Научная статья на тему 'HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH METODOLOGIYASI'

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH METODOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy resurslar / ijtimoiy farovonlik / iqtisodiy o`sish / moliyaviy nazorat / moliyaviy boshqaruv / davlat moliyasi / korxonalar moliyaviy resurslari / jismoniy shaxslarning moliyaviy resurslari xorijiy moliyaviy resurslar / financial resources / social welfare / economic growth / financial control / financial management / state finance / financial resources of enterprises / financial resources of individuals / foreign financial resources.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Imanova U.B.

Ushbu maqola hududlarni rivojlantirish uchun mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga erishishning bir nechta muhim omillari hamda metodologiyasining nazariy uslublari va moliyaviy resusrlarni boshqarish turlari va vazifalari haqida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY FOR SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF TERRITORIES AND MANAGEMENT OF FINANCIAL RESOURCES

This article describes several important factors and methods of achieving economic and social stability of the country for the development of regions, as well as theoretical methods and types and tasks of managing financial resources.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH METODOLOGIYASI»

Imanova U.B.

O^zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv akademiyasi dotsenti

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH VA

MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH METODOLOGIYASI

Kalit so zlar: moliyaviy resurslar, ijtimoiy farovonlik, iqtisodiy o^sish, moliyaviy nazorat, moliyaviy boshqaruv, davlat moliyasi, korxonalar moliyaviy resurslari, jismoniy shaxslarning moliyaviy resurslari xorijiy moliyaviy resurslar.

Anotatsiya: Ushbu maqola hududlarni rivojlantirish uchun mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga erishishning bir nechta muhim omillari hamda metodologiyasining nazariy uslublari va moliyaviy resusrlarni boshqarish turlari va vazifalari haqida yoritib berilgan.

Imanova U.B.

The.

Governance under the president associate professor of the Academy

METHODOLOGY FOR SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF TERRITORIES AND MANAGEMENT OF FINANCIAL RESOURCES

Key words: financial resources, social welfare, economic growth, financial control, financial management, state finance, financial resources of enterprises, financial resources of individuals, foreign financial resources.

Abstract: This article describes several important factors and methods of achieving economic and social stability of the country for the development of regions, as well as theoretical methods and types and tasks of managing financial resources.

KRISH. Hududlarni rivojlantishning ahamiyati hamda davalat boshqaruvi uchun zarurligi nimada? Hududlarni rivojlantirish uchun mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga erishishning bir nechta muhim omillari mavjud bolib, bu jarayonning ahamiyatini tushuntirishda quyidagi omillarni ta'kidlab o'tish mumkin:

- Mahalliy iqtisodiyotning mustahkamlanishi

- Infratuzilmani yaxshilash

- Ijtimoiy farovonlikni oshirish

- Barqaror rivojlanish omillari mavjud.

Mahalliy iqtisodiyotning mustahkamlanishi hududiy iqtisodiyotni riojlantirish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish va mahalliy aholini ish bilan taminlash hamda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini kengaytirish bilan izohlashimiz mumkin.

Infratuzilmani yaxshilash esa transport, kommunikatsiya, energetika va boshqa infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish orqali hududni iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh qilish va mahalliy aholini zamonaviy infratuzima bilan taminlash imkoni yaratadi.

Ijtimoiy farovonlikni oshirishning hudularni rivojlantirishdagi o'rni bu -transport, kommunikatsiya, energetika va boshqa infratuzilma tarmqolarini rivojlantirish orqali hududni iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh qilsa ikkinchi tomondan mahalliy aholini zamonaviy infratuzilma bilan taminlaydi.

Barqaror rivojlanishga erishish uchun hududlarni rivojlantirish orqali ekologik barqarorlikni taminlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish va davlat hamda hususiy sektor o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

Ijtimoiy -iqtisodiy o'sishni taminlash uchun samarali moliyaviy boshqaruvning zarurligi va muhim jihatlarining o'zaro bogliqligini alohida takidlab o'tish kerak yani, resusrslarni samarali taqsimlash, investitsiyalarni jalb qilish, moliyaviy barqarorlik, shafoflik va hisobdorlik, innovatsion va moliyaviy vositalarning mavjudligi.

Resurslarni samarali taqsimlash bu - moliyaviy resurslarni optimal taqsimlash orqali strategik maqsadlarga erishish hamda mahalliy loyihalar va dasturlarni moliyaviy qollab quvvatlashning zarurligi bilan izohlash mumkin.

