Научная статья на тему 'HAR YILLI RESPUBLIKAMIZDA ERTA BAHORDA BEDA YASHIL MASSA HOSILDORLIGIGA ZARAR YETGAZUVCHI HASHAROT VA UNGA QARSHI KURASHISH YO‘LLARI.'

HAR YILLI RESPUBLIKAMIZDA ERTA BAHORDA BEDA YASHIL MASSA HOSILDORLIGIGA ZARAR YETGAZUVCHI HASHAROT VA UNGA QARSHI KURASHISH YO‘LLARI. Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

27
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Beda / filcha / fitonomus / Medicago sativa / Pichan / urug‗ hosili / protein / ilg‗or / lichinka. / Alfalfa / filcha / phytonomus / Medicago sativa / Hay / seed yield / protein / advanced / larva.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jasur Baxtiyor O‘g‘li Fayzimurodov, Elnurbek Sobir O‘g‘li Toshmurodov, Dilyorbek Elyorbek O‘g‘li Mirzaraximov

Fermer xo‗jaliklari hamda tomarqa yer egalari yem-xashak ekinlardan biri bo‗lgan bedadan foydalanib kelmoqdalar. Chorva mollarining asosiy ozuqasi va yaylovlar sifatida bedapoyalar sifatida foydalanmoqda, shuning dek chorva mollarining sut va go‗sht mahsulotlarini oshiradi. Lekin har yili erta bahorda beda barg filchasi yoki fitonomus zarar yetgazmoqda. Bu zararni oldini olish uchun insektisidlarni me‘yorida qo‗lash juda yaxshi samara berishi ma‘lum bo‗ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Alfalfa is one of the fodder crops used by farmers and landowners. It is used as fodder as the main feed of livestock and pastures, therefore it increases milk and meat products of livestock. But every year in early spring alfalfa leaf beetle or Phytonomus causes damage. Moderate use of insecticides has been found to be very effective in preventing this damage.

Текст научной работы на тему «HAR YILLI RESPUBLIKAMIZDA ERTA BAHORDA BEDA YASHIL MASSA HOSILDORLIGIGA ZARAR YETGAZUVCHI HASHAROT VA UNGA QARSHI KURASHISH YO‘LLARI.»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

HAR YILLI RESPUBLIKAMIZDA ERTA BAHORDA BEDA YASHIL MASSA HOSILDORLIGIGA ZARAR YETGAZUVCHI HASHAROT VA UNGA QARSHI

KURASHISH YO'LLARI.

Jasur Baxtiyor o'g'li Fayzimurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali assistenti jfayzimurodov91 @gmail.com

Elnurbek Sobir o'g'li Toshmurodov, Dilyorbek Elyorbek o'g'li Mirzaraximov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 1-bosqich talabalari

ANNOTATSIYA

Fermer xo'jaliklari hamda tomarqa yer egalari yem-xashak ekinlardan bin bo'lgan bedadan foydalanib kelmoqdalar. Chorva mollarining asosiy ozuqasi va yaylovlar sifatida bedapoyalar sifatida foydalanmoqda, shuning dek chorva mollarining sut va go'sht mahsulotlarini oshiradi. Lekin har yili erta bahorda beda barg filchasi yoki fitonomus zarar yetgazmoqda. Bu zararni oldini olish uchun insektisidlarni me'yorida qo'lash juda yaxshi samara berishi ma'lum bo'ldi.

Kalit so'zlar: Beda, filcha, fitonomus, Medicago sativa, Pichan, urug' hosili, protein, ilg'or, lichinka.

ABSTRACT

Alfalfa is one of the fodder crops used by farmers and landowners. It is used as fodder as the main feed of livestock and pastures, therefore it increases milk and meat products of livestock. But every year in early spring alfalfa leaf beetle or Phytonomus causes damage. Moderate use of insecticides has been found to be very effective in preventing this damage.

Keywords: Alfalfa, filcha, phytonomus, Medicago sativa, Hay, seed yield, protein, advanced, larva.

Kirish. Yem-xashak ekinlarilarining eng katta guruhini ko'p yillik o'tlar: dukkaklilar — sebarga, beda, shabdar, bersim, esparset, qashqarbeda, oq nilufar va g'al-ladoshlar (ajriqbosh, betaga, suvbug'doyiq, oqso'xta, erkako't) tashkil qiladi. Ko'p yillik o'tlar sof holda va aralash (mas, sebarga bilan ajriqbosh, beda bilan erkako't) ekiladi. Ular yaylov ozig'i sifatida hamda ko'k massasi pichan, senaj, silos, o't uni, donador oziq va briketlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu yem-xashak ekinlari oqsilga (ayniqsa, dukkaklilar), vitaminlarga va mineral tuzlarga boy bo'ladi. Bundan tashqari, ko'p yillik

May 12-13

1093

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'tlar yerni azotga boyitadi, chunki ular ildizidagi tuganak bakteriyalar havodagi azotni o'zlashtirish xususiyatiga ega. Ko'p yillik o'tlarning aksariyati namsevar o'simliklardir. Nam yetishmasa, ularning hosili kamayib ketadi yoki butunlay nobud bo'ladi (qurib qoladi), shuning uchun qurg'oqchil rayonlarda ko'p yillik o'tlar (eng avvalo beda) asosan sug'oriladigan yerlarga ekiladi.

