Научная статья на тему 'HOZIRGI KUNDA AHOLI O`RTASIDA KENG TARQALGAN KIRIYESHKILARNING TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATINI O`RGANISH'

HOZIRGI KUNDA AHOLI O`RTASIDA KENG TARQALGAN KIRIYESHKILARNING TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATINI O`RGANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
20
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kiriyeshki / kummulyatsiya / albinos sichqonlari / LD50 / toksikologiya / nekroz / ateroskleroz.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — F.A.Usmonova, O.T.Azizov

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta`minlash oziq-ovqat xafvsizligining muhim vazifasi hisoblanadi. Iste`molchilarning e`tiborini jalb qilish hamda bozordagi raqobat sababli mahsulot tan narxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalar tabiiy mahsulotlar o`rnini kimyoviy qo`shimchalarga bo`shatib bermoqda. Ushbu maqolada snek mahsulotlari orasida keng tarqalgan kiriyeshkilarning toksikologik xususiyati o`rganildi. Lim R.K. tajriba usuli bo`yicha belgilangan dozalarda albinos sichqonlari ustida tajriba olib borildi hamda sichqonlar organlarida kiriyeshkilarning kummulyativ belgilar aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI KUNDA AHOLI O`RTASIDA KENG TARQALGAN KIRIYESHKILARNING TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATINI O`RGANISH»

HOZIRGI KUNDA AHOLI O RTASIDA KENG TARQALGAN KIRIYESHKILARNING TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATINI O RGANISH

F.A.Usmonova

Toshkent-kimyo texnologiya instituti

O.T.Azizov Toshkent-kimyo texnologiya institute https://doi.org/10.5281/zenodo.7498336

Annotatsiya: Aholini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta'minlash oziq-ovqat xafvsizligining muhim vazifasi hisoblanadi. Iste'molchilarning e'tiborini jalb qilish hamda bozordagi raqobat sababli mahsulot tan narxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalar tabiiy mahsulotlar o'rnini kimyoviy qo'shimchalarga bo'shatib bermoqda. Ushbu maqolada snek mahsulotlari orasida keng tarqalgan kiriyeshkilarning toksikologik xususiyati o'rganildi. Lim R.K. tajriba usuli bo'yicha belgilangan dozalarda albinos sichqonlari ustida tajriba olib borildi hamda sichqonlar organlarida kiriyeshkilarning kummulyativ belgilar aniqlandi.

Аннотация: Обеспечение населения качественными продуктами питания является важнейщей задачей пищевой безопасности. Чтобы привлечь внимание потребителей и удешевить продукцию за счет конкуренции на рынке, предприятия-производители заменяют натуральные продукты химическими добавками. В данной статье изучены токсикологические свойства кириешек, распространенных среди снековых продуктов. Эксперименты проводились на мышах-альбиносах в дозах по методу Лим Р.К. в ходе проведенного эксперимента было установленно что кириешки в высоких дозах оказывает умеренное токсическое воздействие.

Kalit so'zlar: kiriyeshki, kummulyatsiya, albinos sichqonlari, LD50, toksikologiya, nekroz, ateroskleroz.

Maqsad: kiriyeshkilarning organlardagi kumulyativ belgilarini aniqlash hamda inson salomatligi uchun xavf soluvchi belgilarini nazariy va eksperimental tadqiqotlar bilan asoslashdan iborat.

Materiallar va tadqiqot usuli: kiriyeshkilarning toksiklik (kummulyatsiyasi) xususyatini aniqlash 20 ta sichqon ustida amalga oshiriladi. Bunda, tegishli tartibda dezinfeksiyalangan, me'yoriy hujjatlarga muvofiq oziqlantirilgan, kasallik belgilari kuzatilmagan, og'irligi 18-22 gramm oraliqdagi sichqonlar orasidan saralab olinadi. Saralab olingan sichqonlar eksperiment kuniga qadar 12 kun davomida karantinda ushlab turiladi [1]. Sichqonlar saralab olindi va guruhlarga bo'lindi. Mahsulotni

ichirish kuniga qadar bir xil muhit va oziqlantirishda 12 kun davomida karantinda ushlab turildi.

