Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA ERKIN TURISTIK HUDUDLARNI SAMARALI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA ERKIN TURISTIK HUDUDLARNI SAMARALI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
137
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / xizmat ko'rsatish / kapital / tadbirkorlik / faoliyat / daromad / ishlab chiqarish / ijtimoiy samaradorlik / rivojlanish / small business / private entrepreneurship / service / capital / entrepreneurship / activity / income / production / social efficiency / development.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich

Annotatsiya: Respublikamizda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, respublika byudjeti barqarorligini ta’minlash, yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarishni ta’minlash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faolligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. ushbu maqolada hisobga olinadi. Yangi O‘zbekiston, yangicha dunyoqarash, takomillashtirilgan mulk qonunlari, muhim iqtisodiy tarkibiy islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish kabi yutuqlar poydevorini baholashga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanishi belgilandi. Natijada mazkur tarmoqda faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlik tashkilotlari va kichik biznesning barcha ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda iqtisodiy samaradorligini qanday o‘lchash mumkinligi ko‘rsatib berildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri sifatida jadal rivojlanayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Abstract: The growth of small businesses and private entrepreneurial activities in the further liberalization of the economy in our republic, as a result of ensuring the stability of the national budget, and the production of gross domestic product (GDP) are current issues that are taken into consideration in this article. A special focus was placed on evaluating the foundations of the accomplishments, including New Uzbekistan, a new worldview, better property laws, significant economic structural reforms, and a boost in the proportion of small businesses and private enterprise in the GDP. Additionally, it is decided that the effectiveness of small businesses and private entrepreneurship in the service sector would be assessed using indicators. As a result, it has been demonstrated how to measure the economic effectiveness of private business organizations and small businesses functioning in this sector across all social, economic, and other spheres. For the steady growth of small businesses and private entrepreneurship, which is fast emerging as one of the key sectors of the nation's economy, suggestions and recommendations were made.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA ERKIN TURISTIK HUDUDLARNI SAMARALI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI»

GLOBALLASHUV SHAROITIDA ERKIN TURISTIK HUDUDLARNI SAMARALI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich

SamISI Turizm kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya: Respublikamizda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, respublika byudjeti barqarorligini ta'minlash, yalpi ichki mahsulot (YalM) ishlab chiqarishni ta'minlash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faolligini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. ushbu maqolada hisobga olinadi. Yangi O'zbekiston, yangicha dunyoqarash, takomillashtirilgan mulk qonunlari, muhim iqtisodiy tarkibiy islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish kabi yutuqlar poydevorini baholashga alohida e'tibor qaratildi. Bundan tashqari, xizmat ko'rsatish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati samaradorligi ko'rsatkichlar bo'yicha baholanishi belgilandi. Natijada mazkur tarmoqda faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlik tashkilotlari va kichik biznesning barcha ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda iqtisodiy samaradorligini qanday o'lchash mumkinligi ko'rsatib berildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri sifatida jadal rivojlanayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Kalit so'zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish, kapital, tadbirkorlik, faoliyat, daromad, ishlab chiqarish, ijtimoiy samaradorlik, rivojlanish.

Abstract: The growth of small businesses and private entrepreneurial activities in the further liberalization of the economy in our republic, as a result of ensuring the stability of the national budget, and the production of gross domestic product (GDP) are current issues that are taken into consideration in this article. A special focus was placed on evaluating the foundations of the accomplishments, including New Uzbekistan, a new worldview, better property laws, significant economic structural reforms, and a boost in the proportion of small businesses and private enterprise in the GDP. Additionally, it is decided that the effectiveness of small businesses and private entrepreneurship in the service sector would be assessed using indicators. As a result, it has been demonstrated how to measure the economic effectiveness of private business organizations and small businesses functioning in this sector across all social, economic, and other spheres. For the steady growth of small businesses and private entrepreneurship, which is fast emerging as one of the key sectors of the nation's economy, suggestions and recommendations were made.

Keywords: small business, private entrepreneurship, service, capital, entrepreneurship, activity, income, production, social efficiency, development.

Kirish. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida turistik xizmatlar sohasida tez sur'atlar bilan rivojlanish tendensiyalari kuzatilmoqda. Butunjahon turistik tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, «2019 yilda jami

turistlarning soni 3,8 foizga oshib, ularning umumiy miqdori 1,5 mlrd.ni tashkil etgan. Bu 2019 yilda xalqaro turistik tashriflar soni 2018 yilga nisbatan 54 millionga ko'payganini bildiradi» [1]. Shu jihatdan ham jahon miqyosida turizmni rivojlantirish, turizm xizmatlari hajmini oshirish va erkin turistik hududlarni ko'paytirgan holda xizmatlar sifatini oshirish, sohada iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish hamda pandemiya va inqirozdan chiqishga keng imkoniyatlar yaratishi kabi masalalarga katta ahamiyat berilmoqda.