Respublikamizda va O'rta Osiyoda eng ko'p yetishtiriladigan bu ko'k beda Medicago sativa L. turi eng ko'p tarqalgan. Beda 1 ga maydonda 3 yil davomida 300400 kg azot to'playdi. Uning keyingi ta'siri uch yilga yetadi. Bedaning 100 kg pichanida 48,8 o.b., shuncha ko'k massasida 21 o.b. hamda 4 kg hazmlanadigan protein bor. 1 kg ko'k massasida 50 mg karotin moddasi, shuningdek, S, R, K va boshqa foydali elementlar ko'p. Gullash fazasi boshlanishida o'rilgan quruq yer usti massasida 19-21 % xom oqsil saqlanadi va uning hazmlanishi eng yuqori 78 % ni tashkil etadi. Pichanida 33,9 % AEM, 40 mg karotin moddalari saqlanadi. Ko'k beda O'zbekistonda 300 ming gektardan ortiq maydonga ekiladi. Yerlarning tuproq meliorativ sharoitiga qarab u almashlab ekishda 25-35,4 % va sug'oriladigan yerlarda 18-20 % maydonni band qilishi mumkin. Yerlarning unumdorligi past va meliorativ holati yomon bo'lsa, almashlab ekishda beda ko'proq maydonga ekilishi ma'qul. Beda serhosil ekin va u 1 gektardan 150-350 s pichan va 400-800 s yashil massa hosili berishi mumkin. Beda urug'ining hosildorligi o'rtacha 3-4 s/ga, ilg'or xo'jaliklarda beda urug'i hosili 8-10 s/ga ga yetadi. Kanadada sanoat texnologiyasi asosida, yovvoyi asalarilarni jalb qilish yo'li bilan beda hosildorligi 18-22 s/ga ga yetkazilgan [1, 237-244-b. 7, 76-78-b]

Hozirgi kunda O'zbekistonda Davlat reyestriga kiritilgan navlari: Aridnaya, Boygul, Viktoriya, Geya, Dimitra, Karakalpakskaya 15, Lodi, Tashkentskaya 1, Tashkentskaya 1728, Tashkentskaya 2009, Tashkentskaya 3192, Timbal (Timbale), Xivinskaya mestnaya, Xorezmskaya 2, Emiliana [4, 28-b. 7, 76-78-b]

Beda barg filchasi yoki fitonomus (Phytonomus variabilis Hbst.) (Curculionidae - filcha uzunburunlilar oilasi, Coleoptera - qattiqqanotlilar turkumi) Fitonomus O'rta Osiyoda bedaning jiddiy zararkunandalaridan biri bo'lib, har yili eng qimmatli birinchi o'rim bedani juda qattiq zararlaydi. Bedaning har bir poyasida o'rta hisobda faqat bitta lichinka bo'lganida gektardagi o't hosili 17,2 sentner (quruq beda hisobida 4,56 s/ga) kamayadi. Shimoliyroq tumanlarda yoki bahordagi sovuq kunlar uzoq davom etsa, bedaning ikkinchi o'rimi ham birmuncha zararlanadi. Fitonomus juda qattiq zararlagan beda gullamaydi, demak, fitonomus urug'lik bedaga ham zarar yetkazadi. Tuxumi

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

ellipssimon, uzunligi 0,5-0,65 mm va eni 0,3-0,4 mm keladi. G'umbagi tipik erkin bo'lib, voyagayetgan qo'ng'izga o'xshaydi. Rangi dastlab sariq bo'lib, keyinc halik to'q yashil tusga kiradi.

1-rasm. Beda barg filchasi yoki fitonomusning 2-rasm. Beda barg filchasi yoki fitonomusning g'umbagi tuximdan chiqan lichinkasi

G'umbagi keng hujayrali mayin to'qimadan tashkil topgan yumaloq yoki kalta oval shakldagi oq pilla ichida joylashadi. Uning uzunligi 5,5/18 mm, eni 3,56 mm keladi. O'rta Osiyo sharoitida har bir urg'ochi qo'ng'iz kuniga 2500 tagacha tuxum qo'yadi. Bitta poyada ko'pi bilan 20 - 30 ta tuxum bo'ladi. Fitonomus tuxumining ko'pini bedaning o'sa bboshlagan poyasi 10-12 sm ga yetmasdan oldin qo'yadi. Voyaga yetgan qo'ng'izlarning beda bilan oziqlanishi hosilga uncha katta zarar yetkazmaydi. [2, 136-138-b]

