Научная статья на тему 'GRAFOLOGIYA – YOZUVDA AKS ETGAN INSON RUHIYATI'

GRAFOLOGIYA – YOZUVDA AKS ETGAN INSON RUHIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grafologiya / grafolog-mutaxasis / gen / temperament / grafologiya tizimi / stenografiya. / Graphology / graphologist-specialist / gene / temperament / graphology system / shorthand.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shermatov J.

Maqolada hozirgi kunda psixologiya ilmining hozirgacha kam e’tibor berilgan, qo‘l urilmagan sohalaridan biri xalqimiz orasida, ziyolilar ichida keng taomilda bo‘lgan dastxat haqida so’z yuritiladi. Mavzuning o‘rganilishining muhimligi shundaki, bugungi psixologiya fani taraqqiyoti, inson ruhiy olamini o‘rganishda hozirgi vaqtda vujudga kelgan imkoniyatlari, dastxatlar tabiatini, inson ruhiyatiga o‘ziga xos ta’sir xususiyatlarini mukammal baholashga qodirligi, dastxatlarning psixolingvistik tahlili, inson psixikasiga yo ijobiy, yoki salbiy ta’sir o‘tkazish xususiyati inson ruhiyatshunosligi faniga yangiliklar berishi muhim ilmiy-amaliy samaradorligi haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GRAPHOLOGY HUMAN SPIRIT REFLECTED IN WRITING

The article talks about the autograph, one of the areas of psychological science that has not been given much attention and is widely used among our people and intellectuals. The importance of the study of the subject is that the progress of today's psychological science, the opportunities that have arisen in the study of the human psyche, the ability to perfectly assess the nature of signatures, their specific effects on the human psyche, the psycholinguistic analysis of signatures, either positive or positive for the human psyche, or the nature of negative influence, which brings news to the science of human psychology, is discussed about its important scientific and practical effectiveness.

Текст научной работы на тему «GRAFOLOGIYA – YOZUVDA AKS ETGAN INSON RUHIYATI»

Shermatov J.

Qarshixalqaro universiteti o'qituvchisi GRAFOLOGIYA - YOZUVDA AKS ETGAN INSON RUHIYATI

Annotatsiya. Maqolada hozirgi kundapsixologiya ilmining hozirgacha kam e'tibor berilgan, qo'l urilmagan sohalaridan biri xalqimiz orasida, ziyolilar ichida keng taomilda bo'lgan dastxat haqida so'z yuritiladi. Mavzuning o 'rganilishining muhimligi shundaki, bugungi psixologiya fani taraqqiyoti, inson ruhiy olamini o 'rganishda hozirgi vaqtda vujudga kelgan imkoniyatlari, dastxatlar tabiatini, inson ruhiyatiga o'ziga xos ta 'sir xususiyatlarini mukammal baholashga qodirligi, dastxatlarning psixolingvistik tahlili, inson psixikasiga yo ijobiy, yoki salbiy ta'sir o'tkazish xususiyati inson ruhiyatshunosligi faniga yangiliklar berishi muhim ilmiy-amaliy samaradorligi haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so 'zlar: grafologiya, grafolog-mutaxasis, gen, temperament, grafologiya tizimi, stenografiya.

Shermatov J. teacher

Karshi International University GRAPHOLOGY - HUMAN SPIRIT REFLECTED IN WRITING

Abstract. The article talks about the autograph, one of the areas of psychological science that has not been given much attention and is widely used among our people and intellectuals. The importance of the study of the subject is that the progress of today's psychological science, the opportunities that have arisen in the study of the human psyche, the ability to perfectly assess the nature of signatures, their specific effects on the human psyche, the psycholinguistic analysis of signatures, either positive or positive for the human psyche, or the nature of negative influence, which brings news to the science of human psychology, is discussed about its important scientific and practical effectiveness.

Key words: Graphology, graphologist-specialist, gene, temperament, graphology system, shorthand.

Insonning xarakteri beixtiyor uning yozuvlarida ham o'z aksini topadi. Yozuvlar orqali inson ruhiyati, uning individual psixologik xususiyatlari va ruhiy holatlarni haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Shaxs va yozuv o'rtasida o'zaro bog'liqlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fan grafologiya hisoblanadi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda grafologiyaga katta ahamiyat berilmoqda. Ko'plab korxona, firmalarda grafolog-mutaxasis shtatlari mavjud bo'lib, ular ishga kiruvchilarning yozuvlariga qarab tavsifnoma beradilar. Bundan tashqari grafologiya yuridik sohada, tibbiyotda, sport va pedagogikada qo'llanilib

