Научная статья на тему 'HOZIRGI DAVRDA MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA О‘ZLIKNI ANGLASH MUAMMOLARI'

HOZIRGI DAVRDA MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA О‘ZLIKNI ANGLASH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
28
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zlikni anglash / Milliy o‘zlikni anglash / ajdodlar merosi / millat taraqiyoti / tarixiy xotira / yoshlar ongida milliy o‘likni shakilantirish / milliy ong / milliy g‘urur / milliy his / milliy iftixor / milliy xarakter. / Self-awareness / National identity / ancestral heritage / nation's development / historical memory / formation of national memory in the minds of young people / national consciousness / national pride / national feeling / national pride / national character.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mirzayev, Ikrom Boboqulovich, Jo’rayev, Jonibek, Isroiljonov, G’olib

Ushbu maqolada hozirgi davrda milliy munosabatning integratsiyalashuvida о‘zlikni anglash muammolari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy va ma’naviy meroslarining o‘zlikni anglashdagi moxiyati va yosh avlod tarbiyasida vatanga muxabbatni shakilantirish asosiy omil bo‘lib qaralishi haqida mulohaza qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF IDENTITY IN THE INTEGRATION OF NATIONAL RELATIONSHIP IN THE PRESENT PERIOD

This article analyzes the problems of self-awareness in the integration of national attitudes in the current period. We will reflect on the essence of the cultural and spiritual heritage left to us by our ancestors in self-awareness and the formation of love for the country is considered the main factor in the education of the young generation.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI DAVRDA MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA О‘ZLIKNI ANGLASH MUAMMOLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

HOZIRGI DAVRDA MILLIY MUNOSABATNING INTEGRATSIYALASHUVIDA O'ZLIKNI ANGLASH MUAMMOLARI

Mirzayev Ikrom Boboqulovich

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi Jo'rayev Jonibek Isroiljonov G'olib

Toshkent davlat transport universiteti YMAS-6 guruh talabalari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi davrda milliy munosabatning integratsiyalashuvida o 'zlikni anglash muammolari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy va ma'naviy meroslarining o'zlikni anglashdagi moxiyati va yosh avlod tarbiyasida vatanga muxabbatni shakilantirish asosiy omil bo'lib qaralishi haqida mulohaza qilamiz.

Kalit so'zlar: O'zlikni anglash, Milliy o'zlikni anglash, ajdodlar merosi, millat taraqiyoti, tarixiy xotira, yoshlar ongida milliy o'likni shakilantirish, milliy ong, milliy g'urur, milliy his, milliy iftixor, milliy xarakter.

This article analyzes the problems of self-awareness in the integration of national attitudes in the current period. We will reflect on the essence of the cultural and spiritual heritage left to us by our ancestors in self-awareness and the formation of love for the country is considered the main factor in the education of the young generation.

Key words: Self-awareness, National identity, ancestral heritage, nation's development, historical memory, formation of national memory in the minds of young people, national consciousness, national pride, national feeling, national pride, national character.

Ma'lumki, hozirgi davr globallashuv jarayonlarining nihoyatda chuqurlashib ketganligi va hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli ta'sir etayotganligi bilan xarakterlanadi. Albatta globallashuv jarayonining hozirgi davr insoniyat hayotidagi ta'sir doirasi, tutgan o'rni va ahamiyati haqida bu borada tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchi olimlar, siyosatshunoslar hamda taniqli davlat arboblari tomonidan turfa fikrlar, qarashlar, mulohazalar bildirilgan. Kezi kelganda aytish joizki ayni masaladagi qarashlarda birbirini inkor etuvchi holatlarni ham kuzatish mumkin.

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Ammo bu boradagi fiklarning aksariyatida globallashuvning ham ijobiy ham salbiy tomonlarini e'tirof etuvchilar ko'pchilikni tashkil etadi desak xato qilmagan bo'lamiz. Xo'sh, globallashuv jarayonini haqiqatdan ham hozirgi o'ta shiddatli va murakkab davr tezligi talablariga javob beradigan, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijobiy bir fenomen sifatida qabul qilish kerakmi, yoki aksincha, milliy madaniyatning yemirilishiga, urf-odat, an'ana, qadriyatlarning zaiflashuviga olib keladigan salbiy jarayon sifatidami?.

Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g'oyat o'tkir va keng qamrovli ta'sirini deyarli barcha sohalarda ko'rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko'plab yangi ish o'rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o'zaro yordam ko'rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. Shu bilan bir qatorda, uning o'ta ta'sirchan ma'naviy, mafkuraviy tahdid sifatidagi jihatlariga ham e'tibor qaratish lozim. Globallashuv jarayonining yana bir o'ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta'sir o'tkazishning nihoyatda o'tkir quroliga ayla nib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog'lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.1

Prezident SH.Mirziyoyev ham globalashuv haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Keyingi yillarda Yer yuzida keskin geosiyosiy o'zgarishlar ro'y berdi, xalqaro miqiyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar o'rtasidagi tafovutning o'sishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka raxna solayotgan, mohiyati va ko'lamiga ko'ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir etilmoqda". Bu qarashdan ham ko'rish mumkinki, globallashuv ulkan insoniy imkoniyatlar bilan bir qatorda dunyoda tinchlik va barqarorlikka soya solayotgan bir jarayon sifatida e'tirof etilgan.

Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo'lgan turli xil noan'anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari

1 MaBTOHOB y. M. r^oöa^amyB ^apaeHHHHHr mhMHH MatHaBHaTra TatcnpH. «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 6.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

insonlarning ruhiyatiga ta'sir o'tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta'sir ko'rsatadigan ma'naviy tahdidlar hisoblanadi2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'naviy tahdid - shaxs, jamiyat va davlatning ma'naviyat sohasidagi hayotiy muhim manfaatlariga xavf tug'diruvchi shart va sharoitlar, omillar majmuidir. Ma'naviyatga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi va milliy ma'naviy manfaatlar uchun xavf bo'lgan hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaruvchi omillar ma'naviy tahdidlar hisoblanadi3.

So'nggi yillarda globallashuv jarayonlari inson hayoti va faoliyatining barcha jabha va sohalarini qamrab olayotgan dolzarb hamda keskin muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Globallashuv bayrog'i ostida dunyoni qayta taqsimlashga qaratilgan jiddiy harakatlar ko'zga tashlanmoqda. Globallashuv, bir tomondan, dunyo hamjamiyati hayotini, jahon siyosati va halqaro munosabatlarini belgilab beruvchi yetakchi omilga aylanmoqda, ikkinchi tomondan esa, alohida olingan davlat va hududlar ichki siyosatini tarkib topgan umumdunyoviy sharoit bilan muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun ham turli soha olimlari globallashuv jarayonlariga o'z munosabatini bildirish, bu jarayonlarning oqibatlarini talqin etish hamda kelajakka ta'sirini o'rganishga harakat qilmoqda.

Globallashuv jarayonlarining boshlanishini olim va siyosatchilar turli davr hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi o'zgarishlar bilan bog'lashadi. Taniqli nemis sotsiologi Ulrix Bek bu haqda shunday yozadi: "Iqtisodiy globallashuv qachon boshlandi, degan savol to'siqlarga to'la chakalakzorga yetaklaydi.Ayrim olimlar (Immanuel Uollerstayn) "kapitalistik dunyo tizimi" ning boshlanishini XVI asr boshidagi mustamlakachilikning paydo bo'lish davri, boshqalar baynalminal konsernlarning paydo bo'lishi bilan bog'laydi. Yana ba'zi mutaxassislarning fikricha, globallashuv mustahkam valyuta kursining bekor qilinishi yoki sharqiy blokning inqirozi bilan boshlangan"1.

Globallashuv jarayonining boshlanishi va sabablarini aniqlashda qarashlarning ko'pligi uning mohiyati borasidagi fikrlarning rang-barangligi bilan bog'liq. Jumladan, globallashuvni ancha keng-davlatlararo va hududlararo munosabatlarning kengayishi bilan bog'liq hodisa sifatida talqin etuvchi olimlar uni Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarning kengayishini ta'minlagan Buyuk Ipak yo'lining shakllanish davri bilan bog'laydi. Globallashuv masalalarini tadqiq etgan taniqli

2 Йулдошева С.М. Соглом турмуш тарзи - тахдидларга карши кураш омили сифатида. Соглом турмуш тарзини шакллантиришда ахлокий кадриятларнинг урни. // Т.:2009. 191 б.

