiy bo’lmagan hujjat . / official documents / stamps / forgery / preparation of fake documents / forgery / probes / unofficial document .

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sadullayev, Jaxongir Djamshedovich

Ushbu tadqiqot ishida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligida belgilangan hujjatlarni soxtalashtirish hamda qalbakilashtirish jinoyatini sodir etishda jinoiy javobgarlikni vujudga kelishi tartibi, amaldagi milliy qonunchilik bayoni hamda ayrim ilg’or xorijiy davlatlarning, xususan, AQSH, Rossiya, Germaniya hamda Yaponiya kabi mamlakatlarning hujjatlarni soxtalashtirishga oid jinoiy-huquqiy normalarni jinoyat qonunchiligidagi huquqiy normalar umumiylik hamda o’ziga xoslilik jihatlari bo’yicha qiyosiy huquqiy tahlil o’tkazish orqali o’rganiladi. Mazkur tadqiqot ishida namunaviy va ijobiy natijalarga erishgan huquq tizimlaridan misollar keltirish yo’li bilan mamlakat qonunchiligidagi ayrim kichik bo’shliqlarni aniqlash va to’ldirish bo’yicha asosli takliflar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRIMINAL LIABILITY FOR FORGING AND FORGING DOCUMENTS: NATIONAL AND SOME FOREIGN COUNTRIES CRIMINAL LEGISLATION COMPARATIVE LAW

In this research work, the procedure for the occurrence of criminal liability in the crime of forgery and forgery of documents established in the Criminal Legislation of the Republic of Uzbekistan, the description of the current national legislation, as well as the norms of criminal law on forgery of documents of some advanced foreign countries, in particular the USA, Russia, Germany and Japan, In this research work, fundamental suggestions for identifying and filling some small gaps in the legislation of the country are made by giving examples of law systems that have achieved exemplary and positive results.

Текст научной работы на тему «HUJJATLARNI SOXTALASHTIRISH VA QALBAKILASHTIRGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK: MILLIY VA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

HUJJATLARNI SOXTALASHTIRISH VA QALBAKILASHTIRGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK: MILLIY VA AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va

Ushbu tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligida belgilangan hujjatlarni soxtalashtirish hamda qalbakilashtirish jinoyatini sodir etishda jinoiy javobgarlikni vujudga kelishi tartibi, amaldagi milliy qonunchilik bayoni hamda ayrim ilg'or xorijiy davlatlarning, xususan, AQSH, Rossiya, Germaniya hamda Yaponiya kabi mamlakatlarning hujjatlarni soxtalashtirishga oid jinoiy-huquqiy normalarni jinoyat qonunchiligidagi huquqiy normalar umumiylik hamda o'ziga xoslilik jihatlari bo'yicha qiyosiy huquqiy tahlil o'tkazish orqali o 'rganiladi. Mazkur tadqiqot ishida namunaviy va ijobiy natijalarga erishgan huquq tizimlaridan misollar keltirish yo 'li bilan mamlakat qonunchiligidagi ayrim kichik bo 'shliqlarni aniqlash va to 'ldirish bo 'yicha asosli takliflar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: rasmiy hujjatlar, shtamplar, qalbakilashtirish, soxta hujjat tayyorlash, soxtalashtirsh, probalar, rasmiy bo'lmagan hujjat.

В данной исследовательской работе изучается установленный уголовным законодательством Республики Узбекистан порядок наступления уголовной ответственности за совершение преступления за подлог и подделку документов, действующее национальное законодательство, а также уголовно-правовые нормы некоторых передовых зарубежных стран, в частности США, России, Германии и Японии, путем проведения сравнительного правового анализа правовых норм в уголовном законодательстве по аспектам общности и специфики. В данной исследовательской работе изложены обоснованные предложения по выявлению и восполнению некоторых небольших пробелов в законодательстве страны путем приведения примеров систем права, которые достигли образцовых и положительных результатов.

Ключевые слова: официальные документы, штампы, Подделка, изготовление поддельного документа, подделка, пробники, неофициальный документ.

