Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON DOSTONLARDA SHAKL VA MAZMUN UYG‘UNLIGI'

HOZIRGI ZAMON DOSTONLARDA SHAKL VA MAZMUN UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
336
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doston / tahlil / qahramonlar / Halima Xudoyberdiyeva.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Azizbek Berdiyev Asatillayevich

Ushbu maqola Cho‘lpon nasrining kompiozitsion butunligini o‘rganib tahlil qilindi. Cho‘lponning safarnoma, ocherk, hikoyalarining struktu (tuzilishuni) o‘rganib, Cho‘lponning safarnoma ocherk yoyinki publististik asarlaridagi kompozitsion butunlikni, adib hikoyalarining janriy qurilishini, “Kecha” romanining kompozitsion yaxlitligini, roman strukturasida Zebi obrazinng o‘ziga xos o‘rnini o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON DOSTONLARDA SHAKL VA MAZMUN UYG‘UNLIGI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

HOZIRGI ZAMON DOSTONLARDA SHAKL VA MAZMUN UYG'UNLIGI

*

>

Azizbek Berdiyev Asatillayevich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

III bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6784213

' t xi

1>

Annotatsiya: Ushbu maqola Cho'lpon nasrining kompiozitsion butunligini o'rganib tahlil qilindi. Cho'lponning safarnoma, ocherk, hikoyalarining struktu (tuzilishuni) o'rganib, Cho'lponning safarnoma ocherk yoyinki publististik asarlaridagi kompozitsion butunlikni, adib hikoyalarining janriy qurilishini, "Kecha" romanining kompozitsion yaxlitligini, roman strukturasida Zebi obrazinng o'ziga xos o'rnini o'rganildi.

Kalit so'zlar: doston, tahlil, qahramonlar, Halima Xudoyberdiyeva.

« : 1 -

Sharq adabiyoti an'analari ta'sirida rivojlanib kelgan o'zbek adabiyoti XX asrda mazmunan va shaklan boyib, qator jarayonlarni boshdan kechirdi. Bu davr o'zbek ijodkorlari mumtoz adabiyot an'analarini davom ettirish bilan birga jahon

»

m?

adabiyotining hayotbaxsh tajribalarini ham o'z namunalariga singdira boshladilar. XX asr davr o'zbek adabiyotida bu xususiyat yanada kuchayganligini doston janri misolida ham ko'rish mumkin. Dastavval shuni ta'kidlash joizki, XX asr o'zbek adabiyotshunosligida "doston" va "poema" atamalari aralash holda ishlatilishi oddiy

urfga aylandi. Aslini olganda, bu unchalik ham to'g'ri emas.

„ . , , ..................

Doston deyilganda, eng avvalo bizning ko'z o'ngimizda "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" singari xalqimizning betakror san'at durdonalari gavdalanadi. Biroq bugungi doston va poema deb atalayotgan asarlarga o'ziga xos xususiyatlari bilan xalq eposlari sanalgan "Alpomish", "Go'ro'g'lilar" dan farqlanganidek, o'zining yaqin o'tmishi - XX asrning birinchi

m

yarmidagi namunalaridan ham ajralib turadi. Har bir tarixiy davr muayyan ijtimoiy voqelik doston tabiatida o'z izini qoldirib kelmoqda.

XX asrning 60-yillari o'rtasi va 70-yillarning boshlarida she'riyatimizga yangi to'lqin, yangi avlod kirib keldi. Bular -Shavkat Raxmon, Muxammad Yusuf, Usmon Azim, Azim Suyun, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Sher, Xurshid Davron, Toxir Qahhor, Matnazar Abdulhakim, Ismoil To'lak, Qutlibika Raximboyeva, Asqar Qosimov singari iste'dodlar edi. Ularning badiiy — estetik izlanishlarisiz XX asrning so'nggi choragi va XXI asr boshlari badiiy madaniyatimizni tasavvur qilish qiyin. "Har bir avlod vakillari o'ziga xos ovozi, uslubi, manerasi, idrok etish xususiyatlari bilan o'z badiiy dunyosini yaratadi. Bu xususiyat mazkur avlodning qiyofasini ham

j_____._____^__________

belgilab beradi. Mazkur davr she'riyati taraqqiyotida tutgan o'rni va rolini, badiiy-* : j*