3 Исламов И.Н. Маънавиятга тахдид - келажакка тахдид. Глобаллашув, модернизация ва толерантлик: муаммолар, ечимлар ва истикболлар. Конференция материаллари.-Т.:2009, 57 б

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

olimlardan biri LVallerstayn global iqtisodiyotning («jahon kapitalistik iqtisodiyoti») paydo bo'lishini XVI asrga taqagan bo'lsa, R.Robertsonning fikricha, bu jarayon XV asrda boshlangan, 1870 yildan XX asr o'rtalariga qadar keng miqyos kasb etgan va "sovuq urush" tugagandan so'ng yangi yo'nalish kasb eta boshlagan. Rus olimi V.M.Ryumin esa globallashuvning uch bosqichini ajratadi va har bosqichni jahonda sodir bo'lgan muayyan voqea-hodisalar bilan bog'laydi. Jumladan, uning fikriga ko'ra, XV asr oxiri -XVI asr boshlarini qamrab olgan birinchi bosqich-buyuk jo'g'rofiy kashfiyotlar (Amerikaning kashf etilishi, Hindiston tomon dengiz yo'lining ochilishi va h.k.) bilan bog'liq, ikkinchi bosqich-sanoat inqilobi hamda bozor almashinuvinig kengayishi natijasida vujudga kelgan yagona jahon bozori makonining shakllanishi natijasida boshlangan (XVIII asr), uchinchi bosqich esa XX asr oxirida paydo bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalari mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi qat'iy chegaralarni buzganligi bilan bog'langan. Albatta, globallashuv borasidagi bu va boshqa fikrlar mualliflari o'z nuqtai nazarini muayyan darajada asoslab bergan. Biznincha, globallashuv jahon miqyosidagi integratsiyalashuv jarayoni va hodisalari sifatida talqin etilsa, uning yangi hodisa emasligi haqidagi fikr asosli tuyuladi. Darhaqiqat, O'rta asrlardagi salib yurishlari oqibatida Sharq va G'arb madaniyatlarining muayyan darajada uyg'unlashuvi yoki Angliyada to'quv dastgohining paydo bo'lishi Hindistondagi millionlab to'quvchilarning xonavayron bo'lishiga olib kelgani, Fransiya respublikachilik g'oyalarining paydo bo'lishi Sharqdagi yakka hukmdorlar hokimiyatini zaiflashtirgani, masalan, Rossiyada dekabristlar harakatiga turtki bo'lganini tasdiqlaydi.

Dunyoni manfaat boshqaradi, degan gap bor. Shu nuqtai nazardan, globallashuv jarayonlarining asos-mohiyatini foyda va daromad tashkil etgan kapitalistik munosabatlarning takomillashuvisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu, o'z navbatida, ijtimoiy-siyosiy tizim va iqtisodiyotni liberallashtirishni talab etadi. Tadqiqotchi B.Umarov bu haqda shunday deb yozadi: "Ilmiy adabiyotda liberalizm ta'limoti Uyg'onish (Renessans) Islohotchilik (Reformatsiya) davri hamda Nyuton ilmiy inqilobi mahsuli sifatida baholanadi. Darhaqiqat, o'sha zamonlarda ilgari surilgan ilg'or g'oya va ta'limotlar feodal jamiyatining inqirozi hamda burjuaziya ozodlik harakati jarayonida vujudga kelgan mafkuraning o'zagini tashkil etadi. Dastlab XVII asrda eng rivojlangan mamlakat-Angliyada vujudga kelgan ma'rifatparvarlik g'oyalari asta-sekin Fransiya, Germaniya, Gollandiya kabi mamlakatlarda ham keng tarqala boshlandi" B.Umarov fikrlarini davom ettirib, aytish mumkinki, Yevropada XVIII asrda keng miqyos kasb etgan ma'rifatchilik harakati ijtimoiy-siyosiy hayotni yangi tartibotlar asosida tashkil etishga qaratilgan, 1789-1794 yillardagi Buyuk fransuz inqilobi boshlab bergan va jahoniy miqyos kasb etgan tub islohotlarga zamin