kelinmoqda. Grafologiya tarixi 300 yilga borib taqaladi. Qadimgi xujjatlarga asoslangan holda shuni aytish zarurki, bu fan bilan Neron va Konfutsiy ham shug'ullangan. Grafologiya bo'yicha birinchi kitob 1630 yilda italyan professori Kamillo Baldo tomonidan nashr qilingan. Uning izdoshi olim va rohib Flandren yangi fanni ajralib turishi uchun ikkita yunon so'zidan foydalangan, ya'ni «grafo» yozmoq va «logos» (ma'no, fan), so'zlarini qo'llagan. Biroq bu so'zni birinchi bor Abbat Mishon «Grafologiya tizimi» kitobida qo'llagan, u 1872 yilda chop etilgan. Shuning uchun ham Mishon grafologiyaning otasi deb qabul qilingan. U tufayli o'tgan asrning oxirlarida, ya'ni XIX asrda grafologiya jamiyatlari, grafologiya bo'yicha maxsus jurnallar tashkil etilgan. U bir necha kitoblar muallifi hamda grafologiya maktabi tashkilotchisi hisoblanadi. Keyinchalik grafologiya Germaniya va Angliyada tarqala boshladi. XX asrning 20-yillarida Rossiyada D.M.Zuev - Insaev grafolog-ekspert bo'lib ish olib borgan. U «Yozuv va shaxs» monografiyasining avtori hisoblanadi.

Bir parcha qog'ozdagi yozuv nimani anglatishi mumkin? Buni qarangki, psixologlar shu yo'l bilan ham inson xarakteridagi qirralarni topa olar ekanlar. Yozuv egasi qaysi jins vakili, sxoshib yozganmi, o'ylab yozganmi, yo majburanmi, o'sha onda nimalarni his qilgan - bularni bilish qiyin emas. Yozuv orqali ilg'ashda matnning mazmuni, stenografiyasiga emas, faqatgina hammaning o'ziga xos bo'lgan husnixatiga, yozish uslubiga e'tibor berasiz. Yozuv orqali jinsni ham aniqlaydilar. Masalan, ko'pincha ayollar bet va qatorga amal qilib yozishadi. Erkaklar esa aksincha. Ayollarda kamqonlik va asab kasalliklari ko'p uchragani sababli ularning harflari kichkina, siyohi och bo'lar ekan. Ruchkani bosib va ko'p siyoh bilan yozish energiya ramzi bo'lib, erkaklarga xos.

Yozuv va temperament. Sangvinik temperamentiga mansublar tez va qat'iy yozadi, ularning xati chiroyli bo'ladi. (Pushkin, Lermontov). Flegmatiklar siyohni ko'p ishlatadi, botirib va qoraytirib yozadi. Huddi shunday ko'p siyoh bilan, ba'zi elementlarni uzun yozsa, yozuv bir maromda bo'lmasa, unday odamlarning kayfiyati tez-tez o'zgaruvchan bo'ladi, o'zi haqida ko'p orzu qiladi, yoshi va tabaqa-guruhlari bilan hisoblashmay ish ko'radi. Qog'oz va chiziqqa bo'ysunmagan holda tartibsiz yozish melanxolikka taalluqli. Xolerik yozuviga esa tushunish qiyin, uning xatida so'zlar orasidagi bo'sh kataklar hammasida har xil va tartibsiz bo'ladi.

Qo'lingizda qandaydir yozuvlari bo'lgan qog'oz. Diqqat bilan razm soling. So'zlar orasida bo'sh kataklar ko'pmi? Demak, yozuv sohib yoki sohibasi o'zini yolg'iz his qilyapti. Tartibsiz yozgan insonni hayotda ham shunday deb o'ylaysizmi? Yo'q, bu turmushini nazorat qila olmaslikni anglatadi. Tartibsizlikning belgisi - katta harflar. Juda kichik harfli yozuvni "chumoli" deb ataymiz. Bundan ko'proq o'ziga ishonchi past insonlar foydalanadi. Yaxshi tomoni ular ehtiyotkor, realist, texnika bilan tez til topishadigan bo'lishadi. Uzun harflar estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehr, semiz harflar ochiqlik ramzi. Raqamlarga o'xshash harflar yozuv egasining o'qimishli, sabrli va biroz sovuqqonligini bildiradi. Varaqqa siyoh ko'p tomizilgan, surkalgan joylar ko'p

bo'lsa, yozuv egasiga g'ashingiz kelmasin. Aynan ular noziktabiat bo'lishadi. Shuningdek ularda kutilmagan, ajoyib ishlarni bajarishga rag'bat kuchli.