"-W-IST88- no

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

estetik tafakkur rivojiga qo'shgan ulushini ko'rsatish poeziyamizning aynan shu

#

bosqichdagi taraqqiyot tendensiyalari xaqida fikr yuritish imkonini yaratadi"

Ana shu shoirlar guldastasida Halima Xudoyberdiyeva ijodining badiiy harorati, tarovati va nafosati o'zgacha. Xususan, ruhiy sezimi o'tkir, tuyg'ulari nafis va tarang, tafakkuri cho'ng va terandir. Halima Xudoyberdiyeva qaldirg'och she'rlar kitobi "Ilk muhabbat" (1968) bilan kitobxonlar ko'ngliga kirib keldi, yuraklar to'ridan joy egalladi. "Ilk muhabbat"... unda yoshlik xayajonlari va hayratlari, sodda samimiylik

va begard beg'uborlik balqib turadi. Hayotni, atrof tevaragida kechayotgan voqea-xodisalarni bolalarcha ma'sum tuyish xolatlari, yoshlikning serg'uluv idrok va ifoda asnolari, xikmatga moyil yetuk tafakkur nishonalari bilan omuxtaligi o'quvchini oshufta etadi.

Shoiraning o'quvchi bilan uchrashuvi bir umr xotiradan o'chmaydigan, ko'ngillardan ko'chmaydigan taassurotlarga boy bo'ldi. Shu boisdan ham Halima Xudoyberdiyevaning birin-ketin e'lon qilgan "Oq olmalar" (1973), "Chaman"

(1974), "Suyanch tog'larim" (1976), "Bobo quyosh" (1977), "Issiq qor" (1979),

"Sadoqat" (1983), "Muqaddas ayol" (1987), "Bu kunlarga yetganlar bor" (1993), "Hurlik o'ti" (1993), "To'marisning aytgani" (1996), "Saylanma" (2000), publitsistik maqolalaridan tarkib topgan "Yuragimning og'riq nuqtalari" (1991) majmualari, rus

»

m?

tilida chop etilgan "Gordost" (1976), "Beliye yabloki" (1979), "Reshimost" (1985) to'plamlari adabiy — madaniy xayotimizda o'z o'rniga, o'tli ovoziga ega bo'lgan yorqin iste'dod sifatida nazarga tushdi, e'tibor topdi.

Ushbu avlod izlanishlari xususan, Halima Xudoyberdiyeva ijodi o'zining

ntimnni.pctptiV QvQmi\fQ+i V\i1cm nlamm \ra r»Hamni _ faleafï^r ■HieVniriieVii ViamHa

ijtimoiy-estetik axamiyati bilan, olamni va odamni badiiy - falsafiy tushunishi hamda tushuntirishi bilan ajralib turadi. Tabiat, jamiyat xodisalarini, ruhiy olam sir-sinoatlarini idrok va ifoda qilishdagi obrazlilik, xayotiy detallarning yorqinligi, poetik

obrazlarning ma'nodorligi, sermiqyosligi muxlislarning yangi-yangi to'lqinini vujudga keltirmoqda. Shoiraning badiiy -estetik izlanishlari so'z madaniyati mutaxassislari, muxlislarning doimiy diqqat e'tiborida.

Halima Xudoyberdiyevaning ilk she'ri matbuot yuzini ko'rganiga ham, mana, roppa - rosa 40 yil to'libdi. Shu orada shoiraning ehtirosli, jo'shqin ijodi namunalari ozarbayjon, turk, turkman, qozoq, qirg'iz, tatar, qoraqalpoq singari turkiy tillarga, J-jt rus, ukrain, latish, eston, belorus, polyak, rumin kabi Ovrupo tillariga tarjima qilindi. Bu kitobxonlar kanorasi kengayib borayotgani, ko'ngillarni zabt etib kelayotganidan dalolatdir. U dillardan dillarga ko'chib, yuksak ko'ngil cho'qqilariga otlanmoqda.

Halima Xudoyberdiyeva ijodini o'rganishning muhimligi, dolzarbligi ana shu omillar bilan belgilanadi. Ijtimoiy ahamiyati, ma'naviy- axloqiy qadr-qimmati bilan asoslanadi.

