INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
GO'ZAL KATALPANING MARFOLOGIYASI VA MANZARAVIYLIK
XUSUSIYATLARI
Jo'rayeva Go'zal Davlat qizi.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining
Talabasi
E-mail: [email protected] Shaymanov SherzodKamol o'g'li Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining
Assistenti E-mail: [email protected] Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Shaharlarda aholini yashash sharoitlarini qulay darajasiga ko'tarish, dam olishini ta'minlash, shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog'lomlashtinivchi yashil hududlar maydonlarini kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli baland. Ko'kalamzorlashtirish uchun qo 'llanilayotgan manzarali daraxt-buta turlari assortimentini boyitish ham muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: Bignoniyadoshlar (Bignoniaceae) — ikki pallali o'simliklar oilasi, go'zal katalpa manzaraviy daraxt, morfologiya, ekologiya, manzarli bog'dorchilik, urug', qalamcha, ildiz bachki, parvarishlash usullar.
https://doi.ors/10.5281/zenodo.7657145
KIRISH
Shaharlarda aholini yashash sharoitlarini qulay darajasiga ko'tarish, dam olishini ta'minlash, shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog'lomlashtinivchi yashil hududlar maydonlarini kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli baland. Ko'kalamzorlashtirish uchun qo'llanilayotgan manzarali daraxt-buta turlari assortimentini boyitish ham muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarida aholi yashash hududlarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko'kalamzorlashtirishning eng muhim vazifalaridan biri inson hayoti uchun sog'lom va to'laqonli estetik tabiiy muhit yaratishdir. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 59-son qarori bilan "Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari tasdiqlangan, 2013 yil 13 avgustdagi 223-son qarori bilan esa " O'zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish Dasturi" qabul qilingaa va unda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bizning sharoitga mos keladigan va quruq iqlim sharoitlarida bemalol o'sib rivojlanadigan, yoshligidan shakl berib parvarishlangan manzarali yaproq va ninabargli daraxt ko'chatlarini yetishtirish kerak bo'ladi. Buning uchun yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega bo'lgan manzarali ko'chatzorlar tarmog'ini kengaytirish, hamda innovatsion g'oyalar va ilg'or tajribalar asosida yetishtirilgan manzarali daraxt-buta turlarining ko'chatlari miqdorini va sifatini oshirish lozim.
Asosiy qism
Go'zal katalpa (Catalpa speciosa) katta daraxt bo'lib, balandligi 30 m, diametri 1,5m ga yetadi. Tashqi ko'rinishining o'ziga xos xususiyatlari uchun o'simlik mashhur taxalluslarni oldi. Dunyoning turli burchaklarida uni uzun po'stlog'ining ko'pligi uchun "makaron daraxti", barglar shakli uchun "fil quloqlari" deb atashadi.
Tanasi tik o'sadi, shox-shabbasi piramida shaklda yoki keng yoyilgan. Tanasi va shoxlarining po'stlog'i qizil-qo'ng'ir rangda, po'stlog'i bo'yiga enli yorilgan. Barglari keng oval shaklda, ba'zan cho'ziq, uzunligi 15-30 sm ga yetadi, uchi o'tkir, tubi to'mtoq, cheti tishchali, yuz tomoni tiniq yashil, tuksiz, orqa tomoni sertuk hidsiz. Barg bandi 10-15 sm uzunlikda bo'lib gullari kam gulli ro'vak hosil qiladi. Ro'vagining uzunligi 20 sm ga yetadi. Ko'sakchasining uzunligi 45 sm eni 1,5 sm po'sti juda qalin, urug'lari yumaloq, kalta tukli. Go'zal katalpaning yog'ochi oq, yengil, nihoyatda pishiq, namda chirimaydi, shu sababli-undan shpal va stolbalari tayyorlanadi.
Iyun oyidan boshlab, shoxlarda ajoyib kurtaklar gullab-yashnagan paytdan boshlab manzarali ko'rinish beradi. Katalpa juda xushmanzara daraxt bo'lganligi uchun u parklarga va ko'chalarga ko'plab ekiladi.
O'zbekistonga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshib ketgan. Chiroyli daraxt bo'lganidan ko'kalamzorlashtirishda ko'p ekiladi. Go'zal katalpa urug'idan ekilganda yani qulay sharoitlada yiliga 35 sm dan oshadi bazi bir turlari 1 metrgacha bo'ladi.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Go'zal katalpaning bog' va hiyobonlarda ko'rinishi
Go'zal katalpa quyoshni yaxshi ko'radi va termofil turlariga tegishli. Yetarli yorug'lik, uzoq vaqt davomida katalpaning kurtaklari va po'stlog'i sovuq ob-havodan oldin pishishiga vaqt topadi, bu esa daraxtni yaxshi qishlashiga imkon beradi. Issiqlikni yaxshi ko'radigan daraxtning 30-35 ° C dan yuqori sovuqlarga bardosh beradi.
Go'zal katalpa gullarning ko'rinishi
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Go'zal katalpani barglari va gullari unung manzarviyli uchun bog'bonlar va landshaft dizaynerlari uchun ajoyib xo'shmanzara daraxt hisoblanadi. Go'zal katalpa daraxtini yakka holda, xiyobonlarda guruhlab ekishlari uchun tavsiya etiladi. Shahar markazlari, ofis binolari, turar-joy binolari va do'konlarning oldidagi maydonlarni bezab turadi, balki piyodalar yo'llarini yoki avtomobil yo'l yoqalarini ham bezashga imkon beradi.
Har xil turdagi bir nechta daraxt turlaridan har xil soyalarga chidamli gullar va buta o'simliklarni ekish, butun yil davomida manzarali kompozitsiyasini ko'rinishini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ya. X. YULDASHOV ,,KO'CHATCHILIK VA GULCHILIK ISHLISH'' Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma TOSHKENT «DAVR NASHRIYOTI» 2013
2. Khaitovna PM, Faksriddinovich MS Technology of growing cauliflower // Texas Journal of Interdisciplinary Research. - 2022. - T. 6. - S. 8-10.
3. https://scholar.google.com/titations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Buztwd0A AAAJ&authuser=1&citation_for_view=Buztwd0AAAAJ:u-x6o8ySG0sC
4. https://scholar.google.com/titations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Buztwd0A AAAJ&authuser=1&citation_for_view=Buztwd0AAAAJ:2osOgNQ5qMEC
5. https://scholar.google.com/titations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Buztwd0A AAAJ&authuser=1&citation_for_view=Buztwd0AAAAJ:qjMakFHDy7sC
6. https://doi.org/10.5281/zenodo.7115076
7. https://doi.org/10.5281/zenodo.7131539
E.T. Berdiyev , X.F.Xamroev ,,Dendralogiya"Uslubiy ko'rsatma Toshkent 2016.