3-rasm. Beda bargiga yetkazgan zarari va o'simlik bo'yi 50 smga yaqin

(1.04.2023 yil holati)

Hozirgi kunda chorva fermer xo'jaliklar va tomorqa yer egalari erta bahordan beda zarar yetkazayotgan beda barg filchasi

May 12-13

1095

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yoki fitonomusdan zarar ko'rmoqdalar. Bu zararkunanda bedani o'sishiga jiddiy zarar yetgazib qolmasdan, ytashil massa va urug' hosildorligiga ham zarar yetkazmoqda.

Beda barg filchasi yoki fitonomusga qarshi kurashda quydagi insektisidlardan foydalandik.

1-jadval

№ Nomi Sarf me'yori l/ga

1. Deltamethrin 11% Ec BOXERR Emulsiya konsentrati (boksyorr-11% em.k.) 0,025

2. Deltamethrin 2,5% Ec DEC Aguard Emulsiya konsentrati (detsa-gard 2,5% em.k.) 0,1

3. Cypermethrin 25% Ec Cyper guard Emulsiya konsentrati (tsiper-gard 25% em.k.) 0,24

4-rasm. Beda o'simlik bo'yi insektisidlardan foydalaningandan keying holat 60 smga

yaqin (15.04.2023 yil holati) Natijalar: Beda barg filchasi yoki fitonomusga qarshi kurashda yuqoridagi insektisidlardan faydalanganimizda 2023 yil 1-aprelda qo'laganimizdan (3-rasm) keyin ya'na 15 kundan keyin dalada nazorat ishlarni olib borilganda bedaning poya va barglari asta sekinlik bilan o'zgarib borishni kuzatdik (4-rasm). Bu ko'rsatkich natijasida 2023 yil 1-aprelda kuni o'simlik bo'yi 50 sm ga yaqinlashib o'smay qolgani aniqlandi. Insektisidlar

May 12-13

1096

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

qo'lanilgan variantimizda 15-aprelga kelib 60 sm gacha o'zgarishi kuzatildi.

Xulosa: Hozirgi kunda fermer xo'jaliklari hamda tomarqa yer egalari yem-xashak ekinlardan biri bo'lga bedadan foydalanib kelmoqdalar. Chorva mollarining asosiy ozuqasi va yaylovlar sifatida bedapoyalar ha boqilmoqda, shuning dek chorva mollarining sut va go'sht mahsulotlarini oshiradi. Lekin har yili erta bahorda beda barg filchasi yoki fitonomus zarar yetgazmoqda. Insektisidlarni me'yorida qo'lash juda yaxshi samara berishi ma'lum bo'ldi.

Tavsiyalar: Beda barg filchasi yoki fitonomusga qarshi kurashda fermer xo'jaliklari hamda tomarqa yer egalariga quydagi insektisidlarni 11%li Ec BOXERR 0,025 l/ga, 2,5%li Ec DEC Aguard 0,1 l/ga, 25% Ec Cyper guard 0,24 l/ga tavsiya

REFERENCES

1. Oripov R.O, N.X.Xalilov. O'simlikshunoslik. Toshkent 2007. B. 166

2. X.X.Kimsanboyev, B.A.Sulaymonov, A.R.Anorbayev, A.A.Rustamov, Entomologiya va fitopotologiya. Toshkent 2017. B. 136-139-b.

3. X.Atabaeva va boshq. "Yem-xashak yetishtirish", T.Mehnat 1997 y.

4. O'zbekiston Respublikasi Hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jaligi ekinlari Davlat reyestri Toshkent 2021 y.

5. Fayzimurodov, J., & Mirzaraximov, D. (2023). OQ JO 'XORI AHAMIYATI VA RESPUBLIKAMIZDA HOZIRGI KUNDA YETISHTIRILISH SURATI. Science and innovation in the education system, 2(4), 32-35.

6. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

7. Санаев, С. Т., & Файзимуродов, Ж. (2016). Технология возделывания сортов кукурузы как повторной посевной овощной культуры.

8. Fayzimurodov, J., & Sakibayev, J. (2023). RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRAYOTGAN POLIZ EKINLARI VA SHU BILAN BIRGALIKDA QOVOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR. Science and innovation in the education system, 2(5), 45-50.

9. O'G'Li, M. N. J., & Mahammadiyev, J. N. O. G. L. (2022). QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASHNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, (Conference), 485-488.

10. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). BEDA O'SIMLIGINING CHORVACHILIKKA VA TUPROQ UNUMDORLIGIGA FOYDALI XUSUSIYATLARI. Science and innovation in the education

etamiz.

system, 2(4), 76-78.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.