Shoira ijodi haqida adabiyotshunosligimizda ko'plab kitobxonlar va maqolalar

____ • j „ , „„ tt_I:____v ____:____< _____

mavjud. Bu o'z navbatida Halima Xudoyberdiyevaning o'zbek adabiyotida, xususan

"-w-isr88- a |

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

XX asrning so'nggi choragi va istiqlol yillari she'riyati taraqqiyotida tutgan o'rni va

rolini, ijodining badiiy-estetik ahamiyatini ko'rsatishga, shuningdek bu ijod namunasini adabiyot ixlosmandi hamda ahli ziyo orasida tanitish uchun qilingan ezgu niyatlaridir.

Ma'lumki, ijodkorning g'oyaviy-badiiy maqsadini amalga oshirishdagi ifoda usullari, tasvir shakllari va ko'rinishlarida ham individual uslubning muhim, o'ziga xos belgilari namoyon bo'lar ekan. Xususan, Halima Xudoyberdiyevaning poetik

iàL,

nutqida tasvir va Mqm omuxta yashaydi. Bir- birini to'ldirgan va boyitgan holda

1 1 J J O J o

ruhoniy holatlar manzarasini yuzaga keltiradi. Har ikki unsurni publitsistik ifoda o'z tabiatiga singdirayapti. Ushbu unsurlar uzviy bog'liq. Tirik qahramon nutqidagi hayotiylik, haqqoniylik, adolat tuyg'usining ustuvorligi publitsistik jo'shqinlikning ta'sirchanligini orttiradi. Shoira uslubining mazkur xususiyat belgilarini baxshiyona turkumidagi "Qasam", "Ona sadoqati va o'g'il armoni qissasi", "Tug'ilish", "Ko'zi borlar to'g'ri yo'ldan yurmasa", "Intiqom", "Yo'qlov" kabi o'nlab asarlarida ko'rish,

1/mTnlioÎi m 11 m Vi n Vi înnonn ' T^n n n m ' ' nnnri linlr i"\ ro Ann 1 jonnix inrr r*\-\i r\ innnin

kuzatish mumkin. Xususan, "Qasam" asari lirik personaj Oysuluvning achchiq taqdiri

va fojiali qismati haqida. "Qimmatchilik, qahatchilik yillari..." deb boshlanadi ham nasrda, ham nazmda yozilgan bu she'r. "Ko'zi ko'r taqdirga o't ketsin-a, bo'lmasa Oysuluvday suluv juvon bir kazzob, o'g'riga duch kelib qolarmidi" Shu holatning

o'zidanoq ayolning hayoti azobli qiynoqlar ila kechayottanligi ayonlashadi. Tun yarimlab qoldi, erdan darak yo'q. Yo'q, birdan og'il tarafdan tapir-tupir, shivir-shivir, sigirning mo'ngrashi, hirqirashi aralash-quralash bo'lib ketdi, Oysuluv oy-kuni yetib, shiqirlab o'tirganidan to'shakdan arang qo'zg'alib og'il tarafga o'tdi. O'tdi-yu, dong

qotib qoldi. Og'ilning ichi oppoq sut... Uying kuygur er o'zining bir hamtovog'i bilan

...... ............................

birovning endigina bo'shagan sigirini o'g'irlab kelib, so'yibdi. Go'shtini nimtalab,

ertaga, bozorga olib chiqishga tayyorlab qo'yibdi..."

Er chag'ir ko'zlarini o'ynatib burchakdan bir bo'xcha olib xotiniga otdi. Ma, iynimga ilarim yo'q,-deb quloqni qoqib qo'limga berding, xohlaganingcha kiy. O'ziyam ertaga to'yi bo'ladigan qizdi sepidan, taxmonidan tinchitdik.

Oysuluv bo'zday oqarib, bor kuchini to'plab bo'xchani uloqtirganini biladi, sharaqlab tushgan tarsakining zarbidan devorga borib urildi-da, ildizi qo'porilgan daraxtday qulab, cho'zilib qoldi. J-jt

Asarda voqealar tasviri nasr va nazmda berilgan. Erning faoliyatini ko'rsatuvchi voqealar xarakterli detallar vositasida nazmda, Oysuluvning ichki dunyosi, erga va

uning qilmishlariga munosabati nazmda ifodalangan. "Qasam" asarida ham shoira

j "1 > ' \ "1 >

ijodiy prinsipiga sodiq qolgan. O'g'ri er-yovuzlik timsoli sifatida, Oysuluv poklik-

bokiralik ramzi tarzida tasvirlanadi. YA'ni, go'zallik yonida tubanlik, yomonlik bor.