Sadullayev Jaxongir Djamshedovich

amaliyoti yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

In this research work, the procedure for the occurrence of criminal liability in the crime offorgery and forgery of documents established in the Criminal Legislation of the Republic of Uzbekistan, the description of the current national legislation, as well as the norms of criminal law on forgery of documents of some advanced foreign countries, in particular the USA, Russia, Germany and Japan, In this research work, fundamental suggestions for identifying and filling some small gaps in the legislation of the country are made by giving examples of law systems that have achieved exemplary and positive results.

Keywords: official documents, stamps, forgery, preparation of fake documents, forgery, probes, unofficial document .

Mamlakat turli sohalarda taraqqiyotga erishgani sari va yangi bosqichlarni zabt etgani sayin turli xil qarama-qarshiliklarga, kamchiliklarga, hattoki tahdidlarga ham duch kelishi mumkin. Aynan jinoyat sohasi ham rivojlanishlarning turli natijalariga tayyor turgan holda doimiy qo'shimcha va o'zgarishlarni qabul qilib qo'riqlanadigan obyektlarni xavfsizligi masalasini birinchi o'ringa qo'yib kelmoqda. Xususan, davlatning normativ-huquqiy bazasi hamda barcha organlar, tashkilotlar hamda korxonalarini amalga oshirgan ishlari hamda tartib taomillarini tasdiqlovchi hujjatlar tizimi ham turli g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi qonunbuzarlarni e'tiboridan chetda qolmagan.

Hujjatlar o'zi xizmat qilayotgan soha vakillari uchun asosiy harakatlantiruvchi ma'lumotlar to'plami sifatida huquqiy jihatdan aytganda yuridik fakt sifatida o'z o'rniga ega bo'lib hisoblanadi. Ushbu tizim qamrovi jihatdan juda keng bo'lib, davlatlarning barcha soha va tizimlarida muhim yuridik asos sifatida xizmat qiladi hamda turli ko'rinishdagi vakolatlarni taqdim qilishi yoki ushbu vakolatdan mahrum qilishi bilan o'ziga xos kuchga egadir. Ushbu tizimga jinoiy maqsadlarni ko'zlovchi, undan noqonuniy yo'l orqali foydalanuvchi shaxslarning aralashuvi davlatning boshqaruv faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi, turli organlarning vakolat beruvchi mexanizmlarini ishdan chiqarishi va shunga o'xshash mamlakat miqyosidagi tartibsizliklarni keltirib chiqarishi bilan dolzarbdir.

Bundan tashqari, mamlakatda ko'plab jinoyat qonunchiligi bo'yicha alohida e'tiborga olinib o'zgartirish hamda zamon talabiga moslashtirish masalasi shaxsan Prezidentimiz tomonidan "Harakatlar strategiyasi"dan keyin 2022-2026-yillarga bag'ishlangan "taraqqiyot strategiyasi"da ham o'rin egallagan. Xususan, ushbu

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dasturning II bobi aynan adolat va qonuniylikni ta'minlash masalasiga bag'ishlangan, unda "Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish, qiynoqlarni oldini olish bo'yicha preventiv mexanizmni takomillashtirish" kabi mazmundagi mavzuimizga aloqador qismlar bilan ifodalangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hujjatlarni soxtalashtirish va qalbakilashtirish bilan bog'liq jinoiy javobgarlik tartibi O'zbekisotn Respublikasi Jinoyat Kodeksining XV bobi ya'ni "boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar" bobining 228 - 2281 -moddalarida o'z o'rinlarini egallagan. Ushbu moddalarga asosan xujjatlarni soxtalashtirish masalasiga qanday turdagi jazo qo'llanilishi, tartibi hamda qo'llaniladigan jazolarning miqdori kabi jihatlar aniq belgilab qo'yilgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 228-moddasida quyidagicha jazo turi qo'llanilgan:

"Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O'sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha

ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi."

