Научная статья на тему 'GUMANITAR FANLAR TARAQQIYOTIDA IKKI TILLILIK HODISASINING ROLI'

GUMANITAR FANLAR TARAQQIYOTIDA IKKI TILLILIK HODISASINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ikki tillilik / tendentsiya / sotsial-lingvistik / ijtimoiy-psixologik / leksika / avtomatlashtirish. / Bilingualism / trend / socio-linguistic / to socio-psychological / lexicon / automation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Babajonov Xusan

So'nggi o'n yillikda kognitiv va lingvistik rivojlanishga ikki tilli ta'sirni o'rganuvchi tadqiqotlar sezilarli darajada oshdi. Ikki tillilik -bu aqliy va til yutuqlarining keng doirasini qamrab oladigan doimiy o'sish sohasi. 20-asrning aksariyat qismida ikki tillilik normal til rivojlanishiga tahdid soladi va kognitiv yutuqlarga putur etkazadi deb taxmin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE PHENOMENON OF BILINGUALISM IN THE DEVELOPMENT OF HUMANITARIAN SCIENCES

In the past decade, research investigating bilingual effects on cognitive and linguistic development has increased significantly. Bilingualism is a field of continuous growth that covers a broad range of mental and linguistic achievements. Through most of the 20th century, bilingualism was assumed to threaten normal language development and impair cognitive achievement.

Текст научной работы на тему «GUMANITAR FANLAR TARAQQIYOTIDA IKKI TILLILIK HODISASINING ROLI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE ROLE OF THE PHENOMENON OF BILINGUALISM IN THE DEVELOPMENT OF HUMANITARIAN SCIENCES

Babajanov Khusan

UzSWLU, Senior teacher of the first faculty https://doi.org/10.5281/zenodo.13836525

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 10th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024 KEYWORDS

Bilingualism, linguistic, psychological, automation.

trend, socio-to socio-lexicon,

ABSTRACT

In the past decade, research investigating bilingual effects on cognitive and linguistic development has increased significantly. Bilingualism is a field of continuous growth that covers a broad range of mental and linguistic achievements. Through most of the 20th century, bilingualism was assumed to threaten normal language development and impair cognitive achievement.

GUMANITAR FANLAR TARAQQIYOTIDA IKKI TILLILIK HODISASINING ROLI

Babajonov Xusan

O'zDJTU,

ning katta o'qituvchisi birinchi fakultet https://doi.org/10.5281/zenodo.13836525 ARTICLE INFO ABSTRACT

So'nggi o'n yillikda kognitiv va lingvistik rivojlanishga ikki tilli ta'sirni o'rganuvchi tadqiqotlar sezilarli darajada oshdi. Ikki tillilik - bu aqliy va tilyutuqlarining keng doirasini qamrab oladigan doimiy o'sish sohasi. 20-asrning aksariyat qismida ikki tillilik normal til rivojlanishiga tahdid soladi va kognitivyutuqlarga putur etkazadi deb taxmin qilingan.

Received: 10th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024

KEYWORDS Ikki tillilik, tendentsiya, sotsial-lingvistik, ijtimoiy-psixologik, leksika, avtomatlashtirish.

Sharq xalqlarida azaldan ko'p tillarni bilish, boshqa millat vakillari bilan o'sha millat tilida muloqotga kirishish ajdodlardan meros bo'lib qolgan. O'z ona tili imkoniyatlarini chuqur o'rganish boshqa chet tillarini o'zlashtirishda yuqori samara beradi. Chunki qiyoslash, chog'ishtirish asosida egallangan bilim mustahkam bo'ladi.