Shu ma'noda, Oysuluvning bag'ri butun emas. Butun umri ham zahar zaqqum

ichgan. O'g'ri erning qilmishlari detallashtirilgan tafsilotlarida (sog'in sigirni so'yib

lV-4 J ^

j >■;> > : * ^

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

nimtalash, qizning kelinlik sepini o'marish kabi) beriladi. Oysuluvning yovuzlikka

#

>

munosabati, yurak nidolari she'rga ko'chgan.

Ko'rinadiki, tasvir va talqin omuxta zohir bo'layotir. Xususan, o'g'ri erning yovuzliklari lirik qahramon hikoyasi orqali ayonlashsa, lirik personaj -Oysuluv ruhiyati she'rda ochiladi. Asardagi monolog ikki xil shaklda-lirik qahramon hamda lirik personaj nutqi vositasida berilyapti. Psixologik tasvir bilan tuyg'u-kechinmalar talqini realistik ifodaga asoslangan fojiaviy ohangni ta'minlayotir.

Demak, detallashtirilgan lavhalar vositasida ruhoniy holatlar manzarasini

O J

yaratish Halima Xudoyberdiyeva ijodiy individualligining yana bir muhim belgisidir.

/-vi ■ J • J 1 J 1

Oh, umrim-ey, endi unda abad shom,

y J y

Bolam "o'g'ri bolasi" deb olmas nom, Uviz sutim emizmayman, u-harom, Dunyosida endi tirik yurmayman

Asar, Oysuluvning o'limi-yovuzlikka qarshi isyoni bilan yakunlanadi. Va bu ko'rgulikni ona: "Voh bole-yem, qirchinidan qirqilib qurigan, bole-yem. Haromning

kasofati urgan bole-yem!" deya baholaydi. Agar e'tibor bersak, she'rda yovuzlik poklik-bokiralik ustidan g'alaba qozongandek, go'zallikka rahna tushgandek tuyuladi. Oysuluv-bokiralik ramzi bo'lgan hayotning bir bo'lagi "... o'zining yomon

»

m?

qasami, u qiblasini bu qiblasiga aylanganidan ming marta roziday tinchgina abadiyat uyqusiga ketgan edi".

SHe'rda obyektiv-xolis tasvir bilan ruhiyat kechinmalar talqini qorishiq holda, biri-ikkinchisini boyitgan, to'ldirgan tarzda zohir bo'ladi. Hayotiy lavhalar o'g'ri erning kazzob qilmishlari, Oysuluvning o'limi holati obyektiv -xolis tasvirda aks etsa, Oysuluvning o'g'ri er yovuzligiga munosabati liro-publitsistik nutq-Personaj monologi orqali ayonlashadi. Va har ikki ifoda tuyg'ular dramatizmini ochishga xizmat qilayotir.

Demak, she'rdagi lirik va epik tasvir mutanosibligi personaj hayotining dramatik holatini yoritayotir. Bu shoira mahoratini tasdiqlash bilan barobar ijodiy

m

individualligini ko'rsatuvchi poetik tasvir imkoniyatlarining kengKgidan ham dalolat beradi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ma'lumki, lirik she'rda tuyg'u-kechinmalar tadriji, takomili o'ziga xos syujet

+r> n 11 17—t I /-i -I I 1 I r T7nfr> I/+/A 1 11 rr n 11 r> I I I n 11 1 ri Kl T Tf\ fi T 7 1 I r»H1 n 1 K\1 I r>H K r» rr I -

oqimini tashkil etadi. Lirik xarakterning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog'liq

keladi. Mazkur xususiyatga ko'ra lirik she'r sertarmoqli, murakkab tasvir imkoniyatlariga esh bo'lgan boshqa liro-epik asarlardan farq qiladi.