Investitsiyalarni jalb qilish uchun mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish va davlat hususiy sheriklikni rivolantish muhim omil sanaladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI. Hududlarni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish va moliyaviy resurslarni boshqarish bo'yicha bir nechta olimlarning metodologiyalari mavjud bolib, jumladan, K.A. Hansen - (Regional Development and Planning) olim bu asarida, hududiy rivojlanish va rejalashtirish bo'yicha keng qamrovli nazariy va amaliy yondashuvlarni taqdim etadi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy tamoyillari, metodologiyalarini tushintiradi. J.B.Davies (Regional economics and policy) asarida hududiy iqtisodiyot va siyosatni o'rganadi, hududiy iqtisodiy o'sish va rivojlanish strategiyalarini taqdim etadi. Moliyaviy resurslarnui boshqarish va investitsiya siyosati bo'yicha tavsiyalarni oz ichiga oladi. Shuningdek, moliyaviy resurslarni boshqariash bo'yicha B.L. Eickhoff (Public finanacial management) asarida, davlat moliyaviy boshqaruvi, byudjetni rejalashtirish va moliyaviy nazorat bo'yicha metodologiyalrni taqdim etadi. Moliyaviy resurslarni boshqarish va ularning samaradorligini oshrish bo'yicha asosiy printsiplarni tushuntiradi.

METODOLOGIYA. Moliyaviy barqarorlik bu davlat byudjetining barqarorligini taminlash va moliyaviy inqirozlarning oldini olish va qarz yukini boshqarish va moliyaviy havflarni kamaytirishni bildiradi.

Shafoflik va hisobdorlikni oshrishda moliyaviy boshqaruvda shaffoflikni taminlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish va mahalliy hukumatning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish imkoni beradi.

Innovatsion moliyaviy vositalar zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va vositalarni qo'llash bilan moliyaviy boshqaruvni optimallashtirish imokonini beradi va elektron hukumat va raqamli to'lov tizimlarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.

Hududlarni ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish va moliyaviy resurslarni boshqarish bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-hududiy tahlil va baholash

- Strategik rejalashtirish

- moliyaviy resurslarni boshqarish

- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish

- monitoring va baholash

Innovatsion yondashuv asosiy vazifalar sanaladi.

Moliyaviy resurslarni boshqarishning mantiqiy tiizilmalari

лН HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH VA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH METODOLOGIYASINING TARKIBIY QISMLARI Ф g Moliyaviy resurslarni boshqarishning nazorati natijalari.

J

Moliyaviy resurslarni boshqarishning vaqtinchalik tuzilmasi Moliyaviy resurslarni boshqarishning xususiyatlari

1-rasm Hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish va moliyaviy resurslarni boshqarish metodologiyasining tarkibiy qismlari1

Hududiy tahlil va baholash hududlarning moliyaviy resusrlarini boshqarish amaliyotida qanchalik muhim drajani belgilay oladi va qanday kutuvlarga ega bo'lishi mumkin degan savolllarga quyidagicha javob yoki izoh berish mumkin yani, mahalliy iqtisodiyotning hozirgi holatini o'rganaoladi va tahlil qilaolish imkoniyatini yaratadi hamda ijtimoiy iqtisodiy ko'rsatkichlarni baholay olish imonini yaratdi.

Strategik rejalashtirish - hududlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqadi va mahalliy rivojlanish uchun asosiy yo'nalishlarni aniqlay oladi.

1 Malumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi

Moliyaviy resurslarni boshqarish - mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyalarini ishlab chiqish va moliyaviy resurslarni samarali boshqarish usullarini o'rganishdir.

TADQIQOT NATIJASI. Moliyaviy boshqaruv- bu tashkilot yoki davlatning molioyaviy resurslarini samarali boshqarish jarayoni. Bu jarayonning maqsadi tashkilotning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, moliyaviy maqsadlarga erishish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdir.

Moliyaviy resurslar bu korxonalar, davlat va boshqa tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan mablag'lar. Moliyaviy resusrslar quyidagi turlarga bo'linadi:

Davlat moliyaviy resurslari o'z o'rnida byudjet mablag'lari va davlat qarzlariga bo'linadi. Korxona moliyaviy resurslari o'z mablag'lari va qarz mablag'lari evaziga shakillanadi. Ularga korxonaning o'z mablag'lari jumladan foyda va amortizatsiya hamda qarz mablag'lari qatoriga kredit, obligatsiya va lizinglar kiradi. Jismoniy shaxslarning moliyaviy resurslariga omonatlar - bank omonatlari va boshqa investitsiya vositalarini sanash mumkin hamda kredit, ipoteka boshqa mablag'lari hisoblanadi. Xorijiy moliyaviy resurslarga- xorijiy investitsiyalar, xalqaro kreditlar va grantlar kiradi.

