Научная статья на тему '“HOMILADORLIKNING 1-TRIMESTRIDA QAYT QILISHNI DAVOLASH USLUBLARINI OPTIMALLASHTIRISH” MAVZUSINI O’QITISHDA KEYS-STADINI QO’LLASH.'

“HOMILADORLIKNING 1-TRIMESTRIDA QAYT QILISHNI DAVOLASH USLUBLARINI OPTIMALLASHTIRISH” MAVZUSINI O’QITISHDA KEYS-STADINI QO’LLASH. Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
akusherlik va ginekologiya / 1-trimestr / qayt qilish / davolash uslublari / interaktiv o’quv metodlari / case-study / obstetrics and gynecology / 1st trimester / vomiting / treatment methods / interactive educational methods / case study

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ma’Mura Ulmasovna Dexkonova

Homiladorlikning 1-trimestrida qayt qilishni davolash uslublarini optimallashtirish mazmuni, uning mohiyati hamda o’qitish metodikasi, case-study metodini qo’llash yo’llari yoritilgan. Shuningdek, case-study metodining afzalliklari: ma’lumotlarni yig’ish, analiz qilish va ma’lum bosqichda qaror qabul qilish ko’nikmasini o’zlashtirish bo’lib, malakali kadrlarni tayyorlashda o’quv jarayonida interfaol metodlarni qo’llash boyicha tafsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The content of optimizing methods of treatment of vomiting in the 1st trimester of pregnancy, its essence and methods of teaching, ways of applying the case-study method are highlighted. Also, the advantages of the case-study method are: mastering the skills of data collection, analysis and decision-making at a certain stage, as well as the use of interactive methods in the educational process in the training of qualified personnel. specifications are given.

Текст научной работы на тему «“HOMILADORLIKNING 1-TRIMESTRIDA QAYT QILISHNI DAVOLASH USLUBLARINI OPTIMALLASHTIRISH” MAVZUSINI O’QITISHDA KEYS-STADINI QO’LLASH.»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

"HOMILADORLIKNING 1-TRIMESTRIDA QAYT QILISHNI DAVOLASH USLUBLARINI OPTIMALLASHTIRISH" MAVZUSINI O'QITISHDA

KEYS-STADINI QO'LLASH.

Ma'mura Ulmasovna Dexkonova

Toshkent tibbiyot akademiyasi «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi dotsenti,

pedagogika fanlari nomzodi

L. I.Xikmatullayeva, M. E. Ergashova

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- bosqich magistrlari

ANNOTATSIYA:

Homiladorlikning 1-trimestrida qayt qilishni davolash uslublarini optimallashtirish mazmuni, uning mohiyati hamda o'qitish metodikasi, case-study metodini qo'llash yo'llari yoritilgan. Shuningdek, case-study metodining afzalliklari: ma'lumotlarni yig'ish, analiz qilish va ma'lum bosqichda qaror qabul qilish ko'nikmasini o'zlashtirish bo'lib, malakali kadrlarni tayyorlashda o'quv jarayonida interfaol metodlarni qo'llash boyicha tafsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: akusherlik va ginekologiya, 1-trimestr, qayt qilish, davolash uslublari, interaktiv o'quv metodlari, case-study.

ANNOTATION:

The content of optimizing methods of treatment of vomiting in the 1st trimester of pregnancy, its essence and methods of teaching, ways of applying the case-study method are highlighted. Also, the advantages of the case-study method are: mastering the skills of data collection, analysis and decision-making at a certain stage, as well as the use of interactive methods in the educational process in the training of qualified personnel. specifications are given.

Keywords: obstetrics and gynecology, 1st trimester, vomiting, treatment methods, interactive educational methods, case study

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida pedagogik metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. 1. [1,2]

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF- 60-son.

April 26, 2024

95

Ma'lumki, ta'limda innovatsion pedagogik va yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish o'quv mashg'ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo'llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli malakali kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Keys-stadi texnologiyasi. Muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilishga doir o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda "Keys-stadi" texnologiyasi bugungi kunda keng qo'llanilmoqda. Ushbu texnologiya bugungi kunda yetakchi xorijiy mamlakatlar ta'limi amaliyotida keng ommalashgan o'quv texnologiyasi sanaladi.