Jahonda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lgan turizmni ilmiy asoslarda rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada, jumladan quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar amalga oshirilmoqda: investitsion faoliyatni rag'batlantirgan holda xavfsiz turizm xizmatlari ko'rsatishni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirish asosida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, turizm industriyasini rivojlantirishning strategik modelini ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik sharoitlarda mintaqalararo va jahon miqyosidagi loyihalarini yanada rivojlantirish.

Yangi O'zbekistonni barpo etish sharoitida turizm sohasini jadal rivojlantirish masalasiga katta ahamiyat berilib kelinmoqda. «Asosiy maqsadimiz, eng avvalo, turizm sohasida qonun ustuvorligini ta'minlash, odamlarning manfaatini inobatga olib, xalqimiz uchun bahavo, arzon, xavfsiz va 12 oy davomida qulay dam olish sharoitlarini yaratishdir. Bo'stonliq kabi maskanlarga O'zbekistonning barcha hududlaridan yurtdoshlarimiz kelib hordiq chiqarishi, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar boshqa hududlarimiz uchun ham namuna bo'lishi kerak» [2]. Darhaqiqat, mazkur vazifalar ijrosining bajarilishi, hududlarda turistik hududlarni barpo etish va rivojlantirish, turizmni yanada rivojlantirish maqsadida erkin turistik hududlarni yaratish imkoniyatlarini chuqur tahlil etish va tegishli dasturlar ishlab chiqishga asos bo'ladigan mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligini ko'rsatmoqda. Shu bois, erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirishning mexanizmini aniqlash va istiqbolni belgilashning nazariy-uslubiy jihatlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalar qatoriga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son «O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2017 yil 5 dekabrdagi PF-5273-son «Chorvoq» erkin turistik zonasini tashkil etish to'g'risida»gi, 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son «O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida»gi, 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son «O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi, 2020 yil 28 maydagi PF-6002-son «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida»gi, 2021 yil 9 yanvardagi PF-6165-son «O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan

vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi. Erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bilan bog'liq nazariy-uslubiy masalalar bo'yicha iqtisodiyot sohasidagi xorijlik olimlardan Susan Tiefenbrun, Stephen Creskoff, Caraballo-Cueto J, Yuan Y., Chaijani M.H., Mukherjee, A., Fatemeh Khazaee Fadafan, Afshin Danehkar, Sharareh Pourebrahim, Neeraj Agarwal, MDH olimlari A.V.Novikov, D.S.Bikasov, V.S.Novikov, A.Skoch va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning nazariy-uslubiy masalalari N.T.Tuxliyev, I.S.Tuxliyev, M.Q.Pardayev, D.X.Aslanova, B.X.To'rayev, B.Sh.Safarov, N.E.Ibadullayev, M.T.Alimova, D.Z.Norqulova, A.A.Eshtayev kabi iqtisodchi olimlarning asarlarida keng yoritilgan.

Mazkur tadqiqotlarda turizm sohasini rivojlantirishning o'ziga xos hususiyatlari, uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar keng yoritilganligiga qaramasdan, milliy iqtisodiyot tizimida erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirish bilan bog'liq masalalar yetarli darajada o'rganilmagan. Aynan shu holat mazkur dissertatsiya ishi mavzusini tanlash, uning maqsadi va vazifalarini belgilashga asos bo'lib xizmat qildi.

Metodologiya. Maqolada taqqoslash, ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli tahlil kabi usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. «Jahon tajribasidan ma'lumki, turizm salohiyatini yuksaltirish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, xorijiy investitsiyani jalb qilish, eng muhimi, yangi bozorlarga kirib borishda erkin iqtisodiy hududlar (EIH)ning alohida turi bo'lgan erkin turistik hududlar (ETH) muhim o'rin tutadi. Shu bois mamlakatimizda ana shunday hududlarni tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda».

Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarida «erkin iqtisodiy va erkin turistik zona (hudud)» tushunchalariga turli mualliflar tomonidan turlicha ta'riflar berilgan. Ularning batafsil tahlili dissertatsiya ishida keltirilgan.