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

hozirlagan edi. Asosini liberalizm g'oyalari tashkil etgan mafkura ta'sirida arab millatlari, Turkiya, Eron va nihoyat, Markaziy Osiyo hududida ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh etishga qaratilgan ma'rifatchilik harakati avj oldi, ilgari "taraqqiyot yo'lidan chetda qolgan" xalqlar global jarayonlarning subyekti va obyektiga aylana boshladi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarga tayanib, davrimizdagi globallashuv jarayonlari jahon taraqqiyotining tadrijiy rivoji, dunyodagi turli davlatlar va hududlar o'zaro bog'liqligining benihoya kuchayishi hamda inson hayoti va faoliyatinig barcha jabhalarida jiddiy o'zgarishlarga olib kelgan yangi bosqich ekani haqida xulosa qilish mumkin. Shu asosda bugungi kunda globallashuvga millat va davlat chegaralarini inkor etuvchi "jahon jamiyati" ni shakllantirayotgan insoniyat hayotidagi obyektiv hamda tabiiy jarayon, deya ta'rif berish mumkin4.

Globallashuv mazmun-mohiyati borasida ham mutaxassislar o'rtasida yakdillik yo'q. Bu jarayon bilan bog'liq konsepsiyalarning rang-barangligi, birinchidan, mazkur jarayonning ijtimoiy hayotning turli sohalarini (ma'naviy, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy) qamrab olgani bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, masalaga yondashuv, tadqiqotchilarning ko'zlagan maqsadlari, mafkuraviy qarashlar o'rtasidagi farq va o'ziga xoslik bilan belgilanadi. Shu bilan birga, globallashuv mohiyati va xususiyatlariga doir qarash va konsepsiyalarning ko'p bo'lishiga qaramay, bu boradagi asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.Bular-iqtisodiy, ekologik, tamadduniy, siyosiy yondashuvlardir.

Iqtisodiy yondashuv globallashuvni mehnat, kapital, tovar va xizmatlarning umumjahon bozori taraqqiyoti bilan bog'laydi. Belorussiyalik olim YE.Meshaykina fikricha, "Globallashuv XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotidagi eng xarakterli hodisalardan biridir. Jahon bozori va mehnatning xalqaro taqsimoti tarkibidagi jiddiy o'zgarishlar aksariyat davlatlarni qamrab olgan moslashish jarayonlarini yuzaga keltirib, global xususiyat kasb etdi"1. Globallashuv muammolarining iqtisodiy jihatlariga asosiy e'tibor qaratgan mutaxassislar, uni jamiyat rivojining postindustrial bosqichi sifatida talqin etib, globallashuv jarayonlarining mohiyati-moddiy ne'matlar ishlab chiqarishdan xizmatlar va axborot ishlab chiqarishga qaratilishi bilan belgilaydi. Xususan, G.Pochensovning fikricha, «Kommunikatsiya jamiyat uchun, uni tashkil etuvchi va moddiy xarakterga ega bo'lgan boshqa tarmoqlar singari, strategik muhim ahamiyatga ega insoniyat tamadduni tobora axborotlashish tomon yuz tutmoqda. Asosiy mahsulot sifatida axborot ishlab chiqarayotgan Yaponiya singari davlatlar XXI asr liderlariga aylanmoqda». Ekologik yondashuv globallashuvni yer sayyorasidagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi va shunga muvofiq iqtisodiy taraqqiyotning chegarasini

4 yMapoB E. r^oôaraamyB 3HggHaraapH. -T.:Ma*bHaBHHT, 2006. -E.29.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