Diqqat qilinsa, Oysuluvning qalb nidolarida, monologida fosh qilish bilan birga o'kinish, alam, dard ohangi ham kuchli. U o'zbekning tolesiz bir ayoli-xarom-harishdan hazar qilgan, halollik va poklikni farz bilgan, ammo kazzob muhitning qahrli qo'llarida qovjirab kurigan soliha ona ruhiyatining portreti, deyish ham

qah ;.q—a qoj........6u* .......... —6 .........""

mumkin.

H ]>:>

"-w-isr88- a |

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

"Qasam" asarini o'qigan kishi qimmatchilik, qahatchilik yillari ham o'zbek

#

>

ayollari naqadar pok va iymonli, sabr-toqatli bo'lganligi, nechog'li ma'nan va fikran boy, buyuk ekanliklariga guvoh bo'ladi. Oysuluv xarakteridagi insoniylik xususiyatlari asos-e'tibori bilan milliy qadriyatlarga borib taqaladi, Ichki syujet -tuyg'u — kechinmalar oqimi asar g'oyasini ochishga xizmat qilgan. Erning fe'l-atvori Oysuluvga tamoman qarama-qarshi. "Dunyosida endi tirik yurmayman". Lirik personaj jisman o'limni tanlayotgan bo'lsa-da, ruhan g'olib. Zero, o'lim poklikning tantanasi sifatida o'zligini ko'rsatayotir. Oysuluv nopok er bilan yashashdan o'limni

О J J r J

afzal ko'rdi. U vijdon azobida qoldi. U qiblasining bu qiblasiga aylanishini istadi. Bu bilan u kitobxonni ham poklik sari chorlayapti. Hayotni xamisha pokdomonlik, go'zallik asrab qolgan. Shu boisdan ham hayot totli, shukuhli, yorug'.

Shoiraning so'nggi yillar she'rlari xususan, "O'sh, O'zgan faryodi daftaridan" turkumini tashkil etgan she'rlarda ham psixologik tasvir usullari, imkoniyatlari keng. Ularni, ko'proq, psixologik portretlar deyish joiz. Ularda butun bir insoniy taqdirlar hayotiy fojialar, qismatlar o'z aksini topgan. Dunyo shevalarini odam sir-sinoatlarini

teran anglash, ma'nosini yanada chuqurroq idrok etish va ijtimoiy-axloqiy, falsafiy xulosalar chiqarish ustuvor yo'nalishga aylangan. Bunday tiyran nigoh Halima Xudoyberdiyeva lirikasining tasvir va talqin usullari, vositalari nechog'lik boyligini

»

tasdiqlaydi.

Bu-bir. Ikkinchidan, hayot bilan ruhiyat iqlimlarini yaxlit uyg'unlikda poetik tadqiq etish xamisha yangi-yangi vositalar, tasvir imkoniyatlari orqali ayonlashadi. Bu-badiiy tafakkur madaniyati bilan tasvir-talqin imkoniyatlarining Halima

Xudoyberdiyeva lirikasini boyitayotgan ko'rinishlari.

_............., , ~...... ~.....

Keyingi yillarda shoira she'riyatida kuchaygan fojeiylikni, fsjeiy ohanglarni ijodkor shaxsiyati bilan, dunyoni, odamni, jamiyatni tushunish hamda tushuntirishdagi tafakkur tarzi bilan bog'lash cheklanganlikka olib kelmasmikan. Yoki, shoira yashashdan charchadimi? Yoxud dunyoning norasoliklari, odam deb atalgan hilqatning nomukammalligi uni bezdirib qo'ydimi? Nechun she'rlarida muncha g'am-alam, yig'i, isyon alangasi?

Shoiraning she'riyat maydoniga kirib kelgan ilk odimlaridan boshlab bugungi kungacha kechgan ruhiyat iqlimlaridagi tadrijiy takomilga nazar solsak, bu taxlit J-jt

so'ngsiz savollarga bir qadar javob topgandek bo'lamiz'

SHe'r-shoira uchun adolat tuyg'usi ko'ngillarga ekish, yuraklarda go'zallik tuyg'ularini undirish, qalb haqiqati bilan hayot xaqiqatining uyg'unligiga ershish shakllaridan biri. Shu ma'noda, nafaqat she'r, umuman, poema yoki dramami, qissa

iw-

! И*

yoki romanmi, badiiy barkamol asar go'zallik hodisasidir. Badiiy asar g'oyasi, ijodiy niyat va uning vosil bo'lshi, qog'oz yuzini ko'rishi vahiy misoli ijodkorning ko'ngliga solinadi. Yorug' peshonasiga bitilgan bo'ladi.