"Keys-stadi" texnologiyasi (ingl. "case" - chemodan, metod, "study" -muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) -talabalarda aniq, real yoki sun'iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarni topish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiyadir. [3,4,5]

"Keys-stadi" texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq maktabida, 1920 yilda biznes maktabida qo'llanilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo'llanilmoqda. Rossiyada esa u o'tgan asrning 80 yillarida dastlab Moskva Davlat universitetida (MDU), keyinchalik esa boshqa ta'lim muassasalarida ham faol qo'llanila boshlandi. O'zbekistonda "Keys-stadi" metodi ta'lim jarayoniga mustaqillik yillaridagina tatbiq etildi. Keys-stadining ikki klassik maktabi mavjud: Garvard (Amerikada); Manchester (Yevropada).2 Xorijiy ta'limida keyslarni qo'llashga nisbatan shunday yondashuv mavjud: keys - real hayotning "bir parchasidir" (ingl. "True life"). Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o'rganishga o'quv vaqtining o'rtacha 25 %dan 90 %gacha bo'lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o'quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida - 30 %, Uortonda esa - 40 % to'g'ri keladi. Mashg'ulotlarni ushbu uslub bo'yicha o'tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo'yicha Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy talaba ta'lim davrida 700 tagacha keyslarni ko'rib chiqadi va buning uchun o'quv vaqtining 90 % gacha qismini sarflaydi.

Case study ta'lim metodini turli holatlarni o'rganishda qo'llash - hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o'rganishni tashkil etish yoki sun'iy yaratilgan

2

M.U. Dexkanova, K.I.Axmedova. Ta'lim texnologiyalari. O'quv qo'llanma. T 2019

96

April 26, 2024

vaziyatlarga asoslangan holda ta'lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta'lim jarayonidan iborat. Bu metod ta'lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo'shimcha axborotlarni yig'ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni yechish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash boyicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi. O'quv uslubi sifatida quyidagilarni ta'minlaydi: o'rganilgan o'quv mavzu, kursi boyicha (nazariy ta'limdan so'ng) bilimlarni mustahkamlashni; muammolarni tahlil qilish va qarorlari yakka tartibda va guruhli qabul qilish ko'nikmalarini egallashni; ijodiy va o'rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni; yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni t a'minlaydi.

Mazkur maqolamizda case-metodini akusherlik va ginekologiyada "Homiladorlikning 1-trimestrida qayt qilishni davolash uslublarini optimallashtirish" mavzusini o'qitishda qo'llash metodikasini yoritishga harakat qilamiz:

Ma'lumki, homiladorlikning birinchi trimestrida uchraydigan qayt qilishni davolashni case- study metodi yordamida mukammal ravishda o'qitishdan maqsad shuki, homiladorlar qusishi uchrash chastotasi turli xil manbalarga ko'ra 50% dan 60 % gacha, hyperemesis gravidarum 0,3-10,8% ni tashkil etadi I. O. Marinkin T. M. Sokolova T. V Kiseleva. Hozirgi kungacha bo'lgan davrda homiladorlarning ko'ngil aynishi va qayt qilishini kelib chiqishining yagona sababi va rivojlanish mexanizmi aniqlanmaganligidek, ushbu patologiyani aniq va universal davolash uslublari tuzib chiqilmagan. Ba'zi bir ayollar ( 2 % dan kam) homiladorlik erta muddatida -homiladorlikning 4- haftasidan boshlab ( oxirgi hayzni ushlanib qolishidan) ko'ngil aynishi va qusishga shikoyat qilishadi. Erta toksikoz homilador ayolni hayot sifatini yomonlashtirib, ishga layoqatligini pasaytiradi va gospitalizatsiya uchun ko'rsatmalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tibbiyot oliygohidagi talabalarga homiladorlikning birinchi trimestrida kuzatiladigan qayt qilish va ko'ngil aynishi etiopatogenezi, simtomplari va eng asosiysi davolash usullarini bilish va ularni amaliyotda qo'llash muhim hisoblanadi. Zeroki, talabalar tibbiyot oliygohini bakalavriyat bosqichlarini tamomlaganlaridan so'ng ular o'zlarining ish faoliyatlarini sog'liqni saqlash tizimining birinchi bo'g'ini bo'lmish oilaviy poliklinikalarda umumiy amaliyot shifokori (UASh) sifatida davom ettiradilar va shubhasiz, har kuni ko'ngil aynishi bezovta qilgan homilador ayollar murojat qiladilar. Qo'shimcha qilib aytish lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qarori 4-bandining "a" kichik bandida 2022/2023 o'quv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy

97

April 26, 2024

ta'lim muassasalarining "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Tibbiy-profilaktika ishi" ta'lim yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun o'quv yili davomida (qoida tariqasida, doimiy yashash joylaridagi yoki o'zlarining roziligi bilan boshqa joylardagi) tibbiyot muassasalarida amaliyot o'tashini, rejadagi ma'ruza va o'quv mashg'ulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish;" deb bayon etilgan qarorga ko'ra tibbiy oliygohlarning bitiruvchi kurs talabalari tibbiy muassalarida amaliyot o'taydilar va yuqorida aytib o'tilganidek, bunday shikoyatli bemorlar bilan ko'p marotaba yuzlanadilar. Bunday vaziyatda sifatli tibbiy yordam ko'rsatish uchun case-study metodini qo'llash va hayotiy vaziyatli masalalarga yechim topish, talabalarni mukammal bilim va ko'nikmalarini egallashiga yordam beradi.