belgilash bilan bog'liq ravishda talqin etadi. 1972 yili "Rim klubi" ning topshirig'i bilan D.Medouz boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan "Taraqqiyot chegarasi" nomli kitob tayyorlandi. Unda aholining o'sish sur'atlari bilan bog'liq sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojning oshib borishi butun insoniyat uchun halokatli oqibatlarga olib kelishidan ogoh etgan hamda buning oldini olish bo'yicha tegishli tavsiyalar berilgan edi. Oradan atigi 20 yil o'tgach, bu vaqt ichida qilingan tahlil va hisob-kitoblar asosida, "texnologiyalarning takomillashuvi, bilim doirasining kengaygani hamda tabiatni muhofaza etishga qaratilgan siyosat ancha qat'iylashgani"-ga qaramay, insoniyat "muvozanat va barqarorlik chegarasi" dan o'tib ketganligi ta'kidlandil. Bugungi kunda tabiat va atrof muhit holatining keskin yomonlashgani, biosferaga texnogen ta'sirning kuchayishi oqibatida sayyoramizda tiklab bo'lmas o'zgarishlar sodir bo'layotgani ko'pchilikni sarosimaga solmoqda. Ekologiyaning buzilish sabab va oqibatlari xususida mutaxassislarning izlanishlari insoniyat tamaddunining o'ta nozikligi haqidagi xulosaga olib keladi. Bu, o'z navbatida, insoniyat taqdiri bir xil ekanligi hamda butun jahonni qamrab olgan inqiroziy jarayonlarning kuchayib va kengayib borishi haqidagi fikrni uyg'otadi. Masalan, muammoning bir qirrasiga e'tibor qaratgan U.Bekning fikriga ko'ra, ekologik sarosima holatiga tushgan tafakkur odamlarning muayyan guruhlar va ularning ishlariga nisbatan zo'ravonlik aktlarini sodir etishga yo'naltirilishi mumkin. "Bir paytning o'zida tahdidlarning kuchayishi kosmopolitik tafakkurni uyg'otadi... Jamiyat xavf-xatar bilan kurash asnosida shakllanadi; global xavf-xatarga qarshi kurash asnosida esa global jamiyat yaratiladi"2.

Darhaqiqat, iqlimdagi global o'zgarishlar, ularning halokatli oqibatlari hozirgi kunda butun jahon hamjamiyatini chuqur o'yga solmoqda. Xususan, olimlarning taxminlariga ko'ra, Yerdagi haroratning ko'tarilishi natijasida qisqa vaqt ichida sayyoramizdagi o'simlik va jonzotlarning uchdan bir turi yo'q bo'lib ketadi, tropik o'rmonlar o'rnini savanna, sahro egallaydi, ayrim orollarda joylashgan davlat va hududlar suv ostida qoladi va h.k. Bundan xavotirga tushgan 150 davlatning 2500 dan ortiq olimlari zudlik bilan 2007 yil 7 mayda XV Umumjahon meterologik kongressiga to'planishdi. Bugungi kunda aksariyat olim va mutaxassislarning fikricha, insoniyat tobora tezlashib borayotgan sur'atlar bilan halokat sari ketmoqda. "Insoniyatning birgina farovonligi emas, balki uning borligi, hayotining o'zi xavf ostida. Bu- «qiyomat kuni» haqidagi safsatalar emas, balki matematik hisob-kitoblarga tayangan ilmiy bashorat"1,-deb yozadi rossiyalik olim I.Ilinskiy

Globallashuv jarayoni va uning oqibatlari umumtamadduniy miqyosda madaniyatshunoslik va sotsiologiya fanlari nuqtai nazaridan o'rganilmoqda. "Rim klubi" bu yo'nalishda demografiya muammolari, ishsizlik, ochlik, ijtimoiy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

adolatsizlik, ma'naviy qadriyatlarning yemirilishi, e'tiqodning susayishi kabi qator masalalarni tilga oladi. So'nggi yillardagi globallashuvni anglashga bo'lgan harakatlar asosida bugungi kunda uni "jahon hududining asta-sekinlik bilan zamonaviy institutlari rivojini ta'minlovchi va ularning o'zaro munosabatlari mexanizmlarini takomillishtirib boruvchi kapital, tovar va xizmatlar to'siqsiz harakatlanadigan, g'oyalar hamda ularni ifoda etuvchilar erkin tarqaladigan yaxlit makonga aylanishi jarayoni"2 sifatida talqin etishga olib kelmoqda.

REFERENCES

1. Hoshimov K va boshqalar. Pedagogika tarixi //Pedagogika oliy o„uv yurtlari va dorilfununlar talabalari uchun O'quv qo'llanma. - Toshkent, O'qituvchi, 1996, - 301-bet.

2. Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. T.: 2003 y

3. Ikrom Boboqulovich Mirzaev (2021). MILLIY MADANIYAT FALSAFASI. Academic research in educational sciences, 2 (12), 965-969.