Ba'zilar harfdagi belgilarni tashlab yozadi. Masalan, lotin yozuvidagi "i" tepasidagi nuqtani. Bunday odamlar yolg'iz qolib, o'ziga hizmat ko'rsatolmaydi, o'ziga nisbatan bee'tibor bo'ladi. Kirill yozuvidagi kichik "d" va katta "t" harflaridagi ilmoqni orqaga qayiltiradiganlar ham shunday. D harfini boshqacha yozishga urinish kasallik, ta'sirchanlik, qarilikni ham bildiradi. Ayrimlar ilgaklarni o'zgacha gajak bilan yozadi. Ular qarorni oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni yaxshi ko'radilar, qonunlarga bajonidil amal qiladilar. Shuningdek optimist bo'ladilar.Yirik-yirik yozadiganlar — o'ta iltifotli, saxiy, ko'ngilchan va san'atni sevuvchilardir. Harakatchan, lekin quruq, ya'ni birovning dardini tushunmaydigan va sezmaydiganlarning ruchkasidan o'tkir va ingichka yozuvlar saf tortadi.

Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. o'smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muxim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o'zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o'rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko'rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o'smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e'tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O'smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim ko'rsatkichi bo'lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot - qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatishga intilish, o'zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o'ziga ishonish, hatti - harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o'z fikriga ega bo'lish, mustahkam iroda, o'z-o'zini nazorat qilish, halollik, ko'ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. U yoki bu sababga ko'ra tengdoshlari bilan muloqot shakllanmagan o'smirda yoshiga nisbatan shaxsning taraqqiyotida orqada qolish kuzatiladi. O'smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini kamaytirmagan holda, ba'zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishini ta'kidlash joiz. Tendoshlari bilan muloqot - ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim hisoblanadi, lekin bola «normal» /axloqan tarbiyalanagan/ katta kishilar bilan muloqotda bo'lgandagina u o'z funksiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish ro'y beradi. Xuddi shu kattalar bilan mulokotda jamiyat uchun xos bo'lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni o'zlashtiradi. Psixologik tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, o'smirlik va o'spirinlik davrida

katta^ bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davráa paydo bo'lgan yangi psixologik tuzilmalaгdan biгidiг.

MaktablaTda o'quvchilaming kattalaг, tengdosЫaгi bilan muomala muloqotini ta'minlaydigan psixologik shareri^ to'liq yaгatilmagan. Shu sababli o'quvchilaгda maktabga, o'qishga salbiy munosabat, o'ziga, atrofdagi kishilaгga nisbatan noto'g'гi munosabat shakllanadi. Bunday shaгoitda shaxsning гivojlanishi va unga mahsuldor ta'lim beгish mumkin bo'lmay qoladi. Shuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o^uvchi^ va kattalar o'гtasida qiziqaгli muloqot uchun imkoniyat yaгatishga amaliyotchi psixologlaT, sinf гahbaгlaгi, o'qituvchilaг, ota-onalaг intilishlari lozim.

Yozuv va kasb. Davlat ishida ishlovchi kishilaг, ayniqsa yurist^ haгflaг foгmasiga e'tiboгsiz yozishadi. Aksincha yozadigan^ esa ko'pincha ishchi, hunarnand, xizmatchilarga tegishli bo'ladi. Faoliyatida bevosita pul bilan ishlovchi, masalan, sotuvchi, dorixona xizmatchisi, tadbn'koriaT ko'p o'chirishadi, bo'yashadi. Umuman olganda, ulaming husnixati kamdan-kam chiroyli bo'ladi. Qatoг chizilmagan qog'ozga yozganda pastga tushib ketish shoiria^a xos.

Yozuv va gen. Bu sohaning mutahassislari ko'paygan sari yangi qin-alari ham kashf etildi. Ularóan ma'lum bo'lishicha, insonning qanday yozishi va hattoki qalamni qanday tutishi ham genga bog'liq ekan. Shuningdek, hech kimda bñ xil yozuv bo'lishi mumkin emas. Egizaklaráa qaysidñ jihatidan faгq qilganidek, yozuv ham shunday. Ammo bñ xil vaziyatga tushgan (masalan, qo'гquv yoki hayajon) ikki inson yozuvida element^ o'hshash kechadi.

Inson muгakkab bo'lganidek uning rnhiyatini aytib beгish ham mushkul. Balki shuning uchun grafologiya hukmlaгi ba'zan noto'g'гi chiqaг. Ammo uni o^ganish to'xtab qolmagan bo'lib, fan yuzasidan tuгli kitoblaг nashT etilgan, o'zining mahsus maktablariga ega. Internet o^ali ham grafiologiyadan online ma'mza yo'lga qo'yilgan. Nima bo'lganda ham o'zlikni anglash hamma qiziqishi kerak bo'lgan naгsa bo'lib qolaveradi. Balki endi siz ham oddiygina qaydtoga befaгq qaramassiz...

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Rahimova K, Soliyev F, Soliyev Sh. "Grafologiya" Fa^'ona 2008 yil

2. Моргенштерн И. "Психографология"

3. Айк Надж. "Как узнать характер человека по его подписи или практическая графология".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.