Kiriyeshkilarning kumulyatsiya koeffitsiyentini aniqlash subxronik toksiklikni belgilash tajribasi bo'yicha amalga oshirildi. Tajribada 2 jinsga ham mansub sichqonlardan foydalanildi [2].

Usulning mohiti shundan iboratki, bunda mahsulotning ichirish dozasi har 4 kunda 50% ga oshirib boriladi. Bu 28 kun davomida sichqonlarning 0.1 LD50 dan 1.12 LD50 gacha kiriyeshki dozalariga bo'lgan reaksiyalarni kuzatish imkonini beradi. Bunda LD50 6000 mg/kg ga teng deb qabul qilindi. 20 ta sichqon 2 guruhga bolinib ularning 10 tasiga kiriyeshki eritmasi ichirilib qolgan 10 tasi intakt guruhi (kiriyeshkilarni iste'mol qilgan sichqonlarni soglom ovqatlangan sichqonlar bilan solishtirish uchun kontrol sichqonlar guruhi) ga qoldirildi. Har bir guruhdagi barcha sichqonlar bir-biridan ajralib turishi uchun markirovka qilinadi va har 4 kunda vazni o'lchab boriladi.

Taqiqot usulida kursatilgan dozadagi kiriyeshkilarni sichqonlar iste'mol qilishlarini tartibga solish uchun kiriyeshkilardan 27 % li eritma tayyorlab olindi. Savdo do'konlaridan taxminiy tanlab olingan kiriyeshki qadog'idagi barcha kiriyeshkilar dastlab stupka yordamida maydalab talqon holatiga keltiriladi, yaxshilab aralashtirilib 2.7 gramm kiriyeshki talqoni olchab olinadi va unga 10 ml suv qo'shilib eritma tayyorlab olinadi. Kiriyeshki eritmasi belgilangan ko'rsatmalar asosida zond orqali ichirib borildi.

Tadqiqot natijalar: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki: eksperimetlarimizning 30% izida 13-kundan boshalab kam harakatlilik, ishtaha pasayishi hamda vazn yo'qotish muammolari boshlandi. 20% sichqonlarda o'lim holatlari kuzatildi (26-, 28- kunlarda). 40% sichqonlarning jigarlari sarg'aygan.

Eksperimentning 26-kuni nobud bolgan sichqonning tanasini ochib korganimizda uning jigari nekrozga uchraganini ko'rdik.

Eksperimentning 28-kuni nobud bolgan sichqonimizning tanasini ochib korganimizda uning jigarida nekroz hamda yuragida ateroskleroz izlarini ko'rdik.

Eksperiment so'ngida ushbu guruhdagi barcha sichqonlarni tanasini ochib korganimizda esa 40 % sichqonlarning jigari sarg'ayganiga guvoh boldik.

Kiriyeshki guruhidagi sichqonlarni Intakt (kontrol) guruhdagi sichqonlar bilan solishtirildi. Kiriyeshkilar soglom sichqonlarning vazniga, harakatiga, jigariga hamda yuragiga jiddiy zarar yetkazgan. Jigarning 3 dan 1 qismi kok rangga kirib nekrozga uchragan. Bu esa kiriyeshki mahsuloti tarkibida oqsilga jiddiy salbiy tasir ko'rsatuvchi toksin borligi haqida dalolat beradi.

Xulosa: tajriba jarayonida kiriyeshki eritmasini yuqori dozalarda muntazam iste'mol qilgan sichqonlarni intakt sichqonlar bilan solishtirganda kiriyeshkilarda toksik tasirga ega ekanligi aniqlandi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Березовская И.В. Классификация химических веществ по параметрам острой токсичности при парентеральных способах введения\ химико-фармецевтический журнал Том 37, № 3 2003, - 32 б

2. Сидоров К.К. О классификации токсичности ядов при парентеральных способах введения. Токсикология новых промышленных химических веществ. Вып. 13, Москва (1973), 47 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.