Case vaziyati:

Bemor 28 yosh. 3- homiladorlik 4-5 hafta. Quyidagi shikoyatlar bilan UAShga murojaat qilib keldi: lhaftadan beri ayolni ko'ngil aynashi, kuniga 3-4 marotaba qayt qilishi, holsizlik bezovta qiladi. Anamnezdan birinchi homiladorlikda 7-8 haftalikda homilaning o'z-o'zidan tushishi kuzatilgan, ikkinchi homiladorlikda ham 20 haftalikkacha yuqoridagi shikoyatlar kuzatilgan va ambulator davo olgan. Ushbu homiladorlikda ko'ngil aynishi ko'proq ertalab kuzatiladi, kun davomida ishtaxasi bo'lmaydi, ayniqsa o'tkir xidli, yog'li, ziravorlarga boy mahsulotlarni iste'mol qila olmaydi. Ma'lum bo'lishicha ayolning onasi va opasida ham homiladorlik vaqtida qayt qilish holatlari ko'p kuzatilgan. Gastroentrolog nazoratida bo'lgan va unda surunkali xolesistit, xolesistopankreatit aniqlanmagan. Yondosh kasalliklari yo'q. UASh homiladorlar toksikozi yengil darajasi diagnozi bilan homilador ayolga to'g'ri turmush tarzini olib borish, to'g'ri ovqatlanish ( kam-kamdan tez-tez , yog'siz, o'tkir ziravorlarsiz taomlar, ko'proq zanjabil iste'mol qilish, bir kunda 3l dan kam bo'lmagan suyuqlik ichish) kuniga bir mahal kechqurun preksetil tabletkasini 1tadan ichish. Hozirgi kunda rivojlanayotgan tibbiyot va turli dori preparatlarining organizmga ta'sirini inobatga olib, UASh ning bemorga qo'llagan taktikasiga siz

qanday o'zgarishlar kiritgan bo'lardingiz. Bu jarayondagi harakatingiz.........?

Topshiriq: quyida keltirilgan jadvalni case vaziyatidan kelib chiqib, muammo turi, uni kelib chiqish sabablari, UASh tomonidan muammoning yechimi hamda individual tarzda o'z yechimingizni keltiring va o'z taqdimotingizni o'tkazing ( 1 -jadval).

1-jadval

Kasallik turi Kasallikni kelib UASh yechimi Sizning individual

chiqish sabablari yechimingiz

98

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

1-javdal Homiladorlikning 1-trimestrida qayt qilishni davolash Xulosa qilib aytganda, ushbu metod talabalarni kommunikativ sifatlarini oshiradi va o'z fikrlarini bayon qila olishga undaydi. Tibbiyotda yangi bilimlarni o'zlashtirish va ularni mustahkamlash, talabalarning bilimini baholashning asosiy usullaridan biri bu talabalarning muammoli vaziyatli masalalariga to'g'ri yechim topa olishi hisoblanadi. Aynan case metodining mazmuni esa vaziyatli masalani analiz qilib unga yechim topishga qaratilgan bo'lib, bunday zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish yuqori tibbiyot oliygohlarida har tomonlama ko'nikmaga ega umumiy amaliyot shifokorini (UASH) tayyorlashga va bu orqali xalqimiz hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratiladi.

REFERENSES:

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan O'RQ-637-son "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF- 60-son.

3. Smolyaninova O.G. Obrazovatelniy sayt po metodu keys obucheniya i metodika yego ispolzovaniya v uchebnom protsesse KGU.-M.: 2000.

4. Smolyaninova O.G. Didakticheskiye vozmojnosti metoda case study v obuchenii studentov. // Gumanitarniy vestnik. — Krasnoyarsk, 2000.

5. M.U. Dexkanova, K.I.Axmedova. Ta'lim texnologiyalari. O'quv qo'llanma. T 2019

6. Dehkanova, M. (2021). Issues to increase the efficiency of pedagogical activity in higher education. Sciences of Europe, (72-2), 54-56.

7. M. T. Axmedova, M. O'. Dehqonova. Shaxsni shakllanishi va rivojlanishida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. Fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. Jild: 03 | Nashr: 06 | Jurnal 2022

99

April 26, 2024

8. Ulmasovna, D. M., Asadova, I. Z., Ravilevna, A. A., & Kizi, T. M. B. (2022). Enhancement the creativity of teachers in the context of digital education. International Journal of Health Sciences, 6(S5), 1682- 1689. https://doi.org/10.53730/ijhs.v6nS5.8967

9. Ulmasovna, D. M. M. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-212.

100

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.