Demak, mamlakatimiz jinoyat qonunchiligi bo'yicha hujjatlarni soxtashtirish bo'yicha jinoyat sodir qilgan shaxs ushbu modda asosida javobgarlikka tortilishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun rasmiy hujjatlarni qonunga xilof ravishda tayyorlagan, qalbakilashtirgan yoki sotgan bo'lmog'i lozim bo'lib hisoblanadi. Bunda jinoyat faqat ushbu obyektiv jihatdan bajarilgan va boshqa jinoyat tarkiblarini qamrab olmagan taqdirda Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi bo'yicha jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi belgilangan.

Rasmiy hujjat - bu muayyan davlat boshqaruv organlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, tashkilotlari va barcha turdagi korxonalariga aloqador bo'lgan yozma ko'rinishdagi hujjatlar hisoblanadi.

"Rasmiy hujjatni qalbakilashtirish - bu asl hujjatning (korxona, muassasa, tashkilot shtampi, muhri, blankasi) mazmuni yoki shaklini to'liq yoki qisman g'ayriqonuniy modifikatsiya qilish (o'zgartirish). Qalbakilashtirish usullari jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyat kasb etmaydi. Qalbakilashtirish o'chirish, qo'shib yozish, tuzatishlar kiritish hamda mazmuni (matni)ning bir qismini yo'q qilish, qo'shimcha ma'lumotlarni kiritish yo'li bilan sodir etilishi mumkin

Shtamp - ularga nisbatan tayyorlash, saqlash va foydalanishning alohida tartibi belgilangan axborotni tasdiqlash yoki hujjatlarni ro'yxatga olish vositasi"

Rasmiy hujjatni tayyorlash deb ushbu turdagi hujjatlarni qonunda mumkin bo'lmagan shaxslar tomonidan asl hujjatga o'xshash nusxalarini tayyorlash hamda ularda ba'zi o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritish orqali yasash hisoblanadi.

Rasmiy hujjatni sotish esa hujjatni o'zidan boshqa shaxs uchun uni pullash yoki boshqacha tarzda ushbu hujjatlarni o'zidan begonalashtirish bo'lib hisoblanadi.

Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligida hujjatlarni soxtalashtirish hamda qalbakilashtirish bilan bog'liq jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi va miqdori haqida ma'lumotni keltirib o'tdik. Mavjud qonunchiligimizdagi amaliy tajribalar orqali yuzga chiqadigan kamchiliklarni yoki kiritlishi lozim bo'lgan qo'shimchalarni yanayam yuzaga chiqarishda albatta ilg'or namunaviy davlatlarning qonunchiligidan muvofiqlarini o'rganish orqali ijobiy natijaga erishishimiz mumkin bo'ladi. Xususan, Rossiya Federatsiyasining Jinoyat kodeksiga murojaat qiladigan bo'lsak, ushbu Kodeksning 327-moddasi bo'yicha ham mamlakatimiz jinoyat qonunchiligidagi kabi o'xshash javobgarlik nazarda tutilganligini ko'ramiz. Xususan, Rossiya hamda barcha MDH davlatlari qatoriga kiruvchi mamlakatlarning jinoyat qonunchiligiga ko'ra, ushbu guruh jinoyatlar, ya'ni umumiy qilib boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar bobiga kiruvchi barcha jinoyat turlarini sodir qilgan shaxslar jinoi javobgarlikka tortilishlari uchun asosiy mezon sifatida jinoyat obyekti gavdalanadi. Bizning jinoyat kodeksimizda ham, yuqorida qayd etilgan boshqa davlatlarning kodekslarida ham hujjatlarni soxtalashtirish jinoyati uchun alohida bob emas balki bir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nechta modda shaklida joylashtirilganligini sababi ham aynan himoya qilinadigan obyektga bo'lgan munosabatdadir.

Ushbu tartibdan farq qiluvchi ayrim davlatlarda esa hujjatlarni soxtalashtirish va qalbakilashtirish jinoyati bo'yicha barcha ko'rinishlari bir bobda yoki guruhda jamlangan holda o'rganiladi hamda tadbiq etiladi, ushbu tartib amal qiluvchi davlatlarga Germaniya, Yaponiya, Janubiy Korea hamda Norvegiya va shu kabi yana bir nechta yevropa mamlakatlari kiradi.

Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligidagi hujjatlarni soxtalashtirganlik va qalbakilashtirganlik bo'yicha qiyosiy huquqiy tahlilni Yaponiya davlati bilan boshlasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Yaponiya jinoyat qonunchiligida ham ushbu tur huquqbuzarliklar uchun alohida bir bob tashkil etilib, ular bir joyda barcha turdagi soxtalashtirish bilan bog'liq jinoyatlar mujassamlashtirilgan. Javobgarlik masalasida to'xtaladigan bo'lsak, ushbu Kodeksning 155-moddasida rasmiy hujjatalarni soxtalashtirganlik hamda qalbakilashtirganlik jinoyati uchun umumiy javobgarlik masalasi belgilab qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra, rasmiy hujjatlarni chop etish vakolatiga ega tashkilotlarning ruxsatisiz qonunga xilof ravishda ularga tegishli rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirgan holda chop etishni sodir qilgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari, ushbu moddaning ikkinchi qismiga binoan rasmiy hujjatlarni asl ko'rinishidan farq qiladigan ko'rinishga keltirish ya'ni ularni o'zgartirish uchun hamda ulardan foydalanganlik uchun alohida moddalar tashkil etilgan holda javobgarlik belgilangan.

Yaponiya jinoyat kodeksining yana bir bizning jinoyat qonunchiligimizdan farq qiladigan qismi bu unda faqat rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish uchungina javobgarlik belgilanibgina qolmasdan, balki norasmiy ya'ni xususiy korxona va tashkilotlarga tegishli bo'lgan hujjatlar, shtamplar hamda belgilarni qalbakilashtirganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilab qo'yilganligidadir.

Huquqiy jihatdan kuchli tarixiy adabiyotlar va tajribalar bazasiga ega bo'lgan Germaniya davlatida ham jinoyat qonunchiligi uchun na'muna bo'la oladigan juda ko'plab qismlarga va amaliyotlarga ega bo'lib hisoblanadi. Xususan, Germaniya jinoyat kodeksida hujjatlarni soxtalashtirish va qalbakilashtirish jinoyati bo'yicha tartib qoidalar alohida bir bob sifatida ushbu kodeksda joylashtirilgan. Ushbu Kodeksning 267-moddasiga binoan shaxs javobgarlikka tortilishi uchun qalbaki hujjatni tayyorlasa, asl nusxadagi hujjatni soxtalashtirsa yoki ushbu qalbaki hamda soxtalashtirilgan hujjatlardan foydalangan taqdirda ushbu norma qoidalari bo'yicha uning qilmishi kvalifikatsiya qilinishi lozim bo'ladi. Bundan tashqari, ushbu moddaning birinchi qismiga binoan ushbu harakatlarni shaxs aldash maqsadida sodir

496

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishi lozim bo'ladi. Bizning qonunchiligimizda esa ushbu harakatni shaxs o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi uchun sodir etilishi belgilab qo'yilgan.

Dunyo hamjamiyatida juda kuchli pozitisyaga ega bo'lgan AQSHda ham huquqiy jihatdan o'ziga xos tajriba sifatida qabul qilsak bo'ladigan normalar mavjud. Xususan, mavzuimizga aloqador bo'lgan xujjatlarni soxtalashtirish va qalbakilashtirish bo'yicha dastlab shtatlar o'rtasida mukammal tushuncha va ta'rif shakllanmaganligi tufayli ko'plab shtatlar soxtalashtirish jinoyatini firibgarlik tarkibini beruvchi jinoyatlar sifatida kvalifkatsiya qilish ko'rinishlari avj olgan. Hozirda ushbu jinoyat bo'yicha aniq ta'rif mavjud bo'lib unga ko'ra, soxtalashtirishning obyektiv tomoni bo'lib barcha turdagi hujjatlarni yasash, soxtalashtirish, qalbakilashtirish, o'zgartirish hamda taqlid qilish boshqa shaxsni aldash maqsadida amalga oshirilishi tushuniladi hamda jinoiy javobgarlikka asos bo'ladi.