lV-4 N J ^

i >;> 1+4 >

■H* ^ #,?Î

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Halima Xudoyberdiyeva lirik qaxramonining iroda-imkoniyatlari, ko'nglidan

#

>

kechgan sadolar shu taxlit fikrlar uyg'otadi. Lirik qaxramonning millatsevarlik, vatanparvarlik tuyg'ularini voqif etadi. Ko'rinadiki, badiiy ifodada lirik qaxramon tabiatidagi vatanparvarlik psixologiyasini yoritish yetakchilik qilayotir.

Shoira iborasicha, "har bir inson yashagan yer Yerning qoq ko'ksi" Shu ma'noda, ona yer, Vatan tushunchalari bir olmaning ikki pallasidek bir gap. Ona yerni sevib Vatanni, va yoki, Vatanni sevib ona yerni sevmaslik mumkin emas. Har ikki omildan unib o'sgan mehr - muxabbat tuyg'usi vatanparvarlik daraxtini bunyod

о JO Г J

etadi. Ustoz Zulfiya Halima Xudoyberdiyeva she'riyatida qad rostlagan vatanparvarlik daraxtining ildizlarini xaqli ravishda ona zamin -tuproq bilan, qishloq kishilarining xayoti bilan bog'liq ko'radi.

Shoira she'rlari "...to'lqinni cholg'ilar kesayotgan bo'liq boshoqlar dengiziga, otaning quyosh va yillar jo'yaklar solgan peshonasiga o'xshagan shudgorli dalalarga, pichan hidi anqigan xovlilarga olib kiradi. Siz u bilan o'z dexqon uyi ostonasidan

____^ ,mi„____ ^ч™ V„ln___™

boshlangan kichik so'qmoqdan yalangoyoq yo'lga chiqasiz. Yalangoyoq yurishning,

yerni, ona yerning bahri va iliqligi bergan huzurini his qilasiz.

- Bu yo'l shoira uchun katta bosh yo'l, yerning qoq o'rtasidan tushgan o'ktam yo'l.. Qo'shiqlarning bepoyon dalalari, qirlarning sarflanmagan xarorati, bokiraligi,

»

m?

yaxlitligini olib kirdi shoira she'rlariga"36

Halima Xudoyberdiyevaning lirik qahramoni zo'riqishni, ovozini baland

ko'tarib baqirib-chaqirishni, ko'kragiga urib xayqirishni yomon ko'radi. U

dexqonsifat oddiy va sodda, to'pori va jo'mard, dangal gapni yaxshi ko'radi. Ana shu

badiiy ifoda tarzidagi soddalik va samimiylik yolg'iz Halima Xudoyberdiyevaning . „,, . , л ,л ........

tafakkur tarzi uchun xos bo'lgan xususiyat, desak bir yoqlamalikka berilgan

Ka'I n-miT А А о »vl^i 1 r nlrvmnl /\Г\ \ri11nr л'И-пгч т го ТП \ri11 ni* KrvrUi o/^nKurrvf nnlim rln ппхгЛл

bo'lamiz. Mazkur alomat 60-yillar o'rtasi va 70- yillar boshi adabiyot sahnida paydo bo'lgan avlod vakillarining badiiy estetik izlanishlari uchun ham xos.

Ayniqsa, XX asrning 50-yillarida adabiyotda keng palak yozgan dabdababozlik, ofarinbozlik, ritorika, soxta patetika, yolg'onchi pafos, jimjimadorlik singari chuchmal va tumtaroq adabiy uslub yosh avlodning g'ashiga tekkan, ko'ngliga o'tirishmagan edi. Mazkur yo'nalish she'riyatdan o'quvchilar ishqini sovutib, ixlosini qaytarayotgan, ko'nglini qoldirayotgan edi. Eng muximi, hayot xaqiqatini, obrazli, J-jt

A W -4--I tv»n r-v Iii -I т/л /~1 n л+1 n 11 m il /~1 n n -t -v гг>+1 rt-n iri Un n n г» I n T т/л-f ггпи in 1+1 ifi 111 I Im гглт т 4- rrnn /л /~\ 1 V Im

timsolli ifoda etish madaniyatiga rahna solayotgan, puturini ketkazayotgan edi. Shu