Shuningdek, tillar lug'at tarikibining o'zlashmalar asosida boyishi boshqa tillardagi leksik birliklar hisobiga bo'ladi. So'nggi paytlarda, ba'zi tilshunoslar nolisoniy omillar sirasida so'z o'zlashtirishning ijtimoiy-psixologik sabablari haqida ham fikr yuritmoqdalar.1 Xususan, V.G.Kostamarov rus tiliga inglizcha leksik birliklarning shiddat bilan kirib kelishini ijtimoiy-psixologik omillar bilan izohlaydi. Uning ta'kidlashicha, xorijiy tilardan so'z o'zlashtirishda

1 Sirojiddinov Sh. So'z o'zlashtirish omillari xususida// O'zbek tili va adabiyoti, 2017. - № 4. - E.85.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'ziga yarasha lisoniy "moda" paydo bo'lgan. Hozirgi davrda lisoniy "moda" so'z o'zlashtirishda asosiy omil bo'lmoqda. Sotsiolingvistikadagi muhim hodisalardan biri bilingvizm hodisasidir. U ikki tilda muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'lishni bildiradi. O'rta Osiyo hududida azaldan kishilar turkiy til bilan bir qatorda arab, fors tillarini yaxshi bilishgan va bemalol muloqot qilishgan. XIX asrga kelib rus tilining ommalashishi natijasida O'zbekistonda rus va o'zbek tilida muloqot qila oladigan qatlam shakllandi. Bugungi kunga kelib esa ingliz tili nufuzining jahon miqiyosida ortib borishi natijasida ingliz va o'zbek tillarida muloqot qila oladigan aholi qatlami shakllanmoqda.

Xususan, bilingvizm o'zbek millati uchun tarixiy davrlardan beri mavjud bo'lgan va turli tillar ishtirokida borgan.

XXI asr insoniyat tarixida globallashuv, axborot asri bo'ligina qolmay, barcha fanlar taraqqiyotidagi yuksalish asri ham hisoblanadi.

Fanlar doirasidagi yangidan yangi yo'nalishlarning vujudga kelishi, muammolar yechimiga oid tadqiqotlarning turli uslublarini ishlab chiqish va ularni amalga tatbiq qilish kelgusi davr ilm-fan rivoji uchun asos vazifasini o'taydi.

O'zining boy o'tmishi, ilm-fani, madaniyati bilan jahon tamadduniga ulkan hissa qo'shgan O'zbekiston bugungi kundagi keng ko'lamli islohotlari, ma'naviyat va yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko'targanligi bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlariga o'rnak bo'lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining yoshlarga bildirayotgan ishonchi, ularda yurtimizning porloq kelajagi qiyofasini ko'rishlari yoshlarga millatning mustahkam tayanchi bo'lishdek mas'uliyat yuklaydi.

Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tilini o'qitishni takomillashtirish chora-tadbirlari haqida"gi, 2014-yil 6-fevraldagi "Yoshlarga doir davlat siyosati to'g'risida"gi qarorlari mamlakatimizda chet tillarini o'rganishning yangi davrini boshlab berdi.

Bundan qariyb bir asr muqaddam jaded adabiyotining yorqin namoyondasi Mahmudxo'ja Behbudiy o'zining "Ikki emas to'rt til lozim" maqolasida turkistonliklarning ko'p til bilishi lozimligini aytgandilar: "...sanoat va mamlakat ishlari, millatg'a xidmat ilmsiz bo'lmaydur,...to'rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak". Tilni bilish barcha davrlarda elni bilishga yo'l ochib kelgan. Chet tillarini o'rganishning amaliy ahamiyati quyidagilarda yaqqol ko'rinadi:

* o'zga millat madaniyati va ma'naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishish, o'zi mansub bo'lgan xalq madaniyati, ma'naviyatini qiyosiy o'rganish va tahlil qilish;

- dunyoda ro'y berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilm- fan sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish;

- dunyoqarashning kengayishi, mustaqil fikrli shaxs bo'lib shakllanish;

- boshqa tillarda ham o'z imkoniyatlarini ko'rsata bilish ko'nikmasining shakllanishi;

- til o'rganish orqali aqliy faoliyatning rivojlanishi;

- jahon ilm-fani va texnikasini puxta o'rganish, yangiliklar yaratish;

- til o'rgatish bo'yicha turli dasturlarning yaratilishi orqali texnologiyalarning takomillashuvi va boshqalar.

Chet tilini o'rganish aniq va tabiiy fanlar doirasida amaliy ahamiyatga egadir. Bu o'z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini, tibbiyotini rivojlantiradi va aniq fanlar borasidagi salohiyatining o'sishiga zamin yaratadi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Chet tilini o'rganishning ijtimoiy sohadagi ahamiyati esa bir muncha kengroq va murakkabroqdir.