Bundan tashqari, AQSH jinoyat qonunchiligiga ko'ra, soxtalashtirish hamda qalbakilashtirish masalasiga juda jiddiy yondashgan holda ularni uch bosqichda sodir etilishi haqida aniq ta'rif keltirib o'tgan. Ularga muvofiq birinchi bosqichda, shaxs soxtalashtirilgan hujjatni o'ziga ma'lum biror shaxslarga namoyish etadi yoki undan foydalanadi. Ikkinchi bosqichda shaxs biror bir asl nusxadagi hujjatni yasaydi yoki qalbakilashtirib unga shunchaki egalik qiladi. Oxirgi bosqichga ko'ra, shaxs faqatgina soxtaligi ma'lum bo'lgan ammo o'zi yasamagan soxta hujjatga egalik qiladi, ushbu uchala bosqichning barchasi ham jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

Demak, turli mamlakatlar turli ko'rinishlarda jinoyat qonunchiligiga egalik qilib turib, har biri o'z qonunchiligiga mamlakatning etnik kelib chiqishi, an'ana hamda odatlari, madaniyati, mamlakatdagi ijtimoiy munosabatning darajasiga qarab o'ziga mos yo'nalish belgilab oladi.

Shu jihatdan mamlakatimiz ham aynan liberallashtirish hamda eng muhim prinsip hisoblanmish insonparvarlik kabi masalalarni inobatga olgan holda jinoyat qonunchiligiga yondashib kelmoqda. Ammo zamon o'zgarishi, ijtimoiy munosabatlarning ko'payishi hamda tarmoqlanishi sayin mamlakatdagi qonunchilik ham shunga mos ravishda o'zgarishi lozim. Ayniqsa, ushbu yuqorida keltirilgan misollardan namuna olgan holda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining "hujjatlarni soxtalashtirish va qalbakilashtirish" bo'yicha jinoyati uchun belgilangan normalariga ba'zi qo'shimchalar kiritilishi, xususan, soxtalashtirilishi lozim bo'lgan hujjatlarning aniq va mukammal ro'yxati shakllantirish hamda ularga ba'zi norasmiy hujjatlarni ham qo'shish, soxtalashtirish hamda qalbakilashtirish atamalarini aniqroq ta'riflar bilan belgilab qo'yish hamda moddaning ikkinchi qismiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"soxtalashtirish orqali ko'p miqdorda zarar keltirish" va "soxtalashtirilgan hujjat yordamida vakolatli shaxslardan biror harakat yoki harakatsizlik talab etish" kabi qismlar qo'shish singari takliflar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Xulosa sifatida shuni ayta olamizki, barcha davlatlarda qo'llanilgan tajribalarni ham o'zimiz uchun namuna sifatida keltira olmaymiz, sababi xorijiy davlatarning jinoyatga bo'lgan qarashlari bilan bizning qarashlar umumiy mezonlarga ko'ra o'xshash bo'lgani bilan alohida xususiyatlariga ko'ra farqlanadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, xorijiy ilg'or davlatlarning ijobiy natijalarga erishgan tajribasidan foydalanish ya'ni unga ishlov berilgan holda mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish hamda tadbiq etish orqali samaraliroq va amalda isbotlangan huquqiy bazaga ega bo'la olamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi [2020 yil 1-iyulgacha bo'lgan o'zgarish va qo'shimchalar bilan] - T.: "Yuridik adabiyotlar publish", 2020y. - 512 b.

2. Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Maxsus qism). Darslik. Т., «O'qituvchi»,

3. Уголовный кодекс Германии от 1991 г. // Режим доступа: http://www.law.edu.ru/norm/norm.asp?normid=1242733

4. Urda M.N. and Grebenkov A.A. Criminal Law Protection of Documents Circulation: A ComparativeAnalysis // World Applied Sciences Journal 28 (4), 2013. - р. 490-493.

5. Ответственность за незаконный оборот документов, в том числе паспортов, в сфере мигра-ции, по международному праву и уголовному зако-нодательству зарубежных стран / М.А. Белова,Н.А. Селезнева // Вестник РУДН, серия Юридиче-ские науки. - 2012. - № 5. - С. 66-77.

XULOSA

2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.