ш

boisdan ushbu avlodning yetakchi vakillari, bir ovozdan kelishib olgandek, sun'iy

dabdaba asosiga qurilgan havoyi adabiy uslubni rad etishdi. She'riyatni, badiiy so'z J1 > <4 "1 >

madaniyatini azaliy va adabiy o'zanlariga qaytarishga obrazlar, timsollar, ramzlar

! !>»

asosida fikrlashga chog'landilar. She'r-g'oyatnafis, ingichka, obrazli ifoda san'ati

ekanligini yana bir qur isbotlashga jazm etdilar. Tuyg'ular realizmiga asosiy diqqat -e'tibor qaratdilar.

e ti bor qar atdilar . --

36 ZulfiY. Tuyg'un o'ylar, toshqin hislar kuychisi. Xudoyberdiyeva H. Oq olmalar. Toshkent, 1973. 3-bet.

: * ^ * n>

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Riyokorlik, yolg'onchi patetik uslub-tumtaroq madhu sanoning bahridan o'tgan

Halima Xudoyberdiyeva ham avloddoshlari Shavkat Raxmon, Muhammad Yusuf, Xurshid Usmon Azim, Azim Suyun, Asqar Qosimov, Ismoil To'lak, Mirza Kenjabek, Matnazar Abduhakim va x.k. singari realistik tasvirni chuqurlashtirishga intildi. Hayotning, voqelikning ko'ngil orqali kechgan tuyg'ulari suratini chizish, ong-tafakkurida uyg'otgan fikr va kechinmalari, xolatlari, kayfiyatlari manzarasini yoritish sari tutindi.

Halima Xudoyberdiyeva she'rlaridagi ilohiylikka mansublik belgilarining tag

J J О J ООО

zamini shundaki, go'zal badiiy-estetik barkamollik kasb etganligining boisini shoiraning o'zi ham to'la-to'kis tushuntirib berolmaydi. Negaki, she'r urug'ining badiiy niyat sifatida ko'ngilga qadalishi, yozilish jarayonlari yolg'iz Allohga ayon. Ushbu jarayon yolg'iz Alloh bilan ijodkor o'rtasida kechguvchi sirli, sehrli hodisa. U g'oyibdan kelgan bir tutam yorug'lik shodasidek, bir chimdim gulning tabassumidek, bir hovuch atirgul tarovatidek yeldek kelib, yeldek o'tib ketadi. Ijodkor qalbi ana shu

Inlrrolot* Vm'1 nn rrC г\л ri V\/-vk» о +п+ог1л КаЧоогп'по mimin гг л rrvn irr4i1/ninrv гтл ^nn +1 îfiK

lahzalar bilan g'oyibona tutash bo'lsagina nurning, yorug'likning etagidan tutib

qoladi. Gulning tabassumini ko'ngliga yuqtiradi, ko'zlariga yashirib qolishga ulguradi.

Halima Xudoyberdiyevaning keyingi yillar lirikasida ajdodlarimiz hayoti va

taqdiri, buyuk siymolar qismati, moziy voqeligi kasb etdi. Bugungi kunning ijtimoiy, axloqiy masalalariga moziydan imdod tilash, moziy voqeligidan javob qidirish yorug' siymolar nomini tilga olishdan, fakt va ma'lumotlarni sanab o'tishdan iborat emas. Shoira lirikasida tarix tuyg'usi ruhiyati bilan, fikriy qudrati, ma'naviy salohiyati bilan vobasta yashaydi.

>ц. j 1> j 1

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azimov U. Ko'zgu. She'rlar va dramatik doston-T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983 y

2. Ahmedov T. chorbakr. She'rlar. Dostonlar. -T.: Yangi asr avlodi, 2000 y

3. S. Ashur. Siz ertaga kelasiz. She'rlar va dostonlar.T: O'qituvchi, 2000 y

4. X. Davron. Uchib boraman qushlar bilan. T: Adabiyot va san'at nashriyoti 1983

5. Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lug'ati-T.: Akademnashr, 2010 y

) J; ^ -

i ; > Ml*

Ы >

:>q> ц> >

>q ] i )> >

не

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.