Mamlakatimiz olimlari [3] va me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ham ushbu tushuncha turlicha atalishini kuzatish mumkin, hususan «erkin industrial zonali hudud», «erkin iqtisodiy hudud», «erkin turistik hudud» shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi PF-4059-sonli Farmonida «erkin industrial-iqtisodiy zona» tushunchasi, O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi «Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida»gi 0'RQ-604-son Qonunida «maxsus iqtisodiy zona», «erkin iqtisodiy zona», «turistik-rekreatsion zona» tushunchalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyundagi 450-son qarorida «turizm hududi» tushunchasi qo'llanilgan.

Xorijiy hamda mahalliy adabiyotlarda erkin iqtisodiy hududning umumiy belgilari yoki hamma tomonidan qabul qilingan ko'rsatkichlari ko'rsatib o'tilmagan. EIH uchun eng umumiy tavsif sifatida mamlakat hududida xo'jalik ishlarini yuritish uchun qulay rejim, siyosiy tomondan berilgan imtiyozlar, qulay geografik muhitga

ega bo'lgan hudud tushuniladi. Bu hududda iqtisodiyotning ma'lum Ыг qismiga davlat aralashuvi chegaralanadi. Bu hududga mamlakatning boshqa hududlarida amal qilinmaydigan ma'lum imtiyozlar beriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz «erkin turistik zona» tushunchasidan emas, balki «erkin turistik hudud» tushunchasidan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Ilmiy izlanishlar asosida biz «erkin turistik hudud» tushunchasining yangi takomillashgan ta'rifini ishlab chiqdik va u quyidagicha: «erkin turistik hudud -davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq ma'lum biг hudud, mintaqaning tuгizm taгmog'ini гivojlantiгish, turistik va rekreatsion tadbiгlarni amalga oshirish maqsadida chet el kapitalini va zamonaviy xorijiy texnologiyalarni jalb etgan holda mahalliy va xorijiy tadbirkorlarning zamonaviy turistik infratuzilma ob'ektlarini barpo etishi, tuгizm faoliyati bilan shug'ullanishlari uchun alohida taгtib hamda soliq, moliya, bojxona, investitsiya, huquqiy imtiyozlar joriy etilgan maxsus tashkil etilgan hududdir».

Mazkur ta'rifdan kelib chiqsak, u mamlakat ichida davlat tomonidan turizm sohasida ma'lum bir iqtisodiy yoki iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarga erishishni ko'zlab tashkil etilgan, maxsus tartibga ega alohida hudud bo'lib, unda faoliyat yuritayotgan turistik sub'ektlar uchun mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan imtiyozli tartib va imkoniyatlar taqdim etish demakdir.

Tadqiqotimiz davomida shu bilan birga erkin turistik hududlarni rivojlantirish bo'yicha jahondagi ilg'or tajribalarni o'rganish orqali, ularning ijobiy jihatlarini mamlakatimiz sharoitida qo'llash bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Bizningcha, erkin turistik hududlarni tashkil etish va faoliyat yuritishi bo'yicha yetarli tajribaga ega ba'zi Yevropa davlatlari, shuningdek, Xitoy, Rossiya, Turkiya va Misr mamlakatlarining iqtisodiyotida ETHlarning muhim o'rin tutishiga xorijiy investorlar uchun manfaatli maxsus bojxona va soliqlar imtiyozlarning qo'llanishi, yuqori xorijiy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish natijasida yaratilgan mahsulotlarni keng ko'lamli eksport qilishning samarali mexanizmi yaratilganligi, erkin iqtisodiy hududlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy resurslar iste'molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi va boshqalar sabab bo'lmoqda.

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotning eng serdaromad tarmog'i hisoblangan turizmni tez sur'atlar bilan rivojlantirish zaruratining tobora kuchayib borishi mamlakatimizda erkin turistik hududlarni tashkil etish va rivojlantirishni taqozo etadi. Erkin turistik hududlar muayyan mintaqaning rivojlanishini jadallashtirish bilan bir qatorda iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik vazifalarni yechishda ham muhim bo'lib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. World tourism barometer. Volume 18. Issue 1. January 2020.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 14

avgustdagi turizm salohiyatini kengaytirishga doir o'tkazilgan loyihalar taqdimotidagi nutqi. O'zbekiston Milliy axborot agentligi. http://uza.uz/oz/society/b-stonli-tumanining-sayye-lar-manziliga-aylanishiga-ar-birim-29-08-2020.

3. Tukhliyev I.S. and others. Explanatory dictionary of modern terms of the field of tourism: a collection of data. - S.: Nowruz. 2020. - 264 p. Author development as a result of research.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.