2-rasm Moliyaviy resurslar turlari2

2 Manbalar asosida mualif tomonidan tuzildi

3-rasm O'zbekiston respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari3

Moliyaviy boshqaruv jarayonlari quyidagi boshqaruv jarayonlarni oz ichiga oladi. Yani, moliyaviy rejalashtirish, bu rejalashtrish strategik hamda taktik rejalshtirish yo'nalishlarini qamrab oladi. Strategik rejalashtirishda uzoq muddatli moliyaviy maqsadlar va strategiyalarni belgilaydi. Taktik rejalashtirish esa o'rta muddatli moliyaviy rejalar va byudjetlarni ishlab chiqish jarayonidir. Moliyaviy tahlil va nazorat boshqaravuv jarayonlari moliyaviy hisobotlar va moliyaviy nazorat yo'nalishlarini oz o'rnida belgilaydi. Bu jarayonning vazifalari moliyaviy ko'rsatkichlarni baholaydi tahlil qiladi hamda moliyaviy rejalar va byudjetlarning amaldagi holatini nazorat qiladi. Boshqaruvning moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga investitsiya qarorlari va moliyaviy risklarni boshqarish yo'nalishlari kiradi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratki, investitsiya loyihalari va moliyaviy aktivlarga investirsiya qilish bo'yicha qarorlar qabul qiladi. Moliyaviy risklarni baholash va ularni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Moliyaviy resurslarni boshqarish likvidlikni boshqarish demakdir. Moliyaviy hisobotlar jarayoniga moliyaviy hisobotlar tuzish, moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi hisobotlar tayyorlash, moliyaviy axborotlarni taqdim etish vazifalari kiradi.

Moliyaviy rejalashtirish —> Moliyaviy tahlil va nazorat —> Moliyaviy qaror qabul qilish

vF-

Moliyaviy resurslarni boshqarish —> Moliyaviy hisobot berish

2- rasm Moliyaviy boshqaruv jarayonlari metodolgiyasi4

3 Moliya vazirligi malumotlari asosida

4 Malumotlar asosida mualif tomonidan tuzildi

XULOSA

Xulosa qilib, aytganda, hududlarni rivojlantirish va moliyaviy resurslarni boshqarish mamalakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini taminlashda muhim rol oynaydi. Bu jarayonni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

Hududlar iqtisodiyotining mustahkamlanishi - mahalliy rivojlanish yangi ish o'rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini kengaytirish orqali iqtisodiy faollikni oshiradi. Bu oz navbatida aholi daromadlarini oshiradi va iqtisodiy barqarorlikni taminlaydi.

Hududlarni infratuzilma jihatidan rivojlantirish - transport, kommunikatsiya, energetika kabi tuzilmani tarmoqlarini rivojlantirish orqali hududlarning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish va aholini zamonaviy infratuzilma bilan taminlash mumkin. Bu oz o'rnida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va ijtimoiy farovonlikni yaxshilaydi.

Hududlarning ijtimoiy farovonligini oshirishning ijobiy jihatlari -yaxshi rivojlangan infratuzilma ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, talim va sog'liqni saqlash sohalarida yuksak xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi, bu esa aholi farovonligini oshiradi.

Barqaror rivojlanish - ekologik barqarorlikni taminlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanish orqali hudularni uzoq muddatli rivojlanishga yo'naltirish, davlat va xususiy sektor o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytrish mumkin.

Moliyaviy boshqaruvning samaradorligi hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta' sir qiladi. Hududlarni rivojlantirish va moliyaviy resurslarni boshqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun hududiy tahlil, strategik rejalshtirish, moliyaviy resurslarni boshqarish, ijtimoiy infratuzilmani keng qo'llash zarur. Bu yondashuvlar hududiy rivojlanishni strategik darajada qo'llab-quvvatlashga, iqtisodiy o'sish va barqarorlikni taminlashga yordam beradi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. K.A. Hansen "Regional Development and Planning" -2010 y

2. J.B.Davies "Regional Economics and Policy" -2008 y

3. B. L. Eickhoff "Public Financial Management"- 2012y

4. J. L. Mikesell "Financial Management in the Public Sector: Tools, Applications, and Cases" - 2015 y\

5. J. M. Bryson "Strategic Planning for Public and Nonprofit Organizations" -2018 y

6. Imanova U.B. Budget planning in the finanace managment system. // International journal of research. IJR. P-ISSN: 2348-68. E-ISSN:2348-795-x. Vol. 07 Issue 04, 2020. https://edupediapublications.org/iournal. Pp. 711-717.

7. Imanova U.B. Prospects for medium-term local budget planning. // International Sciences Journal Theoretical & Applied Science. DOI: 10158663. p-ISSN: 23-089944 (print) e-ISSN:2409-0085 (online), 2020. Issue: 04 Vol. 84 published: 12.04.2020. Pp. 84-87.

8. Imanova U.B. Mahalliy budjetlarni o'rta muddatli rivojlantirish istiqbollarida investitsiyalarning ahamiyati va ularning roli. // O'zbekiston fanlar akademiyasi

mintaqaviy bo'limi Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi, 2020. 7-son. 69-73-b.

9. Imanova U.B. Mahalliy budjetlarni o'rta muddatli rejalashtirishning tashkiliy-uslubiy asoslari. // O'zbekiston fanlar akademiyasi mintaqaviy bo'limi Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi, 2020. 9-son. 90-92-b.

10. Imanova U.B. O'rta muddatli budjetlashtirish amaliyotida budjet jarayonini kompleks ravishda moslashtirish. // Innovatsionntie podxodti v sovremnnoy nauka: Sbornik statey po materialam LXXIV mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konfrensii. № 14 (74), 2020. S. 122-125.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.