Bu, avvalo, shaxs ma'naviyati rivoji uchun yordamchi vosita bo'lishdek vazifani bajaradi. Hech kim o'z ona tilini yaxshi bilmay, uning imkoniyatlarini puxta o'zlashtirmay turib o'zga millat tilini mukammal o'rgana olmaydi. Chet tillarini o'rganishning ijtimoiy-gumanitar fanlar taraqqiyotidagi ahamiyatiga oid quyidagilarni qayd etish mumkin:

* jahon adabiyotining nodir namunalari bilan tanishish, bu orqali umuminsoniylik tamoyillarini chuqur his qilish;

* tarjimachilik borasidagi yangi yo'nalishlarni vujudga kelishi;

* huquqshunoslik bo'yicha jahon mamlakatlarining ilg'or tajribalari bilan yaqindan tanishish, muhim o'rinlarini o'rganish va amalga tatbiq qilish;

* tarixga doir ko'plab manbalar bilan tanishish;

* qiyosiy tilshunoslik va qiyosiy adabiyotshunoslik bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlar ahamiyatining ortishi;

* millatlar o'rtasidagi madaniyat va qadriyatlarning mushtarak va farqli jihatlarini o'rganish, tilde madaniyatning aks etishi (lingvokultura) bilan aloqador tomonlarini tahlil etish;

* lisoniy imkoniyatlarning kengayishi;

San'at ma'naviyatni shakllantiruvchi dastlabki omillardan biri hisoblanadi. Chet tilini o'rganish chet millat san'at namunalari bilan jonli muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. So'z san'ati eng qudratli san'at ekanligini inobatga olsak, chet tilini bilish san'atlar o'rtasidagi, jumladan, adabiyotlar o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajaradi.

Shuningdek, XXI asrga kelib, axborot asrida kompyuter texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda til o'qitishda keng foydalanish yo'lga qo'yildi:

* ona tili sifatida o'zbek tilini, chet tili sifatida o'zbek tilini va chet tillarini o'qitish jarayonida kompyuterning dasturlaridan foydalanish;

* kompyuter ma'lumotlaridan tilning grammatikasi, fonetikasi va leksikasini o'qitishda foydalanish;

* o'zbek tili va chet tillari bo'yicha olingan bilimlarini baholash maqsadida kompyuter dasturidan foydalanish kabilar.

Bu hodisa kompyuter lingvistikasida til o'qitishni avtomatlashtirish yo'nalishining paydo bo'lishiga olib keldi.

Xulosa qilib aytganda, chet tillarini o'rganish, ikki va undan ortiq tilda muloqot qila olish ko'nikmasi barcha amaliy va nazariy sohalarning, jumladan, gumanitar fanlar taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.

References:

1. Sirojiddinov Sh. So'z o'zlashtirish omillari xususida// O'zbek tili va adabiyoti, 2017. - № 4. - Б.85.

2. Крысин Л.П. Иноязычное слово в контексте современной общественной жизни. 1994. - С.60. XV Пейпей. Английские неологизмы-заимствованиния в русском и китайском языках. КД. - Москва, 2012. - С.42; Богаченко Н.Г. История

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

восточноазиатских заимствований в английском языке (на материале Большого Оксфордского словаря). КД. - Владивосток, 2003. - С.22-23.

3. The Concise Oxford Dictionary of Current English, ed. by Fowler H.W. and Fowler F.G., based on The Oxford English Dictionary, 4th ed., London, Oxford University Press

4. Appel, R., & Muysken, P. (1996). Bilingüismo y contacto de lenguas. Barcelona: Ariel. (Original work published 1987

5. Auer, P., & Wei, L. (Eds.). (2007). Handbook of multilingualism and multilingual communication. Berlin - New York: Mouton de Gruyer.

6. Baetens Beardmsore, H. (1982). Bilingualism: Basic principles. Clevedon: Multilngual Matters.

7. https://www.studysmarter.co.uk/explanations/english/international-english/bilingualism/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.