4. 2. Mirzaev Ikrom Boboqulovich O'zbekiston yosh avlodi tarbiyasida milliy qadriyatlarning o'rni // Fan va ta'lim bugungi kun. 2019 yil, 4-son (39). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-natsionalnyh-tsennostey-v-vospitanii-molodogo-pokoleniya-uzbekistana (kirish sanasi: 18.01.2023).

5. Mirzaev Ikrom Boboqulovich Zamonaviy madaniyat jarayonlarida milliy va umuminsoniy uyg'unlik // Ilmiy jurnal. 2020 yil. 3-son (48). URL: World scientific research journal www.wsrjournal.com Volume-12_Issue-1_February-2023 146 https://cyberleninka.ru/article/n/garmoniya-natsionalnogoiobschechelovecheskogo-v-protsessah-sovremennoy-kultury (kirish sanasi: 18.01.2023).

6. Ikrom Boboqulovich Mirzaev, D. A. Abduhoshimov ZAMONAVIY KADROLAR TAYYORLASH TIZIMI VA MAQSADLARI // Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. 2022. #TSTU konferensiyasi 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zamnaviy-kadrlar-tayyorlashning-tizimli-va-ma-sadli-zhi-atlari (kirish sanasi: 18.01.2023).

7. Ikrom Boboqulovich Mirzaev GLOBALLASHUV DAVRIDAGI "SOXTA DINIY DUNYOQARASH" // Pedagogik fanlarda akademik tadqiqotlar. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/globallashuv-davridagi-sohta-diniy-dunyo-arash (Kirish sanasi: 18.01.2023).

8. O'.Erniyozov, I.Merzayev, & M.Hasanov. (2022). SHAXSNI SHAKILLANTIRISHDA "OILA" VA "JAMIYATNING" AXAMIYATI . World

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Scientific Research Journal, 4(2), 96-101. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/wsrj /article/view/1445

9. Kaipbergenova, D. (2017). THE IMPORTANCE OF MATERIAL DESIGNING IN LANGUAGE TEACHING. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИБЕРДАХА, 34(3), 62-63.

10. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

11. Каипберганова, Д. О. (2020). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ОРГАНИЗАЦИИ СИСТЕМЫ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ НА ОСНОВЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. In Инновационное развитие: потенциал науки и современного образования (pp. 211-213).

12. Каипбергенова, Д. О. (2016). The role of language learning strategies in learning foreign languages. Молодой ученый, (12-4), 83-85.

13. Orakbaevna, K. D. (2023). MAMLAKATIMIZDA CHET TILLARINI O'RGANISHDAGI ZAMONAVIY METOD VA METODOLIYA. Научный Фокус, 7(1), 1472-1478.

14. Orakbaevna, K. D. (2023). GLABALLASHUV DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYANING UZVIYLIGI. Научный Фокус, 7(1), 1466-1471.

15. Kaipbergenova, D. (2023). BUGUNGI KUNDAGI MAMLAKATIMIZDA TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI. World scientific research journal, 75(2), 3-7.

16. Каипбергенова, Д., & Жуманиёзова, Н. С. (2023). БУГУНГИ КУН ТАЛАБА ЁШЛАРИДА АХЛО^ИЙ ДУНЁKAРAШНИ ШAКЛЛAНТИРИШ УСУЛЛAРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 652-668.

17. Orakbayevna, K. D., Normuminovich, M., & Muxiddinovna, M. Z. (2021). English language teaching methodology for non-native speakers. Linguistics and Culture Review, 5(S3), 1721-1725.

18. Orakbayevna, K. D. (2022, February). SYNTACTIC AND SEMANTIC FEATURES OF COMPARISON IN ENGLISH, UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES. In Conference Zone (pp. 145-147).

19. KHUSENALIYEVNA, K. D., CHORIYEVNA, A. Z., & ORAKBAYEVNA, K. D. (2021). Lexico-semantic features of technical teams of English and Uzbek languages. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4083-4088.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

20. Orakbayevna, K. D. (2022). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Confrencea, 7(7), 69-72.

21. Orakbayevna, K. D. (2022). Using effective language learning strategies in teaching English. Texas Journal of Philology, Culture and History, 2, 1-3.

22. Orakbaevna, K. D. (2022). USING THE PRINCIPLE OF UNITY IN EDUCATION. PEDAGOG, 7(4), 1467-1473.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.